28.03.2019 yildagi 258-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son hamda “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3775-son qarorlari ijrosini taʼminlash hamda Toshkent viloyatining taʼlim sohasi uchun raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, oʻquv jarayonini takomillashtirish, jumladan, Institutda pedagog kadrlar tayyorlash mazmunini qayta koʻrib chiqish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini taʼminlash, yangidan tashkil etilayotgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha zarur oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish, talabalarning viloyat hududidagi tegishli taʼlim muassasalarida amaliyot oʻtashlarini tashkil etish, ularni qishloq hududlardagi taʼlim muassasalariga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yanada takomillashtirish va talabalarning ijtimoiy himoyasini tashkil etish, jumladan, yoshlar siyosati, maʼnaviy-maʼrifiy va mafkuraviy sohadagi ishlari natijadorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, talaba-yoshlarni yot gʻoya va axborot xurujlaridan himoyalash, nodavlat notijorat tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, mahallalar va ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash, nogironligi boʻlgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim talabalarga koʻmaklashish, talaba-yoshlarni harbiy vatanparvarlik, mehnatsevarlik va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, ilmiy-innovatsion va xalqaro hamkorlik faoliyatini takomillashtirish, bunda davlat ilmiy dasturlari doirasidagi loyihalar va xalqaro grantlar tanlovida Institutning faol ishtirokini taʼminlash, professor-oʻqituvchilar tomonidan yuqori ilmiy-uslubiy, amaliy-tatbiqiy ahamiyatga ega monografiya va ilmiy maqolalar tayyorlash va chop ettirilishini faollashtirish, ilmiy ish bilan shugʻullanish uchun ilmiy-pedagog xodimlar, doktorantlar va yosh izlanuvchilarga zarur sharoitlar yaratish va ragʻbatlantirish;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish jarayonini takomillashtirish, jumladan, ularning uzluksiz malaka oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish, professor-oʻqituvchilarni xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlariga stajirovka oʻtash va malaka oshirishga yuborish, professor-oʻqituvchilarning mustaqil malaka oshirishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, Institut faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini yaxshilash va samarali foydalanishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur chora-tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash yuzasidan masʼul vazirlik va idoralar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda zarur ixtisosliklar boʻyicha iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ehtiyojlari hamda hududlarni rivojlantirishning istiqbolli dasturlariga muvofiq Institutda yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Institutning ilmiy salohiyatini oshirish va oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash maqsadida 2020-yildan boshlab respublikaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarida Institut uchun maqsadli tayanch doktorantura va doktorantura boʻyicha qabul kvotalarini ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Institut professor-oʻqituvchilarini xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlariga doktorantura, stajirovka va malaka oshirish uchun yuborish choralarini koʻrsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Chirchiq shahar, Lomonosov koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan Chirchiq texnika kasb-hunar kolleji hamda Chirchiq shahar, Bobur koʻchasi, 22-uy manzilida joylashgan Chirchiq sanoat kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududlari bilan birga Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar tegishlicha Institut binolarida oʻquv jarayonini davom ettiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 28-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
258-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-martdagi 258-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddat

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul
ijrochilar

I. Oʻquv jarayonini takomillashtirish

1.

Pedagog kadrlar tayyorlash mazmunini qayta koʻrib chiqish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini taʼminlash.

1. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha davlat taʼlim standarti, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarining yangi avlodini yaratish maqsadida doimiy faoliyat �oʻrsatuvchi ishchi guruhlar tuzish.

2019-yil aprel

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Toshkent davlat pedagogika universiteti

2. Ishchi guruhlar tomonidan ilgʻor xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqilgan davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini asosiy kadrlar isteʼmolchilari bilan kelishish.

3. Tasdiqlangan davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini bosqichma-bosqich oʻquv jarayoniga tatbiq etish.

2019/2020 oʻquv yilidan

2.

Yangidan tashkil etilayotgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari (shu jumladan, ularning elektron varianti), maxsus davriy nashrlar yaratish.

Yangi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha fanlar roʻyxatini tuzish va roʻyxat asosida zaruriy mahalliy va xorijiy adabiyotlar hamda davriy nashrlarni xarid qilish hamda tegishli muddatlarda tarjima qilish orqal� yangi oʻquv-uslubiy adabiyotlar, qoʻllanmalar, axborot materiallarini yaratish.

2019/2020 oʻquv yilidan

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

3.

Toshkent viloyati maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida kadrlarga boʻlgan ehtiyojlar asosida ularda Institutning bitiruvchi kurs talabalarini amaliyot oʻtashlarini yoʻlga qoʻyish.

1. Toshkent viloyati maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.

2019-yil may

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlim vazirligi,

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

2. Bitiruvchi kurs talabalarini amaliyot oʻtaydigan taʼlim muassasalari kesimida taqsimlash.

2019-yil iyul

3. Talabalarning talab darajasida amaliyot oʻtashlarini nazorat qilib borish.

amaliyot oʻtash davrida

4.

Qishloq hududlardagi taʼlim muassasalariga Institut bitiruvchilarini jalb etish va ularning doimiy ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratish.

1. Bitiruvchi yosh mutaxassislarni bitiruv oldi amaliyotlarini kadrlar buyurtmachilari talablari asosida ish joylarini belgilagan holda taqsimlash.

2. Ishga yuborilgan hududda yosh mutaxassislarni uy-joylar bilan taʼminlash hamda oylik ish haqlariga ustamalar belgilash tizimini yoʻlga qoʻyish.

doimiy

-

Toshk??nt viloyati hokimligi, tumanlar hokimliklari,

Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

5.

Bitiruvchi kadrlarni bandligini nazorat qilish maqsadida Institut rasmiy veb-saytida elektron monitoring blogini yaratish.

1. Institut rasmiy veb-saytida bitiruvchilarning bandlik monitoringi blogini yaratish.

2. Yillar kesimida bitiruvchilarning bandligi boʻyicha bazasini Institut rasmiy veb-saytiga joylashtirib borish.

2019-yil
avgustdan, doimiy

-

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti,
Toshkent viloyati bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi

6.

Tayanch oliy taʼlim muassasasi elektron platformasi bazasiga Instit�tda ishlab chiqilgan oʻquv, uslubiy, ilmiy adabiyotlarni, multimedialar, videoroliklar va boshqalarni muntazam joylashtirib borish.

1. Institut professor-oʻqituvchilari tomonidan yaratiladigan oʻquv adabiyotlari, multimedialar, videoroliklar va boshqalarni nashr rejasini ishlab chiqish.

2019-yil aprel

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

2. Institutda yaratilgan oʻquv adabiyotlar, multimedialar, videoroliklar va boshqalarni tayanch oliy taʼlim muassasasi elektron platformasi bazasiga muntazam joylashtirib borish.

doimiy

7.

Respublikaning yetakchi oliy taʼlim muassasalarining tegishli magistratura mutaxassisliklariga maqsadli qabul kvotalarini ajratish.

1. Institutda mutaxassisliklar kesimida yuqori malakali kadrlarga boʻlg�n ehtiyojlarni aniqlash.

2019-yil

aprel

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

2. Aniqlangan ehtiyojlar asosida magistratura mutaxasisliklariga maqsadli qabul kvotalariga takliflarni shakllantirish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil
may

II. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yanada takomillashtirish va talabalarning ijtimoiy himoyasini tashkil etish

8.

Institutning 2019 — 2021-yillarda yoshlar siyosati, maʼnaviy-maʼrifiy va mafkuraviy sohadagi ishlari natijadorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

1. Institutda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishga oid targʻibot ishlarini olib borish, talaba-yoshlarni yot gʻoya va axborot xurujlarid�n himoyalash, nodavlat notijoat tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, mahallalar va ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash, nogironligi boʻlgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim talabalarga koʻmaklashish, talaba-yoshlarni harbiy vatanparvarlik, mehnatsevarlik va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalarini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash.

2019-yil
aprel

belgilangan muddatlarda

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

manfaatdor tashkilot va idoralar,

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

9.

“Boʻsh vaqtim — bilim va sport bilan birga” mavzusi doirasida sport musobaqalari va oʻyinlarini oʻtkazish.

1. Talabalar orasidan “Gimnastika sport musobaqalari”, “Alpomish-Barchinoy” sport oʻyinlariga munosiblarini saralab olish.

2019-yil aprel

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

2. “Gimnastika sport musobaqalari”ni oʻtkazish.

2019-yil aprel

3. “Alpomish-Barchinoy” sport oʻyinlarini oʻtkazish.

2019-yil may

III. Ilmiy-innovatsion va xalqaro hamkorlik faoliyatini takomillashtirish

10.

Davlat ilmiy dasturlari doirasidagi fundamental, amaliy, innovatsion, yoshlar loyihalari va xalqaro grantlar tanlovida Institutning faol ishtirokini taʼminlash.

1. Davlat ilmiy dasturlari doirasidagi amaliy va innovatsion grant loyihalari tanlovida Institut professor-oʻqituvchilari ishtirokini taʼminlash.

2. Tadqiqot natijalari asosida darslik, oʻquv qoʻllanma va monografiyalar chop etishni jadallashtirish.

2019 — 2021-yillar

Mahalliy va xorijiy grantlar hisobidan

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

11.

Professor-oʻqituvchilari tomonidan yuqori ilmiy-uslubiy, amaliy-tatbiqiy ahamiyatga ega monografiya va ilmiy maqolalar tayyorlash va chop ettirilishini faollashtirish.

1. Yuqori impakt faktorli jurnallarda professor-oʻqituvchilarni yakkamualliflikda hamda xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda maqolalar yozish va nashr ettirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv seminarlarni tashkil etish.

2019 — 2021-yillar

Xalqaro taʼlim grantlari,

xorijiy grantlar hisobidan

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

2. Yuqori impakt-faktor jurnallarda chop etgan maqolalar mualliflarini, ilmiy faoliyatida erishgan yutuqlari uchun moddiy ragʻbatlantirish orqali monografiyalar va maqolalar ulushini oshirish.

oʻquv yili yakunida

12.

Ilmiy ish bilan shugʻullanish uchun ilmiy-pedagog xodimlar, doktorantlar va yosh izlanuvchilarga zarur sharoitlar yaratish va ragʻbatlantirish.

1. Etakchi olimlar ishtirokida iqtidorli talabalar, magistrlar va ilmiy izlanuvchilar uchun maqsadli kurslar va seminarlar tashkil etish.

2019 — 2021-yillar

Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining budjetdan tashqari mablagʻlari va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi mablagʻlari hisobidan

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirliklar va idoralar Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

2. Davlat dasturlari va xalqaro loyihalar hisobidan iqtidorli magistrlar va doktorantlarni xorijning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy muassasalariga oʻqishga, tajriba oʻrganish uchun stajirovkaga hamda ilmiy anjumanlarga xizmat safariga yuborish.

2019 — 2021-yillar

3. Institutda ilmiy tadqiqot olib borayotgan professor-oʻqituvchilarning ilmiy tadqiqot natijalari va yaratilgan innovatsion texnologiyalarini viloyatdagi kadrlar buyurtmachilari tashkilotlarida amaliyotga tatbiq qilish.

2019 — 2021-yillar

IV. Professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish

13.

Professor-oʻqituvchilarning uzluksiz malakasini oshirishni taʼminlash choralarini koʻrish.

1. Institut professor-oʻqituvchilarini xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlariga stajirovka oʻtash va malaka oshirishga yuborish.

2019 — 2021-yillar

Xalqaro taʼlim grantlari,

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

2. Xorijiy davlatlarning pedagog xodimlarini jalb qilgan holda zamonaviy texnologiyalar asosida chet tillarini oʻqitishni yoʻlga qoʻyish.

2019-yil

aprel

3. Institutda xorijiy davlatlarning yetakchi professor-oʻqituvchi va mutaxassis xodimlarining vebinar, onlayn maʼruzalar va mahorat darslarini tashkil etish, hamkorlikda konferensiyalar, davra suhbatlari hamda seminarlar oʻtkazish.

2019-yil may

4. Institut professor-oʻqituvchilarining mustaqil malaka oshirishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratish.

2019 — 2021-yillar

V. Institut faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

14.

Institut axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini yaxshilash va samarali foydalanishni tashkil etish.

1. Institut oʻquv binolari, talabalar turar joyini universitet asosiy bino tarmogʻiga optik tolali tarmoq orqali bogʻlash va kommutatsion qurilmalar bilan taʼminlash.

2. Institutning barcha binolariga qoʻshimcha Wi-Fi qurilmalarini oʻrnatish, talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun Wi-Fi zonalarini tashkil qilish.

3. Internet tarmogʻi tezligini 20 mb/sek dan 50 mb/sek gacha va Tas-IX internet tarmogʻini 50 mb/sek dan 100 mb/sek gacha oshirish.

2019-2020-yillarda, bosqichma-bosqich

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

15.

Institut rasmiy veb-saytini (oʻzbek, rus, ingliz tillarida) talab dar�jasida qayta ishlab chiqish va maʼlumotlar bilan boyitish

1. Institutning rasmiy veb-saytini tasdiqlangan talablar asosida qayta ishlab chiqish.

2. Barcha maʼlumotlarni oʻzbek, rus va ingliz tillarida joylashtirish.

3. Institutning rasmiy veb-saytidagi elektron pochta xizmatidan doimiy tarzda foydalanish.

2019-yil
aprel

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2019-y., 09/19/258/2850-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)