02.08.2021 yildagi 483-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanish va ularni hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasida noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanish va ularning hisobini yuritishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Samarqand viloyatida tajriba-sinov tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga asosan noruda foydali qazilmalarni konlardan olib chiqishni hisobga olishning “Monterra Mining IT” dasturiy tizimi ishlab chiqilganligi va 4 ta nazorat postlarda joriy etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼridan foydalanuvchilarning noruda foydali qazilmalarni konlardan olib chiqish boʻyicha taqdim etilgan soliq hisobotlarida aks ettirilgan hajmi haqiqatda tashilgan hajmiga nisbatan 712,8 ming kub metrga kam koʻrsatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda Moliya vazirligining Samarqand viloyati hududidagi barcha noruda foydali qazilmalar konlarida avtomatlashtirilgan nazorat tizimini joriy qilish boʻyicha takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat soliq qoʻmitasi) yer qaʼridan qazib olingan noruda foydali qazilmalar avtotransport vositalarida tashilishi tahlilini, tashish hujjatlaridagi yukni joʻnatuvchilar va oluvchilar, yuklab joʻnatiladigan noruda foydali qazilmalarning har bir turining nomi va miqdori (hajmi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va qayta ishlashni nazarda tutuvchi “Noruda foydali qazilmalarni nazorat qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — “Noruda-nazorat” AAT) davlat-xususiy sheriklik asosida ishlab chiqish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat soliq qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar “Noruda-nazorat” AATni ishlab chiqish, joriy etish va ushbu tizim faoliyatini yuritish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tuzishga tayyorgarlik koʻrish uchun loyihaning konsepsiyasi, operatorga qoʻyiladigan talablar va baholash hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherik “Noruda-nazorat” AATning operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) etib belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherik Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari oʻrtasida oʻtkaziladigan tender (tanlov) asosida aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlar “Noruda-nazorat” AATni ishlab chiqish, joriy etish va ushbu tizim faoliyatini yuritishga oid davlat-xususiy sheriklik loyihaning konsepsiyasini “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda ishlab chiqadi va Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Noruda-nazorat” AATni joriy qilish va keyinchalik uni texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat-xususiy sheriklik bitimi doirasida operatorga quyidagi vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Noruda-nazorat” AATni ishlab chiqish, joriy etish va ushbu tizim faoliyatini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noruda foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash obyektlarida, shuningdek, tashish yoʻllarida va hududlarning maʼmuriy chegaralariga kirish va chiqish joylarida Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangan videokuzatuv bilan jihozlangan nazorat nuqtalarini (noruda foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash maydonlarida qoʻshimcha ravishda avtomatlashtirilgan toʻsiq) oʻz hisobidan oʻrnatish hamda ularning samarali ishlashini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat nuqtalaridan olingan maʼlumotlar asosida yuk tashuvchi avtotransport vositalari, tashiladigan yuk hajmi va noruda xomashyo turlari, shuningdek, avtotransport vositasining davlat raqamiga bogʻlangan elektron yukxati bilan integratsiyalashgan hamda yer qaʼridan foydalanuvchining noruda xomashyosi hajmi aks ettirilgan elektron hisob-faktura maʼlumotlaridan budjetga qoʻshimcha manbalarni aniqlashda foydalanish uchun Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik bitimi asosida noruda foydali qazilmalar hisobini yuritishni “Noruda-nazorat” AATni ishlab chiqish va uni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasi vositasida Davlat soliq qoʻmitasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi bilan integratsiya qilish orqali yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Noruda-nazorat” AAT maʼlumotlari toʻgʻridan toʻgʻri Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasida toʻplanishini taʼminlash hamda mazkur maʼlumotlarga Davlat soliq qoʻmitasi ruxsatisiz oʻzgartirishlar kiritmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Noruda-nazorat” AAT uzluksiz ishlashini taʼminlash va texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Samarqand viloyati hokimligi boshlangan tajriba sinovlarni 2021-yil 1-oktabrga qadar viloyat hududidagi barcha noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi tashkilotlarning qazib olish va qayta ishlash maydoni (uchastkalar)ga kirish va chiqishda, shuningdek, tashish yoʻllarida, hududlarning maʼmuriy chegaralariga kirish va chiqish joylarida viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlanadigan dislokatsiyaga asosan Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangan videokuzatuv va avtomatlashtirilgan toʻsiq tizimlari bilan jihozlangan nazorat nuqtalari oʻrnatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 948-son qarori bilan tasdiqlangan Idoralararo kollegial organlar toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tegishli hududlardagi noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanish va ularning hisobini yuritishni tashkil etish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi hududiy idoralararo ishchi guruhlarni (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruhlar) 1-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhlar quyidagilarni amalga oshirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnomalar) hamda ushbu faoliyat turi bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlarini (ularning qonuniy faoliyatiga aralashmagan holda) toʻliq xatlovdan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir yil mobaynida yer qaʼri uchastkasidan foydalanishga kirishmagan yer qaʼridan foydalanuvchi aniqlanganda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini muddatidan oldin bekor qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomalar asosida yer qaʼri uchastkalaridan foydalanuvchilarning ruxsatnoma talablari va shartlariga amal qilayotganligini vakolatli organ va davlat tashkilotlaridan belgilangan tartibda olingan maʼlumotlarni tahlil qilgan holda oʻrgansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noruda foydali qazilmalarni noqonuniy qazib oluvchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun vakolatli organga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 2-ilovaga muvofiq maʼlumotlarni elektron aloqa vositalari orqali Davlat soliq qoʻmitasiga har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda “Noruda-nazorat” AATni joriy qilish, takomillashtirish va texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq barcha xarajatlarni kompleks tahlil qilish asosida “Noruda-nazorat” AATni qoʻllashning bazaviy qiymatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2021-yil 1-noyabrdan boshlab qurilish tashkilotlari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi subyektlar foydalanilgan noruda qazilmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shakllarda soliq organlariga elektron shaklda soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat soliq qoʻmitasi uch oy muddatda tovar-transport yukxatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish orqali elektron hisob-fakturalarni avtomatik ravishda shakllantirish tizimini yaratsin va yil yakuniga qadar birinchi navbatda noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi tashkilotlarda joriy qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat soliq qoʻmitasi 2022-yil 15-yanvarga qadar Samarqand viloyatida “Noruda nazorat” AAT tizimini joriy qilish natijadorligi boʻyicha ushbu tizimni respublikaning qolgan hududlariga tatbiq qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda soliq nazorati tadbirlari davomida qazilmalar hajmini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) holatlari aniqlangan taqdirda, yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) noruda foydali qazilmalar uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanuvchilarga nisbatan qoʻllaniladigan choralarni kuchaytirish boʻyicha uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 2-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
483-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 483-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanish va ularning hisobini yuritishni tashkil etish boʻyicha hududiy idoralararo ishchi guruhning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri va viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari boshliqlari, ishchi guruh rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining raisi hamda viloyatlar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari boshliqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari boshliqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlarining kotibiyati mudirlari, ishchi guruh kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Zarur hollarda ishchi guruhga boshqa tashkilotlar vakillari jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 483-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron aloqa vositalari orqali soliq organlariga taqdim etiladigan maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Maʼlumot turi

Maʼlumotni taqdim qiluvchi idoralar

1.

Yer qaʼri uchastkalarida noruda foydali qazilmalarning tasdiqlangan zaxiralari

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

2.

Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan ruxsatnomalardan (litsenziyalardan) foydalanish shartlari

3.

Noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini rivojlantirishni rejalashtirish va loyihalashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

4.

Noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi tadbirkorlik subyektlariga berilgan davlat ekologik ekspertizasi xulosalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/483/0744-son)