Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son “Davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Ushbu Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son “Davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq korporativ buyurtmachilarning xarid komissiyalari tomonidan xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish uchun salohiyatli (potensial) ishtirokchilarning dastlabki malaka tanlovini tashkil etish, o‘tkazish tartibi hamda ularning ishonchliligini baholash mezonlarini belgilaydi.
korporativ buyurtmachi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlari alohida tartibda nazorat qilinadigan ayrim korporativ va budjet buyurtmachilari ro‘yxatida ko‘rsatilgan korporativ buyurtmachilar;

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi