13.08.2021 yildagi PQ-5223-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan tashabbuslarning sifatini, olib borilayotgan islohotlar natijadorligini tubdan oshirish, shuningdek, 2022 — 2026-yillarda hududlar, tarmoqlar va sohalarni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ilmiy asoslangan innovatsion yondashuvlar asosida ishlab chiqish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda mahalliy davlat hokimiyati organlarini ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar bilan doimiy ravishda ta’minlab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda mavjud resurslar bazasini o‘rganish orqali iqtisodiyot tarmoqlarida yangi ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har chorakda tumanlar kesimida aholi orasida so‘rovlar o‘tkazib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishi jarayonlarining milliy iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganib borish hamda mazkur yo‘nalishlarda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni vakolatli idoralarga taqdim etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoatda klasterlar faoliyatini rivojlantirib borish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish orqali ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqib, vakolatli idoralarga taqdim etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy axborot texnologiyalari va idoralararo integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda mahalliy davlat hokimiyati organlariga dolzarb muammolarni bartaraf etishga qaratilgan biznes tahlillarni taqdim etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markaz tuzilmasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat klasterlari faoliyatini rivojlantirish shu’basi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IT-texnologiyalarni joriy etish va ma’lumotlar bazasini integratsiyalash shu’basi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik bilan aloqalar va marketing shu’basini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida Markazning hududiy filiallarini tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning hududiy filiallari yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy filiallar xodimlari Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy filiallar ilmiy xodimlariga Markaz xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari va tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari Markazga hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holati bo‘yicha mavjud ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga ruxsat beradi va hududlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini integratsiyalashga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Markazning hududiy filiallariga mazkur qaror bilan yuklatilayotgan vazifalarni samarali bajarishlari uchun har tomonlama yordam beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, ushbu qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar 2021-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligiga davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy loyihalarni moliyalashtirishga ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi, 2022-yildan esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Markazning hududiy filiallari oliy o‘quv yurtlarining binolarida bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4471-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 13-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5223-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-avgustdagi PQ-5223-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Xodimlarning umumiy soni — 75 nafar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu jumladan ilmiy xodimlar — 61 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi xodimlarning soni o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-avgustdagi PQ-5223-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4471-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qarorga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 07/21/5223/0797-son)