O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “TOSHKENT SHAHRINI YO‘LOVCHILAR TASHISH AVTOBUSLARI BILAN TA’MINLASH TO‘G‘RISIDA” 2002-YIL 24-SENTABRDAGI 331-SON QARORIGA QISMAN O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri aholisiga va xorijiy mehmonlarga transport xizmati ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, sotib olinayotgan “Mercedes-Benz Conecto O345” rusumli yo‘lovchi tashish avtobuslarining sifatli texnik tavsiflarini hamda qulayligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi bilan “EvoBus GmbX, Mersedes-Bens Avtobuslar” (Germaniya) kompaniyasi o‘rtasida 2002-yil 5-apreldagi oldi-sotdi Bosh kontraktiga bosh kontraktning 37,42 mln yevro summasidagi tasdiqlangan umumiy qiymati doirasida avtobuslar rusumlari spetsifikatsiyalarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi shahar yo‘lovchi tashish avtbuslarini bosqichma-bosqich yetkazib berish yuzasidan Bosh kontraktga 1-son qo‘shimcha bitim tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
“Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi tuzilgan qo‘shimcha Bitimga muvofiq 30 ta “Mercedes-Benz Conecto O345U” rusumli avtobusi, 3 ta “Mercedes-Benz Sprinter 413 CDI” rusumli mikroavtobus, 1 ta “Mercedes-Benz Tourizmo RHD” rusumli sayyohlik avtobusi o‘z vaqtida sotib olinishi va ulardan samarali foydalanilishini ta’minlasin.
2. “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi ushbu qarorga muvofiq “EvoBus GmbX, Mersedes-Bens Avtobuslar” kompaniyasi bilan tuzilgan kontraktlar asosida respublikaga keltiriladigan 270 ta “Mercedes-Benz Conecto O345” rusumli avtobus, 30 ta “Mercedes-Benz Conecto O345U” rusumli avtobus, 3 ta “Mercedes-Benz Sprinter 413 CDI” rusumli mikroavtobus, 1 ta “Mercedes-Benz Tourizmo RHD” rusumli sayyohlik avtobusi, ehtiyot qismlar, maxsus texnika, asbob-uskunalar va boshqa foydalanish materiallari uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 2-may,
207-son