1-ILOVA
|
Tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Velosport turlariga yoshlarni keng jalb qilish, ularni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya) hamda professional sportchilar sifatida tayyorlash | |||||
|
1. |
Velosport turlari rivojlanmagan hududlarda ushbu sport turlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari va boshqa hududlarda velosport turlarini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar va muammolarni oʻrganish uchun ishchi guruh tuzish. |
2021-yil sentabr |
Mahalliy budjet mablagʻlari, homiylik mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi |
|
2. Velosport turlari rivojlanmagan hududlarning mavjud imkoniyatlari va salohiyatini tahlil qilish, sport-taʼlim muassasalari va klublarining qamrovi va resurs taʼminoti, aholining velosport turlariga qiziqishini oʻrganish. |
2021-yil oktabr-noyabr | ||||
|
3. Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari va boshqa hududlarda velosport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori bilan tasdiqlash. |
2021-yil dekabr | ||||
|
2. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarida velosport turlari boʻyicha boʻlimlar tashkil etish hamda ular faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish. |
1. Moʻynoq, Gʻuzor, Uychi tumani 1-son, Oq oltin, Denov, Parkent tumanlari, Andijon shahar 1-son, Buxoro shahar 1-son, Jizzax, Shahrisabz, Zarafshon, Kattaqoʻrgʻon shaharlaridagi bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida velosportning shosse (Road) turi boʻyicha boʻlimlar tashkil etish va ular faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 2. Zomin, Shahrisabz tumani 2-son, Nurota, Yangiqoʻrgʻon tumani 2-son, Samarqand tumani 2-son, Xovos, Denov, Boʻstonliq, Toshloq va Xonqa tumanlaridagi bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida velosportning motokross (BMX Racing) turi boʻyicha boʻlimlar tashkil etish va ular faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 3. Barcha viloyatlardagi sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida velosportning shosse (Road) turi boʻyicha boʻlimlar tashkil etish va ular faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 4. Buxoro, Qarshi, Navoiy, Termiz olimpiya zaxiralari kollejlarida velosport boʻlimlarini tashkil etish. Bunda, Turizm va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston velosport federatsiyasiga mazkur bandda koʻrsatilgan tuman (shahar)larda joylashgan sport-taʼlim muassasalarida ochilishi belgilangan velosport boʻlimlari roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi. |
2022/2023 oʻquv yiliga qadar |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi |
|
3. |
Qurolli Kuchlar tizimida velosportni ommalashtirish. |
1. Qurolli Kuchlar tizimi harbiy xizmatchilari va xodimlari orasidan sifatli sport zaxirasi va mamlakat terma jamoalari tarkibini shakllantirish. 2. Mudofaa vazirligi tizimida velosport boʻlimini tashkil etish, uni trener va sportchi lavozimlari bilan toʻldirish, boʻlimni xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash. 3. Mudofaa vazirligi tizimida velosport boʻlimini tashkil etish uchun Mud?faa vazirligining Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazining amaldagi shtatlar jadvaliga Mudofaa vazirligi tizimidagi shtatlar birligi hisobidan qoʻshimcha 12 nafar (6 nafar harbiy xizmatchi, 6 nafar Qurolli Kuchlar xizmatchisi, 2 nafar trener-oʻqituvchi) shtat birliklarini ajratish. |
2021-yil dekabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi |
|
4. |
Hududlarda velosport boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish. |
1. Seleksionerlarni jalb qilgan holda hududlardagi iqtidorli yoshlarni aniqlash. |
2022-yildan boshlab doimiy |
Ijrochilar mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi |
|
2. Saralab olish (seleksiya) yoʻli bilan aniqlangan iqtidorli yoshlarni kelajakda oliy mahoratli sportchi boʻlib shakllanishi uchun sport-taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish. | |||||
|
3. Sport-taʼlim muassasalarida ushbu yoshlarning oʻqish va shugʻullanish jarayonini doimiy nazoratga olgan holda monitoring olib borish. |
|||||
|
4. Hududlar kesimida barcha davlat korxona, muassasa va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida velosport turlari boʻyicha “Parlament oʻyinlari”, “Bosh vazir kubogi”, “Hokim kubogi”, “Rahbar kubogi”, “Doʻstlik spartakiadasi”, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari oʻrtasida “Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalarini oʻtkazish. |
2022-yildan boshlab har yili |
||||
|
5. Har bir tuman (shahar)da “Maktablar ligasi”, “Sport maktablari ligasi”, mahalla oʻsmirlari va yoshlari oʻrtasida “Mahalla poygachisi” musobaqalarini tizimli ravishda oʻtkazish. |
Har yili martda |
||||
|
6. Velosportning shosse (Road), trek (Track), motokross (BMX Racing) va fristayl (BMX Freestyle) turlarini ustuvor ravishda rivojlantirish boʻyicha hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya) va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish. |
|||||
|
7. Oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida “Talabalar ligasi” velosport musobaqasini tashkil etish. |
2022-yildan boshlab har yili |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi | |||
|
5. |
2025-yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan IV yozgi Osiyo oʻyinlariga velosport turlari boʻyicha tayyorgarlik koʻrish va unda munosib ishtirok etish uchun zarur choralar koʻrish. |
1. Velosport boʻyicha terma jamoaga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. |
2022-yildan boshlab |
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga ajratilgan mablagʻlar, ijrochilar va homiylik mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi |
|
2. Oʻzbekiston velosport federatsiyasi tomonidan 2025-yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan IV yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish dasturini ishlab chiqish. |
2022-yil yanvar | ||||
|
3. Dasturga muvofiq terma jamoa aʼzolari uchun xalqaro va mahalliy oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish. |
2022-yildan boshlab | ||||
|
4. Terma jamoa aʼzolarini nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash. |
|||||
|
6. |
Maktabgacha taʼlim tizimida velosportni ommalashtirish. |
1. Maktabgacha taʼlim tizimida bolalar uchun velosport boʻyicha tajribaviy taʼlim dasturlarini amalga oshirish. 2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tizimida bolalar velomarafonini tashkil etish. 3. Yuqoridagi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumini tuzish. |
2021-2022-yillar davomida |
Ijrochilar mablagʻlari, grantlar |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalar muvofiqlashtiruvchisi ofisi |
|
II. Velosport turlari boʻyicha professional trenerlar, hakamlarni tayyorlash, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish, sohada ilmiy-metodologik bazani takomillashtirish | |||||
|
7. |
Velosport turlari boʻyicha trenerlar tayyorlashni kengaytirish. |
1. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, barcha olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida velosport turlari boʻyicha amaldagi oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib borish. 2. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus va Fargʻona filiallarida velosport turlari boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishini ochish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
Respublika budjeti mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Fargʻona viloyati hokimligi |
|
8. |
Velosport turlari boʻyicha trener, hakam va boshqa mutaxassislarning malakasini oshirish, oʻquv-mashq jarayoniga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlar oʻrtasida tajriba almashish. |
1. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida velosport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab |
Ijrochilar va homiylik mablagʻlari |
Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi |
|
2. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida xorijiy davlatlar bilan hamkorlik asosida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda masofaviy taʼlimni tashkil etish. |
|||||
|
3. Oʻquv-mashq jarayoniga velosport keng rivojlangan mamlakatlarning mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish, kadrlarni tajriba almashish maqsadida xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuborish. |
2021-2022-yillar davomida | ||||
|
9. |
Velosport turlarining oʻquv-mashgʻulotlar jarayoniga zamonaviy ilmiy-innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, yosh tadqiqotchilarni velosport turlari boʻyicha ilmiy faoliyatga jalb etish. |
1. Yosh tadqiqotchilarni velosport turlari boʻyicha ilmiy faoliyatga keng jalb etish. 2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq velosportni rivojlantirish bilan bogʻliq muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan loyihalar tanlovini tashkil etish. 3. Velosport turlari bilan shugʻullanishga qiziq?shni oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv adabiyotlarini yaratish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
Ijrochilar mablagʻlari |
Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi |
|
III. Velosport turlari bilan shugʻullanish uchun zarur infratuzilmani shakllantirish, shu jumladan velosport turlarini ommalashtirish, klublar faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun oʻquv-mashq jarayonini samarali tashkil etish | |||||
|
10. |
Taʼlim muassasalarini velosport turlari boʻyicha davlat va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi bilan taʼminlash. |
1. Sport maktablari, sportning oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktablari hamda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining velosport turlari boʻyicha boʻlimlarini xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi, shuningdek, boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash. |
2022-yil oktabr |
Yoshlar siyosati va sport vazirligigahamda uning tizimidagi sport-taʼlim muassasalariga budjetdan 2022-yil uchun ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
2. Velosport turlari uchun sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi ishlab chiqarish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish. |
2021-yil noyabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar Toshkent shahar hokimliklari | |||
|
3. Xorijiy tajriba asosida tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish orqali velosport turlari uchun zarur sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va ekipirovkasini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish. |
2022-yildan boshlab |
Tijorat banklari kreditlari, ishtirokchilar mablagʻlari | |||
|
11. |
Velosport bilan shugʻullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. |
1. Mahalla, tuman (shahar), shu jumladan ijtimoiy obyektlarni bogʻlovchi velosiped yoʻlaklarini qurish boʻyicha yaqin muddatga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bunda: |
2021-yil sentabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi |
|
velosiped yoʻlaklarini zamonaviy, energotejamkor (harakat sensorlari bilan jihozlangan) yoritish tizimlari va yorugʻlik qaytaruvchi, yoʻlaklarning boshlanishi, oraligʻi va yakunini koʻrsatuvchi yoʻl belgilari bilan toʻliq taʼminlash; velosiped yoʻlaklarini barpo etishda alohida harakatlanish imkoniyatlarini yaratish hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun “toʻsiqsiz muhit” tashkil etish; aholi soni va uy-joylarning joylashuvini inobatga olgan holda, shuningdek, taʼlim muassasalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning tegishli hududlarida velosiped turar joylarini tashkil etish; ijtimoiy va turizm infratuzilmasi obyektlari uchun velosiped yoʻlaklari va veloturargohlarini qurish nazarda tutiladi. |
2021-2022-yillar davomida |
||||
|
2. Jizzax viloyati Zomin tumani markazidan “Zomin” milliy bogʻining kirish qismidagi dastlabki postga qadar 4P-40 avtomobil yoʻlining 5 km qismida velosipedda sayr qilish uchun velosiped yoʻlaklarini barpo etish. |
2021-yil sentabr |
Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari |
Jizzax viloyati hokimligi,Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi | ||
|
3. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sangzorkoʻl hududida joylashgan velosportning “motokross” (BMX Racing) turi boʻyicha yangi barpo etilgan inshootni topshirish va qabul qilish ishlarini amalga oshirish, xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash hamda Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (Union Cycliste Internationale) tomonidan majmuani sinovdan oʻtkazib, sertifikatsiyalash. |
2021-yil oktabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi | ||
|
12. |
Velosport turlarini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish. |
1. Velosiped yoʻlaklari infratuzilmasini rivojlantirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarning mablagʻlarini jalb qilish. 2. Velosiped yoʻlaklarini qurishning yangi sxemalarini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish. 3. Aholi gavjum boʻlgan joylarda, shu jumladan turizm, madaniy meros obyektlari hududida velosiped ijarasi (baykshering) tarmogʻini yaratish. |
2021-2022-yillar davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
13. |
Velosport bilan shugʻullanishni ommalashtirish va rivojlantirish. |
1. Har bir hududda “Velosiped kuni” aksiyasini tashkil etish. |
Har yili sentabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
|
2. Aholiga qulay joylarda velosipedlar toʻxtash joyi, ijaraga berish va taʼmirlash punktlari toʻgʻrisidagi maʼlumot stendlarini joylashtirish. |
2021-yil oktabr |
||||
|
3. Ommaviy velosiped paradlarini, velosiped safarlarini tashkil etish va oʻtkazish. |
Velosiped mavsumining ochilishi va yopilishi, taʼtil kunlari |
Ijrochilar mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
|
14. |
Velosport turlari boʻyicha klublar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
1. Velosport turlari bilan shugʻullanuvchilar va trenerlar haqidagi maʼlumotlarni toʻliq shakllantirish maqsadida barcha velosiped klublarini xatlovdan oʻtkazish va ularning yagona elektron bazasini shakllantirish. |
2021-yil noyabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oʻzbekiston velosport federatsiyasi |
|
2. Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (Union Cycliste Internationale)dan Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubi bazasida velosportning shosse (Road) turida erkaklar va ayollar jamoalari turlari boʻyicha kontinental jamoalarini roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish. |
2021-yil dekabr |
- |
Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi | ||
|
3. Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (Union Cycliste Internationale)dan Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubi bazasida velosportning “trek” (Track) turida erkaklar va ayollar jamoalari turlari boʻyicha “Tashkent Track Team” professional jamoalarini roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish. |
|||||
|
4. “Tashkent Track Team” professional jamoasini Oʻzbekiston velosport federatsiyasi talabnomasi asosida zarur mablagʻlar bilan taʼminlash. |
2021-2022-yillar davomida |
Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubiga ajratilgan mablagʻlar |
Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi | ||
|
15. |
Velosport turlarini rivojlantirish boʻyicha ilgʻor tajribalardan kelib chiqib “Velosport turizmi” klasterini tashkil etish. |
Quyidagilardan iborat boʻlgan “Velosport turizmi” klasterini tashkil etish: birinchi bosqichda 2022-yilda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida velosport turlari boʻyicha oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va xalqaro reytinglar darajasidagi musobaqalarni oʻtkazish; oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va xalqaro reytinglar darajasidagi musobaqalarga chet ellik sportchilar va trenerlarni jalb qilish. |
2022-yildan boshlab |
Budjet mablagʻlari, ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Toshkent viloyati hokimligi |
|
16. |
Hududlarni velosportning shosse (Road), trek (Track), motokross (BMX Racing), togʻ (MTB) va fristayl (BMX Freestyle) turlariga ixtisoslashtirish. |
1. Barcha hududlarni velosportning shosse (Road) turiga ixtisoslashtirish. 2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan, Samarqand, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahrini velosportning trek (Track) turiga ixtisoslashtirish. 3. Jizzax, Navoiy, Toshkent, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrini velosportning motokross (BMX Racing) turiga ixtisoslashtirish. 4. Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarini velosportning togʻ (MTB) turiga ixtisoslashtirish. 5. Toshkent shahrini velosportning fristayl (BMX Freestyle) turiga ixtisoslashtirish. |
2021-2022-yillar davomida |
Budjet mablagʻlari, ijrochilar va homiylik mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
18. |
Velosiped harakatini rivojlantirish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni takomillashtirish hamda yuqori sport natijalarini taʼminlashga qaratilgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish. |
Velosportni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashining birinchi yigʻilishini oʻtkazish va quyidagi hujjatlar tayyorlanishini belgilash: yoʻlovchi sifatida taʼriflangan velosipedchi maqomini yoʻl harakati ishtirokchisiga oʻzgartirish; piyodalar harakatlanishi uchastkalarida velosiped uchun yoʻlaklar ajratish boʻyicha davlat standartini joriy etgan holda yoʻl qurilishi meʼyorlariga oʻzgartirishlar kiritish; madaniy va tabiiy meros obyektlarida asosiy harakatlanish vositalari sifatida velosipedlardan foydalangan holda ekoturizmni rivojlantirish boʻyicha Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi hamda xususiy tashkilotlar taklifi boʻyicha loyihaning davlat-xususiy sherikchilik asosidagi milliy operator toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish; ekoturizmni ilgari surish maqsadlarida madaniy va tabiiy meros obyektlarida Turizm va sport vazirligi tomonidan Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bilan birgalikda milliy va xalqaro darajadagi musobaqalarni tashkil etish; dam olish va ishga borib ishdan qaytib kelish uchun velosipedlardan foydalanish boʻyicha ijtimoiy reklama konsepsiyasini keng targʻib etish; vazirlik, idora va tashkilotlar atrofida velosipedlar uchun toʻxtash joylarini tashkil qiluvchi ish beruvchilarni ragʻbatlantirish tizimini ishlab chiqish; taʼlim muassasalari atrofida velosipedlar uchun toʻxtash joylarini tashkil etish, shuningdek, velosipedlardan foydalanuvchi oʻquvchi va talabalardan iborat velo?lublarni tuzishni ragʻbatlantirish tizimini yaratish; tijorat banklari va lizing kompaniyalari tomonidan fuqarolar va tashkilotlar tomonidan velosipedlar xarid qilinishini moliyalashtirishni keng yoʻlga qoʻyish; Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani hududida 2023-yilda Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (Union Cycliste Internationale) va xususiy tashkilotlarning “Butunjahon velosipedchilar markazining Oʻrta Osiyo filiali”ni tashkil etish. |
2021-yil noyabr |
Budjet mablagʻlari, investorlar, ijrochilar va homiylik mablagʻlari |
Velosportni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
IV. Velosport turlarini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro standartlar asosida mutaxassislarni tayyorlash va musobaqalarni oʻtkazish | |||||
|
19. |
Xalqaro velosipedchilar ittifoqi, Osiyo velosiped sporti konfederatsiyasi hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning velosport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash, bu borada manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Xalqaro velosipedchilar ittifoqi, Osiyo velosiped sporti konfederatsiyasi rahbari va rahbari oʻrinbosari lavozimlariga mamlakatimizdagi velosport turlari boʻyicha yetuk mutaxassis, sportchi va trenerlari orasidan nomzodlarni ilgari surish. 2. Xorijiy davlatlar velosport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash, bunda yoshlarni sportga jalb etish, sportchilar bilan ishlash va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida eʼtibor qaratish. |
2021-yildan boshlab |
Ijrochilar va homiylik mablagʻlari |
Sportni rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi |
|
V. Velosport turlarini aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish | |||||
|
21. |
Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet orqali velosport turlarini keng targʻib qilish. |
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash: |
Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2021-yil sentabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi |
|
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanalida velosport turlari boʻyicha mahalliy va xalqaro musobaqalar, sportchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlarni muntazam yoritib borish maqsadida “Velosport” maxsus ruknini tashkil qilish; hududiy telekanallar va ommaviy axborot vositalarida velosport turlarini keng yoritish ishlarini doimiy ravishda tashkillashtirib borish; mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini oʻtkazish; taniqli sportchilar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini ishlab chiqish va namoyish etish; sport jurnalistlarining velosport yutuqlari tahliliga bagʻishlangan koʻrsatuvlarini ommaviy axborot vositalarida doimiy yoritib borish. |
Amalga oshirish — 2021-2022-yillar davomida |
||||
|
2. Oʻzbekiston velosport federatsiyasining veb-saytini yangilash, maʼlumotlarni koʻpaytirish, videoroliklarni joylashtirish, uning ijtimoiy tarmoqlar va videoxostinglardagi sahifasini ochish. |
2021-yil oktabr |
Oʻzbekiston velosport federatsiyasi mablagʻlari |
Oʻzbekiston velosport federatsiyasi | ||
|
3. Oʻzbekistonda velosportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni jahon boʻylab targʻib qilish boʻyicha roliklar tayyorlash va Entertainment and Sports Programming Network, Sky Sports, Setanta Sports, Fox Sports, Euronews, Eurosport, CNN kabi yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalarida namoyish etish. |
2021-yil dekabr |
Homiylik, ijrochilar va budjet mablagʻlari |
Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi | ||
|
22. |
Velosport turlarini yanada ommalashtirish, taniqli sportchilar hayoti haqida badiiy va hujjatli filmlar yaratish. |
1. Velosport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish, taniqli sportchilar hayoti haqida badiiy film ishlab chiqarish. 2. “Olimpiya sari yoʻl” hujjatli film ishlab chiqarish. |
2021-2022-yillar davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Kinematografiya agentligi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, kinokompaniyalar |
|
23. |
Oʻzbekiston velosport federatsiyasi huzuridagi Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash. |
1. Oʻzbekiston velosport federatsiyasi huzuridagi Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubiga homiy tashkilotlarni biriktirish. 2. Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubiga nufuzli xalqaro sport tadbirlari, musobaqalarda biriktirilgan homiy tashkilotlar faoliyatini targʻibot-tashviqot qilish va PR-reklama xizmatlarini koʻrsatish. |
2021-2022-yillar davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi |
2-ILOVA
|
1. |
T.K. Narbayeva |
— |
Oliy Majlis Senati Raisi — Oʻzbekiston velosport federatsiyasi raisi, Kengash raisi |
|
2. |
A.A. Abduxakimov |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri, Kengash raisi oʻrinbosari |
|
3. |
P.R. Bobojonov |
— |
ichki ishlar vaziri |
|
4. |
A.H. Kamilov |
— |
tashqi ishlar vaziri |
|
5. |
R.Q. Davletov |
— |
adliya vaziri |
|
6. |
T.A. Ishmetov |
— |
moliya vaziri |
|
7. |
B.I. Zakirov |
— |
qurilish vaziri |
|
8. |
I.R. Maxkamov |
— |
transport vaziri |
|
9. |
A.V. Shin |
— |
maktabgacha taʼlim vaziri |
|
10. |
Sh.X. Shermatov |
— |
xalq taʼlimi vaziri |
|
11. |
A.X. Toshkulov |
— |
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
12. |
A.Q. Karimov |
— |
turizm va sport vaziri oʻrinbosari |
|
13. |
N.B. Tursunov |
— |
Milliy antidoping agentligi bosh direktori |
|
14. |
R.M. Shaabduraxmanov |
— |
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi |
|
15. |
M.M. Tashxodjayev |
— |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi |
|
16. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari |
|
17. |
K.B. Oʻrinboyxoʻjayev |
— |
Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bosh kotibi, Kengash kotibi |