O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahrini yo‘lovchilar tashish avtobuslari bilan ta’minlash to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Toshkent shahri aholisiga transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, poytaxt avtobus parkini yuqori darajada qulay va tejamli zamonaviy transport vositalari bilan jihozlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining 300 ta “Mersedes-Benz Conecto O345” markali shahar yo‘lovchilar tashish avtobusini bosqichma-bosqich sotib olish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Bosh kontraktga va 1, 2 va 3- oldi-sotdi kontraktlariga muvofiq umumiy summasi 37,42 mln Yevro bo‘lgan 300 ta “Mersedes-Benz Conecto O345” markali shahar yo‘lovchilar tashish avtobusini, shu jumladan ehtiyot qismlar va asbob-uskunalarni bosqichma-bosqich yetkazib berish uchun “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi bilan “EvoBus GmbX, Mersedes-Bens Avtobuslar” (Germaniya) kompaniyasi o‘rtasida bosh kontrakt tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilansinki, 300 ta avtobusni sotib olishga kontraktlarni moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) 1-oldi-sotdi kontrakti bo‘yicha:
avtobuslar yetkazib berishga oldi-sotdi kontraktlari qiymatining 1,87 mln Yevroni tashkil etadigan 15 foizi Toshkent shahar budjetining 2002-yil uchun nazarda tutilgan mablag‘lari hisobiga to‘lanadi;
“Germes” eksport-kredit sug‘urta agentligining sug‘urta mukofoti summasiga ko‘paytirilgan avtobuslar yetkazib berishga oldi-sotdi kontraktlari qiymatining 10,60 mln Yevroni tashkil etadigan 85 foizi Germaniya bankining mablag‘larini “Germes” eksport-kredit sug‘urta agentligining sug‘urta qoplamasi ostida qayta moliyalashtirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga to‘lanadi;
b) 2 va 3- oldi-sotdi kontraktlari bo‘yicha:
avtobuslar yetkazib berishga oldi-sotdi kontraktlari qiymatining 1,25 mln Yevroni tashkil etadigan 5 foizi O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobiga to‘lanadi;
sug‘urta agentliklarining sug‘urta mukofotlari summasiga ko‘paytirilgan avtobuslar yetkazib berish yuzasidan oldi-sotdi kontraktlari qiymatining 2,50 mln. yevroni tashkil etadigan 10 foizi Germaniya bankining mablag‘larini sug‘urta agentliklarining sug‘urta — qoplamasi ostida qayta moliyalashtirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga to‘lanadi;
“Germes” eksport-kredit sug‘urta agentligining sug‘urta mukofotlari summasiga ko‘paytirilgan avtobuslar yetkazib berish yuzasidan oldi-sotdi kontraktlari qiymatining 21,20 mln Yevroni tashkil etadigan 85 foizi Germaniya bankining mablag‘larini” “Germes” eksport-kredit sug‘urta agentligining sug‘urta qoplamasi ostida qayta moliyalashtirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga to‘lanadi.
4. Belgilansinki, asosiy qarzni, foizlarni, vositachilik haqini va kreditlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa xarajatlarni to‘lash qarz bitimlari shartlariga binoan O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobiga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq amalga oshiriladi.
*1, 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlarida va davlat budjeti parametrlarida “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasiga ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan miqdorda pul mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri avtobuslar xarid qilish uchun jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha: Germaniya bankiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki majburiyatlari bo‘yicha hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga – “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolatlar berishga vakil qilinsin.
6. Toshkent shahar hokimligi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda transport xizmatlariga tariflarni o‘zgartirish bo‘yicha 2004-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan kelishilgan jadvalni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar, bunda “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasining o‘zini o‘zi moliyalashtirishga hamda kelgusida avtotransport vositalarini o‘zining moliyaviy resurslari hisobiga sotib olishga o‘tishini ta’minlashni nazarda tutsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Germaniya bankiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari yuzasidan kreditor uchun maqbul bo‘lgan shakl bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tuzilgan bosh kontraktni hamda 1, 2 va 3- oldi-sotdi kontraktlarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi loyihani 2002-yil va keyingi yillar investitsiya dasturiga kiritsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki belgilangan tartibda qarz bitimlarini tuzsin va Germaniya banki mablag‘larining “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasiga qayta moliyalashtirilishini ta’minlasin.
11. Quyidagilar:
Germaniya banki va sug‘urta agentliklari O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlardan undiriladigan daromad (foyda) solig‘ini to‘lashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-maydagi 207-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N.To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 24-sentabr,
331-son