Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Qarori
“Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2036-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 104, 41-son “Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2036, 2009-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 494-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-iyun,
39-son
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining boshligʻi D. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-iyun,
29-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 25-iyundagi 39 va 29-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Nomi va 1-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
1) nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.”;
3) 1-bandda:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;”;
oʻninchi xatboshidagi “yoki terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;”;
oʻn uchinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish — pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud koʻchirishni taqiqlash;
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Roʻyxat — maxsus vakolatli davlat organi tomonidan terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
operatsiyalarni toʻxtatib turish — mijozning pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni koʻchirish, konversiyalash, oʻzga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli aʼzolari (shu jumladan sobiq);
yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslarga ijtimoiy va kasbiy jihatdan bevosita bogʻliq boʻlgan jismoniy shaxslar.”;
4) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tashkilot faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirish;”;
beshinchi xatboshidagi “yoki terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 3-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularni shaxsini oʻrganish boʻyicha mumkin boʻlgan choralarni koʻrish va operatsiyalarni amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash;”;
beshinchi xatboshidagi “Departamentga” degan soʻz “maxsus vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
Roʻyxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;
maxsus vakolatli davlat organining pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida ijro etish.
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish;”;
oltinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻninchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn birinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻninchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻninchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshidagi “va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tashkilot faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish.”;
6) 4-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 5-banddagi “va (yoki) terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 5-1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻzining chet eldagi alohida boʻlinmalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonun hujjatlarida tegishli choralar taqiqlanganligi mavjudligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bosh ofisga axborot berilishini talab qilishga majburdir. Oʻz navbatida, tashkilot bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi (bundan buyon matnda Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi deb yuritiladi) va maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi;”;
toʻrtinchi xatboshidagi “va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 5-2-banddagi, 6-bandning birinchi xatboshisidagi va 7-bandning birinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Tashkilot har yili 10-yanvarga qadar Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligiga tashkilotdagi masʼul shaxslarning roʻyxatini taqdim etadi va bu roʻyxatdagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor etilishini taʼminlaydi. Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi har yili 20-yanvarga qadar tashkilotlardan olingan roʻyxatlarni maxsus vakolatli davlat organiga beradi va bu roʻyxatlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor etilishini taʼminlaydi.”;
11) 9-bandda:
birinchi va beshinchi xatboshilardagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan mijozlarning shubhali operatsiyalari toʻgʻrisidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida yuborilishini, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organining qoʻshimcha axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarining bajarilishini taʼminlaydi;”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda monitoring va nazorat oʻtkazilish davomida tashkilot faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ichki nazorat tizimini tashkil etish boʻyicha monitoringni amalga oshiradi.”;
12) 11-bandda:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash va ularning shaxsini tekshirish boʻyicha mavjud boʻlgan choralarni amalga oshirish;”;
oltinchi xatboshidagi “Departamentga” degan soʻz “maxsus vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“maxsus vakolatli davlat organining pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida bajarish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha oʻquv tadbirlarida qatnashish va oʻquv tadbirlarida olingan maʼlumotlarni tashkilot xodimlariga yetkazish;”;
yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) quyidagi mazmundagi 111-band bilan toʻldirilsin:
“111. Masʼul shaxs lavozimiga tayinlangan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonunchiligini hamda xalqaro standartlarni bilishi lozim.”;
14) 12-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 13-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Masʼul shaxsni oʻqitish va malakasini oshirish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda oʻtkaziladi.”;
uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi xatboshilardagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 14-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Tashkilot har yili 1-fevralga qadar Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligiga oʻzining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.”;
18) quyidagi mazmundagi 151-band bilan toʻldirilsin:
“151. Tashkilotlar mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqqan holda, quyidagilar aks etgan ichki qoidalarni ishlab chiqishlari lozim:
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, kamaytirish va hujjatlashtirishga doir choralarni amalga oshirish tartibi;
mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdorlarini lozim darajada tekshirish, shuningdek mijozlar operatsiyalarining muntazam nazoratini amalga oshirish qoidalari;
zarur axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini taʼminlash tartibi;
shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi, shuningdek bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni tayyorlash va maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan toʻxtatib turish (yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar bundan mustasno) va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish tartibi;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga qoʻyiladigan malaka talablari;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralar;
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish hamda bunday shaxslar tomonidan oʻtkaziladigan operatsiyalarni monitoring qilish tartibi;
maxsus vakolatli davlat organining pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida ijro etish tartibini;
yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlarning hisobini yuritish va monitoring qilish hamda bunday mijozlar operatsiyalarini monitoring qilish tartibi;
qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa qoidalar.”;
19) 16-bandda:
uchinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqi” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “yoki terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 161-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Agar mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash imkoni boʻlmasa, tashkilot mijozning rahbarini identifikatsiyalashi lozim.
Tashkilot mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha mazkur bandda koʻrsatib oʻtilgan choralarni koʻrish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarga nisbatan:
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina tashkilot rahbari (oʻrinbosari) ruxsati bilan kirishish (yoki davom ettirish);
amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishlari lozim.
Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, tashkilot mijoz bilan ish munosabatlariga kirishni rad etishi va (yoki) mavjudlarini toʻxtatishi, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya toʻgʻrisida xabar yuborishi shart.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud boʻlgan mijozga mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirayotganligi oshkor boʻlishi mumkin boʻlgan hollarda, ushbu mijozga nisbatan mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya haqida xabar yuborilishiga yoʻl qoʻyiladi.”;
21) 162-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 20-bandning birinchi xatboshisidagi “pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat” degan soʻzlar “pasport, identifikatsiya ID-kartasi yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) quyidagi mazmundagi 211-band bilan toʻldirilsin:
“Tashkilot mijoz — yuridik shaxsni yanada batafsil oʻrganish maqsadida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratishi lozim:
mijozning taʼsischilari (jamiyat aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorlari, ishtirokchilari) tarkibiga, mijozning ustav fondi (kapitali)ning 10 foizdan ortiq ulushiga egalik qilayotgan shaxslarni aniqlashga;
mijoz boshqaruvi organlari tuzilmasiga va ularning vakolatlariga;
mijoz ustav fondi (kapitali)ning roʻyxatga olingan miqdoriga.”;
24) 221-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22-1. Mijoz va (yoki) mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda tashkilot olingan maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladigan va tashkilotga taqdim qilinadigan Roʻyxat hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar roʻyxati bilan solishtirib chiqishi shart.”;
25) 23-bandda:
uchinchi xatboshidagi “pasport maʼlumotlariga muvofiq” degan soʻzlar “pasport yoki identifikatsiya ID-karta maʼlumotlariga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Departamentga” degan soʻz “maxsus vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26) 231-bandda:
birinchi xatboshidagi “yoki terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Departamentga” degan soʻz “maxsus vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27) 232-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoki Roʻyxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar, Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori boʻlgan yoki uni nazorat qiluvchi shaxslar;”;
uchinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar;”;
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
28) 234-bandning birinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29) quyidagi mazmundagi 235-band bilan toʻldirilsin:
“235. Tashkilotning chet eldagi alohida boʻlinmalari (mavjud boʻlganda) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim, mazkur talablar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining talablaridan farq qilgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarni qoʻllashi lozim.
Tashkilot oʻzining chet eldagi boʻlinmalaridan ular joylashgan mamlakat qonunchiligidagi taqiqlar tufayli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, tashkilotlarning bosh ofisiga axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. Oʻz navbatida tashkilot bu haqda Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligiga va maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi shart.
Tashkilotlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni oʻz faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, oʻrganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi shart.”;
30) 24-bandda:
oʻn toʻrtinchi, oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilardagi “eng kam ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn toʻqqizinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
31) 26 va 261-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan toʻxtatib turiladi va (yoki) pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk ishga solmay toʻxtatib qoʻyiladi va maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinadi, agarda:
agarda operatsiya qatnashchilaridan biri Roʻyxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman Roʻyxatga kiritilgan shaxsga tegishli boʻlsa;
operatsiya qatnashchisi — yuridik shaxs Roʻyxatga kiritilgan shaxsning mulkida yoki nazorat ostida boʻlsa.
Operatsiyani toʻxtatish va tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib qoʻyilgan, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.
261. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa, bunday operatsiya ham maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.”;
32) 27-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 28 va 30-bandlardagi, 31-bandning birinchi xatboshisidagi va 331-banddagi “Departamentga” degan soʻz “maxsus vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
33) quyidagi mazmundagi 301-band bilan toʻldirilsin:
“301. Ichki qoidalar bilan gumonli va shubhali operatsiyalarni qoʻshimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.
Tashkilotlar maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tavsiyaviy xarakterga ega boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar asosida gumonli va shubhali operatsiyalarni dastlabki aniqlash indikatorlari tizimini yoʻlga qoʻyishlari mumkin.”;
34) 33-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Tashkilot jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydi, uning tarqalib ketmasligini taʼminlaydi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilganligi toʻgʻrisida maʼlum qilish huquqiga ega emas.”;
35) quyidagi mazmundagi 333-band bilan toʻldirilsin:
“333. Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan maʼlumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz maʼlumotlarida oʻzgarishlar boʻlganda, biroq mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi tashkilot tomonidan yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim.”;
36) 34-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Tashkilot tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda amalga oshiriladi.”;
37) quyidagi mazmundagi 341-band bilan toʻldirilsin:
“341. Tashkilotlar ichki va tashqi vaziyatlarning oʻzgarishini inobatga olgan holda, tashkilotning ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qiladi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek samarali ishlashini taʼminlash uchun zaruratga qarab uni mustahkamlaydi.
Tashkilotida ichki audit xizmati mavjud boʻlganda, ichki nazorat tizimining faoliyati samaradorligini monitoringi ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi.”;
38) 35-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son)