1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida yashovchi aholining turmush tarzini yaxshilash va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, bu borada ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) maʼlumotlar bazasida Andijon viloyatining Asaka tumanida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan 38 446 ta, Shahrixon tumanida — 32 309 ta koʻchmas mulk obyektlari mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik kodeksining 187-moddasiga muvofiq mulkdor boʻlmagan, lekin koʻchmas mol-mulkka oʻn besh yil davomida oʻziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini olishi (egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq 2021-yil 1-avgustdan boshlab meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi, Andijon viloyat hokimligi, tuman sektor rahbarlari, tuman soliq, ichki ishlar va adliya organlari, qurilish boʻlimi, mahalla fuqarolar yigʻini vakillaridan iborat ishchi guruh tuzgan holda uch oy muddatda Asaka va Shahrixon tumanlarida barcha koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan (keyingi oʻrinlarda — xatlov) oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Andijon viloyati hokimligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Kadastr agentligining xatlov natijasiga koʻra aniqlangan Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida koʻp yillar davomida fuqarolar tomonidan foydalanilib kelayotgan va huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud boʻlmagan turar joylar (keyingi oʻrinlarda — avval qurilgan turar joylar) joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi hamda bino va inshootlarga mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, avval qurilgan turar joylarga mazkur bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan huquqlarni eʼtirof etish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshoot joylashgan yer uchastkasi kamida oʻn besh yil mobaynida oʻziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalanilgan va ushbu holat soʻnggi oʻn besh yil mobaynida mazkur koʻchmas mulk obyekti uchun yer va mol-mulk soliqlari toʻlanganligi bilan tasdiqlangan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk obyektlari boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzmasligi yoki fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasligi, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilingan holda qurilgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk obyektlari aholi punkti yerlari toifasiga kirmaydigan yerlarda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda va muhofaza etiladigan hududlarda joylashgan boʻlmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning 3-bandida nazarda tutilgan shartlarga mos boʻlgan turar joylar joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi hamda bino va inshootlarga mulk huquqini eʼtirof etish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avval qurilgan turar joylarning nomma-nom roʻyxati tuman hokimligi, tuman sektor rahbarlari, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Andijon viloyati boshqarmasi, tuman qurilish boʻlimi, tuman adliya boʻlimi tomonidan tasdiqlanadi va Andijon viloyat hokimligiga taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyat hokimligi koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish yoki rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashiga belgilangan tartibda taklif kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizoli boʻlgan yer uchastkasi hamda bino va inshootlarga huquqni eʼtirof etish yoki rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun tuman hokimliklari tomonidan sudlarga daʼvo arizalar kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi yoki sudning koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qarori ular tomonidan Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Andijon viloyati boshqarmasiga taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi yoki sud tomonidan qabul qilingan yer uchastkasiga ijara huquqi, shuningdek, bino va inshootlariga mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qarorga asosan, yer uchastkasi hamda bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan fuqarolarga tegishli yer uchastkasini hamda bino va inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xarajatlar tuman budjetining qoʻshimcha daromadlari hisobidan qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr agentligi tegishli davlat xizmatlari markazi orqali yoʻllangan murojaatlar asosida kadastr pasportini tayyorlaydi hamda yer uchastkalari, bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazadi. Bunda avval qurilgan turar joylar egalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasida yer uchastkasiga nisbatan ijara shartnomasini tuzish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avval qurilgan turar joylar joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi hamda bino va inshootlarga mulk huquqi mazkur qarorga ilovaga muvofiq sxema asosida eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida 2021-yil 25-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 13-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
520-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-avgustdagi 520-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ishchi guruh
Avval qurilgan turar joylarning nomma-nom roʻyxatini tasdiqlaydi va Andijon viloyat hokimligiga taqdim etadi.
3 oy muddatda
3-bosqich
Andijon viloyati hokimligi
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish yoki rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashiga taklif kiritadi (nizoli obyektlar boʻyicha sudga daʼvo arizalari kiritadi).
Uch ish kunida
4-bosqich
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi,
sud
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qarorlarini Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Andijon viloyati boshqarmasiga taqdim etadi.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda
5-bosqich
Mulkdor
Yer uchastkasiga ijara huquqi, shuningdek, bino va inshootlarga mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qarorga asosan yer uchastkasi hamda bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi.
1 oy muddatda
6-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Arizani Davlat kadastrlari palatasining Andijon viloyati boshqarmasiga yuboradi.
Axborot tizimi orqali avtomatik tarzda
7-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining Andijon viloyati boshqarmasi
Ariza asosida kadastr pasporti tayyorlanadi hamda yer uchastkalari, bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/520/0796-son)