1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qaroriga asosan badiiy taʼlim tizimida malakali kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn, sanʼatshunoslik hamda muzeyshunoslik yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori bilan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi tashkil etilganligi va uning faoliyati 2022-yil 1-yanvardan boshlanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni 12 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash haqidagi diplomning davlat namunasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida mutaxassis kadrlarning malakasini oshirish haqidagi sertifikatning davlat namunasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisiga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz davlat oliy va professional taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar, bolalar musiqa va sanʼat maktablarining badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarini (keyingi oʻrinlarda — badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlar) qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan ilmiy-metodik va davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimidagi taʼlim muassasalarida badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlar boʻlgan vazirliklar va idoralar har yili 15-noyabrga qadar tegishli tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassislarning egallab turgan lavozimiga koʻra malaka oshirish kurslaridan oʻtishi boʻyicha belgilangan davriylikni inobatga olgan holda keyingi kalendar yilda malaka oshirish kurslariga oʻqishga yuboriladigan tinglovchilar roʻyxatini shakllantirib, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga taqdim etib boradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tinglovchilari sonining bir nafar oʻqituvchi hisobiga nisbatining cheklangan meʼyorlari taʼlimning sanʼat yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim muassasalarida belgilangan bir nafar oʻqituvchi hisobiga tinglovchilar soni nisbatining cheklangan meʼyorlaridan 25 foiz past etib belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlariga oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan meʼyorlar boʻyicha mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoniga oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari hamda sanʼat sohasidagi yetakchi mutaxassislar jalb etilgan hollarda, ularga belgilangan tartibda soatbay asosida ish haqi toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash va malaka oshirishdan muvaffaqiyatli oʻtgan badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagoglarga tegishlicha Vazirlar Mahkamasining “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 16-fevraldagi 25-son qarori bilan tasdiqlangan davlat namunasidagi Qayta tayyorlash haqidagi diplom va Malaka oshirish haqidagi sertifikat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga qatʼiy hisobda turadigan davlat namunasidagi hujjat hisoblanadigan malaka attestati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, Markaz ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin hamda uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son qaroriga asosan qurilishi rejalashtirilgan Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining (keyingi oʻrinlarda — Maktab) 400 oʻrinli oʻquvchilar turar joyi loyiha-smeta hujjatlarini qayta ishlab chiqqan holda Maktabga oʻquvchilar uchun 200 oʻrinli hamda Markazga tinglovchilar uchun 100 oʻrinli turar joy va 100 oʻrinli oʻquv binosi qurish ishlarini 2021-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2022-yil 1-yanvarga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga taalluqli davlat taʼlim talablari belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni yuqori malaka va tajribaga ega boʻlgan kadrlar, shuningdek, xalq eʼtirofiga musharraf boʻlgan Oʻzbekiston xalq rassomlari, Oʻzbekiston xalq ustalari, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining akademiklari, soha boʻyicha boshqa davlat mukofotlari va sharafli unvonlarga sazovor boʻlgan mutaxassislar hamda malakali professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari uchun oʻquv rejasi hamda dasturlarini ishlab chiqsin va tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin, ularning doimiy ravishda takomillashtirib borilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov-kontrakt asosida tinglovchilarni oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida koʻrsatilgan xizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim xizmatlari koʻrsatishdan, ilmiy-oʻquv, oʻquv-metodik, ilmiy va axborot-tahliliy mahsulotlarni ishlab chiqarishdan va boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Markazni saqlash xarajatlari 2022-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markazning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻ ajratish hamda Markaz uchun 1 ta shaxsiy xizmat yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.V. Nuridinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 21-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
385-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21 iyundagi 385-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi

TUZILMASI

Direktor
Ilmiy-metodik kengash
Oʻquv jarayonini tashkil etish boʻlimi
3
Buxgalteriya
1
Matbuot va axborot texnologiyalari boʻlimi
1
Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni monitoringini olib borish va sifatni baholash boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni (professor-oʻqituvchilar tarkibi, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 12 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Kafedralarning professor-oʻqituvchilari tarkibi va oʻquv-yordamchi xodimlari, shuningdek, boʻlimning texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari soni qonun hujjatlarida oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyundagi 385-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DIPLOM

(tavsifi)

Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi diplom A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.

Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI. Badiiy taʼlim yoʼnalishlaridagi mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash haqida DIPLOM” soʻzlari bosiladi. Diplom uchta lotin harfi — MQT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplom:

bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;

yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;

naqshli rastr;

har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;

maxsus qogʻozlar;

oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllanilgan holda oltita himoyaga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi
Namuna
OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI
Badiiy taʼlim yoʼnalishlaridagi mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash haqida
20____ yil ________________ dan 20____ yil _______________ gacha
Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʼnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida
qayta tayyorlsh kursida taʼlim olib, ______________________________
________________________ mavzusida bitiruv ishini Davlat attestatsiya
komissiyasida _______________________ bahoga himoya qildi va unga
_______________________________________________ huquqi berildi
Muhr oʼrni
Direktor ____________
Sana _______________
Qayd raqami ________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyundagi 385-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida mutaxassis kadrlarning malakasini oshirish haqida davlat namunasidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SERTIFIKAT

Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida mutaxassis kadrlarning malakasini oshirish toʻgʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI. Badiiy taʼlim yoʼnalishlaridagi mutaxassis kadrlarni malakasini oshirish haqida SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat uchta lotin harfi — MMO va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqshli rastr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus qogʻozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllanilgan holda oltita himoyaga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi
Namuna
OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI
Badiiy taʼlim yoʼnalishlaridagi mutaxassis kadrlarni malakasini o shirish haqida
20____ yil ________________ dan 20____ yil _______________ gacha
Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʼnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida
jami _________________________________________________ soatli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyundagi 385-son qaroriga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 39-son, 453-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilova (Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari roʻyxati)ning “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari” boʻlimida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-pozitsiyaning “Qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishlari” ustunidan “sanʼatshunoslik” va “rangtasvir; dizayn; grafika; amaliy sanʼat; haykaltaroshlik” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 18-pozitsiya qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
18.
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi
(Badiiy taʼlim) Tasviriy va amaliy sanʼat; Dizayn; Sanʼatshunoslik; Muzeyshunoslik
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-ilova (Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining tashkiliy tuzilmasi)ning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAShKILIY TUZILMASI

2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 144-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 5-son, 39-modda) bilan tasdiqlangan Bolalar musiqa va sanʼat maktablari toʻgʻrisidagi nizomning 54-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Badiiy taʼlim (tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn, sanʼatshunoslik hamda muzeyshunoslik) yoʻnalishlarida mutaxassislik fanlari boʻyicha pedagog va mutaxassis kadrlar — Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida reja asosida bepul malaka oshiradilar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 9-yanvardagi 9-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-bandga quyidagi tahrirdagi “v” kichik band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v) Badiiy taʼlim (tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn, sanʼatshunoslik hamda muzeyshunoslik) yoʻnalishlarida mutaxassislik fanlari boʻyicha pedagog va mutaxassis kadrlar — Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida reja asosida bepul malaka oshiradilar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-ilova (Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab-internatlar toʻgʻrisidagi nizom)ning 23-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mutaxassislik fanlari boʻyicha pedagog xodimlar — Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida reja asosida bepul malaka oshiradilar”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/385/0583-son)