Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2021 18.04.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1470
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining qarori, 18.04.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1470
Kuchga kirish sanasi
28.04.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOShQARUVINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 18-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1470]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 10-martdagi 28/18-sonli ““Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1470-4, 03.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-sentabrdagi “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 445-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 12-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-A/1-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan
2005-yil 12-mart, 3-A/1-son
“TASDIQLANGAN”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-sentabrdagi “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 445-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarida yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanilgan holda tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblarni oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom maqsadida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) korporativ bank kartasi — yuridik shaxsga bank tomonidan beriladigan, korporativ bank kartasini saqlovchisiga karta hisobvaragʻida hisobda turgan pul mablagʻlarini tasarruf etgan holda tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni sotib olish uchun naqd pulsiz shaklda toʻlovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi toʻlov kartasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) korporativ bank kartasining saqlovchisi — yuridik shaxs va emitent bank oʻrtasidagi shartnoma asosida korporativ bank kartasidan foydalanuvchi yuridik shaxs yoki u vakolat bergan shaxs. Bunda yuridik shaxs bank kartasi saqlovchisi sifatida faqat u bilan toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzgan ushbu yuridik shaxs xodimi boʻlgan shaxsga bank kartasi saqlovchisi sifatida vakolat berishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) savdo va xizmat koʻrsatish korxonasi — ekvayer bank bilan tuzilgan bitimga muvofiq tovar (ish yoki xizmat)lar uchun korporativ bank kartalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan toʻlovlarni qabul qilish majburiyatini oluvchi mahsulot sotuvchi, ish bajaruvchi yoki xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxs (yoki yakka tartibdagi tadbirkor);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) karta hisobvaragʻi — korporativ bank kartasi vositasida undagi pul mablagʻlarini tasarruf etish mumkin boʻlgan bank hisobvaragʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) bank kartalarining emissiyasi — bank kartalarini muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish borasidagi faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) emitent bank — bank kartalari emissiyasini amalga oshiruvchi, oʻzi emissiya qilgan bank kartalariga mulk huquqiga ega boʻlgan va ularning saqlovchilari va ekvayer banklar oldida ular tomonidan bank kartalaridan foydalanilgan holda hisob-kitoblarni amalga oshirish huquqlari boʻyicha oʻz nomidan majburiyatlarni zimmasiga olgan bank;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) ekvayring — savdo va xizmat koʻrsatish korxonalari bilan bank kartalaridan foydalanib hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) ekvayer bank — ekvayringni amalga oshiruvchi bank.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korporativ bank kartalarining emissiyasi “Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisida nizom”ga (roʻyxat raqami 1344, 2004-yil 30-aprel, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 17-son, 203-modda) muvofiq olib boriladi. Korporativ bank kartasining old tomonida bank kartasining majburiy rekvizitlari sifatida yuridik shaxsning rasmiy (firma) nomi yoki yuridik shaxsning yozma iltimosiga koʻra korporativ bank kartasini saqlovchi shaxsning familiyasi, ismi-sharifi koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korporativ bank kartalaridan foydalanilgan holda hisob-kitoblar uchun moʻljallangan pul mablagʻlarining hisobi Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga (roʻyxat raqami 773-17, 2004-yil, 13-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 32-son, 369-modda) muvofiq 22620 — “Korporativ plastik kartochkalar boʻyicha majburiyatlar” balans hisobvaraqlarida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Korporativ bank kartalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan operatsiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Karta hisobvaragʻini toʻldirish karta hisobvaragʻini ochgan yuridik shaxsning toʻlov topshiriqnomasiga asosan uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Korporativ bank kartalaridan foydalangan holdagi hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Korporativ bank kartalarining saqlovchilari savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarida milliy valyutadagi korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizom”da, unga kiritilgan oʻzgartirishlar hisobga olingan holda, koʻzda tutilgan xarajatlarni toʻlash uchun naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Korporativ bank kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda toʻlash uchun sarf qilinayotgan pul mablagʻlari korporativ bank kartasining saqlovchisiga hisobdorlik sharti bilan beriladigan, qatʼiy tarzda belgilangan maqsadlarga ishlatiladigan mablagʻlar boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ bank kartasining saqlovchisi uni hisobdorlikka olgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmagan holda korporativ bank kartalari vositasida ishlatilgan summalar toʻgʻrisida yuridik shaxsning buxgalteriyasiga hisobot taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xizmat safarlari bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash uchun korporativ bank kartasidan foydalanganda, korporativ bank kartasining saqlovchisi xizmat safaridan qaytganidan keyin qonunda belgilangan muddatda korporativ bank kartasi vositasida sarflangan summalar toʻgʻrisida buxgalteriyaga hisobot taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, olingan toʻlov terminali kvitansiyalarining asl nusxalari, elektron tijorat bitimlaridagi tomonlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar hamda qonun hujjatlarida belgilangan tegishli rekvizitlarga ega boʻlgan boshqa hujjatlar yuridik shaxs buxgalteriyasi uchun hisobot hujjatlari sifatida xizmat qiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1470-3, 10.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 10/19/1470-3/2457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Korporativ bank kartasi orqali amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha hisobot hujjatlari sifatida toʻlov terminali kvitansiyalarining asl nusxalari, ularga ilova qilingan tegishli savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarning “toʻlandi” muhri qoʻyilgan toʻlov hujjatlari, shuningdek, elektron tijorat bitimlaridagi tomonlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar, invoys (hisob-faktura) hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar xizmat qiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1470-3, 10.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 10/19/1470-3/2457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1470-3, 10.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 10/19/1470-3/2457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Korporativ bank kartasiga uning saqlovchiga toʻlanadigan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va dividendlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Shuningdek, korporativ bank kartalari vositasida naqd pul berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Karta hisobvaragʻidagi sarflanmay qolgan mablagʻlarni asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga qaytarish toʻlov topshiriqnomasi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Oʻtkazilgan operatsiyalarning qonuniyligi uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Korporativ karta orqali amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi uchun javobgarlik karta hisobvaragʻini ochgan yuridik shaxs zimmasida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri S. RAXIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 10-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 10-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi bosh direktori v.b. S. ABDULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 10-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 15-16-son, 121-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 10/19/1470-3/2457-son)