O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-son “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014-yil 16-iyundagi 40, 9-son qarori (ro‘yxat raqami 2597, 2014-yil 24-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 26-son, 320-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika o‘quvchi-yoshlar markaziga ta’tillar davrida o‘quvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 30-mh-son, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 32-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“8. Markazga ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan o‘quvchilar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:
fan olimpiadalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarining 1 — 5-o‘rin sovrindorlari;
umumta’lim maktablarida chet tili, informatika va boshqa fanlarni “a’lo” baholarga o‘zlashtirayotgan o‘quvchilar;
“Umid nihollari”, “Quvnoq startlar”, “Alpomish” va “Barchinoy” sport musobaqalarining umumta’lim maktablari, tuman (shahar) bosqichlari 1 — 3-o‘rin sovrindorlari;
“Konstitutsiya — erkinligimiz kafolati” respublika tanlovining tuman (shahar) bosqichi 1 — 3-o‘rin sovrindorlari;
umumta’lim maktablarining iqtidorli va ijodkor (she’r yozadigan, rasm chizadigan va h.k.) o‘quvchilari;
xalq ta’limi organlari va “Barkamol avlod” bolalar maktablari tomonidan tashkil etiladigan turli tadbirlar g‘oliblari va faol ishtirokchilari;
umumta’lim maktablari “Yoshlar ittifoqi” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkilotining faol a’zolari.”.
2. 10-banddagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” degan so‘zlar “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 11-bandning beshinchi xatboshisidagi “Kamolot” YIHning” degan so‘zlar “Yoshlar ittifoqining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“12. Markazga o‘quvchilarni tanlab olish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasi (bundan buyon matnda tuman (shahar) komissiyasi deb yuritiladi) tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirining buyrug‘i bilan quyidagi tarkibda tuziladi:
“13. Markazga o‘quvchilarni tanlab olish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari (bundan buyon matnda hududiy komissiya deb yuritiladi) quyidagi tarkibda tuziladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, vazir o‘rinbosari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, ma’naviy-axloqiy tarbiya va maktabdan tashqari ta’lim bo‘limi boshlig‘i va 1 nafar tajribali xodim;
Viloyatlarda — viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, boshliq o‘rinbosari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, ma’naviy-axloqiy tarbiya va maktabdan tashqari ta’lim bo‘limi bosh mutaxassisi va 1 nafar tajribali xodim;
Toshkent shahrida — Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i, boshliqning birinchi o‘rinbosari, boshliqning o‘rinbosari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, ma’naviy-axloqiy tarbiya va maktabdan tashqari ta’lim bo‘limi boshlig‘i va 1 nafar tajribali xodim.”.