30.10.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3071-2
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning qarori, 30.10.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3071-2
Kuchga kirish sanasi
30.10.2021
O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-sentabrdagi 612-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2018-yil 26-sentabrdagi 1-son qaroriga (ro‘yxat raqami 3071, 2018-yil 27-sentabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2018-y., 10/18/3071/1970-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
a) nomidagi “Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun rozilik berish” degan so‘zlar “Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasini olish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 1-banddagi “Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun rozilik berish” degan so‘zlar “Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasini olish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Ilova mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.