Hujjat raqami
664
Organ
Кабинет Министров Республики Узбекистан
Imzolangan sana
02.11.2021
Kuchga kirish sanasi
02.11.2021
Qo‘shimcha axborot
Ulashish
Yopish
4. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda ularga soliqlar bo‘yicha xulosa beruvchi soliq maslahatchilari tashkilotlari sifatida ro‘yxatga kiritilishini so‘rab O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga (keyingi o‘rinlarda — Palata) murojaat qiladi.
5. Murojaat tushgan kundan boshlab Palata uch ish kuni davomida ro‘yxatga kiritishni so‘rab murojaat qilgan soliq maslahatchilari tashkilotlarining mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini Soliq maslahatchilari reyestrida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida o‘rganib chiqadi va soliq maslahatchilari tashkilotini ro‘yxatga kiritish yoki ro‘yxatga kiritishni rad etish to‘g‘risida xulosa beradi.
soliq maslahatchilari tashkilotlari ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq kelmaganda ularni ro‘yxatga kiritishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi va u soliq maslahatchilari tashkilotlariga mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etiladi.
Ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan talablardan tashqari boshqa asoslarga ko‘ra soliq maslahatchilari tashkilotlarini ro‘yxatga kiritish rad etilishi taqiqlanadi.
Davlat soliq qo‘mitasi Palata tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatni mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan shaklda uch ish kunida o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi va muntazam ravishda yangilab boradi.
Soliq to‘lovchi mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda xabardor qilingan kundan keyin davlat organlari va tashkilotlar tomonidan soliq organlariga ularning ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lmagan soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilganda soliq organi ixtiyoriy tugatilayotgan soliq to‘lovchining faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliq auditidan o‘tkazishga haqli.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Soliq maslahatchilari tashkilotlari

Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda ularga soliqlar bo‘yicha xulosa beruvchi soliq maslahatchilari tashkilotlari sifatida ro‘yxatga kiritilishini so‘rab O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga murojaat qiladi.

Zarurat paydo bo‘lganda

2-bosqich

O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi

1. Soliq maslahatchilari tashkilotlarining Nizomda ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi.

2. Soliq maslahatchilari tashkilotini ro‘yxatga kiritish yoki ro‘yxatga kiritishni rad etish to‘g‘risida xulosa beradi.

3 ish kuni mobaynida

3-bosqich

O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi

1. Soliq maslahatchilari tashkilotlarini ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida xulosa qabul qilinganda, ushbu xulosa asosida ro‘yxatni shakllantiradi.

2. Soliq maslahatchilari tashkilotlarini xabardor qiladi.

3 ish kuni mobaynida

4-bosqich

O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatas�

1. Soliq maslahatchilari tashkilotlari Nizomda ko‘rsatilgan talablarga muvofiq kelmaganda, ularni ro‘yxatga kiritishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qiladi.

2. Soliq maslahatchilari tashkilotlarini bu haqida asoslangan xulosani taqdim etgan holda xabardor qiladi.

3 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Soliq maslahatchilari tashkilotlari

Ro‘yxatga kiritishni rad etish to‘g‘risidagi xulosada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga qayta murojaat etadi.

O‘z xohishiga ko‘ra

6-bosqich

Davlat soliq qo‘mitasi

1. O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi tomonidan yuritiladigan ro‘yxatni elektron shaklda onlayn tarzda yoki xat orqali oladi.

2. Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi va muntazam ravishda yangilab boradi.

3 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Davlat soliq qo‘mitasi

Yillik aylanmasi oxirgi uch yil mobaynida 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar (tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar bundan mustasno) soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovchilar ro‘yxati shakllantiriladi.

Har 10 kunda

8-bosqich

Davlat soliq qo‘mitasi

Ixtiyoriy tugatilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovchilar ro‘yxati Palataga o‘zining rasmiy saytiga joylashtirish uchun elektron shaklda taqdim etadi.

1 ish kuni mobaynida

9-bosqich

O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi

Ixtiyoriy tugatilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovchilar ro‘yxatini o‘zining rasmiy saytiga joylashtiradi va to‘ldirib boradi.

Har 10 kunda

10-bosqich

Davlat soliq qo‘mitasi

Ixtiyoriy tugatilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetiga (yoki buyurtma xat bilan pochta xizmati orqali) ixtiyoriy tugatilayotganda soliqlarga doir xulosa berish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqi mavjudligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.

2 ish kuni mobaynida

11-bosqich

Soliq to‘lovchi

Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi huquqlaridan foydalanish istagini bildirganda soliq maslahatchilari tashkilotlari bilan shartnoma tuzadi va Davlat soliq qo‘mitasini xabardor qiladi.

7 ish kuni mobaynida

12-bosqich

Soliq maslahatchilari tashkilotlari

1. Soliq to‘lovchilarga soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi xulosa berish xizmatini ko‘rsatadi va xulosani taqdim etadi.

2. Soliq to‘lovchining yillik aylanmasi oxirgi uch yilning biror-bir yilida 1 mlrd so‘mdan oshganligi aniqlangan taqdirda, soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish jarayoni to‘xtatiladi hamda shartnoma bekor qilinadi.

Shartnoma tuzilgan kundan boshlab 30 kunda

13-bosqich

Soliq to‘lovchi

Soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan berilgan soliqlarga doir xulosani Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim qiladi.

5 ish kuni mobaynida

14-bosqich

Soliq to‘lovchi

Soliq hisobotlaridagi ma’lumotlar va soliqlarga doir xulosa o‘rtasida tafovut aniqlangan taqdirda, mazkur tafovutlarni bartaraf etgan holda aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini soliq organiga taqdim etadi.

5 ish kuni mobaynida

15-bosqich

Soliq to‘lovchi

Soliqlar bo‘yicha aniqlangan tafovutlar Soliq kodeksida belgilangan tartibda hisob-kitob qilinadi.

Soliq kodeksida belgilangan tartibda

16-bosqich

Davlat soliq qo‘mitasi

Tafovutlar bartaraf etilgan taqdirda, soliqlarga doir xulosa tan olinadi hamda soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilgan deb hisoblanadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish bo‘yicha ishlar yakunlanadi.

Belgilangan muddatda

17-bosqich

Soliq organlari

Tanlov asosida soliqlarga doir berilgan xulosalarni tekshirib ko‘rishga haqli va berilgan xulosalarda soliq to‘lovchining soliq majburiyatlarini yashirishi yoki qasddan buzib ko‘rsatilganligi holatlari aniqlanganda, berilgan xulosalarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida tegishliligi bo‘yicha sudga murojaat qiladi.

Belgilangan muddatda