O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, yer resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash va yer munosabatlarini tartibga solishni takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‘g‘risida” gi PF-5068-son Farmoni 7-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yashnobod” texnoparki rezidentlariga innovatsiya ishlab chiqarishini va startaplar tashkil qilish uchun Yashnobod tumani hududidan yer maydonlari elektron-onlayn auksion orqali ajratiladi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5388-son Farmonining 4-bandida:
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmoni 15-bandining sakkizinchi xatboshisidan “— Yosh tadbirkorlar” kovorking — markazlari, “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish uchun yer uchastkalari o‘z vaqtida ajratilishi, shuningdek,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi III bo‘limi 6-kichik bo‘limining 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “doimiy foydalanish maqsadida bepul asosda yer uchastkalari taqdim etish” so‘zlari “doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarini bepul asosda ijaraga berish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5600-son Farmonining 1-bandida:
“maxsus iqtisodiy zonalar hududidagi yer uchastkalari maxsus iqtisodiy zonalarning direksiyalariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi va ularning tasarrufida turadi, bundan maxsus sanoat zonalarining hududlari mustasno”;
“maxsus iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlarining qarorlari bilan ma’qullangan investitsiya buyurtmanomalarida belgilangan hajmlardagi yer uchastkalari maxsus iqtisodiy zonalarning direksiyalari tomonidan elektron onlayn-auksionga chiqariladi, bunda yer uchastkasini auksionga chiqarishni boshqa tashkilotlar bilan kelishish, shu jumladan “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish talab etilmaydi;
investorlar tomonidan taklif etiladigan investitsiya buyurtmanomalarida yer uchastkasini elektron onlayn-auksionga chiqarishdagi boshlang‘ich narx haqidagi hamda har yilgi ijara to‘lovi miqdori haqidagi taklif ham nazarda tutilishi mumkin;
elektron onlayn-auksionga chiqariladigan yer uchastkasining boshlang‘ich narxi hamda har yilgi ijara to‘lovi miqdori investitsiya buyurtmanomalarini ko‘rib chiqish vaqtida maxsus iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlari qarori bilan belgilanadi;
elektron onlayn-auksion g‘olibi investitsiya buyurtmanomalarida belgilangan yer uchastkasini ijaraga olish va investitsiya bitimi tuzish huquqini qo‘lga kiritadi, bunda yer uchastkasini ijaraga olish shartlari investitsiya bitimida nazarda tutiladi;
elektron onlayn-auksiondan tushgan pul mablag‘lari (auksionni o‘tkazish xarajatlari chegirib qolingan holda) hamda har yilgi ijara to‘lovlari maxsus iqtisodiy zonalarning direksiyalariga o‘tkaziladi, ushbu mablag‘lar maxsus iqtisodiy zonalarning bosh rejalariga muvofiq tashqi va ichki muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini qurish va yaxshilash uchun sarflanadi”;
uchinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-son Farmoni 4-bandining to‘qqizinchi xatboshisidagi “vakolat berilgan davlat organi (mansabdor shaxs)ning qaroriga asosan” so‘zlari “belgilangan tartibda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 5.9-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nodavlat jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini qurish uchun aholi uchun qulay bo‘lgan hududlardan doimiy foydalanishga berilgan yerlarni bepul asosda ijaraga berish”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6053-son Farmonining 2-bandida:
“v) “Chorvoq” erkin turistik zonasi (keyingi o‘rinlarda — erkin turistik zona) hududida joylashgan hamda ushbu bandning “b” kichik bandiga asosan Direksiyaga o‘tkazilgan davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilish va unga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan yer uchastkalarini ijaraga berish Direksiyaning qaroriga asosan elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi”;
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6059-son Farmonida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “elektron onlayn-auksion orqali” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandning ikkinchi xatboshisidan “tashabbuskorga yaylovni elektron onlayn-auksion natijalariga ko‘ra ijaraga berishni, shuningdek,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “yaylovlar Qo‘mitaning doimiy egaligiga o‘tkazilishini ta’minlagan holda” so‘zlari “yaylovlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“klastyerlar tomonidan foydalanilmayotgan yaylovlarning zaxiraga qaytarilishi, davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi hamda ochiq elektron tanlov orqali jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berilishini ta’minlasin”;
“b) O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi klastyerlar tomonidan foydalanilmayotgan yaylovlarning o‘rmon xo‘jaliklariga qaytarilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan tartibda ijaraga berilishini ta’minlasin”;
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi PQ-2863-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari dasturining 8-pozitsiyasidagi “Tadbirlar nomlanishi” va “Amalga oshirish mexanizmi” ustunlaridan “yer uchastkalari,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturining 17-pozitsiyasi “Amalga oshiriladigan tadbirlar” ustunidagi “va yer” so‘zlari chiqarib tashlansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi “Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3175-son qarori 13-bandining to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3318-son qarorining 3-bandida:
uchinchi xatboshidan “va ular orasidan munosib nomzodlarni yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman komissiyasiga tavsiya qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3356-son qarorida:
yettinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“erkin iqtisodiy zonalar va ularning ishtirokchilariga yer uchastkalarini ajratish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5600-son Farmoniga muvofiq amalga oshiriladi;
kichik sanoat zonalarini tashkil etish nazarda tutilgan yer uchastkalari kichik sanoat zonasining bosh rejasiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi, umumiy foydalanishdagi yerlar esa kichik sanoat zonalari direksiyasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
kichik sanoat zonalari hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishdan kelib tushgan pul mablag‘lari (Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan xarajatlar chegirib qolingan holda) kichik sanoat zonalarining direksiyalariga o‘tkaziladi, ushbu mablag‘lar kichik sanoat zonalarining bosh rejalari asosida tashqi va ichki muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini qurish va yaxshilash uchun sarflanadi;”
uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3532-son qarori bilan tasdiqlangan Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 2-pozitsiyasi “Tadbirlar nomi” ustunidan “yer uchastkalarini ajratish va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3607-son qarori 3-bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali ajratiladi”.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Qashqadaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3635-son qarori 3-bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali ajratiladi”.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Surxondaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3636-son qarori 3-bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda elektron-onlayn auksion orqali ajratiladi”.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-son qarorida:
“davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarini, shu jumladan faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bo‘sh turgan yer uchastkalarini nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolarini qurish uchun bepul asosda ijaraga berish”;
uchinchi xatboshida “bepul asosda yer maydonlarini taqdim etish” so‘zlari “doimiy foydalanishdagi yer uchastkalarini bepul asosda ijaraga berish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “doimiy foydalanishga yer maydonlari ajratib berish” so‘zlari “ijaraga yer maydonlari taqdim etish” so‘zi bilan almashtirilsin;
“har yili 1-fevralga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlarida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolarini qurish uchun bepul asosda ijaraga ajratib berilishi lozim bo‘lgan yer maydonlarini aniqlab, ana shu yer maydonlarining tasdiqlangan ro‘yxatlarini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga taqdim etsinlar va yer uchastkalarini davlat sherigiga doimiy foydalanish uchun ajratib berilishini ta’minlasinlar”;
ikkinchi xatboshidagi “doimiy foydalanish uchun yer uchastkalarini bepul taqdim etish” so‘zlari “doimiy foydalanishdagi yer uchastkalarini bepul asosda ijaraga berish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“421. Davlat sherigi unga yer uchastkasi ajratilgan kundan boshlab bir kun ichida yer uchastkasini davlat-xususiy sheriklik bitimi doirasida xususiy sherikka ijaraga berish bo‘yicha ijara shartnomasi imzolanishini ta’minlaydi”;
“yer uchastkalari” so‘zlaridan keyin “davlat sherigi, xususiy sherik va davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan ijara shartnomasi asosida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
79-banddagi “bitimda ko‘rsatilgan shartlarda” so‘zlari “davlat sherigiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“821. Davlat sherigi unga yer uchastkasi ajratilgan kundan boshlab bir kun ichida yer uchastkasini davlat-xususiy sheriklik bitimi doirasida xususiy sherikka ijaraga berish bo‘yicha ijara shartnomasi imzolanishini ta’minlaydi”;
“Maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish uchun davlat sherigiga yer uchastkasi aholi punktlari yerlari tarkibiga kiradigan bo‘sh turgan yerlardan keyinchalik xususiy sherikka ijaraga berish uchun doimiy foydalanishga beriladi”.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari binolarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3701-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalq qabulxonalari binolarining qurilishi uchun ma’qullangan namunaviy loyihalarga muvofiq Xalq qabulxonalarini barpo etish, shuningdek, tegishli infratuzilma (transport bog‘lamalari, avtostansiyalar, avtomobillar to‘xtab turish joylari mavjudligi va h.k) qurish uchun zarur yer uchastkalari Agentlikning hududiy boshqarmalariga doimiy foydalanish uchun ajratiladi hamda ular tomonidan investorga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida haq undirilmasdan ijaraga beriladi”.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3892-son qarorida:
ikkinchi xatboshidagi “bepul asosda doimiy foydalanishga yer uchastkalari ajratish” so‘zlari “davlat sherigiga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarini bepul asosda ijaraga berish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “bepul asosda yer uchastkalarini taqdim etish” so‘zlari “davlat sherigiga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarini bepul asosda ijaraga berish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “doimiy foydalanishga” so‘zlari “ijaraga” so‘zi bilan almashtirilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-son qarorida:
a) 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “beg‘araz asosda doimiy foydalanish uchun yer uchastkalarini berish” so‘zlari “davlat sherigiga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarini bepul asosda ijaraga berish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “beg‘araz asosda doimiy foydalanish uchun yer uchastkalari” so‘zlari “davlat sherigiga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalari bepul asosda ijaraga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi “Buxoro viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3965-son qarori 3-bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda elektron-onlayn auksion orqali ajratiladi”.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3982-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturining 12-pozitsiyasi “Chora-tadbir nomi” va “Amalga oshirish mexanizmi” ustunlaridagi “obyektlar va yer maydonlarini” so‘zlari “obyektlarni” so‘zi bilan almashtirilsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4151-son qarorining 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Milliy kitob va bosma mahsulotlarni sotish bo‘yicha ko‘chma kitob pavilonlari ko‘chma savdo obyektlari hisoblanadi.
Ko‘chma savdo joyi (xususiy mulkdorlarga tegishli joylardan tashqari) ko‘chma savdo obyektlarining joylashish sxemalari bo‘yicha “K — SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi”.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4231-son qarorining 11-bandida:
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi PQ-4290-son qarori bilan tasdiqlangan Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizomda:
56-banddagi “vaqtincha egalik qilish va foydalanish maqsadida” so‘zlari “ijaraga” so‘zi bilan almashtirilsin;
“57. Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tuzilgan kundan boshlab bir kun muddatda davlat sherigi vakolatli organ va tashkilotlarning yer uchastkasini tanlash bo‘yicha ma’lumot va xulosalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yer uchastkasini davlat sherigiga doimiy foydalanish uchun ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun yuboradi”;
58-banddagi “yoki tuman (shahar) hokimliklari 3 kun muddatda xususiy sherikka” so‘zlari “3 kun muddatda davlat sherigiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“581. Davlat sherigi unga yer uchastkasi ajratilgan kundan boshlab bir kun ichida yer uchastkasini davlat-xususiy sheriklik bitimi doirasida xususiy sherikka ijaraga berish bo‘yicha ijara shartnomasi imzolanishini ta’minlaydi”;
“60. Yer uchastkalarini tanlash va taqdim etishga oid hujjatlarni tayyorlash va kelishish bilan bog‘liq xarajatlar yer uchastkasiga doimiy foydalanish huquqi qayd qilinganidan so‘ng kelishuv asosida davlat yoki xususiy sherik tomonidan qoplanadi”.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “Avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4353-son qarorining 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari avtomobilda xalqaro yuk tashuvchi milliy tashuvchilarning buyurtmanomalari bo‘yicha harakatlanadigan tarkibni saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun mo‘ljallangan avtotransport korxonalarini joylashtirish uchun foydalanilmayotgan binolarni belgilangan tartibda berishni ta’minlasin”.
29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4406-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidan “yer maydonlari va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4411-son qarori bilan tasdiqlangan Pillachilik sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasining 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | ||||
2. | Har bir hududda pillachilik klastyerlari uchun tutzorlar tashkil etish uchun 2019 — 2021-yillarda yer maydoni ajratish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish, shu jumladan: 2019-yilda — 5549 ga; 2020-yilda — 8699 ga; 2021-yilda — 5790 ga. | 2019 — 2021-yillar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (G‘aniyev) |
”. |
31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 190-bandi uchinchi xatboshisidan “(yer uchastkalari)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4583-son qarorida:
a) 11-bandning to‘rtinchi xatboshisidan “mahalliy va xorijiy tadbirkorlik subyektlariga, tashkilotlarga jismoniy tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish majmualari hamda sport inshootlarini qurish uchun yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratsin,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) ilovaning 7-pozitsiyasi “Amalga oshiriladigan tadbirlar” ustunidan “va yer” so‘zlari chiqarib tashlansin.
33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4602-son qarori 10-bandining ikkinchi xatboshisidagi “to‘g‘ridan to‘g‘ri (tanlov savdolarini o‘tkazmasdan) shartnomalar asosida haq undirilmasdan ajratiladi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahridagi yer uchastkalari bundan mustasno)” so‘zlari “qonunchilikda belgilangan tartibda ajratiladi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
34. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-apreldagi “2020 — 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish to‘g‘risida”gi PQ-4667-son qarorining 7 va 8-bandlaridagi “yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini” so‘zlari “yer uchastkalarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4670-son qarorining 23-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari “O‘zbekiston dorivor o‘simliklari” kichik innovatsion korxonasi tomonidan namunaviy dorivor o‘simliklar klastyerlari va joylarda fitobarlar tashkil etilishini ta’minlasin”.
36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4776-son qarorining 2-bandidan “chorva mollarini sanoat usulida boqish uchun sug‘oriladigan yerlar hamda ularni haydab boqish uchun pichanzor va yaylovlar, chorvachilik komplekslari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, omuxta yem ishlab chiqarish maqsadida bino va inshootlar qurish uchun, qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer uchastkasi bo‘lmagan taqdirda, unumdorligi past sug‘oriladigan yer uchastkalarini tanlov va auksion o‘tkazmasdan, Komissiyaning tavsiyasiga asosan ajratish,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-avgustdagi “2020-2021-yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4798-son qarorida:
b) 12-bandning ikkinchi xatboshisidan “dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
38. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4850-son qarorining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berish O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining buyurtmasiga asosan elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi”.
39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-dekabrdagi “Toshkent shahrida maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4925-son qarori 2-bandining yettinchi xatboshisida “vaqtincha foydalanishga” so‘zlari “ijaraga” so‘zi bilan almashtirilsin.
40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi “Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4941-son qarorining 2-bandida:
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
41. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5024-son qarori 3-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “yetarlicha” so‘zi “belgilangan tartibda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-apreldagi “Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5099-son qarori 7-bandining “v” kichik bandi beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
43. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5128-son qarori 3-bandining to‘rtinchi xatboshisidan “yoki ularning xohishiga muvofiq yer maydonlari doimiy foydalanishga” so‘zlari chiqarib tashlansin.
44. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 13-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar nomi” ustunidan “mulkdorlari yoki boshqaruvchilariga” so‘zlari “mulkdorlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmoni bilan tasdiqlangan Toshkent shahrining boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 9 va 24-bandlari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3286-son qarorining 7-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4321-son qarorining 4-bandi “d” kichik bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4329-son qarorining 9-bandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4984-son qarorining 1-bandi va qarorga 1-ilova.