O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatiga hamda ta’limga oid qonunchilik takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-avgust,
511-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 26-martdagi 144-son qarorining 8-bandidagi “Iste’dod” so‘zi “El-yurt umidi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 3-sentabrdagi 415-son qarorining 9-bandidagi “Iste’dod” jamg‘armasi (R. Qosimov)” so‘zlari “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi 479-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 28-son, 656-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining o‘quv-metodik ta’minotini tashkil etish hamda moddiy-texnika bazasini shakllantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari dasturida:
a) 11-pozitsiyaning “Moliyalashtirish manbai” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalqaro loyihalarning grant mablag‘lari va Filialning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari”;
b) 13-pozitsiyaning “Mas’ul bajaruvchilar” ustunidagi “Iste’dod” so‘zi “El-yurt umidi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 745-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasi tinglovchilari tomonidan malakaviy amaliyot va stajirovka o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 46-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Iste’dod” jamg‘armasining” so‘zlari “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan 2018 — 2021-yillarda Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturida:
a) 2-pozitsiyada:
“Chora-tadbirlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Universitetning bakalavriat bitiruvchilarini xorijiy magistratura dasturlari asosida o‘qitishni va magistrantlarning stajirovkasini hamkor xorijiy ilmiy-o‘quv markazlarida tashkil qilish”;
“Moliyalashtirish manbai” va “Mas’ul ijrochilar” ustunlaridagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 10-pozitsiyaning “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-martdagi 258-son qarorida:
a) 5-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) ilovada:
12 va 13-pozitsiyalarning “Moliyalashtirish manbai” ustunidan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
12-pozitsiyaning “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 7-iyundagi 472-son qarorining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi psixologiya sohasi kadrlarini xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda tayyorlash, ularning malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablag‘lar, buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Maslahat kengashi tarkibining 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Lavozimga ko‘ra — Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori”.
10. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-avgustdagi 701-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablag‘lar, buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tillari o‘qituvchilarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborish choralarini ko‘rsinlar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 842-son qarori bilan tasdiqlangan 2019 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining18-pozitsiyasi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi va” so‘zlari “Ijrochilar mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-dekabrdagi 1037-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika oliy ta’lim kengashi tarkibining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. lavozimi bo‘yicha — Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi 523-son qarori bilan tasdiqlangan 2020 — 2022-yillarda bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar rejasining 12-pozitsiyasida:
a) “Tadbirlar nomi” ustunining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sog‘liqni saqlash vazirligi uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablag‘lar, buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot kadrlarini yetakchi xorijiy tibbiyot va ilmiy muassasalarga markazlashtirilgan holda yuborish orqali ularning qisqa va uzoq muddatli malakasini oshirish”;
b) “Moliyalashtirish manbai” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, Sog‘liqni saqlash vazirligi uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablag‘lar, buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar”.
15. Vazirlar Mahkamasining “Test tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 17-sentabrdagi 562-son qarorida:
a) 3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari”;
b) ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti faoliyatini yanada takomillashtirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 8-pozitsiyasining “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 13-maydagi 204-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 18-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 15-16-son, 104-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 20-iyundagi 183-son qaroriga ilovaning 10-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 10-avgustdagi 243-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 8-maydagi 124-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quv yuklamasining hajmlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 23-dekabrdagi 337-son qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 52-son, 691-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2015-yil 10-yanvardagi 3-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-iyundagi 347-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida” 2018-yil 9-avgustdagi 638-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oliy ta’lim muassasalarining ta’lim berish jarayoniga noyob iste’dodli va mahoratli mutaxassislarni jalb etishga doir o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 8-iyundagi 473-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 821-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 12-dekabrdagi 988-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2020-yil 11-avgustdagi 476-son qarori.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)