Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 18-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3159-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 27-oktabrdagi OʻRQ-644-son “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi va 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-son “Sanitariya-epidemiologiya xizmati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2021-yil 26-martdagi PF-6196-son “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 23-martdagi 67-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159, 2019-yil 20-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/3159/3151-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-avgust,
256-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XADJIBAYEV
2021-yil 12-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 11-avgustdagi 256-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 36-banddagi “Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda IIV JIEBB deb yuritiladi) davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish boʻlimi” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining (bundan buyon matnda IIV huzuridagi JIED deb yuritiladi) Tibbiyot boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 57-banddagi “IIV JIEBB Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish boʻlimi” degan soʻzlar “IIV huzuridagi JIED Tibbiyot boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 61-banddagi “alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlik” degan soʻzlar “narkologik kasallik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 2-bobning 2-paragrafi nomidagi “Alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlik” degan soʻzlar “Narkologik kasallik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 78-banddagi “alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka” degan soʻzlar “narkologik kasallikka” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 92-banddagi “Sanitariya-epidemiologiya nazorat (bosh) markazlariga” degan soʻzlar “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 106 va 165-bandlardagi, 168-bandning birinchi xatboshisidagi hamda 207 va 213-bandlardagi “IIV JIEBB” degan soʻzlar “IIV huzuridagi JIED” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 115-banddagi “alkogolizm, giyohvandlik” degan soʻzlar “narkologik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 132-bandning uchinchi xatboshisidagi “IIV JIEBB davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish boʻlimi” degan soʻzlar “IIV huzuridagi JIED Tibbiyot boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 133-banddagi “Alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka” degan soʻzlar “Narkologik kasallikka” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 7-ilovada:
nomidagi “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik” degan soʻzlar “Surunkali narkologik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
jadvalning 1-pozitsiyasidagi “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlik” degan soʻzlar “Surunkali narkologik kasallik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 10/21/3159-1/0805-son)