Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.2005 22.07.1997 yildagi 366-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.2005
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UY-JOY QURILIShINI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLAShNING QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-maydagi 138-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasining uy-joy qurilishida islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 24-martdagi Farmonga muvofiq hamda jismoniy va yuridik shaxslarning bo‘sh pul mablag‘larini, banklar kreditlarini uy-joy qurilishiga jalb etish bo‘yicha iqtisodiy va tashkiliy sharoitlarni yaratish, shuningdek “O‘zuyjoyjamg‘armabank”ning o‘z kredit resurslarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zuyjoyjamg‘armabank” O‘zbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamg‘arma banki ta’sischilarining birkitilgan ulushlarga muvofiq ta’sischilar tomonidan qo‘shimcha ravishda 250 mln. so‘m qo‘shish hamda respublika qimmatli qog‘ozlar bozorida “O‘zuyjoyjamg‘armabank”ning 250 mln. so‘mlik aksiyalarini erkin sotish hisobiga ustav sarmoyasi miqdorini 750 mln. so‘mgacha ko‘paytirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zuyjoyjamg‘armabank” O‘zbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamg‘arma bankining nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini chiqarish, ularning muomalada bo‘lishi va ularga xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zuyjoyjamg‘armabank”ga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki bilan kelishilgan holda uy-joylar bozori konyunkturasini o‘zgartirishda “O‘zuyjoyjamg‘armabank”ning nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari bo‘yicha uy-joylar sotib olish tartibiga zarur tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
(2-bandda ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zuyjoyjamg‘armabank”, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda, aholi soni va tarkibidan kelib chiqqan holda, arxitektura-rejalashtirish va qiymat omillarini hisobga olib, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojni, uy-joylar turini va ularni qurish dislokatsiyasini, shuningdek 1997-1998-yillarda “O‘zuyjoyjamg‘armabank”ning nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari bo‘yicha uy-joylar qurish hajmlarini aniqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zuyjoyjamg‘armabank”ning viloyat bo‘limlari buyurtmanomalariga binoan nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari bo‘yicha uy-joylar qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilishini birinchi navbatda ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, qurilish maydonlarini tayyorlash, muhandislik kommunikatsiyalarini buzish, ko‘chirish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek “O‘zuyjoyjamg‘armabank” buyurtmanomasi bo‘yicha qurilayotgan uy-joylar uchun mavzelar ichidagi va magistral tarmoqlar qurilishi hokimliklar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Bunda ushbu tarmoqlarning uy-joylar foydalanishga topshirilgungacha tayyor qilinishi ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 1997-yilda quyidagilarni uy-joylar qiymatining 50 foizini qoplashni ta’minlash hisobiga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-yanvardagi 40-son qarori bilan tasdiqlangan markazlashtirilgan kapital mablag‘lar bo‘yicha boshqa maqsadlar moddasida nazarda tutilgan 110 mln. so‘m miqdoridagi budjet mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi davlat mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan va hozirgi vaqtda mablag‘ bilan ta’minlashning aniq manbalari bilan ta’minlanmagan tugallanmagan uy-joy qurilishi obyektlari qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdan tushgan muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlash uchun hokimliklar ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘larning 50 foizi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi 1998-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini tuzishda nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari bo‘yicha uy-joylar qurish qiymatining 50 foizini qoplashga yo‘naltiriladigan markazlashtirilgan kapital mablag‘larni nazarda tutsinlar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zuyjoyjamg‘armabank”ga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan Nizomga muvofiq bank bo‘limlarining maxsus yig‘ma schyotlarida zarur mablag‘lar to‘plangan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslar bilan, ular tomonidan nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini sotib olmasdan, kredit olish va uy-joy sotib olish yuzasidan shartnomalarni rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk bozorining vujudga kelgan konyunkturasini hisobga olgan holda Toshkent shahrida davlat budjeti mablag‘lari hisobiga uy-joylar qiymatining 50 foizini qoplamasdan, yaxshilangan tuzilishdagi, shuningdek qulay tumanlarda joylashgan kvartiralarni tijorat shartlarida sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zuyjoyjamg‘armabank” tomonidan Toshkent shahrida yaxshilangan tuzilishdagi kvartiralarni tijorat shartlarida sotish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zuyjoyjamg‘armabank” O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari bo‘yicha sotib olinadigan kvartiralar qiymatini uy-joylarning qavati, turi va joylashgan o‘rniga ko‘ra tabaqalashtirilgan holda aniqlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kvartiralarning sotish va smeta qiymati o‘rtasidagi olinadigan farqning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90 foizgachasi — “O‘zuyjoyjamg‘armabank” buyurtmanomasi bo‘yicha qurilayotgan uy-joylarning muhandislik kommunikatsiyalarini, ularni obodonlashtirishni mablag‘ bilan ta’minlash uchun (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus jamg‘armalariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizgachasi — “O‘zuyjoyjamg‘armabank”ning o‘z kredit resurslarini ko‘paytirishga yo‘naltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “O‘zuyjoyjamg‘armabank” bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda Uy-joylarni “O‘zuyjoyjamg‘armabank” muassasalari orqali sotib olish tartibi to‘g‘risida Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Jismoniy shaxslarga “O‘zuyjoyjamg‘armabank”ning nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari bo‘yicha uy-joylar sotib olish huquqi yuzasidan tavsiyanomalar berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-fevraldagi 52-son qarorining 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda amaldagi normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 22-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
366-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-iyuldagi 366-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zuyjoyjamg‘armabank” O‘zbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamg‘arma bankining nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini chiqarish, ularning muomalada bo‘lishi va ularga xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “O‘zuyjoyjamg‘armabank” O‘zbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamg‘arma bankining nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini chiqarish, ularga xizmat ko‘rsatish, ularning muomalada bo‘lishi, pulini to‘lash va ularni sotib olish tartibini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zuyjoyjamg‘armabank”ning uy-joy obligatsiyalari ularning egalariga Toshkent shahrida, O‘zbekiston Respublikasining viloyat markazlarida va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarida uy-joylar sotib olish huquqini beruvchi, belgilangan maqsadda foydalaniladigan, nomi yozilgan kuponsiz qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uy-joy obligatsiyalari pulini ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorlarda va muddatlarda to‘lashning garanti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Uy-joy obligatsiyalari nomi yozilgan hisoblanadi va naqd (blank) hamda naqdinasiz (nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalariga egalik to‘g‘risida sertifikat bergan holda “depo” schyotlari bo‘yicha yozib qo‘yish) shakllarida muomalaga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir uy-joy obligatsiyasining nominali uy-joyning umumiy maydoni birliklarida belgilanadi. Bunda uy-joy obligatsiyasining nominali uy-joy umumiy maydonining 0,5 kv metridan kam bo‘lishi mumkin emas va obligatsiya muomalada bo‘ladigan butun muddat mobaynida o‘zgarishsiz qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxsga nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari nominal qiymat bahosining 50 foiziga teng bo‘lgan qiymat bo‘yicha sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “O‘zuyjoyjamg‘armabank”ning uy-joy obligatsiyalari bo‘yicha jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinadigan uy-joylar qiymatining 50 foizi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Uy-joy obligatsiyalarining muomalada bo‘lish muddati “O‘zuyjoyjamg‘armabank” tomonidan belgilanadi, lekin u bir yildan kam bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Uy-joy obligatsiyalari blanklarida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan majburiy rekvizitlar bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir uy-joy obligatsiyasining old tomonida qo‘shimcha ravishda quyidagi rekvizitlar bo‘lishi kerak: obligatsiyaning nominali va tegishli joriy qiymati, “O‘zuyjoyjamg‘armabank” hududiy bo‘limlari yoki markaziy apparati rahbarining yoki bosh buxgalterining gerbli muhr bilan tasdiqlangan imzolari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining kafolatli majburiyati, shuningdek nomi yozilgan uy-joy obligatsiyasi egasiga oid ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy obligatsiyasining orqa tomonida uni chiqarishning va muomalada bo‘lishining asosiy shartlari bayon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zuyjoyjamg‘armabank”ning qimmatli qog‘ozlar emissiyasi bo‘yicha muomalaga chiqariladigan nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari miqdori yerlar ajratish masalalari ular bo‘yicha hal etilgan uy-joylar kvartiralarining umumiy maydoniga muvofiq bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Nizomga muvofiq uy-joy obligatsiyalarining quyidagi egalari uy-joylar sotib olish huquqiga ega bo‘ladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Toshkent shahrida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18 yoshga to‘lgan va uch yildan kam bo‘lmagan doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar — mahalla qo‘mitalari va tuman hokimliklari tavsiyanomalariga binoan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik shaxslar o‘z xodimlari uchun — mehnat jamoalari qarorlariga binoan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) viloyatlar markazlarida va viloyatlarga bo‘ysunuvchi shaharlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18 yoshga to‘lgan va uy-joy sotib olinadigan shaharda bir yildan kam bo‘lmagan doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar — mahalla qo‘mitalari va tuman hokimliklari tavsiyanomalariga binoan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sotib olinadigan shaharda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik shaxslar o‘z xodimlari uchun — mehnat jamoalari qarorlariga binoan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Obligatsiyalarning muomalada bo‘lish va ularga xizmat ko‘rsatish hamda shartnoma majburiyatlarini bajarish jarayonida paydo bo‘ladigan barcha nizolar, tomonlarning kelishuviga ko‘ra, sud tartibida yoki boshqa usulda amaldagi qonunchilikka muvofiq hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. UY-JOY OBLIGATSIYALARI EGALARINI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASh VA ULARGA BERILADIGAN IMTIYOZLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari egalari imtiyozlarning quyidagi turlariga huquqlidir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zuyjoyjamg‘armabank” va uning hududiy bo‘limlari bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinadigan uy-joylar qiymatining 50 foizini davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar daromadlarining ular tomonidan uy-joy obligatsiyalari sotib olish va ssuda qarzlarini to‘lashga yo‘naltirilgan qismidan daromad solig‘i undirilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs tomonidan foyda (daromad)ning “O‘zuyjoyjamg‘armabank” hamda uning hududiy bo‘limlari bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z xodimlariga uy-joy sotib olishga foydalaniladigan qismi foyda (daromad) solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “O‘zuyjoyjamg‘armabank” va uning hududiy bo‘limlarida uy-joy yig‘ma va ssuda schyotlari ochgan uy-joy obligatsiyalari egalari uchun olingan kreditlar bo‘yicha quyidagi imtiyozli stavkalar amalda bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar uchun — uy-joy sotib olishga uzoq muddatli kreditlar yiliga ko‘pi bilan 20 foizli stavka bo‘yicha beriladi, 10 yil mobaynida to‘lanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar uchun — qayta moliyalashtirishning amaldagi stavkasining 50 foizi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxs tomonidan uy-joy sotib olish va qurishga olingan kredit muddatidan uch yilgacha oldin to‘langan taqdirda belgilangan foiz stavkalari 50 foizga, muddatidan besh yilgacha oldin to‘langanda 30 foizga kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Har bir jismoniy shaxs ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozlarni qo‘llagan holda faqat bir kvartira sotib olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sotib olingan kundan boshlab 5 yil mobaynida sotilgan yoki boshqa birovga berilgan, ijaraga berilgan taqdirda olingan kreditlar, shuningdek tegishli imtiyozlar va soliqlar sotilgan yoki birovga berilgan kunda amalda bo‘lgan stavkalar bo‘yicha to‘liq miqdorda to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. OBLIGATSIYALARNI JOYLAShTIRISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “O‘zuyjoyjamg‘armabank” uy-joy obligatsiyalarining muomalada bo‘lishi amaldagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy obligatsiyalari boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga qayta sotilmaydi yoki berilmaydi (merosxo‘rlik huquqi bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy obligatsiyalari garovga qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini joylashtirish “O‘zuyjoyjamg‘armabank” va uning bo‘limlari tomonidan sotishning joriy narxlari bo‘yicha komission rag‘batlantirish shartlarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komission rag‘batlantirish miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda “O‘zuyjoyjamg‘armabank” tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Uy-joy obligatsiyalarining joriy narxi “O‘zuyjoyjamg‘armabank” tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda joylarda uy-joylarning amalda yuzaga keladigan smeta qiymatini hisobga olgan holda belgilanadi va matbuotda e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jismoniy shaxslar uchun uy-joy obligatsiyalarini sotish va ularga xizmat ko‘rsatish operatsiyalari nomi yozilgan obligatsiyalarni rasmiylashtirish yo‘li bilan naqd shaklda va shuningdek egalariga nomi yozilgan guvohnomalar berish yo‘li bilan naqdinasiz shaklda amalga oshirilishi ham mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar uchun uy-joy obligatsiyalarini sotish va ularga xizmat ko‘rsatish egalariga uy-joy obligatsiyalarining muayyan sonini egallaganliklari to‘g‘risida nomi yozilgan guvohnomalarni bergan holda naqdinasiz shaklda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomi yozilgan obligatsiyalar yo‘qolgan taqdirda “O‘zuyjoyjamg‘armabank” va uning bo‘limlari uning egasiga dublikatni berishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. UY-JOY OBLIGATSIYALARI BOZORI IShTIROKChILARI O‘RTASIDA PUL HISOB-KITOBLARI TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jismoniy va yuridik shaxslar “O‘zuyjoyjamg‘armabank” yoki uning bo‘limlaridan uy-joy obligatsiyalarini quyidagi yo‘llar bilan sotib olishadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar — naqd shaklda yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar — naqdinasiz shaklda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xaridorlar tomonidan nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini sotib olish schyotiga to‘lanadigan mablag‘lar “O‘zuyjoyjamg‘armabank” bo‘limlarida ushbu maqsadlarda ochilgan maxsus yig‘ma schyotga qo‘shiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jismoniy shaxslar uy-joy obligatsiyalarini “O‘zuyjoyjamg‘armabank” va uning bo‘limlarida naqd hisob-kitob qilish yo‘li bilan sotib olishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naqdinasiz hisob-kitob qilingan taqdirda pul mablag‘lari “O‘zuyjoyjamg‘armabank” bo‘limlaridagi maxsus yig‘ma schyotlarga kelib tushgandan so‘ng jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan namunadagi tegishli guvohnoma beriladi hamda nomi obligatsiya egalari reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. UY-JOY OBLIGATSIYALARI PULINI TO‘LASh VA SOTIB OLISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Har bir chiqarishdagi uy-joy obligatsiyalari ushbu chiqarishdagi obligatsiyalarning tegishli emissiya prospektida belgilangan amalda bo‘lish muddati mobaynida to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Nizomga muvofiq uy-joy sotib olish huquqi bo‘lgan obligatsiya egalari “O‘zuyjoyjamg‘armabank” bo‘limiga uy-joy sotib olishga shartnoma tuzish uchun zarur bo‘lgan guvohnoma yoki nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari paketini taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarining zarur paketi miqdori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar uchun — sotib olinadigan uy-joyning kamida 20 foiz maydoniga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxs o‘z xodimi uchun sotib olishni istayotgan uy-joyning kamida 50 foiziga muvofiq kelishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Uy-joy obligatsiyalarining talab etiladigan paketi egalari “O‘zuyjoyjamg‘armabank” bo‘limlari bilan uy-joy sotib olish yoki uy-joyning xususiyati va uning joylashgan tumanini ko‘rsatgan holda qurishga shartnoma tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Shartnomada ko‘rsatilgan uy-joy “O‘zuyjoyjamg‘armabank” bo‘limlari tomonidan uy-joy sotib olishga shartnoma tuzilgan vaqtdan keyin olti oy mobaynida yoki uy-joy qurishga shartnoma tuzish chog‘ida tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra belgilangan muddatda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari pulini to‘lash uchun mo‘ljallangan xonadonlar joylashgan tumanlar tegishli chiqarishdagi emissiya prospektida belgilanadi va “O‘zuyjoyjamg‘armabank” tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Uy-joy qiymatining qolgan qismini to‘lash uchun jismoniy yoki yuridik shaxsga “O‘zuyjoyjamg‘armabank” bo‘limida maxsus ssuda schyoti ochiladi hamda kredit bitimi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus uy-joy ssuda schyotini ochish hamda kredit berish olinadigan kreditni tavakkalchiliklarning barcha turlaridan majburiy sug‘urtalash sharti bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. “O‘zuyjoyjamg‘armabank” bo‘limlari tomonidan obligatsiya egalariga kredit quyidagi imtiyozli shartlarda beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsga — uy-joy qiymatining qolgan qismiga, unga uy-joy qiymatining 50 foizi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishini hisobga olib — ssuda qarzi sifatidagi kredit 10 yil muddatga yiliga ko‘pi bilan 20 foizli stavka bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsga — sotib olinayotgan uy-joy qiymatining qolgan 50 foiziga — amaldagi qayta moliyalashning 50 foizlik stavkasi bo‘yicha bir yilgacha muddatda qisqa muddatli kredit.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit kredit summasi, to‘lash muddatlari va foiz stavkalari belgilangan holda shartnoma asosida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit kvartira berish chog‘ida jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan sotib olinadigan uy-joyga garov rasmiylashtirish sharti bilan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. “O‘zuyjoyjamg‘armabank” bo‘limlari tomonidan jismoniy shaxsga maxsus uy-joy ssudasi ochilganligi va kredit rasmiylashtirilganligi to‘g‘risida xabardor etilganda, shuningdek obligatsiya egasining arizasiga asosan u ishlaydigan korxona yoki tashkilot ssuda qarzini har oyda to‘lab boradi. Bunda yig‘ma schyotga yoki kreditni to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Uy-joy obligatsiyalari egalari ushbu chiqarishdagi obligatsiyalarning amalda bo‘lish muddati tamom bo‘lgandan keyin ularni navbatdagi chiqarishdagi uy-joy obligatsiyalariga almashtirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Jismoniy va yuridik shaxslar o‘z xohishlariga ko‘ra sotib olingan uy-joy obligatsiyalarini “O‘zuyjoyjamg‘armabank” bo‘limlariga sotish uchun taqdim etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan uy-joy obligatsiyalari qiymatini to‘lash “O‘zuyjoyjamg‘armabank” bo‘limlari tomonidan ularning nominal qiymati bo‘yicha to‘lov summasini berishni ikki yil muddatga kechiktirgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. UY-JOY OBLIGATSIYALARI BOZORI QATNAShChILARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zuyjoyjamg‘armabank”ning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. “O‘zuyjoyjamg‘armabank” va uning hududiy bo‘limlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarga Toshkent shahrida, viloyat markazlari va viloyat bo‘ysunishidagi shaharlarda uy-joy qurish va sotib olish huquqini beruvchi uy-joy obligatsiyalarini muomalaga chiqarish, joylashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus uy-joy yig‘ma, ssuda schyotlari va “depo” schyotlari bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uylarning turlari va joylashgan o‘rni bo‘yicha obligatsiyalar egalarining buyurtmalarini hisobga olib uy-joyni foydalanishga tayyor holda qurishga buyurtmalarni pudratchi tashkilotlar orasida tanlov asosida joylashtirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. “O‘zuyjoyjamg‘armabank” va uning hududiy bo‘limlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy obligatsiyalari emissiyasi prospektini ishlab chiqishga va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishga, unda ushbu chiqarishdagi obligatsiyalar soni va boshqa ko‘rsatkichlari, uy-joylar quriladigan tumanlar aks ettiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muomalaga chiqarilgan uy-joy obligatsiyalari reyestrini yuritish, shuningdek obligatsiyalarni hisobga olish, saqlash va ular harakatini amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochilgan maxsus uy-joy yig‘ma va ssuda schyotlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muomalaga chiqarilgan nomi yozilgan obligatsiyalarni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun depozitariy tashkil etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sotib olish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga imtiyozli shartlarda kreditlar berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus uy-joy yig‘ma, ssuda schyotlari ochishga va olinadigan kredit tavakkalchiliklarning barcha turlaridan majburiy sug‘urta qilinishi sharti bilan kredit berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy obligatsiyalari egalarining hohishiga ko‘ra mazkur Nizom shartlariga muvofiq ulardan obligatsiyalarni sotib olishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari egalari bilan “O‘zuyjoyjamg‘armabank” bo‘limlari o‘rtasida uy-joy sotib olishga shartnoma tuzilgandan keyin bank shartnoma tuzilgan paytdan boshlab olti oydan kechikmay yoki tomonlarning o‘zaro ahdlashuvi bo‘yicha belgilangan muddatda obligatsiyalar turkumi egalariga shartnomada ko‘rsatilgan uy-joyni uylar turi joylashgan o‘rni bo‘yicha berishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli hokimliklar kvartiralar berish bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi yuzasidan “O‘zuyjoyjamg‘armabank” bo‘limlarining kafili hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzilgan shartnoma bo‘yicha belgilangan muddatlarda uy-joy berilmagan taqdirda “O‘zuyjoyjamg‘armabank” obligatsiya egalariga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun obligatsiyalar turkumi qiymatining 0,5 (o‘ndan besh qismi) foizi miqdorida jarima to‘laydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joyni kontraktda belgilangan muddatlarda topshirish bo‘yicha shartlar bajarilmagan taqdirda “O‘zuyjoyjamg‘armabank” Bosh pudratchidan muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun ushbu uy-joy kontrakt qiymatining 0,1 (o‘ndan bir qismi) foizi miqdorida jarimani so‘zsiz undirib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. “O‘zuyjoyjamg‘armabank” har yili, 20-oktabrdan kechikmay, jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomalari asosida navbatdagi yilga talab etiladigan uy-joy hajmlari prognozini tuzishi va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu takliflarni ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda talab etiladigan summani, “O‘zuyjoyjamg‘armabank”ning nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari bo‘yicha uy-joy qurilishi hajmining 50 foizi doirasida, navbatdagi kalendar yilning Davlat budjeti loyihasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmi Moliya vazirligi tomonidan “O‘zuyjoyjamg‘armabank” bilan birgalikda tasdiqlanadigan tegishli tartibda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy obligatsiyalari egalarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari egalari uy-joy obligatsiyasining amal qilishi muddati davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy obligatsiyalarini bir yo‘la yoxud “O‘zuyjoyjamg‘armabank” bo‘limlarida maxsus uy-joy yig‘ma schyotlarida mablag‘larni jamlash yo‘li bilan qismlarga bo‘lib sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sotib olish to‘g‘risida shartnoma tuzish uchun zarur bo‘lgan obligatsiyalar turkumi haqini to‘lashga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyning qolgan qiymatini to‘lash uchun mazkur Nizomga muvofiq imtiyozli shartlarda kredit olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zuyjoyjamg‘armabank”dan o‘z xususiyatlari va joylashgan o‘rni, shuningdek kvartirani berish muddatlariga ko‘ra shartnomada ko‘rsatilganiga muvofiq bo‘lgan uy-joy olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy chiqarish uy-joy obligatsiyalarini navbatdagi chiqarish obligatsiyalariga, obligatsiyalar emissiyasi prospektida belgilanadigan tartibda, almashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zuyjoyjamg‘armabank” bo‘limlarining uy-joy obligatsiyalarini mazkur Nizomda belgilangan tartibda sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotib olingan nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini “O‘zuyjoyjamg‘armabank” bo‘limlariga sotib olish uchun taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy obligatsiyalarini meros bo‘yicha berish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari egalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy obligatsiyalarini sotib olish, ularning muomalada bo‘lishi va qaytarilishining belgilangan tartibiga qat’iy rioya qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olingan kredit uchun to‘lov summasini maxsus uy-joy ssuda schyotlariga o‘z vaqtida belgilangan muddatlarda to‘lashga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. UY-JOY OBLIGATSIYALARI BILAN OPERATSIYALARNI HISOBGA OLISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Uy-joy obligatsiyalari bilan naqdina va naqdinasiz shakllardagi operatsiyalarni hisobga olish chiqarilgan operatsiyalarning turiga, obligatsiyalar egalari reyestri joriy etilishiga bog‘liq ravishda “O‘zuyjoyjamg‘armabank” tomonidan ochiladigan maxsus depozitariy tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Uy-joy obligatsiyalari egalari reyestriga kiritilgan shaxs obligatsiya egasi deb e’tirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy obligatsiyalari turkumi egalariga obligatsiyalarga egalik to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi, unda guvohnoma berilgan sanada obligatsiyalar egasi shaxsiy schyotining holati aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. “O‘zuyjoyjamg‘armabank” o‘z bo‘limlariga mazkur Nizomda belgilangan tartibda uy-joy shaklida qiymati qaytarilgan uy-joy obligatsiyalari to‘g‘risida axborot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Uy-joy obligatsiyalari blanklari qat’iy hisobot beriladigan blanklar hisoblanadi va tegishli balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari blanklari pul saqlanadigan joylarda yoki yonmaydigan po‘lat sandiqlarda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-iyuldagi 366-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zuyjoyjamg‘armabank” O‘zbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamg‘arma banki tomonidan Toshkent shahrida yaxshilangan tuzilishdagi kvartiralarni tijorat shartlarida sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur tartib “O‘zuyjoyjamg‘armabank” O‘zbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamg‘arma banki tomonidan Toshkent shahrida yaxshilangan tuzilishdagi kvartiralarni tijorat shartlarida sotish mexanizmi va uni amalga oshirish shartlarini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zuyjoyjamg‘armabank” ko‘chmas mulkning shakllanayotgan bozor konyunkturasidan kelib chiqib nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari egalariga ularning xohishiga ko‘ra Toshkent shahrining qulay tumanlarida joylashgan va (yoki) past qavatli uylarda joylashgan yaxshilangan tuzilishdagi komfort bezakli kvartiralarni tijorat shartlarida ushbu uy-joy qurilishiga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan sarflangan 50 foiz xarajatlarni qoplamasdan sotish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent shahrida yaxshilangan tuzilishdagi kvartiralarni sotib olish huquqiga “O‘zuyjoyjamg‘armabank”ning nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari egalari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar sotib olinayotgan uy-joy maydonining 50 foiziga muvofiq miqdorda uy-joy obligatsiyalari turkumi mavjud bo‘lishi sharti bilan tijorat shartlarida ega bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Uy-joy qiymatining qolgan qismiga 2 yil ichida to‘lash muddati bilan 20 foizdan ko‘p bo‘lmagan stavkali kredit rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahrida tijorat shartlarida yaxshilangan tuzilishdagi kvartira sotib olish istagini bildirgan shaxslarga nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini sotib olish tartibi, pul hisob-kitoblari, uy-joy berish, shuningdek “O‘zuyjoyjamg‘armabank” O‘zbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamg‘arma bankining nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini chiqarish, ularning muomalada bo‘lishi va ularga xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilangan imtiyozlar tizimi ham tatbiq etiladi.