O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning
Qarori
Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021-yil 29-oktabrdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3071-2, 30.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 10/21/3071-2/1003-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3071]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 3-maydagi 1-sonli ““Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3071-3, 10.05.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-sentabrdagi 612-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021-yil 29-oktabrdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3071-2, 30.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 10/21/3071-2/1003-son)
1. Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasini olish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021-yil 29-oktabrdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3071-2, 30.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 10/21/3071-2/1003-son)
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais J. AKRAMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-sentabr,
1-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2018-yil 26-sentabrdagi 1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasini olish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) xulosasini olish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
diniy ta’lim muassasasi — muayyan konfessiyaga mansub bo‘lgan, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilarini va ular uchun zarur bo‘lgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organi tomonidan tashkil etilgan muassasa;
diniy tashkilot — fuqarolarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, birgalikda dinga e’tiqod qilish, ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarish maqsadida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan ko‘ngilli birlashmasi (mahalliy diniy tashkilot, diniy ta’lim muassasasi va diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organi);
diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organi — bir konfessiyaning mahalliy diniy tashkilotlari, shuningdek diniy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining kamida sakkizta ma’muriy-hududiy birligida (Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatda, Toshkent shahrida) ro‘yxatdan o‘tib faoliyat ko‘rsatayotgan mahalliy diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan diniy tashkilot;
mahalliy diniy tashkilot — O‘zbekiston Respublikasining tegishli tumani (shahri) hududida doimiy yashayotgan, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ellik nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tashabbusi bilan tashkil etilgan, faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, va Toshkent shahri, tuman yoki shahar hududida amalga oshiruvchi diniy tashkilot (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, ibodatxonalar va boshqalar).
2-bob. Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan xulosa olish
2. Qo‘mitaga diniy tashkilotni tashkil etish tashabbuskorlari yoki ular tomonidan vakil qilingan shaxslar xulosa olish uchun murojaat qiladi.
3. Murojaatga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) markaziy boshqaruv organi uchun:
ta’sis yig‘ilishining (konferensiyasining) markaziy boshqaruv organini tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va boshqaruv organlarini saylash to‘g‘risidagi ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan qarorining nusxasi;
markaziy boshqaruv organining davlat tilidagi ustavi nusxasi;
joylashgan yeridan diniy tashkilotning pochta manzili sifatida foydalanishi mo‘ljallanayotgan ko‘chmas mulkka egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
markaziy boshqaruv organining ta’sischilari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumot;
markaziy boshqaruv organining rahbar organi a’zolari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumot;
markaziy boshqaruv organining rahbarida diniy professional ma’lumot mavjudligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, bundan ta’limoti diniy professional ta’lim tizimini nazarda tutmaydigan konfessiyalar mustasno (diniy ma’lumot haqidagi hujjat xorijiy davlatda berilganda uning tan olinganligi bo‘yicha hujjat nusxasi ham taqdim qilinadi);
b) diniy ta’lim muassasalari uchun:
markaziy boshqaruv organining diniy ta’lim muassasasini tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash (tayinlash) bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qarorining nusxasi;
diniy ta’lim muassasasining davlat tilidagi ustavi nusxasi;
diniy ta’lim muassasasining rahbar organi a’zolari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumot;
v) mahalliy diniy tashkilotlar uchun:
ta’sis yig‘ilishining mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qarorining nusxasi;
mahalliy diniy tashkilotni davlat tilidagi ustavining nusxasi;
O‘zbekiston Respublikasining tegishli tumani (shahari) hududida doimiy yashayotgan, mahalliy diniy tashkilotni o‘z tashabbusiga ko‘ra tuzayotgan, o‘n sakkiz yoshga yetgan ellik nafardan kam bo‘lmagan mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish tashabbuskorlari tomonidan imzolangan mazkur Nizomning 3-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumot;
mahalliy diniy tashkilotning rahbar organi a’zolari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumot;
mahalliy diniy tashkilot rahbarida diniy professional ma’lumot mavjudligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, bundan ta’limoti diniy professional ta’lim tizimini nazarda tutmaydigan konfessiyalar mustasno (diniy ma’lumot haqidagi hujjat xorijiy davlatda berilganda uning tan olinganligi bo‘yicha hujjat nusxasi ham taqdim qilinadi);
mahalliy diniy tashkilotning pochta manzili sifatida foydalanilishi mo‘ljallanayotgan ko‘chmas mulkning shaharsozlik normalari talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar ilova qilingan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xulosasining nusxasi.
4. Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xulosa olish to‘g‘risidagi murojaat olingan kundan e’tiboran bir oylik muddatda ko‘rib chiqiladi.
5. Diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xulosa olish to‘g‘risidagi murojaatlar Qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari orqali o‘rganiladi.
Bunda, hududiy boshqarmalarga yuborilgan murojaatlar o‘n besh kunlik muddatdan oshmasdan joyiga chiqqan holda o‘rganilib chiqiladi.
6. Qo‘mita murojaatni ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra, taqdim etilgan hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan murojaat qiluvchiga xulosa taqdim etadi.
7. Quyidagilar diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xulosa olish to‘g‘risidagi murojaatni rad etishga asos bo‘ladi:
mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlarning to‘liq taqdim etilmaganligi;
taqdim etilgan hujjatlarda atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganligi;
ilgari xuddi shu nomdagi yoki adashtirib yuboradigan darajada o‘xshash bo‘lgan nomdagi diniy tashkilotning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi;
hujjatlar sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar tomonidan taqdim etilganligi.
Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xulosa olish to‘g‘risidagi murojaatni mazkur bandda nazarda tutilmagan asoslar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xulosa olish to‘g‘risidagi murojaat rad etilgan taqdirda, Qo‘mita tomonidan shu kunning o‘zida murojaat qiluvchiga rad etish asoslari ko‘rsatilgan xabarnoma yuboriladi.
Bunda, xabarnomada murojaat rad etilgan kundan boshlab o‘ttiz ish kuni ichida uning rad etilishiga asos bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilgan holda Qo‘mitaga takroran taqdim qilinishi mumkinligi ko‘rsatilishi lozim.
9. Rad etilgan kundan boshlab o‘ttiz ish kuni ichida takroran taqdim etilgan murojaat, Qo‘mita tomonidan, u kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh ish kuni ichida, ushbu murojaatning avval rad etilishiga asos bo‘lgan qismigina ko‘rib chiqiladi.
10. Qo‘mitaga rad etilgan kundan boshlab o‘ttiz ish kuni o‘tgandan keyin taqdim qilingan murojaat yangidan taqdim etilgan deb hisoblanadi hamda umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
11. Murojaatni takroran ko‘rib chiqishda Qo‘mita tomonidan avvalgi rad etish uchun asoslarda bayon etilmagan sabablar keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
3-bob. Yakuniy qoida
12. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Markaziy boshqaruv organi ta’sischilari to‘g‘risidagi
MA’LUMOT
|
T/r |
Tashabbuskor diniy tashkilot nomi |
Diniy tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan sanasi va raqami |
Diniy tashkilot manzili |
Diniy tashkilot rahbarining F.I.O. |
Tashabbuskor diniy tashkilot rahbarining imzosi va diniy tashkilot muhri | ||||||||||||||
| | |||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | Markaziy boshqaruv organi rahbari |
________________________________ |
| | | | |||||||||||||
| | | | | | | | | |
(F.I.O. va imzosi) |
| | | | ||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Diniy tashkilotning rahbar organi a’zolari to‘g‘risidagi
MA’LUMOT
|
T/r |
F.I.O. |
Tug‘ilgan yili, oy, kun |
Turar joyi |
Ish joyi va lavozimi | |||||||||||||
| | |||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | Diniy tashkilotning rahbari |
________________________________________ |
| | | ||||||||||||
| | | | | | | |
(F.I.O. va imzosi) |
| | | |||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | |
Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Diniy tashkilot tashabbuskorlari to‘g‘risidagi
MA’LUMOT
|
T/r |
F.I.O. |
Tug‘ilgan yili, oy, kun |
Turar joyi |
Imzo | |||||||||||||
| | |||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | Diniy tashkilotning rahbari |
________________________________________ |
| | | ||||||||||||
| | | | | | | |
(F.I.O. va imzosi) |
| | | |||||||
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021-yil 29-oktabrdagi 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3071-2, 30.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 10/21/3071-2/1003-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2018-y., 10/18/3071/1970-son; 22.06.2020-y., 10/20/3071-1/0789-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 30.10.2021-y., 10/21/3071-2/1003-son)