1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.04.00 Isitish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining issiqlik taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4543-son qaroriga asosan Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti tizimini tubdan yaxshilash, aholini issiqlik energiyasi bilan uzluksiz va sifatli taʼminlash, sohaga xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni keng jalb qilish, shuningdek, issiqlik taʼminoti tizimini boshqarishda samarali va ilgʻor tajribalarni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida “Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) yuzasidan maslahat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish boʻyicha berilgan eʼlon natijasiga koʻra qiziqish bildirgan 3 ta xorijiy kompaniyadan “Veolia Central & Eastern Europe” (Fransiya) kompaniyasining taklifi Osiyo taraqqiyot banki tavsiyasiga koʻra Toshkent shahar hokimligi va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan maʼqul deb topilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha konsepsiyasi Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov) tomonidan tasdiqlanganligi va unga koʻra ushbu loyiha ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatish shartlari asosida amalga oshirilishi nazarda tutilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Veolia Central & Eastern Europe” (Fransiya) kompaniyasi tomonidan faqat Loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq “Veolia Energy Tashkent” Maxsus loyiha kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Maxsus loyiha kompaniyasi) yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo taraqqiyot banki dastlabki 3 yil davomida Loyihani amalga oshirish hamda monitoring olib borish boʻyicha maslahatchi sifatida Toshkent shahar hokimligiga koʻmaklashishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maxsus loyiha kompaniyasi Loyiha boʻyicha xususiy sherik etib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-maydagi 241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 09/22/241/0400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻn kun muddatda davlat sherigi sifatida Maxsus loyiha kompaniyasi bilan Loyiha boʻyicha amal qilish muddati 30 yil boʻlgan, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni (keyingi oʻrinlarda — Bitim) rasmiylashtirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlari (KPI) sifatida koʻp qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik podstansiyalari, issiqlik va issiq suv hisoblagichlari oʻrnatish, shuningdek, avariya holatlari, issiqlik yoʻqotishlari, energiya va suv isteʼmolini keskin kamaytirish hamda zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus loyiha kompaniyasi tomonidan tajriba loyihalari sifatida dastlabki ikki yilda Toshkent shahrining Bektemir va Sergeli tumanlaridagi “Vodnik” va “Sanoat energo” markazlashgan qozonxonalari orqali 118 ta koʻp qavatli uy va 43 ta ijtimoiy obyektning issiqlik taʼminoti tizimlarini modernizatsiya qilish va yopiq tizimga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba loyihalari boʻyicha samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlari (KPI) ijrosi yuzasidan Osiyo taraqqiyot bankining tavsiyasiga hamda texnik auditorning hisoboti asosida Bitim kuchga kirgan kundan boshlab 2 yildan keyin uni qayta koʻrib chiqish, shuningdek, davlat sherigiga 18 yildan keyin Bitimni ixtiyoriy ravishda bir tomonlama bekor qilish huquqini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshissiqquvvati” DUKning issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, isteʼmolchilarga yetkazib berish, shu jumladan, issiqlik tizimini ekspluatatsiya qilish, isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish va toʻlovlarni undirish boʻyicha vazifa va funksiyalarini Maxsus loyiha kompaniyasiga oʻtkazish, shuningdek, Bitim amal qilishi davrida Maxsus loyiha kompaniyasining mustaqil ravishda faoliyat yuritilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirishda Maxsus loyiha kompaniyasining yuzaga keladigan barcha moliyaviy majburiyatlarini “Veolia Central & Eastern Europe” (Fransiya) kompaniyasi tomonidan kafolatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Veolia Central & Eastern Europe” (Fransiya) kompaniyasi tomonidan Loyiha doirasida 20 million Yevro miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha doirasida 181 ta markazlashtirilgan va lokal issiqlik tizimi inshooti va qozonxonani modernizatsiya qilish, penopoliuretandan tayyorlangan polimer izolatsiyali va himoya qobigʻiga oʻralgan quvurlar asosida 575,6 km issiqlik tarmoqlarini qurish va 841,1 km issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, 51,5 ming dona issiqlik energiyasi oʻlchov uskunasini va 2 464,6 ming dona issiq suv hisoblagichni oʻrnatish, shuningdek, 391 ta maxsus texnika va avtomashinalar xarid qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi oʻrtasida 2018-yil 17-mayda imzolangan “Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi kelishuvga muvofiq jalb qilingan kreditlarni, shuningdek, kredit vositachilik haqi va boshqa xarajatlarni qoplash boʻyicha “Toshissiqquvvati” DUK tomonidan toʻlanadigan toʻlovlar Maxsus loyiha kompaniyasi tomonidan amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshissiqquvvati” DUK xodimlarini Maxsus loyiha kompaniyasiga oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus loyiha kompaniyasiga oʻtgan xodimlarning oldingi ishlagan davri uchun hisoblangan ish haqi va boshqa toʻlovlarni qoplab berish davlat sherigi tomonidan amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, “Toshissiqquvvati” DUK bilan tuzilgan mehnat shartnomalaridan kelib chikadigan har qanday talablar, daʼvolar va sud ish yurituvi boʻyicha javobgarlikni davlat sherigi oʻz zimmasiga oladi.
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-maydagi 241-sonli qaroriga asosan oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 09/22/241/0400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Bitim imzolanganidan soʻng bir oy muddatda Toshkent shahar hokimligi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan maslahat xizmatlarini koʻrsatish bitimiga muvofiq Osiyo taraqqiyot bankiga 1 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻ Toshkent shahar mahalliy budjeti daromadlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan toʻlanishini taʼminlasin va ushbu mablagʻlar 2021-yil 31-dekabrga qadar “Veolia Central & Eastern Europe” (Fransiya) kompaniyasidan undirib olinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Toshissiqquvvati” DUKga tegishli boʻlgan barcha mol-mulk, shu jumladan, bino-inshoot va boshqa moddiy boyliklarni xatlovdan oʻtkazish, ularni sotish va boshqa shaxslarga oʻtkazish huquqisiz Maxsus loyiha kompaniyasiga egalik qilish va vaqtinchalik foydalanishga bepul topshirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda Maxsus loyiha kompaniyasini Tabiiy monopoliya subyektlarining Davlat reyestriga kiritish hamda belgilangan tartibda nazorat qilish choralarini koʻrsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-maydagi 241-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 09/22/241/0400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus loyiha kompaniyasiga unga mazkur qarorga muvofiq egalik qilish va vaqtinchalik foydalanishga bepul beriladigan bino-inshootlar va boshqa koʻchmas mulklarni tasarruf etish huquqisiz Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligida roʻyxatdan oʻtkazish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus loyiha kompaniyasi tomonidan issiqlik energiyasi isteʼmolchilari Bitimga muvofiq qayta xatlovdan oʻtkazilib, mavjud shartnomalar qayta rasmiylashtirilgunga qadar isteʼmolchilarga issiqlik energiyasini yetkazib berish hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni undirish “Toshissiqquvvati” DUK va isteʼmolchilar oʻrtasida tuzilgan mavjud shartnomalarga asosan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish” loyihasining dastlabki yigʻma koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar aholisiga yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qoʻllash natijasida koʻriladigan zararlarni qoplash uchun Toshkent shahar mahalliy budjeti hisobidan ajratiladigan subsidiyaning prognoz miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida isteʼmolchilarga koʻrsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan tariflar Maxsus loyiha kompaniyasi tomonidan taqdim qilinadigan hisob-kitoblarga koʻra har yili 1-mayga qadar xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarorlari bilan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqlik taʼminoti xizmatlari boʻyicha tariflar haqiqiy xarajatlar tannarxi bilan birga issiqlik tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish xarajatlari inobatga olingan holda shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarorlariga asosan aholiga issiqlik taʼminoti xizmatlari boʻyicha pasaytirilgan tariflar qoʻllanilishi natijasida yuzaga keladigan zararlar Toshkent shahar mahalliy budjeti hisobidan har oyda subsidiyalar ajratish orqali qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga issiqlik taʼminoti xizmatlari boʻyicha pasaytirilgan tariflar qoʻllanilishi natijasida yuzaga keladigan zararlarni Maxsus loyiha kompaniyasiga qoplab berish yuzasidan aniq hisob-kitoblar 2022-yil uchun — 2021-yil 1-dekabrga qadar va kelgusi yillar uchun — har yili 1-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Toshkent shahar hokimligi tomonidan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi ushbu bandda belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligi tomonidan taqdim qilinadigan hisob-kitoblar asosida 2022-yildan boshlab har yili Toshkent shahar mahalliy budjeti parametrlarini shakllantirishda aholiga issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qoʻllash natijasida yuzaga keladigan zararlarni qoplash uchun zarur subsidiya mablagʻlarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning 3-bandi “v” kichik bandida va 7-bandida nazarda tutilgan Maxsus loyiha kompaniyasiga topshiriladigan mol-mulk, shu jumladan, bino-inshoot va boshqa moddiy boyliklar, shuningdek, davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 243 va 304-moddalariga muvofiq soliq solishdan ozod etilishi va daromad sifatida hisobga olinmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahar hokimligi huzurida Loyiha uchun yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Markazlashtirilgan issiqlik tizimi infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi” (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy hisobvaraq ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus loyiha kompaniyasi tomonidan isteʼmolchilarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi va issiq suv uchun toʻlovlarning bir qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus loyiha kompaniyasi tomonidan Loyihani amalga oshirish jarayonida olingan sof foyda darajasi miqdorining Bitimda belgilangan tartibda hisoblangan xarajatlar tannarxiga nisbatan 10 foizdan oshgan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan Loyiha doirasida markazlashtirilgan va lokal issiqlik qozonxonalarini, issiqlik inshootlari va stansiyalarini hamda tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, shuningdek, maslahat xizmatlarini koʻrsatish uchun foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning foydalanilmay qolgan mablagʻlari budjet subsidiyalari ajratilishida inobatga olinadi, shuningdek, “Toshissiqquvvati” DUKning kreditor qarzdorliklarini qoplash uchun yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish qatʼiyan man etilsin va ushbu mablagʻlardan samarali foydalanishga masʼul etib Toshkent shahar hokimi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Toshkent shahar hokimligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha doirasida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xaridlarni amalga oshirishda texnik topshiriqlarni ishlab chiqish, loyihalashtirish, tender hujjatlarini tayyorlash, tender jarayonlarini oʻtkazish, tender talabgorlari takliflarini oʻrganish, texnik kuzatuvlarni olib borish, bajarilgan ish hajmlarini qabul qilish hamda tegishli hisobotlarni taqdim qilish boʻyicha Maxsus loyiha kompaniyasining maslahat xizmatlaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus loyiha kompaniyasining xulosasi asosida hamda davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq muntazam xaridlarni amalga oshirish va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish, shuningdek, maxsus axborot portalida xaridlar natijalari va shartnomalarni eʼlon qilib borish vazifalari yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Toshissiqquvvati” DUK, “Toshkent issiqlik markazi” hamda “Toshkent issiqlik elektr markazi” aksiyadorlik jamiyatlarining Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari, shuningdek, tabiiy gaz, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv resurslaridan 2021-yil 1-sentabr holatiga koʻra mavjud kreditor qarzdorligi toʻgʻrisida solishtirma dalolatnomalar rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining “Toshissiqquvvati” DUK, “Toshkent issiqlik markazi” hamda “Toshkent issiqlik elektr markazi” aksiyadorlik jamiyatlarining 2021-yil 1-sentabr holatiga koʻra Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari, shuningdek, tabiiy gaz, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv resurslarini yetkazib beruvchilar oldidagi, jumladan, muddati oʻtgan kreditor qarzdorlik toʻlovlarini mutanosib ravishda 5 yil muddatga kechiktirish hamda hisoblangan penya va jarimalarni (shu jumladan, qoʻllanilgan davlat bojlarini) hisobdan chiqarish yoʻli bilan restrukturizatsiya qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshissiqquvvati” DUKning Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari, shuningdek, tabiiy gaz, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv resurslarini yetkazib beruvchilar oldidagi mazkur bandga muvofiq kechiktirilgan kreditor qarzdorliklarini kechiktirish muddati tugagandan soʻng Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 10 yilgacha muddatda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Maxsus loyiha kompaniyasi tomonidan sotib olinadigan va isteʼmolchilarga yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi boʻyicha tegishli guruhlar boʻyicha namunaviy shartnoma loyihalarini Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishgan holda ishlab chiqsin va Maxsus loyiha kompaniyasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Maxsus loyiha kompaniyasi tomonidan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti xizmatlari koʻrsatish boʻyicha davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan huquqiy-meʼyoriy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan taklif ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Maxsus loyiha kompaniyasini jalb qilgan holda koʻp kvartirali uylarning ichki issiqlik taʼminoti tizimlarini texnik va energo auditdan oʻtkazish choralarini koʻrsin va natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus loyiha kompaniyasiga koʻp kvartirali uylarning ichki yoki tutash hududlarida issiqlik va issiq suvni hisoblagichlar hamda issiqlik stansiyalarini joylashtirish uchun amaliy yordam koʻrsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshissiqquvvati” DUKning debitorlik qarzlari undirilishi va kreditorlik qarzlari qaytarilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Toshissiqquvvati” DUK, “Toshkent issiqlik markazi”, “Toshkent issiqlik elektr markazi”, “Hududgazpoytaxt”, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari va “Toshkent shahar suv taʼminoti” MChJ bir oy muddatda kuz-qish davrida isteʼmolchilarga uzluksiz issiqlik taʼminoti xizmatlarini koʻrsatish uchun issiqlik energiyasini ishlab chiqarishga talab etiladigan tabiiy gaz, elektr energiyasi va suv resurslari limitlarini hisoblab chiqsin hamda “Oʻztransgaz” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ ga taqdim qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Oʻztransgaz” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ 2022-yil 1-yanvarga qadar issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun zarur boʻladigan tabiiy gaz, elektr energiyasi hamda suv resurslari bilan taʼminlash boʻyicha Maxsus loyiha kompaniyasi bilan shartnomalarni rasmiylashtirsin va shartnomada nazarda tutilgan limitlarga muvofiq energiya resurslarini uzluksiz yetkazib bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. “Oʻztransgaz” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ tabiiy gaz yetkazib berish chegaralarini belgilashda issiqlik manbaida, ayniqsa kuz-qish davrida harorat rejimini taʼminlash, issiqlik ishlab chiqaruvchilar (“Toshkent issiqlik markazi” AJ va “Toshkent issiqlik elektr markazi” AJ) va issiqlik yetkazib beruvchi Maxsus loyiha kompaniyasi Loyihada ishtirok etishini hisobga olib, uzluksiz issiqlik taʼminoti va issiq suv taʼminoti uchun tabiiy gazni hajm va bosimga muvofiq ravishda yetkazib berishni Loyiha ehtiyojlari uchun ustuvor vazifa sifatida taʼminlasin.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-maydagi 241-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 09/22/241/0400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Toshkent shahar hokimligi tegishli idoralar bilan birgalikda Maxsus loyiha kompaniyasi tomonidan mustaqil va hech qanday toʻsiqlarsiz faoliyat yuritishini Bitimning amal qilish davrida taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191. Maxsus loyiha kompaniyasining murojaatiga muvofiq litsenziyalash va ruxsat berish sohasidagi vakolatli organlar qisqa muddatda loyihani amalga oshirish doirasida talab etiladigan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar taqdim etilishini taʼminlasin.
(191-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-maydagi 241-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 09/22/241/0400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini kengaytirish va qoʻllab-quvvatlash vazifalari Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosariga yuklansin hamda Toshkent shahar hokimligining mavjud shtatlari doirasida 4 ta boshqaruv xodimidan iborat Davlat-xususiy sheriklik boʻlimi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat-xususiy sheriklik boʻlimining asosiy vazifalari sifatida Loyiha boʻyicha ishlarni tashkil etish, Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish va hisobini yuritish hamda Bitimga davlat sherigining toʻliq va soʻzsiz amal qilishini taʼminlash, xususiy sherikning majburiyatlari ijrosi monitoringini olib borish, shuningdek, kelgusida Toshkent shahar hokimligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish va boshqarish etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Toshkent shahar hokimi J. Artikxodjayev, Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh. Xidoyatov hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Z. Bozorov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 22-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
594-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 594-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish” loyihasining dastlabki yigʻma koʻrsatkichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirlar nomi
Jami
Yillar kesimida, natura koʻrsatkichlari
Qiymati
(ming yevro)
Natura koʻrsatkichlari
2022 — 2024-yy. (pilot davr)
2025 — 2031-yillar
2032 — 2041 yillar
2042 — 2052 yillar
Jami loyiha qiymati
1 344 010
I — Operatsion aktivlar (Xususiy sherik mablagʻlari hisobidan), shundan
362 023
Issiqlik energiyasi oʻlchash moslamalarini oʻrnatish
97 890
51 955 bir.
13 590 bir.
3 692 bir.
16 928 bir.
17 745 bir.
Issiq suvni hisobga olish moslamalarini oʻrnatish
196 375
2 488 737 bir.
152 925 bir.
626 729 bir.
772 540 bir.
936 544 bir.
Maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish
12 761
391 bir.
142 bir.
101 bir.
76 bir.
72 bir.
Mobil qozonxonalar xarid qilish
3 333
10.0 bir.
1 bir.
7 bir.
2 bir.
0
Oʻlchov asboblari va avtomatlashtirish uchun zaxira yaratish
18 004
11.3 komplekt
4.3 komplekt
2 komplekt
5 komplekt
0
Boshqa zarur texnikalarni xarid qilish
33 660
2796 bir.
451 bir.
616 bir.
780 bir.
950 bir.
II — Infratuzilma investitsiyalari (Jamgʻarma hisobidan), shundan:
981 987
Issiqlik stansiyalarini oʻrnatish va rekonstruksiya qilish
178 541
32 251 bir.
1 142 bir.
10 951 bir.
8 311 bir.
11 847 bir.
Mahalliy qozonlarni modernizatsiya qilish
34 791
576 gkal/s
22.3 gkal/s
273.3 gkal/s
163.2 gkal/s
117.6 gkal/s
Mavjud issiqlik tarmoqlarni rekonstruksiya qilish
435 557
841.16 km
53.4 km
222.1 km
249.7 km
315.9 km
Yangi issiqlik tarmoqlarini qurish
242 375
582.5 km
0
79.5 km
251.1 km
251.9 km
Boshqa investitsiyalar
90 722
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 594-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar aholisiga yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qoʻllash natijasida koʻriladigan zararlarni qoplash uchun Toshkent shahar mahalliy budjeti hisobidan ajratiladigan subsidiyaning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROGNOZ MIQDORLARI

* Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan Maxsus loyiha kompaniyasiga ajratiladigan subsidiya miqdori asoslantirilgan hisob-kitoblarga koʻra aholiga amalda sotilgan issiqlik energiyasi hajmlariga tariflar tafovutini koʻpaytirish orqali aniqlashtiriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/594/0897-son, 07.05.2022-y., 09/22/241/0400-son; 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)