1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish va ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlarning natijadorligini oshirish va bunda aholining maqsadli guruhini aniqlash bo‘yicha vazifalar aniq bir mezon va uslubiy yondashuvlarning ishlab chiqilishini talab etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘z navbatida, ushbu uslubiy yondashuv va bazani shakllantirish aholining turmush sharoiti va ijtimoiy holatini bevosita o‘zida aks ettiruvchi, ya’ni ularning iste’mol tarkibi va xususiyatlari bo‘yicha real holatni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash muhim ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Jahon bankining texnik ko‘magi asosida minimal iste’mol xarajatlari qiymatining dastlabki hisob-kitoblari tayyorlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik mezoni (yoki chegarasi) sifatida foydalanish bo‘yicha taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilani Ijtimoiy reyestrga kiritish jarayonida qo‘llaniladigan va jon boshiga to‘g‘ri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal iste’mol xarajatlariga tenglashtiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi har yili avgust oyiga qadar minimal iste’mol xarajatlari qiymatining prognoz parametrlarini inflyatsiya kutilmalaridan kelib chiqib hisoblaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda minimal iste’mol xarajatlari qiymatining prognoz ko‘rsatkichlarini kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarini shakllantirishda inobatga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy statistika qo‘mitasi minimal iste’mol xarajatlari va kambag‘allik darajasini har yilgi hisobot yilida inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, keyingi yilning 20-yanvariga qadar e’lon qilib boradi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, minimal iste’mol xarajatlari tarkibini respublika iqtisodiyotining rivojlanishi hamda aholi daromad va xarajatlarining o‘zgarishini inobatga olgan holda kamida har 5 yilda qayta ko‘rib chiqadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
minimal iste’mol xarajatlari, kambag‘allik chegarasi va uy xo‘jaliklarining real iste’mol qiymatlari hamda tarkibini o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘lom hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar hamda xizmatlar uchun minimal iste’mol xarajatlar qiymatini hisoblash tamoyillari, bosqichlari va tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda uy xo‘jaliklari so‘rovi natijalaridan kelib chiqib, 2021-yilning 15-dekabriga qadar minimal iste’mol xarajatlari hisob-kitobini yakuniga yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Jahon banki va YUNISEFning texnik ko‘magini jalb qilgan holda 2021-yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
minimal iste’mol xarajatlarini hisoblashda har bir uy xo‘jaligi a’zolarining yoshi, tarkibidan kelib chiqqan holda tegishli koeffitsiyentlarni qo‘llash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy xo‘jaliklari kuzatuvlari qamrovini 2023-yilgacha bosqichma-bosqich 2 baravar oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kambag‘allikni qisqartirishning yangi vositalarini amaliyotga joriy etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 27-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
544-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 544-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom aholining real iste’mol xarajatlari, xususiyatlari va tarkibidan kelib chiqib, aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon banki, FAO, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash bo‘yicha berilgan tavsiyalar asosida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kambag‘allik — aholi iqtisodiy imkoniyatlarining hayot kechirish uchun zarur minimal ehtiyojlarini qondirishiga yetarli darajada bo‘lmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kambag‘allik chegarasi — aholining real xarajatlari tarkibidan kelib chiqib hisoblanadigan bir kishi uchun minimal iste’mol xarajatlari qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
minimal iste’mol xarajatlari (keyingi o‘rinlarda — minimal xarajatlar) — uy xo‘jaliklarining real iste’mol qiymatlari va tarkibini o‘rganish asosida ularning sog‘lom hayot kechirishlari uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar hamda xizmatlar uchun minimal xarajatlarning hisoblangan qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
minimal kilokaloriya — inson organizmining hayot faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan minimal energiyaviy qiymat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
protsentil — so‘rovda ishtirok etgan uy xo‘jaliklarini jon boshiga nisbatan jami xarajatlarga ko‘ra 1 foizlik guruhlarga ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
real iste’mol qiymati — so‘rovnomada uy xo‘jaligi tomonidan tovar va xizmatlar uchun amalga oshirilgan xarajatlarning puldagi ifodasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
target guruhi — so‘rovnomada ishtirok etgan respondentlar orasidan iste’mol xususiyatiga ko‘ra ajratib olingan kichik guruh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy xo‘jaligi — ma’lum bir uy-joyda birga yashovchi, daromadlarini to‘liq yoki qisman birlashtirgan holda umumiy ro‘zg‘or yurituvchi kishilar guruhi. Bunda uy xo‘jaligi a’zolari o‘rtasida qarindoshlik aloqalari bo‘lishi shart emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi — uy xo‘jaligi budjetining shakllanishi va taqsimlanishini aniqlash hamda ularning hayot darajasini kuzatishga yo‘naltirilgan tanlanma so‘rov usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Engel koeffitsiyenti — uy xo‘jaligining jami xarajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari qiymatining ulushi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizom minimal iste’mol xarajatlarining uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvi natijalari asosida aholining real iste’moli tarkibidan kelib chiqib, statistik usul orqali hisoblashga mo‘ljallangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida aholi minimal xarajatlari va kambag‘allik chegarasini hisoblashda bir xil uslubiy yondashuvni ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Aholining minimal xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Minimal xarajatlar va kambag‘allik chegarasini hisoblashning statistik bazasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Minimal xarajatlar qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblashda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Milliy statistika qo‘mitasi) tomonidan amalga oshiriladigan uy xo‘jaligi tanlanma kuzatuvi natijalari asosida shakllanadigan aholi iste’moli, daromad miqdori va tarkibi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy xo‘jaliklari iste’molining kilokaloriyadagi qiymatini aniqlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining energiyaviy qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Minimal xarajatlar qiymatini hisoblash tamoyillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Minimal xarajatlar qiymati quyidagi tamoyillarga asoslanib hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi tanlovi va moliyaviy imkoniyatlari kabi iste’mol tarkibiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning inobatga olinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi oziq-ovqat mahsulotlari iste’moliga sarflagan amaldagi xarajatlarning e’tiborga olinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining real talabidan kelib chiqib hamda demografik holatning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda, nooziq-ovqat mahsulotlari turlari va tarkibining inobatga olinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining zarur xizmatlar xarajatlari qiymatini hisoblashda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan bepul xizmatlarning e’tiborga olinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
minimal xarajatlar qiymati aholi real iste’moli tarkibidan kelib chiqqanligi sababli ularda boqimandalik kayfiyatini rag‘batlantirishga yo‘l qo‘yilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
minimal xarajatlar qiymatini aholi bilan bevosita so‘rov o‘tkazish orqali aniqlanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Minimal xarajatlarni hisoblash bosqichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Minimal xarajatlarni hisoblash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda, Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan joylarga chiqqan holda uy xo‘jaliklarining iste’moli, daromadi va yashash sharoitini inobatga oluvchi so‘rovnoma o‘tkaziladi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda, Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda uy xo‘jaliklari kesimida iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda xizmatlar qiymati real iste’mol qiymatidan kelib chiqib, target guruhi uchun respublika o‘rtacha narxlarida hisoblab chiqiladi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi bosqichda, Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda uy xo‘jaliklarining aholi jon boshiga iste’mol hajmidan kelib chiqib, o‘sish tartibida detsillarga (10 foizlik guruh) bo‘linadi va eng kam iste’molga ega bo‘lgan birinchi uch guruhdagi uy xo‘jaliklari (target guruhi) ajratib olinadi;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi bosqichda, kambag‘al aholining oziq-ovqat mahsulotlari xarajati asosida bir kilokaloriyaga sarflangan qiymat aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi bosqichda, bir kilokaloriya qiymati Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti taklif etgan energiya qiymatiga (2 200 kkal) ko‘paytirilib, minimal oziq-ovqat xarajatlari aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi bosqichda, target guruhining umumiy xarajatlaridagi oziq-ovqat mahsuloti ulushi aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi bosqichda, minimal oziq-ovqat xarajatlarini Engel koeffitsiyentiga bo‘lish orqali bir kishi uchun minimal xarajatlar aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Minimal xarajatlarni hisoblash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Uy xo‘jaliklari tomonidan oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarga sarflangan iste’mol xarajatlari qiymati real iste’mol narxlaridan kelib chiqib, respublika o‘rtacha narxlariga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mn = mn * Hn, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mn— uy xo‘jaligi tomonidan n turdagi mahsulot iste’moliga sarflangan xarajatlarning target guruhi uchun o‘rtacha respublika narxlaridagi qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mn — uy xo‘jaligi tomonidan n turdagi mahsulot iste’moli miqdori (kg, litr, dona va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
H— n turdagi mahsulotning real iste’mol narxlarining o‘rtacha respublika narxi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol uchun, uy xo‘jaligi bir oyda 5 kg kartoshka iste’mol qilsa, bunda ushbu mahsulotning respublikadagi o‘rtacha yillik narxi 4500 so‘mni tashkil etsa, bu holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 kg *4500 so‘m/kg =22 500 so‘m.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Uy xo‘jaligi tomonidan iste’mol qilingan oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarning yig‘indisi orqali uy xo‘jaligi jami o‘rtacha oylik iste’mol xarajatlari qiymati aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIm=OXm+HOXm+XXm, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIm — m uy xo‘jaligining jami iste’mol xarajatlari qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OXm— m uy xo‘jaligining oziq-ovqat mahsulotlariga sarflagan jami xarajatlari qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HOXm — m uy xo‘jaligining nooziq-ovqat mahsulotlariga sarflagan jami xarajatlari qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XXm — m uy xo‘jaligining xizmatlarga sarflagan jami xarajatlari qiymati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir uy xo‘jaligi jami iste’mol xarajatlari qiymatini uning a’zolari soniga bo‘lish orqali aholi jon boshiga jami iste’mol xarajatlari qiymati aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi jami iste’mol xarajatlari qiymatiga ko‘ra uy xo‘jaliklari tartiblanadi va protsentillarga bo‘linadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Uy xo‘jaliklarining oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli miqdoridan (kg, litr, dona va boshqalar) kelib chiqib, oziq-ovqat iste’molining jami kilokaloriya qiymati aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Uy xo‘jaliklari oziq-ovqat iste’molining bir kilokaloriya qiymati quyidagicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1kkal— uy xo‘jaligi iste’mol qilgan 1 kilokaloriyaning qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OXk — m uy xo‘jaligining iste’mol qilgan oziq-ovqat xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IKk — m uy xo‘jaligi iste’mol qilgan kilokaloriya miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, 5 kishidan iborat uy xo‘jaligi kunlik oziq-ovqat iste’moli uchun kuniga 11 750 kkal va mahsulot uchun 53 463 so‘m sarflangan bo‘lsa, u holda 1 kkal narxi quyidagicha hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Target guruhida bir kishi uchun o‘rtacha bir kilokaloriya qiymatini kunlik minimal kilokaloriyaga ko‘paytirish orqali kunlik minimal oziq-ovqat xarajatlarining qiymati aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MOX = 1kkal * Nkkall, bunda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MOX — kunlik minimal oziq-ovqat xarajatlari qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nkkal — bir kishi uchun kunlik minimal kilokaloriya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kunlik minimal oziq-ovqat xarajatlari qiymatini 30,41 ga (365/12) ko‘paytirish orqali mazkur ko‘rsatkichning o‘rtacha oylik qiymati aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, agar bir kilokaloriya narxi 4,6 so‘m va bir kishi uchun kunlik minimal kilokaloriya 2 200 ga teng bo‘lsa, o‘rtacha oylik minimal oziq-ovqat xarajatlari qiymati quyidagicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MOX=4,6*2200*30,41=304 404 so‘m.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Uy xo‘jaligining o‘rtacha oylik jon boshiga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlariga sarflangan xarajatlarining umumiy xarajatlardagi ulushini aniqlash orqali har bir uy xo‘jaligining Engel koeffitsiyenti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Engm— Engel koeffitsiyenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— m uy xo‘jaligining aholi jon boshiga jami oziq-ovqat xarajatlari qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— m uy xo‘jaligining aholi jon boshiga jami xarajatlari qiymati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, agar uy xo‘jaligining jami iste’moli tarkibida oziq-ovqat xarajatlari 304 404 so‘m, jami xarajatlari 439 860 so‘m bo‘lsa, u holda quyidagicha hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Minimal oziq-ovqat xarajatlari qiymatini Engel koeffitsiyentining o‘rtacha miqdoriga bo‘lish orqali bir kishi uchun o‘rtacha oylik minimal xarajatlar qiymati aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, tanlangan guruh bo‘yicha o‘rtacha Engel koeffitsiyenti 69 foiz, minimal oziq-ovqat xarajatlari 304 404 so‘m bo‘lsa, u holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Minimal xarajatlar hisoblangan yil bazaviy yil bo‘lib, kelgusi yil uchun minimal xarajatlar oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxlari darajasidan kelib chiqib, indeksatsiya qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda iste’mol narxlari indeksi tarkibidagi oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarning narxlari o‘zgarishi va ularning minimal xarajatlardagi ulushlari ko‘paytmasining yig‘indisi orqali minimal xarajatlardagi narxlar o‘zgarishi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MOXind— minimal oziq-ovqat xarajatlarining minimal xarajatlardagi ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inf00 — iste’mol narxlari indeksi tarkibidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HOXind— minimal xarajatlar tarkibida nooziq-ovqat mahsulotlarining ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Infno— iste’mol narxlari indeksi tarkibidagi nooziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XXind— minimal xarajatlar tarkibida xizmatlarning ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Infxiz— iste’mol narxlari indeksi tarkibidagi xizmatlar narxining o‘zgarishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minimal xarajatlardagi narxlar o‘zgarishini o‘tgan davrdagi minimal xarajatlar qiymatiga ko‘paytirish orqali hisobot davrida minimal xarajatlar qiymati aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MXt=MXt-1*MXinf
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kambag‘allik darajasi — xarajati (yoki daromadi) minimal xarajatlar qiymatidan past bo‘lgan aholining jami aholiga nisbati orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining minimal xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Tadbirlar
Muddatlar
Mas’ul organlar
1-bosqich
Minimal xarajatlar qiymatining prognoz parametrlarini inflyatsiya kutilmalaridan kelib chiqib hisoblash
Har yili avgust oyida
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
2-bosqich
Minimal xarajatlar qiymatining prognoz ko‘rsatkichlarini kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarini shakllantirishda inobatga olish
Har yili dekabr oyida
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
3-bosqich
Yillik minimal xarajatlar va kambag‘allik darajasining amaldagi qiymatini e’lon qilish
Hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvariga qadar
Milliy statistika qo‘mitasi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
4-bosqich
Minimal xarajatlar tarkibini respublika iqtisodiyotining rivojlanishi hamda aholi daromad va xarajatlarining o‘zgarishini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish
Har besh yilda
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi,
Moliya vazirligi
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/544/0829-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)