1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan transport orqali chet elga jo‘nab ketish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon iqtisodiyotining chuqurlashib borayotgan globallashuvi, xalqaro mehnat bozorining rivojlanishi hamda ishchi kuchlarining transchegaraviy oqimlarining kengayishi sharoitlarida, mehnat migratsiyasi mehnatga layoqatli fuqarolar va ularning oila a’zolari katta qismining bandligi va daromadlarini ta’minlab beruvchi obyektiv bir-biriga bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy jarayoni hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Davlatlararo darajada respublika hududidan tashqarida ishlaydigan O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy va mehnat huquqlariga rioya etilishini nazarda tutadigan hujjatlar imzolandi va amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga fuqarolarning katta qismi xorijga ishlash uchun yakka tartibda, qo‘shni davlatlarning avtotransport vositalarida, yo‘l davomida hayotlarini katta xavf ostiga qo‘yib jo‘nab ketishmoqda. Respublikada xalqaro reyslarni amalga oshiruvchi yo‘lovchi tashish avtotransport vositalari deyarli yo‘q. O‘zbekiston hududi bilan chegaradosh bo‘lgan qo‘shni davlatlarning yo‘lovchi tashuvchilari tomonidan amalga oshiriladigan yo‘lovchilarni avtotransportda tashish narxi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning yo‘lovchilik tariflari narxlaridan 2,5 — 4 barobarga arzon.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsiz yetib borishini ta’minlashga yordam ko‘rsatuvchi qulay shart-sharoitlarni tashkil etish, yo‘l davomida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida respublika hududidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarni tashish bo‘yicha temir yo‘l va aviatsiya transporti quvvatlarini va o‘tkazish imkoniyatlarini oshirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning 1-mayiga qadar — vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika hududidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarning katta miqdorda jo‘nab ketayotgan yoki borishi oshib borayotgan shaharlariga temir yo‘l qatnovining yangi yo‘nalishlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning 1-iyuniga qadar — vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun xorijga jo‘nab ketayotgan fuqarolar tomonidan talab etilayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha, shu jumladan, jo‘nab ketishning boshlang‘ich nuqtasini hududlarning temir yo‘l uzellaridan tashkil etgan holda yangi yo‘lovchilik tarkiblarini joriy etish va platskart hamda umumiy vagonlar sonini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning 1-iyuliga qadar — O‘zbekiston Respublikasining hududiy temir yo‘l uzellaridan Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasining aniq manzilli stansiyalariga boradigan xorijiy temir yo‘l kompaniyalari yo‘lovchilik tarkiblarini harakatlantirgan holda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarni tashishga, zarur hollarda, xorijiy temir yo‘l kompaniyalarining faoliyat olib borishiga imkon yaratishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK 2018-yilning 1-mayiga qadar vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarni arzonlashtirilgan tariflar bo‘yicha aviatsiya orqali tashishni amalga oshiradigan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK huzuridagi chiptalar narxlarini arzonlashtirilgan holda sotadigan (loukoster) aviakompaniyani tashkil etish bo‘yicha aniq takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki uch oy muddatda:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining ulushi 51 foiz va O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy bankining ulushi 49 foiz bo‘lgan Avtobusda yo‘lovchilarni xalqaro tashish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kompaniyasini (keyingi o‘rinlarda — Ixtisoslashtirilgan kompaniya) belgilangan tartibda tashkil etilishini;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro yo‘lovchi tashishni amalga oshiradigan, mahalliy avtotransport kompaniyalarini tashkil etishni rag‘batlantirish hamda ularni litsenziyalash shartlari maqbullashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsizlik, ekologiya va ijtimoiy standartlar talablariga javob beradigan avtotransport vositalaridan foydalangan holda xalqaro avtomobil yo‘lovchilik tashuvlarini amalga oshiruvchi xorijiy transport kompaniyalarini avtomobil transporti xizmatlari bozoriga kirib kelishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va Yong‘inga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda avtobusda xalqaro tashishlarni amalga oshiradigan avtobuslarning yo‘lga chiqishdan oldingi texnik ko‘rigini, bevosita avtovokzallar hududida olib borish, shuningdek, zarur hollarda, avtobusning barcha marshruti davomida video kuzatuv amalga oshirilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining, TIF Milliy banki, O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilda Ixtisoslashtirilgan kompaniya uchun xalqaro yo‘lovchilar tashish talablariga javob beradigan 100 donadan kam bo‘lmagan yo‘lovchilik avtobuslarini xarid qilish, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari orqali (keyingi o‘rinlarda — loyiha) xorijiy banklarning kreditlarini qayta moliyalashtirish hisobidan avtotransport parkini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIF Milliy banki tomonidan Ixtisoslashtirilgan kompaniyaga qayta moliyalashtiriladigan bankning 0,5 foiz miqdoridagi marjasini hisobga olgan holda 7 yil muddatga, 20 mln. AQSH dollari miqdorida kredit liniyasini ochish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Istisno tariqasida, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va tashkil etilayotgan Ixtisoslashtirilgan kompaniyaga O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki bilan birgalikda loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlanguniga qadar Ixtisoslashtirilgan kompaniya uchun yo‘lovchilik avtobuslarini xarid qilish, vakolatli organlarda belgilangan tartibdagi ekspertizadan o‘tgan, yo‘lovchilik avtobuslarini xarid qilishga bo‘lgan import kontraktlarini, shuningdek, mahalliy pudrat tashkilotlari va yetkazib beruvchilar bilan imzolangan kontraktlar bo‘yicha moliyalashtirishni ochishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan kompaniya uchun yo‘lovchilik avtobuslarini xarid qilish loyihasini amalga oshirish texnik-iqtisodiy hisob-kitobni ishlab chiqish bilan bir bosqichli tartibda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan Ixtisoslashtirilgan kompaniya jalb etilayotgan kreditdan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jalb etilayotgan kreditni so‘ndirish, ular bo‘yicha foizlar va komissiyalarni to‘lash, loyihani amalga oshirish doirasida Ixtisoslashtirilgan kompaniyaning joriy daromadlari hamda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Avtomobil transportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy bankiga tashkil etilayotgan Ixtisoslashtirilgan kompaniyaning ustav fondidagi ulushini keyinchalik bozor narxi bo‘yicha boshqa investorga sotish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 kun muddatda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan tashqariga jo‘nab ketayotgan fuqarolarni tashishga Ixtisoslashtirilgan kompaniya tomonidan xarid qilinadigan yo‘lovchi avtobuslarining bazaviy avtovokzallarining (avtostansiyalarining) dislokatsiyasi hamda taqsimlanishi bo‘yicha takliflarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilda, jumladan, mahalliy budjetlar daromadlarining tasdiqlangan parametrlarini ortig‘i bilan bajarish mablag‘larining 10 foizgacha bo‘lgan qismini mazkur maqsadlarga sarflashni nazarda tutgan holda, xorijiy investorlarni jalb qilgan ravishda, eng avvalo Rossiya Federatsiyasiga va Qozog‘iston Respublikasiga xalqaro avtobuslari reyslarini tashkil qilish uchun hududlarda avtotransport tashkilotlari va avtovokzallarni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga, kafolatlarni taqdim etish to‘lovlari undirilmagan holda, xorijiy banklar oldidagi TIF Milliy bankining, shuningdek, yangi tuzilayotgan Ixtisoslashtirilgan kompaniyaning TIF Milliy banki oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini belgilangan tartibda berish vakolati berilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda qarz bitimida nazarda tutilgan shaklda Davlat kafolatlari bo‘yicha yuridik xulosani bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahri hokimligi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda tashkil etilayotgan Ixtisoslashtirilgan kompaniyaga binolar va ishlab chiqarish maydonlarini ajratish, keyinchalik mazkur obyektlarni O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga davlatning ulushi sifatida kompaniyaning ustav fondiga topshirish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish va mehnat munosabatlari vazirligining bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari tuzilmasida, mehnatga haq to‘lash fondi doirasida, ishga joylashtirish bo‘yicha inspektorlar sonini kamaytirish hisobidan, umumiy shtat soni 300 nafar bo‘lgan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika hududidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha sektor tashkil qilish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi) vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun mazkur bandning yettinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda xorijga jo‘nab ketayotgan hamda temir yo‘l va aviabiletlarni xarid qilayotgan fuqarolarni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron ma’lumotlar bazasida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi huzurida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun xorijga jo‘nab ketayotgan fuqarolarga imtiyozli tariflarda biletlarni sotish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kassalarni tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorda nazarda tutilgan, imtiyozli tariflarni hisobga olgan holda temir yo‘l va aviabiletlarning narxini belgilash tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2018-yilning 1-aprelidan boshlab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tgan, vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun xorijga jo‘nab ketayotgan fuqarolar uchun platskart va umumiy vagonlarga bo‘lgan temir yo‘l biletlarining narxlariga 20 foiz miqdorda chegirmalar berilishini ta’minlasin.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Informatsion texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining Moliya vazirligi va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bankning moliyaviy barqarorligi va likvidligini oshirish uchun 50 milliard so‘m miqdoridagi teng ulushlarda, “Aloqabank” AKning ustav kapitalini 100 milliard so‘m miqdorida oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aloqabank” AK tomonidan ochishning soddalashtirilgan shartlarida, xizmat ko‘rsatish uchun minimal komissiya va sug‘urta depoziti summasining nol miqdorida “VISA-migrant” bank plastik kartochkalarini chiqarish va unga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, 2018-2019-yillarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tganligi shartlarida, vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun jo‘nab ketayotgan fuqarolarga yilda bir marotaba birato‘la 300 ming so‘mgacha bo‘lgan summada temir yo‘l va aviabiletlarni xarid qilish harajatlarini qisman qoplash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun ushbu qarorning 6-bandi oltinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda xorijga jo‘nab ketayotgan va temir yo‘l va aviabiletlarni xarid qilayotgan fuqarolarga temir yo‘l va aviabiletlarni sotish ilovaga muvofiq jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bilan birgalikda bir oy muddatda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan tashqariga jo‘nab ketayotgan fuqarolar uchun temir yo‘l va aviabiletlarga bo‘lgan narxlarga chegirmalar berish va ularni imtiyozli tariflar bo‘yicha sotishni nazarda tutuvchi maxsus kassalar ochilishini va ushbu kassalarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning biletlarni sotish tizimiga ulanilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Ipoteka-bank” ATIBning vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan tashqariga jo‘nab ketayotgan fuqarolarga xalqaro to‘lov tizimlari (Western Union, Contact va boshqalar) orqali kreditlarni, ularning hisobiga tushirish va kreditlarni qaytarishning qulay mexanizmini joriy etish orqali transport va boshqa xarajatlarni to‘lash, ularning yo‘l yurishi davrida, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va xorijda ishga joylashishi uchun ekvivalenti 1000 AQSH dollari miqdorida kreditlash sxemasini keng joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan tashqariga jo‘nab ketayotgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga bo‘ysunuvchi kasb-hunar kollejlari va kasb-hunar ta’limi markazlari negizida rus tilini o‘rganish va ishlab chiqarish kasblariga o‘qitish bo‘yicha kurslarni, jumladan, bepul kurslarni tashkil etishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, 2021-yilning 1-yanvariga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining daromadlariga solinadigan soliq, o‘qitish va kurslarni tashkil etish, o‘quv uskunalar xarid qilish, o‘quv xonalarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga qilingan xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Koreya Respublikasidagi konsullik muassasalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan tashqariga jo‘nab ketayotgan fuqarolarning mehnat migratsiyasi va ijtimoiy-huquqiy himoyasi masalalari bo‘yicha xodimlar sonini joriy etish to‘g‘risidagi takliflarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “O‘zagrosug‘urta” AJ ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Sho‘’ba korxonalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketayotgan fuqarolarni kompleks himoya qilish bo‘yicha rossiya sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta agenti sifatida Rossiya Federatsiyasida o‘z vakolatxonalarini ochsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qozog‘iston Respublikasida o‘z vakolatxonalarini ochish to‘g‘risidagi takliflarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “O‘zagrosug‘urta” AJ, “Kafolat” sug‘urta kompaniyasi” va boshqa sug‘urta kompaniyalari ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli tariflar bo‘yicha temir yo‘l va aviabiletlarni sotish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kassalarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan tashqariga jo‘nab ketayotgan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalashni rasmiylashtirish uchun doimiy asosda sug‘urta agentlarini joylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan tashqariga jo‘nab ketayotgan fuqarolar oldidagi milliy tashuvchining majburiyatlarini sug‘urtalash mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.04 Tibbiy ko‘rik;
4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi uch oy muddatda Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini olib borishga patent va ruxsatnoma olishda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketayotgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan berilgan tibbiy tekshiruv hujjatlarini tan olish masalalari bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining vakolatli organlari bilan Bitim loyihasini tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, boshqa mas’ul vazirliklar va idoralar avtomobil transportida fuqarolarning harakatlanishida xavfsizlik va xorijda bo‘lish qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida, shuningdek, xorijda ishga joylashtirish uchun tashkillashtirilgan ravishda fuqarolarni ishga jo‘natish haqida fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlarini tizimli va muntazam olib borilishini davom ettirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari O.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov, Avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i D.T. Dehqonov, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bosh direktori vazifasini bajaruvchi B.I. Xakimov va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisining birinchi o‘rinbosari A.S. Shukurov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 5-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3584-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3584-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublikadan tashqariga jo‘nab ketayotgan fuqarolarga temiryo‘l va aviachiptalarni imtiyozli tariflar bo‘yicha sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
S X E M A S I
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BOSQICHLAR
TADBIRLAR
MUDDATLAR
1-bosqich
Vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublikadan tashqariga jo‘nab ketayotgan fuqarolar bilan ishlash shu’basi
xonadonlarni uyma-uy aylanib chiqish asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublikadan tashqariga jo‘nab ketmoqchi bo‘layotgan fuqarolar aniqlanadi, ular bilan chet elga bexatar jo‘nab ketish, shuningdek, imtiyozli tariflar bo‘yicha temiryo‘l va aviachiptalarni sotish mexanizmi masalalariga oid axborot-tushuntirish va profilaktika ishlarini olib boradi;
vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublikadan tashqariga jo‘nab ketmoqchi bo‘layotgan fuqarolarni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron bazasida ro‘yxatga qo‘yish hamda imtiyozli tariflar bo‘yicha temiryo‘l va aviachiptalarni sotib olish uchun Agentlikka yuboradi;
zarurat bo‘lganda, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda imtiyozli tariflar bo‘yicha temiryo‘l va aviachiptalar xarid qilishga jamoaviy buyurtmanomalar taqdim etish uchun vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish maqsadida respublikadan tashqariga jo‘nab ketmoqchi bo‘layotgan fuqarolarning guruhlarini shakllantiradi.
muntazam, tizimli asosda
2-bosqich
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun chet elga jo‘nab ketayotgan fuqaroni Agentlikning elektron bazasida ro‘yxatga oladi, bunda mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ehtimoliy joy, bosib o‘tiladigan yo‘nalish va jo‘nash istalayotgan sana ko‘rsatiladi;
vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun chet elga jo‘nab ketayotgan fuqaro to‘g‘risidagi ma’lumotlarni valyuta hisobraqamini ochish va VISA-migrant plastik kartasini taqdim etish uchun “Aloqabank” AKga yuboradi;
imtiyozli tarif bo‘yicha temiryo‘l va aviachiptalar (keyingi o‘rinlarda — chiptalar)ni bron qilish va sotish uchun buyurtmanomani elektron shaklda Ixtisoslashtirilgan kassaga yuboradi.
murojaat qilingan kunda
3-bosqich
Ixtisoslashtirilgan chipta kassasi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bilan tuzilgan agentlik bitimiga muvofiq vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun chet elga jo‘nab ketayotgan fuqaroga chiptani bron qilishga elektron shakldagi buyurtmani yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
4-bosqich
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK
Ixtisoslashtirilgan chipta kassasidan olingan so‘rovga muvofiq, chiptalarni bron qilishni amalga oshiradi;
jo‘nash sanasi va joyi ko‘rsatilgan holda o‘rinlar bron qilingani to‘g‘risida elektron shakldagi ma’lumotlarni Ixtisoslashtirishgan chipta kassalariga yuboradilar.
1 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Ixtisoslashtirilgan chipta kassasi
joy bron qilingani to‘g‘risida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKdan ma’lumotlar oladi va bu haqda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun chet elga jo‘nab ketayotgan fuqaroni chipta sotilgan joy va jo‘nab ketish sanasi to‘g‘risida xabardor qiladi;
2 ish kuni mobaynida
chiptani 20 foizli chegirma bilan imtiyozli tarif bo‘yicha, shuningdek, “Aloqabank” mablag‘lari hisobiga 300 ming so‘mlik qoplanadigan chegirmani hisobga olgan holda sotadi;
murojaat qilingan kunda
sotilgan chiptalar bo‘yicha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga va transportda yo‘lovchi tashuvchilarga hisobot yuboradi.
2 ish kuni mobaynida
6-bosqich
“Aloqabank” AK
mehnat migrantiga valyuta hisob-raqamini ochadi va VISA-migrant plastik kartasini taqdim etadi;
1 ish kuni mobaynida
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanoma asosida transportda yo‘lovchi tashuvchining sotilgan chiptalariga 300 ming so‘mlik chegirma mablag‘lari o‘rnini qoplaydi.
3 ish kuni mobaynida
Murojaat qilingan kundan boshlab mehnat migrantiga imtiyozli chipta taqdim etish uchun zarur bo‘ladigan vaqt
7 ish kuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* mehnat migrantlarini Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ma’lumotlar bazasida ro‘yxatga olish va transport vositasidagi o‘rinlarni bron qilishga so‘rovnoma-arizani to‘ldirish “on-layn” rejimida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublikadan tashqariga jo‘nab ketayotgan fuqarolarga imtiyozli tarif bo‘yicha chiptalarni bron qilish va sotib olishda ko‘maklashish maqsadida Ixtisoslashtirilgan chipta kassasi xonasida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi filialining vakili doimiy asosda joylashtiriladi.