05.08.2021 yildagi PQ-5212-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6260-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mamlakatimizda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish, yangi avlod chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash, yoshlar oʻrtasida ot sportini faol targʻib qilish va ommalashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ot sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari (Chavandozlar maktablari) va ularning tuman (shahar) seksiyalari tashkil qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chavandozlar maktablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5024-son qaroriga muvofiq ot sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablari negizida tashkil qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chavandozlar maktablari Milliy gvardiya tizimiga kiradi hamda oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiradigan maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chavandozlar maktablarining faoliyati ot sporti (uchkurash, toʻsiqlardan sakrash va ot yoʻrttirish), zamonaviy beshkurash, polo hamda uloq-koʻpkariga ixtisoslashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chavandozlar maktablariga ilmiy-metodik va tashkiliy koʻmaklashish (oʻquv qoʻllanmalar, darsliklar, kitoblar va boshqa ilmiy-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash, oʻquv darslari va hajmlarini belgilash, maktablar uchun zotli otlarni tanlash) Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda tegishincha Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi va Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chavandozlar maktablari oʻz faoliyatini 2022-yil 1-martdan boshlaydi, shuningdek, davlat buyurtmasiga asosan ular tomonidan razryadli va unvonli sportchilar tayyorlash tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chavandozlar maktablarining tuman (shahar) seksiyalari mazkur qarorning 8-bandida koʻrsatilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilinadi. Bunda, bitta tuman (shahar)da bir nechta seksiyalarni tashkil qilishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chavandozlar maktablari faoliyatini (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, kommunal xizmatlar, sport otlariga ozuqa va dori-darmonlar sotib olish hamda boshqa xarajatlar) moliyalashtirish manbalari etib respublika va mahalliy budjet mablagʻlari, shuningdek, oʻz faoliyati ixtisosligi boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy gvardiya (R. Djurayev) ikki hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda yangidan tashkil qilinayotgan Chavandozlar maktablarining aniq joylashgan joyini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi hamda Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi bilan birgalikda Chavandozlar maktablari va ularning tuman (shahar) seksiyalari faoliyatiga oid minimal talablar va jihozlash meʼyorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Chavandozlar maktablarining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsmirlar va yoshlarni ot sporti, zamonaviy beshkurash, polo va uloq-koʻpkari bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya), sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilar tayyorlash boʻyicha oʻquv-mashq jarayonini tashkil etish, shuningdek, ushbu sport turlari boʻyicha sport tayyorgarligi mutaxassislari oʻrtasida kasbiy tajribani almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro sport maydonida mamlakat sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoalari uchun oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng yangi usullarini qoʻllagan holda sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilar tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba almashish, sport musobaqalarini tashkil etish, ilmiy-metodik taʼminlash masalalari boʻyicha Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi va Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yilqichilikda naslchilik ishlarini takomillashtirish yoʻli bilan qorabayir va boshqa nasldor zotli otlar bosh sonini koʻpaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Chavandozlar maktablarining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chavandozlar maktablariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlmagan, jismoniy tarbiya va sport mutaxassisliklari boʻyicha kollejlarda yoki oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan shaxslarga trener-yoʻriqchi sifatida trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga berilgan ruxsatnoma asosida Chavandozlar maktablari va ularning tuman (shahar) seksiyalarida trener yoki trener-oʻqituvchi lavozimlarida ishlashga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-yanvardan boshlab Chavandozlar maktablarining usta-chavandozi, ot parvarishlovchisi, taqachisi, otxona boshligʻi (brigadir), zootexnigi, veterinar-shifokori, feldsher-veterinarlari mehnatini ragʻbatlantirishga Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 211-son qarorida belgilangan sharoitlar tatbiq etiladi. Bunda, usta-chavandoz, ot parvarishlovchi, taqachi, otxona boshligʻi (brigadir) — trenerga, veterinar-shifokor — shifokorga, feldsher-veterinar, zootexnik — hamshiraga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-martdan boshlab Chavandozlar maktablari faoliyati samaradorligi boʻyicha reyting tizimi joriy qilinadi hamda uning natijalariga qarab rahbariyat, yoʻriqchi-uslubchilar, trenerlar va boshqa xodimlar mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan har yili bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, reyting koʻrsatkichlarini shakllantirishda Chavandozlar maktablari faoliyatiga davlat buyurtmasiga asosan tayyorlangan razryadli va unvonli sportchilar, respublika va xalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga qabul qilingan oʻquvchilar soni ham inobatga olinadi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Chavandozlar maktablari tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Ippoterapiya markazlari tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov):
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda nevrologik, ruhiy va boshqa kasalliklarni davolash, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni (shu jumladan, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan bolalarni) ippoterapiya uslubi yordamida tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni qabul qilsin;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Ippoterapiya markazlari tomonidan aholiga xizmat koʻrsatish tartibini tasdiqlasin. Bunda, Ippoterapiya markazlarida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga bepul xizmat koʻrsatish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Andijon, Buxoro, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida Chavandozlar maktablarini rekonstruksiya qilish, qayta taʼmirlash va jihozlash, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida Chavandozlar maktablarini barpo etish va jihozlash boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi etib — Milliy gvardiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyihachi etib — “ToshuyjoyLITI” AJ belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh pudratchi tashkilot belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolari orqali aniqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Chavandozlar maktablari, shu jumladan quyidagilardan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv mashgʻulotlari va musobaqalarni oʻtkazish uchun ochiq va yopiq turdagi manej (shu jumladan, jangovar manej), otxona, ozuqa bazasini shakllantirish uchun yer maydoni, suv saqlanadigan bochka, omborxona, beda saqlanadigan joy, otlarni qadamlash uchun joy (shagalka);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomoshabinlar uchun tribuna, trenerlar, tibbiyot xodimlari, kiyim almashtirish xonalari, trenajyor zali, sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasini saqlash uchun xona.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda uch hafta muddatda mazkur band talablaridan kelib chiqib Chavandozlar maktablarini tashkil qilish uchun belgilangan tartibda yer maydonlarini ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlardagi ippodromlarni Chavandozlar maktablariga musobaqa va turnirlarni tashkil qilish, shuningdek, ularda oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun biriktirish va zarur sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (D. Kuchkarov) Milliy gvardiya (R. Djurayev), Turizm va sport vazirligi (A. Abduxakimov) bilan birgalikda 2022-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Chavandozlar maktablarini rekonstruksiya qilish, qayta taʼmirlash va barpo etish uchun markazlashgan kapital qoʻyilmalar limitlari ajratilishini taʼminlasin. Bunda, Chavandozlar maktablari 2022-yil 1-martga qadar toʻliq foydalanishga topshirilishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish vazirligi (B. Zakirov) Chavandozlar maktablarini innovatsion texnologiyalarga asoslangan, qimmat boʻlmagan, energiya tejovchi va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan doimiy davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qoʻyilsinki, Chavandozlar maktablarining tuman (shahar) seksiyalarini tashkil qilish quyidagi shartlar va mexanizmlarni oʻz ichiga olgan holda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikka (investorga) mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan belgilangan tartibda bepul foydalanish uchun tegishli bino va inshootlar taqdim etiladi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikka (investorga) qonunchilikda belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari mulk huquqi yoki uzoq muddatli ijara asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi. Bunda, seksiyalarni muhandislik kommunikatsiyalariga, jumladan elektr, gaz va suv taʼminoti tarmoqlariga olib borish va ulash tuman (shahar)lar budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan taʼminlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherik (investor), Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmasi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari oʻrtasida tuzilgan bitimga asosan qamrov va otlar sonidan kelib chiqqan holda xususiy sherik (investor)ning mablagʻlari hisobidan seksiya tashkil qilinadi;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seksiya kamida 10 yil soha boʻyicha faoliyatini yuritadi. Bunda, ushbu muddat yakuni boʻyicha seksiyaning amaldagi faoliyat yoʻnalishini boshqa sohaga ixtisoslashtirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5024-son qaroriga muvofiq tashkil qilinayotgan ot sportini rivojlantirish, naslli va zotdor otlarni koʻpaytirish, shuningdek, mahalliy va xorijiy turistlarning dam olishini tashkil qilish uchun zarur infratuzilma obyektlaridan iborat koʻp tarmoqli sport majmualarining mazkur bandda koʻrsatilgan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 2022-yil 1-martga qadar barpo etilishi va foydalanishga topshirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari bilan birgalikda bir oy muddatda Chavandozlar maktablari va ularning tuman (shahar) seksiyalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha rejani tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-fevralga qadar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan Chavandozlar maktablarini qorabayir va boshqa nasldor zotli otlar bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Chavandozlar maktablarining tuman (shahar) seksiyalarini tashkil etish maqsadida xususiy sheriklar (investorlar)ning roʻyxatini shakllantirsin va ularga bepul foydalanish uchun tegishli bino va inshootlarni taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chavandozlar maktablari faoliyatiga tajribali trener va boshqa mutaxassislarni jalb qilish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi va Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasining hududiy boʻlinmalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, ularni mutaxassislar (uslubchilar, menejerlar va boshqalar) bilan toʻldirishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi va Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasining hududiy boʻlinmalari rahbarlari bilan har chorakda uchrashib, joylarda ot sportini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi va Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi bilan birgalikda Chavandozlar maktablarida xorijiy mutaxassis faoliyat koʻrsatishini taʼminlasin.
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yildan boshlab har yili Chavandozlar maktablari va ularning tuman (shahar) seksiyalarining oʻquvchi-sportchilarini va trenerlarini ragʻbatlantirish maqsadida ot sporti, zamonaviy beshkurash, polo va uloq-koʻpkari boʻyicha “Eng yaxshi chavandoz”, “Eng yaxshi trener” tanlovlari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Eng yaxshi chavandoz”, “Eng yaxshi trener” tanlovlari gʻoliblari va sovrindorlari mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi hamda Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi bilan birgalikda “Eng yaxshi chavandoz”, “Eng yaxshi trener” tanlovlarini har yili yuqori saviyada tashkil etsin, turistlarni jalb qilsin va ommaviy axborot vositalarida keng yoritsin.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 2021-yildan boshlab har yili sentabr oyida Qashqadaryo viloyatida yilqichilik yoʻnalishidagi naslchilik xoʻjaliklaridagi seleksiya ishlari natijalarini baholash, shuningdek, Chavandozlar maktablarining moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash maqsadida nasldor va sport otlarini tanlash boʻyicha “Oʻzbekiston otlari” nomli koʻrgazma tashkil qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi hamda Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi bilan birgalikda “Oʻzbekiston otlari” nomli koʻrgazmani yuqori saviyada tashkil qilish, mahalliy va xorijiy turistlar oqimini koʻpaytirish choralarini koʻrsin.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Chavandozlar maktablari va ularning tuman (shahar) seksiyalari ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan inventarlar, sport otlari, naslli mahsulotlar (materiallar), ozuqalar, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalar, vitaminlar, uskunalar va materiallar belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatga muvofiq bojxona bojidan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5024-son qarori 14-bandi “e” kichik bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan qoida Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi va Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasiga tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Milliy gvardiya (R. Djurayev) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) va Toshkent viloyati hokimligi (D. Xidoyatov) bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan Milliy gvardiya 65921 harbiy qismining yordamchi xoʻjaligiga tegishli yer maydoni hududidan milliy ot sporti musobaqalari va oʻyinlarini oʻtkazish, yoshlarni milliy ot sportiga oʻrgatish maqsadida xalqaro standartlarga mos keladigan (220x80 m) yer maydoni belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin, zarur hollarda, mazkur vazifani amalga oshirish uchun tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Chavandozlar maktablari faoliyatini moliyalashtirish, ular uchun noyob zotli sport otlarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5024-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Milliy gvardiya qoʻmondoni R.M. Djurayev, yoshlar siyosati va sport vaziri oʻrinbosari Sh.Sh. Maxmudov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev va Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yili 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 5-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5212-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi PQ-5212-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chavandozlar maktablarining namunaviy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Direktor

Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari

Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari

Direktorning investitsiya va innovatsiya boʻyicha oʻrinbosari

Xodimlar boʻyicha inspektor

Ot sporti turlari boʻyicha yoʻriqchi-uslubchilar guruhi

(Uchkurash, toʻsiqlardan sakrash, ot yoʻrttirish, zamonaviy beshkurash, polo, uloq-koʻpkari boʻyicha yoʻriqchi-uslubchilar)

Otxona boshligʻi (brigadir)

Ot parvarishlovchi***

Pullik xizmat koʻrsatish va turizm guruhi

Buxgalteriya

Omborxona mudiri

(omborchi)

Ippoterapiya markazi

Yuriskonsult

Bino boshqaruvchisi

Tibbiyot guruhi

Zootexnik

Trenerlar

Haydovchilar guruhi

(Traktorchi-mashinist, haydovchi)

Tibbiy-veterinariya guruhi

Sport menejeri

Seleksioner

Taqachi

Sportchi*

Usta-chavandoz**

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Terma jamoaning asosiy tarkibiga kirgan sportchi(lar) ushbu lavozimga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Mavjud otlar sonidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda, 1 nafar usta-chavandozga 10 ta ot toʻgʻri keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Mavjud otlar sonidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda, 1 nafar ot parvarishlovchiga 5 ta ot toʻgʻri keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi xodimlari soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi PQ-5212-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoʻl xaritasi”
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddat

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ot sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari (Chavandozlar maktablari) va ularning tuman (shahar) seksiyalari faoliyatini tashkil etish.

1. Chavandozlar maktablari ustavini tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2. Aholiga pullik (shu jumladan, bepul yoki imtiyozli shartlarda) xizmat koʻrsatish tartibini belgilovchi hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chavandozlar maktablari faoliyatining samaradorligini aniqlash boʻyicha reyting tizimini ishlab chiqish:

Chavandozlar maktablari tomonidan davlat buyurtmasiga asosan tayyorlangan razryadli va unvonli sportchilar soni;

respublika va xalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar soni;

olimpiya zaxiralari kollejlari va ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga qabul qilingan oʻquvchilar soni.

2021-yil dekabr

-

Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi

2.

Chavandozlar maktablari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida doimiy hamkorlik qiluvchi davlat va nodavlat tashkilotlari bilan ishlash boʻyicha huquqiy asoslarni ishlab chiqish.

1. Chavandozlar maktablari va ot sporti turlari boʻyicha faoliyat koʻrsatuvchi federatsiyalar oʻrtasida hamkorlik bitimlarini tuzish va amalga oshirish.

2. Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlik bitimini tuzish.

3. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan hamkorlik bitimini tuzish.

2021-yil sentabr

-

Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi

3.

Chavandozlar maktablari imkoniyatlaridan turizmni rivojlantirish yoʻnalishida unumli foydalanish.

1. Chavandozlar maktablari ochilishi marosimini tantanali tarzda oʻtkazish.

2022-yil mart

-

Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi

2. Chavandozlar maktablarini turistlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish.

2022-yil martdan boshlab

3. Sayyohlik yoʻnalishi boʻyicha ot sporti turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish, turistlar koʻp tashrif buyuradigan hududlarda maxsus klublar ochish.

4. Chavandozlar maktablarining otlarini pasportlashtirish va elektron maʼlumotlar bazasini yuritish.

4.

Chavandozlar maktablarida jahon standartlariga javob beradigan ot sporti bazalarini tashkil etish.

1. Chavandozlar maktablarining namunaviy loyihasini ishlab chiqish boʻyicha “ToshuyjoyLITI” AJga murojaat qilish.

2021-yil 10-avgust

-

Milliy gvardiya

2. Chavandozlar maktablarining namunaviy loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil avgust

Investitsiya dasturi doirasida ajratilgan (ajratiladigan) mablagʻlar

“ToshuyjoyLITI” AJ, Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

3. Chavandozlar maktablarida qurilish, rekonstruksiya qilish va qayta taʼmirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida bosh pudratchi tashkilotini aniqlash uchun belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolari tashkillashtirish.

2021-yil sentabr

-

Milliy gvardiya

4. Chavandozlar maktablarini zamonaviy sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi bilan taʼminlash.

2022-yil fevral

Budjet mablagʻlari

Milliy gvardiya, Moliya vazirligi

5.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda uloq-koʻpkari va boshqa milliy ot sporti oʻyinlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan alohida yer maydonlarini belgilangan tartibda ajratish.

1. Hududlarda uloq-koʻpkari va boshqa milliy ot sporti oʻyinlarini oʻtkazish uchun alohida yer maydonlarini ajratish.

2. Ajratilgan maydonlarda Mustaqillik kuni, Navroʻz va boshqa umumxalq bayramlarida uloq-koʻpkari va milliy ot sporti oʻyinlarini oʻtkazish.

2021-yil sentabr

Investorlar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi

6.

Chavandozlar maktablari uchun trener, yoʻriqchi-uslubchi va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirish.

1. Trener, yoʻriqchi-uslubchi va boshqa mutaxassislarni shartnoma asosida qisqa muddatli oʻquv kurslarda qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish.

Reja asosida

Respublika budjeti mablagʻlari, ijrochilar va homiylik mablagʻlari

Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Germaniya, AQSH, Rossiya va ?oshqa davlatlarda Chavandozlar maktablari trener, yoʻriqchi-uslubchi va boshqa mutaxassislarining malakasini oshirish.

2021-yil oktabrdan boshlab

7.

Chavandozlar maktablari uchun davlat va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

1. Chavandozlar maktablari uchun sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalari ishlab chiqarish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2021-yil sentabr

Tijorat banklari kreditlari, investorlar mablagʻlari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi

2. Xorijiy tajriba asosida tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish orqali Chavandozlar maktablari uchun zarur sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish.

2021-yil 1-noyabrdan boshlab

8.

Aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida Chavandozlar maktablari faoliyatini targʻib qilish va ommalashtirish.

1. Aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida Chavandozlar maktablari faoliyatini 2021-2022-yillarda targʻib qilish va ommalashtirish boʻyicha media-reja loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

Tasdiqlash — 2021-yil sentabr

Ijrochilar va homiylik mablagʻlari

Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy teleradiokompaniya, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi

alohida koʻrsatuvlar namoyish etish, reklama kampaniyalarini oʻtkazish va ijtimoiy roliklarni namoyish etish;

telekoʻrsatuvlar tayyorlash, radio eshittirishlar tashkil etish;

tashkillashtiriladigan tadbirlar (seminar-trening, master-klass)ni, xalqaro va respublika miqyosdagi musobaqalarni ommaviy axborot vositalari va Internet orqali muntazam va keng yoritish;

sportchilar, tajribali trenerlar va ularning ota-onalari toʻgʻrisida telekoʻrsatuvlar tayyorlash.

Amalga oshirish — rejaga asosan

2. Chavandozlar maktablarini oʻquv qoʻllanma, darslik, kitob va boshqa ilmiy-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash.

2022-yil fevral

3. Chavandozlar maktablarining yagona veb-saytini ishlab chiqish.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi PQ-5212-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5024-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 6-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qarorning ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 07/21/5212/0763-son, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)