04.10.2021 yildagi PQ-5254-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga jarrohlik yordamini koʻrsatish sifatini oshirish, hududlarda kam invaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini keng joriy qilish, xirurgiya yoʻnalishidagi tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sohada ilm-fanni rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Xirurgiya markazi) — viloyat — tuman (shahar) tibbiyot muassasalari oʻrtasida uzviy bogʻliqlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar va tuman (shahar) darajasida kam invaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xirurgiya markazida transplantatsiya amaliyotlarini xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xirurg, anesteziolog, reanimatolog, nefrolog va boshqa mutaxassislarning salohiyatini oshirish, ularni nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlarida malaka oshirishi va stajirovka oʻtashini tashkil etish, zamonaviy simulyatsion markazda mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xirurgiya yoʻnalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida Xirurgiya markazi, uning filiallari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari xirurgiya, anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bolalarda tugʻma yurak nuqsonlarini endovaskulyar yoʻl bilan davolashni keng joriy etish, ularni qisqa vaqt ichida toʻliq sogʻlomlashtirib, nogironlikdan chiqarish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda yurak nuqsonlarini davolash uchun moʻljallangan 500 ta tibbiy buyum (okklyuder) xarid qilishga Sogʻliqni saqlash vazirligiga rivojlantirish dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida vazirlikka 10 milliard soʻm mablagʻ ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yildan boshlab esa ehtiyojdan kelib chiqib har yili oʻrtacha 2500 ta okklyuder xarid qilish uchun Davlat budjeti parametrlarida zarur mablagʻlarni nazarda tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalaridan teng ulushda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda Xirurgiya markazi filiallarini 1-ilovaga muvofiq zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun 42,5 milliard soʻm mablagʻ ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-2023-yillarda tumanlararo qoʻshma shikastlanish va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlariga biriktirilmagan 26 ta tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining xirurgiya, anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlarini 2-ilovaga muvofiq zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun 71,4 milliard soʻm yoʻnaltirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur tadbirlar uchun mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan, shuningdek joylarda kam invaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini joriy etish natijasida tejaladigan mablagʻlar hamda xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit va grant mablagʻlari hisobiga ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari xirurgiya, anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlarini asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan tegishli mahalliy budjetlarga qaytarish sharti bilan budjet ssudasi ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda 2022-2023-yillar davomida kam invaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari koʻlami oshirilishini, shu jumladan tuman (shahar)larda amalga oshiriladigan amaliyotlar turi 60 tadan 79 taga, hududlarda esa 130 tadan 168 taga oshirilishini, Xirurgiya markazida yurak va oʻpka transplantatsiyasi joriy etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xirurgiya markazi (S. Ismailov), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (D. Tulyaganov) va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (B. Daminov) tomonidan 2022-yil yakuniga qadar barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligining Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi va mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan Xirurgiya markazi va hududiy davlat tibbiyot muassasalarining xorijiy tillarni yaxshi biladigan xodimlarini 2021-2022-yillarda xirurgiya sohasi uchun dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish, shuningdek, Xirurgiya markazi faoliyatiga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish boʻyicha ishchi guruhi (B. Musayev) mazkur bandga muvofiq malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuboriladigan xodimlarning shaffof tanlov asosida tanlab olinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuboriladigan xodimlarga Xirurgiya markazi bilan tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq Xirurgiya markazi va hududiy davlat tibbiyot muassasalarida ishlab berish majburiyati yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq xorijiy mutaxassislarni davlat tibbiyot muassasalariga jalb etishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash shartnomada kelishilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular uchun ikki tomonga aviachiptalarni sotib olish xarajatlari (uzoq muddatli mehnat shartnomalari tuzilganda bir yilda ikki martadan oshmagan holda) hamda respublika mehmonxonalarida yashash xarajatlari tegishli davlat tibbiyot muassasasi tomonidan milliy valyutada toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularni jalb etish va moddiy taʼminoti boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish manbai boʻlib Sogʻliqni saqlash vazirligining Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari, tegishli davlat tibbiyot muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya va boshqa tashkilotlar, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xirurgiya markazining inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi sohasida qoʻshimcha vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transplantologiya sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda innovatsion loyihalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori texnologik transplantatsiya amaliyotlarini amalga oshirish usullarini oʻrganish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarning mazkur sohadagi ilmiy tashkilotlari, markazlari hamda ekspertlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va birgalikda tadqiqotlarni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transplantologiya yoʻnalishida malakali ilmiy kadrlarni tayyorlashga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xirurgiya markazida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy moliyalashtirish tizimi asosida faoliyat yuritadigan Inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi ilmiy laboratoriyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining Xirurgiya va transplantologiya kafedrasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Xirurgiya markazi ushbu kafedrada oʻqitilayotgan bakalavrlar, klinik ordinatorlar va magistrlar uchun asosiy klinik baza hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev) Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Xirurgiya markazini modernizatsiya qilish uchun 11 million AQSH dollari miqdorida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xirurgiya xizmatini 2021 — 2023-yillarda transformatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlasin hamda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bir hafta muddatda mazkur qaror talablariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2022-2023-yillarda jarrohlik yordamini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlarida koʻrib chiqilishi va tasdiqlanishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda jarrohlik amaliyotining murakkabligi darajasi hamda samaradorlik koʻrsatkichlariga qarab tibbiyot xodimlariga tabaqalashtirilgan mehnatga haq toʻlash tizimini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) yetakchi xorijiy tajribani inobatga olgan holda 2021-yil 1-noyabrdan boshlab Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va boshqa davlat tibbiyot muassasalari rahbarlarini sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv (Healthcare Administration) yoʻnalishi boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarida qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni yoʻlga qoʻysin va ularni mazkur kurslarda oʻqitish yuzasidan reja-grafikni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sogʻliq saqlash vazirligi 2022/2023 oʻquv yilida sogʻliqni saqlash sohasi uchun 50 nafar menejer mutaxassislarni magistrlik yoʻnalishida (Master of Nealthcare Administration) davlat granti asosida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster va boshqa nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tayyorlash boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda shartnomalar tuzilishini va bu bilan bogʻliq xarajatlarning mazkur maqsadlar uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev, uning oʻrinbosarlari A.Sh. Inoyatov va U.Yu. Sobirov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorning oʻz vaqtida va natijali ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Toʻychiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 4-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5254-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5254-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda Akademik V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashga doir chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

Jarrohlik jihozlari jamlanmasi (kattasi)

Soyasiz shiftli jarrohlik lampasi

Ultra-tovushli skalpel (Harmonic)

Video-laparo- skopik apparat

Narkoz apparati

Videoendoskopik uskuna (gastroskop, bronxoskop va kolonoskop)

Endoskopik avtomat yuvish apparati

Biokimyoviy analizator

Ikki kamerali vaqtinchalik kardiostimulyator

JAMI

soni

summasi, mln. soʻm

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi*

1

1

1

1

1

1

6

1 938

2.

Andijon viloyati*

1

1

1

1

1

1

6

1 938

3.

Buxoro viloyati*

1

1

1

1

1

1

6

1 938

4.

Jizzax viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

5.

Qashqadaryo viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

6.

Navoiy viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

7.

Namangan viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

8.

Samarqand viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

9.

Surxondaryo viloyati*

1

1

1

1

1

1

6

1 938

10.

Sirdaryo viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

11.

Toshkent viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

12.

Fargʻona viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

13.

Xorazm viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

14.

Toshkent shahri

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

JAMI

10

10

14

10

14

14

14

14

14

114

42 466

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: 2021-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari Germaniya KfW bankining imtiyozli kredit va grant mablagʻlari hisobiga asbob-uskunalar bilan taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5254-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-2023-yillarda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining xirurgiya, anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashga doir chora-tadbirlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

Yil

Jarrohlik jihozlari jamlanmasi (kattasi)

Videolaparoskopik apparat

Jarrohlik stoli

Soyasiz shiftli jarrohlik lampasi

Videogastroskopik apparat (gastroskop, bronxoskop uskunasi bilan)

Bipolyar elektrokoagulyator

Elektrootsos

Narkoz apparati

Endoskopik avtomat yuvish apparati

Biokimyoviy analizator

Mikroskop

Sentrifuga

Avtoklav

Laboratoriya tarozisi

Elektr quritgich

JAMI

soni

summasi, mln. soʻm

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.1.

Nukus

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

1.2.

Taxiatosh

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

2.

Andijon viloyati

2.1.

Boʻz

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

2.2.

Marhamat

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

3.

Buxoro viloyati

3.1.

Kogon

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

3.2.

Qorovulbozor

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

4.

Jizzax viloyati

4.1.

Paxtakor

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

4.2.

Forish

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

5.

Qashqadaryo viloyati

5.1.

Mirishkor

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

5.2.

Dehqonobod

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

6.

Navoiy viloyati

6.1.

Konimex

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

6.2.

Qiziltepa

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

7.

Namangan viloyati

7.1.

Toʻraqoʻrgʻon

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

7.2.

Yangiqoʻrgʻon

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

8.

Samarqand viloyati

8.1.

Pastdargʻom

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

8.2.

Oqdaryo

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

9.

Surxondaryo viloyati

9.1.

Angor

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

9.2.

Qumqoʻrgʻon

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

10.

Sirdaryo viloyati

10.1.

Boyovut

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

10.2.

Xovos

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

11.

Toshkent viloyati

11.1.

Parkent

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

11.2.

Piskent

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

12.

Fargʻona viloyati

12.1.

Soʻx

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

12.2.

Oltiariq

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

13.

Xorazm viloyati

13.1.

Qoʻshkoʻpir

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

13.2.

Yangiariq

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

JAMI

2022-yil

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

195

35 685

2023-yil

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

195

35 685

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5254-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xirurgiya xizmatini 2021 — 2023-yillarda transformatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mablagʻ/Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Xirurgiya yoʻnalishida normativ-huquqiy baza hamda sohani tartibga soluvchi hujjatlarni takomillashtirish

1.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida xirurgik kasalliklarni erta aniqlash dasturini tasdiqlash.

1. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida xirurgik kasalliklarni erta aniqlash dasturini ishlab chiqish.

2. Mazkur dasturni xalqaro ekspertlar fikrini inobatga olgan holda tasdiqlash.

2022-yil

1-mart

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov),

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (Tulyaganov)

2.

Xirurgik kasalliklarga tashxis qoʻyish, davolash hamda bemorlarga yordam koʻrsatish standartlari va klinik protokollarini Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida qayta koʻrib chiqish.

1. Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) boshchiligida xirurgik kasalliklarga tashxis qoʻyish, davolash hamda bemorlarga xirurgik yordam koʻrsatish standartlari va klinik protokollarini Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida qayta ishlab chiqish.

2. Mazkur standartlar va klinik protokollarni tasdiqlash uchun Sogʻliqni saqlash vazirligiga kiritish.

3. Tasdiqlangan standartlar va protokollarni Markaz, uning hududiy filiallari va barcha tibbiyot muassasalarida faoliyat yurituvchi xirurg mutaxassislarga yetkazish.

2021-yil

1-dekabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sabirov),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov),

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (Tulyaganov),

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi

3.

Respublika, viloyatlar va tuman (shahar)lar darajasida davolanadigan xirurgik kasalliklar roʻyxatini qayta koʻrib chiqish.

1. Respublika, viloyatlar, tuman (shahar) tibbiyot muassasalari, shu jumladan birlamchi boʻgʻin muassasalarida koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar turi, kasalliklar roʻyxatini qayta koʻrib chiqish.

2021-yil 1-noyabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Respublika, viloyatlar va tuman (shahar)lar darajasida davolanadigan xirurgik kasalliklar roʻyxatini, ularni davolashni moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda tasdiqlash.

2021-yil 1-dekabr

II. Xirurgiya yoʻnalishida kasalliklarning oldini olish, diagnostika qilish va davolash sifatini oshirish, shuningdek, ilm-fanni rivojlantirish

4.

Hududlarda xirurgiya yoʻnalishida kasalliklarning oldini olish, diagnostika qilish va davolash sifatini oshirish.

1. Reja-jadvalga asosan Markazning yetakchi xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan Markazning hududiy filiallari va chekka hududlarga tashriflarni amalga oshirish.

2. Tashriflar doirasida bemorlar koʻriklarini, mahorat darslari, seminar (vebinar)lar oʻtkazish.

3. Markazning hududiy filiallari moddiy-texnika bazasini oʻrganib, yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish.

4. Hududiy ommaviy axborot vositalarida keng targʻibot ishlarini tashkil etish.

2021 — 2023-yillar davomida

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Hududlarda kam invaziv va yuqori texnologik amaliyotlarni oʻtkazish koʻlami va sifatini oshirish.

1. Hududlar hamda tuman (shahar)lar darajasida bajariladigan xirurgik amaliyotlarning yangi turlarini (laparoskopik, torakoskopik va endovaskulyar) va davolash usullarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish.

2. Kam invaziv va yuqori texnologik amaliyotlarni amalga oshirishni uslubiy jihatdan taʼminlab borish.

2021-2022-yillar davomida

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov),

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (Tulyaganov),

Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Daminov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. Barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2022-yil yakuniga qadar

6.

Bolalarda tugʻma yurak nuqsonlarini endovaskulyar yoʻl bilan davolashni keng joriy etish.

1. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida bolalarda tugʻma yurak nuqsonlarini endovaskulyar yoʻl bilan davolash amaliyotlari koʻlamini oshirish.

2021-yil davomida

10 mlrd soʻm/Sogʻliqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov),

Bolalar milliy tibbiyot markazi (Sharipov),

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti (Daminov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Namangan, Fargʻona, Samarqand, Navoiy va Xorazm viloyati tibbiyot muassasalarida bolalarda tugʻma yurak nuqsonlarini endovaskulyar yoʻl bilan davolash amaliyotini keng joriy etish.

2022-yildan boshlab

7.

Markazda bazaviy moliyalashtirish tizimi asosida faoliyat yuritadigan Inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi ilmiy laboratoriyasini tashkil etish.

1. Laboratoriyani Markazning jigar va oʻt yoʻllari xirurgiyasi hamda qon-tomir va buyrak transplantatsiyasi boʻlimlarida joylashtirish.

2. Laboratoriya ilmiy xodimlari tarkibini shakllantirish.

3. Laboratoriyani zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlash.

2022-yil
1-mart

Hisob-kitoblar asosida/Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

8.

Toshkent tibbiyot akademiyasining Xirurgiya va transplantologiya kafedrasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Xirurgiya va transplantologiya kafedrasini Markazda joylashtirish.

2. Toshkent tibbiyot akademiyasining mavjud kafedralarini maqbullashtirish hisobiga Xirurgiya va transplantologiya kafedrasini malakali mutaxassislar bilan butlash choralarini koʻrish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov),

Toshkent tibbiyot akademiyasi (Shadmanov)

9.

Xirurgiya yoʻnalishida ilmiy tadqiqotlar koʻlamini oshirish, ularning natijalarini amaliyotga keng joriy etish.

1. Xirurgik kasalliklarni erta aniqlash, tashxislash va davolash, inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi borasidagi dolzarb muammolarni tadqiq qilish boʻyicha aniq reja-grafik asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni amalga oshirish.

2. Ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etish.

2021 — 2023-yillar davomida

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar,

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

10.

Xirurgik kasalliklarni tashxislash va davolashga oid zarur maʼlumotlarni aholiga yetkazish.

1. Markazning rasmiy veb-saytni takomillashtirish, unda zarur maʼlumotlarni joylashtirish va yangilab borilishini taʼminlash.

2. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari, ixtisoslashtirilgan bepul tibbiy yordam koʻrsatish shartlari va tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yetkazish.

2022-yil

1-yanvar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sabirov),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

3. Ommaviy axborot vositalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam boʻyicha keng targʻibot ishlarini tashkil etish.

Media-reja asosida

III. Xirurgiya xizmati kadrlarining kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirish

11.

Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv (Healthcare Administration) yoʻnalishi boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va boshqa davlat tibbiyot muassasalari rahbarlari salohiyatini oshirish.

1. Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv (Healthcare Administration) yoʻnalishi boʻyicha oʻqitiladigan mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish.

2. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv yoʻnalishi boʻyicha menejer mutaxassislarini tayyorlash.

2021-yil 1-noyabrdan boshlab

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov)

12.

Markazda malakali xirurg mutaxassislarni tayyorlash maqsadida simulyatsion markazni tashkil etish va unda Markaz hududiy filiallarining mutaxassislarini oʻqitish ishlarini yoʻlga qoʻyish.

1. Markazda simulyatsion markazni tashkil etish, uni jihozlash va kadrlar bilan taʼminlash.

2. Oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Simulyatsion markazda Markazning hududiy filiallari va boshqa tibbiyot muassasalarining mutaxassislarini oʻqitish ishlarini yoʻlga qoʻyish.

2021 — 2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida/Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

13.

Markaz xodimlarining salohiyatini oshirish, tibbiyot sohasidagi ilgʻor xorijiy amaliyotga mos ravishda ularning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish.

1. Markaz xodimlarini nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborilishi, shuningdek, yetakchi xorijiy mutaxassislarni Markazga jalb etish choralarini koʻrish.

2. Xirurgiya hamda shu sohadagi laboratoriya yoʻnalishlari boʻyicha yosh mutaxassislarning xorijdagi yetakchi ilmiy va tibbiyot markazlarida malaka oshirish va stajirovka oʻtash rejasini tuzish va rejaga muvofiq malaka oshirish va stajirovka oʻtashni taʼminlash.

2021 — 2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida/Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

14.

Xirurgiya yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan hududlardagi tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish, ularning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish.

1. Xirurgik va shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari, 35ta tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari shifokorlarini (xirurg, nefrolog, anesteziolog-reanimatolog va boshqalar) reja-grafik asosida qisqa muddatli kurslarda qayta tayyorlash.

2. Ushbu xodimlarni ishdan ajralmagan holda ularning ish joyida kasbiy malakasini oshirish tizimini joriy qilish.

3. Xirurgiya yoʻnalishida dolzarb masalalar boʻyicha mahorat darslarini oʻtkazish.

2021-2022-yillar davomida

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (Akilov),

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (Tulyaganov),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4. Hududlarda bosqichma-bosqich oʻquv-simulyatsion xonalar tashkil etish.

2022-yildan boshlab

15.

Markaz hamda uning hududiy filiallari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi xirurgik boʻlimlar oʻrtasida xirurgik kasalliklarni erta aniqlash, tashxislash va davolash borasida telemeditsina yoʻli bilan doimiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish.

1. Markaz hududiy filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkib�dagi xirurgik boʻlimlarini telemeditsina orqali muloqot uchun zarur uskunalar bilan taʼminlash va yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulash choralarini koʻrish.

2. Markaz, uning hududiy filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi xirurgik boʻlimlari oʻrtasida reja asosida muntazam ravishdatelemeditsina yoʻli bilan bemorlar holatining muhokamasini tashkil etish.

2021-2022-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida/Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sabirov),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

IV. Xirurgiya xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

16.

Markaz hududiy filiallari, tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalari tarkibidagi xirurgiya boʻlimlarini jihozlash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Markaz hududiy filiallari, tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalari tarkibidagi xirurgiya boʻlimlarining jihozlanishi darajasini oʻrganib chiqish.

2. Mazkur boʻlimlarni bemorlar soni, muassasa sharoitlaridan kelib chiqib, jihozlash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil 1-dekabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

17.

Tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalari tarkibidagi xirurgiya boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Toshkent shahri, hududlar markazlari, 35 ta tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlariga biriktirilgan 126 ta tuman (shahar)lardan tashqari 26 ta tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi xirurgiya boʻlimlarini belgilangan talablarga asosan tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2022-2023-yillar davomida

71,4 mlrd soʻm/Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari teng ulushlarda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

18.

Markaz hududiy filiallarini zarur asbob-uskunalar va onlayn rejimda maʼlumotlar uzatish imkonini beradigan aloqa xizmati bilan taʼminlash.

1. Markaz filiallari ehtiyojlarini oʻrganish.

2. Oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, zarur asbob-uskunalar roʻyxatini tuzish.

3. Markaz filiallarini asbob-uskunalar bilan jihozlash.

2021-yil 1-dekabr

42,5 mlrd soʻm/ Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari teng ulushlarda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

19.

Markazni modernizatsiya qilish, uning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish.

1. Markazning moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish.

2. Markaz faoliyatini takomillashtirish boʻyicha xalqaro moliya tashkilotlaridan mablagʻ jalb qilish choralarini koʻrish.

2021-yil

1-noyabr

11 mln dollar/Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Azizov)

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

3. Markazni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash.

4. Markaz reanimatsiya boʻlimlarini tibbiy azot monooksidi gazi bilan taʼminlash.

5. Markazda immunogenetik laboratoriyani tashkil etish va jihozlash.

2022-yil yakuniga qadar

20.

Markazda tibbiy xizmatlar koʻrsatish, diagnostika va xirurgik amaliyotlarning sifatini oshirish.

1. Markaz ilmiy patologik anatomiya boʻlimini toʻliq taʼmirlash.

2021 — 2023-yillar davomida

1,5 mlrd soʻm/ Sogʻliqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

2. Markazning biokimyoviy laboratoriya boʻlimini toʻliq taʼmirlash.

1,5 mlrd soʻm/ Sogʻliqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

3. Markazning jigar va oʻt yoʻllari xirurgiyasi boʻlimini toʻliq taʼmirlash.

2 mlrd soʻm/ Sogʻliqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

4. Yordamchi texnika uskunalari joylashgan Markaz yertoʻlasini toʻliq taʼmirlash.

2,5 mlrd soʻm/ Sogʻliqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

21.

Markaz faoliyatiga axborot texnologiyalarini keng joriy etish.

1. Markazda xirurgik kasalliklarga chalingan fuqarolarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar boʻyicha axborot tizimini yaratish hamda elektron hujjatlar aylanishini joriy etish.

2. Axborot tizimi va elektron hujjatlar aylanishini tajriba-sinovdan oʻtkazish va ishga tushirish.

2022-yil yakuniga qadar

Hisob-kitoblar asosida/Sogʻliqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Azizov),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

V. Xirurgiya yoʻnalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

22.

Nufuzli xorijiy ilmiy, tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish.

1. Nufuzli xorijiy ilmiy, tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlarini tuzish.

2. Doimiy asosda oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish.

2021 — 2023-yillar davomida

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

23.

Xirurgiya xizmatini rivojlantirishda xorijiy mutaxassislar salohiyatidan keng foydalanish, ularning tajribasini oʻrganish va amaliyotga keng joriy etish.

1. Nufuzli xorijiy ilmiy, tibbiyot tashkilotlari mutaxassislari bilan yaqin aloqalarni yoʻlga qoʻyish.

2. Xorijiy mutaxassislar ishtirokida oʻquv kurslari, mahorat darslari, seminar (vebinar)lar va boshqa tadbirlar tashkil etish.

2021 — 2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida/Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

24.

Aholi orasida xirurgik kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni davolash va ushbu kasalliklarning profilaktikasini kuchaytirish uchun xorijiy grantlar, texnik va boshqa tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish.

1. Aholi orasida xirurgik kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni davolash va ushbu kasalliklarning profilaktikasini kuchaytirish boʻyicha grant loyihalarini ishlab chiqish.

2. Grant loyihalarini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etish.

3. Xorijiy grantlar, texnik va boshqa tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrish.

2021-2022-yillar davomida

-

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish


Markaz, uning hududiy filiallari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi xirurgiya boʻlimlari faoliyatini takomillashtirish uchun jami xarajatlar — 131,4 mlrd soʻm va 11 mln AQSH dollari.

shundan:

mlrd soʻmda

mln AQSH dollarida

Davlat budjeti mablagʻlari

131,4

shu jumladan: mahalliy budjet mablagʻlari

57

xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

-

11

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5254-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-6155-son Farmoniga ilovaning 190-bandi “Hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija” ustunining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ixtisoslashtirilgan endokrinologiya muassasalarini (Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm va Fargʻona viloyatlari endokrinologiya dispanserlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar endokrinologiya dispanserlari, akademik Yo.X. Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot Markazi) zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi “Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi PF-6221-son Farmoni 8-bandining toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanadigan Ishchi guruhining qaroriga asosan hududiy tibbiyot muassasalariga xorijdan ishga jalb qilinadigan malakali mutaxassislar, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan iqtidorli mutaxassislarga zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlarini amalga oshirish, shuningdek, tibbiyot xodimlarini nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish, yetakchi xorijiy mutaxassislarni davlat tibbiyot muassasalari faoliyatiga jalb etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi “Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus SOVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5129-son qarori 5-bandi beshinchi xatboshisidagi “2021-yil 1-oktabrga qadar” soʻzlari “2022-yil 1-fevralga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 07/21/5254/0933-son, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son; 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)