21.04.2020 yildagi PQ-4688-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasviriy va amaliy sanʼat sohalarida milliy merosimizni tiklash, Kamoliddin Behzodning boy ijodiy merosini xalqimizga toʻla yetkazish, soha rivojiga katta hissa qoʻshgan atoqli rassom va xalq ustalari xotirasini abadiylashtirish, ijodiy yoʻnalishda oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni tashkil etish, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda mamlakatimizda tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn sohasi samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil oktabr oyida buyuk musavvir va naqqosh Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligini keng nishonlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kamoliddin Behzod xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining koʻchalaridan biriga uning nomini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarida tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalar uchun Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini taʼsis etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh isteʼdodli ijodkorlarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatura va xalq amaliy sanʼati asarlari ijodiy tanlovini tashkil etish va uni har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib borish belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashkiliy qoʻmita (A. Abduhakimov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2020-yil 15-sentabrga qadar Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura sanʼati muzeyi xiyobonining zamonaviy qiyofada qayta tashkil etilishi va uning hududidagi Kamoliddin Behzod haykalini 2022-yilda bronzaga oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2020-yil 1-oktabrga qadar Kamoliddin Behzod hayoti va ijodi hamda uning Sharq tasviriy sanʼatiga qoʻshgan beqiyos hissasiga bagʻishlangan hujjatli filmning tayyorlanishi hamda markaziy telekanallarda namoyish etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2020-yil oktabr oyida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatura va xalq amaliy sanʼati asarlari ijodiy tanlovining oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari asarlari, xattotlik sanʼati namunalari, zamonaviy miniatura asarlari koʻrgazmasi hamda ilmiy-amaliy konferensiyasining oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “Oʻzbekiston zamonaviy miniaturasi” katalogining tayyorlanishi va joriy yil oktabr oyida nashr etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, Kamoliddin Behzodning haykalini bronzaga oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga mazkur maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzurida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida tayyorgarlik bosqichi sifatida Rassomlik mahorat ustaxonasi (oliy rassomlik kursi) (keyingi oʻrinlarda — Rassomlik mahorat ustaxonasi) tashkil etilsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oliy va professional taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablarining tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn, sanʼatshunoslik hamda muzeyshunoslik yoʻnalishlari (keyingi oʻrinlarda — badiiy taʼlim yoʻnalishlari) boʻyicha pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli yosh professional sanʼat namoyondalarining bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻqitishning zamonaviy shakl va uslublari, samarali pedagogik texnologiyalar, elektron axborot resurslaridan keng foydalangan holda taʼlim jarayonining yuqori darajada olib borilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining oʻquv rejalari va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining oʻquv-metodik bazasini shakllantirish va faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Rassomlik mahorat ustaxonasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasviriy sanʼat asarlarining yuksak sifatini taʼminlash, tasviriy sanʼat ijodkorlarining salohiyatini toʻlaqonli yuzaga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ustoz-shogird” va badiiy taʼlim anʼanalarini saqlagan holda oʻqitishning ilgʻor usullarini ishlab chiqish va oʻquv jarayoniga ijodiy ustaxonalar faoliyatini tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasviriy sanʼat yoʻnalishlarida (dastgohli, grafika, mahobatli, miniatura, haykaltaroshlik) faoliyat olib borayotgan isteʼdodli ijodkorlarni saralab olish, ularning estetik saviyasi va mahoratini yuksaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanʼat asarlarida milliy va umuminsoniy anʼanalarning yuksak darajada ifoda etilishiga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet ellardagi koʻrgazma va muzeylarda saqlanayotgan noyob asarlar bilan yaqindan tanishish, nusxa koʻchirish hamda tajriba almashish maqsadida xorijiy mamlakatlarga oliy rassomlik kursi yosh ijodkorlarining ijodiy safarlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yurtimiz muzeylari fondlarini yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy sanʼat asarlari bilan muntazam boyitib borishga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyati 2022-yil 1-yanvardan, Rassomlik mahorat ustaxonasi faoliyati 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rassomlik mahorat ustaxonasi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh ijodkorlar Rassomlik mahorat ustaxonasiga stajyor-tadqiqotchilar uchun belgilangan tartib asosida jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Markaz hamda Rassomlik mahorat ustaxonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi tegishli Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Respublikada tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining yurtimiz tasviriy sanʼatiga ulkan hissa qoʻshgan atoqli ijodkor Pavel Benkov nomini Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabiga berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2022-yil 1-sentabrga qadar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab-internatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va oʻquvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 2020-yil 1-noyabrdan boshlab Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 100 foiz miqdorida oylik ustamalar belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, 2021-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida 2021-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining asosiy binosi atrof hududida qoʻshimcha oʻquv binosi va zamonaviy axborot-kutubxona markazi, koʻrgazmalar galereyasini oʻz ichiga qamrab oluvchi yordamchi bino qurish ishlari uchun zarur kapital qoʻyilma mablagʻlarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi 2020-yil 1-oktabrga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan loyiha (obyekt) boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3219-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 21-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4688-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.A. Abduhakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi, tashkiliy qoʻmita raisi

2.

A.V. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

O.A. Nazarbekov

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

4.

A.X. Kamilov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

5.

I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

6.

B.S. Yuldashev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

7.

F.F. Abduxalikov

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori

8.

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi

9.

J.X. Rizayev

Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi ijrochi direktori

10.

B.M. Axmedov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri, tashkiliy qoʻmita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish
muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Zamonaviy darsliklar, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va materiallar tayyorlash, pedagog kadrlar hamda iqtidorli oʻquvchilarni ragʻbatlantirish

1.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyatini yanada takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Institutni kompleks rivojlantirish boʻyicha ishchi guruh tarkibini shakllantirish.

2. 2020 — 2025-yillarda tasviriy, amaliy sanʼat
va dizayn sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash va institut faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi
va kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

3. Tegishli qaror loyihasini belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil aprel


2020-yil iyun






2020-yil iyul

Badiiy akademiya (A. Nuridinov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Keng dunyoqarashga ega, yuksak estetik did va axloqiy tarbiyaga ega ijodkor yoshlarni tarbiyalash.

1. Oʻquv rejalarining mutaxassislik fanlari blokiga adabiyot, tarix, etika, estetika, ijodkor psixologiyasiga oid fanlar kiritiladigan tasviriy va amaliy sanʼat, dizaynga oid taʼlim yoʻnalishlarini aniqlash.

2. Mazkur taʼlim yoʻnalishlarida adabiyot, tarix, etika, estetika, ijodkor psixologiyasiga oid fanlarni mutaxassislik fanlari blokida oʻqitish.

2020-yil iyun




2020/2021 oʻquv yilidan boshlab

Badiiy akademiya (A.Nuridinov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

3.

Xorijda saqlanayotgan Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodiga mansub asarlarning asl yoki koʻchirma nusxalarini yurtimizga qaytarish.

1. Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodiga mansub chet ellarda saqlanayotgan asarlarning asl yoki koʻchirma nusxalarini yurtimizga qaytarish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish.

2. Xorijda saqlanayotgan asarlarni oʻrganish va ularning asl yoki koʻchirma nusxalarini yurtimizga qaytarish boʻyicha 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

3. “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil aprel




2020-yil may




2020-yil iyun

Tashabbuskorlar mablagʻlari, grantlar, homiylik xayriyalari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi (R. Bahodirov),
Badiiy akademiya
(A.Nuridinov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

4.

Badiiy koʻrgazmalar direksiyasini jahon standartlariga muvofiq mukammal rekonstruksiya qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Badiiy koʻrgazmalar direksiyasini 2021-yilgi investitsiya dasturiga kiritgan holda jahon standartlariga muvofiq mukammal rekonstruksiya qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil may





2020-yil iyul

Badiiy akademiya (A. Nuridinov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

5.

Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab-internatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari
va maktab-internatlarini jihozlash uchun zarur boʻladigan texnika vositalari, inventar va zamonaviy uskunalar hamda musiqa asboblari bilan jihozlash boʻyicha normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari
va maktab-internatlarida mavjud musiqa asboblari
va boshqa jihozlarni xatlovdan oʻtkazish.

3. Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab-internatlarining moddiy-texnik bazasini normativlarga muvofiq mustahkamlash.

2020-yil

iyun





2021-yil

sentabr



2022-yil

avgust

Respublika budjeti,
homiylik xayriyalari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab-internatlarning mutaxassislik fanlari boʻyicha yangi avlod darsliklari, oʻquv-metodik qoʻllanmalar, katalog-albomlar, nota va materiallarni tayyorlash hamda chop etish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish.

2. Oʻquv reja va dasturlar boʻyicha oʻquv qoʻllanma
va darsliklarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish.

3. Aniqlangan ehtiyojdan kelib chiqib, oʻquv qoʻllanma va darsliklarni ishlab chiqishda tajribali professor, akademik va mutaxassislarni jalb qilish hamda bosqichma-bosqich tayyorlash, shuningdek, chop etish boʻyicha reja-jadval loyihasini ishlab chiqish.

4. Ishlab chiqilgan reja jadval loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil
iyul



2020-yil

avgust





2020-yil

sentabr

Respublika budjeti,
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (D. Saidjonov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

7.

Respublika va xalqaro tanlovlar gʻoliblariga tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasasiga kirish uchun berilgan imtiyozlarni qayta koʻrib chiqish.

1. Alohida iqtidor talab etiladigan oliy taʼlim muassasalariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali test sinovlarsiz qabul qilish tartibi joriy etilganligi munosabati bilan respublika va xalqaro tanlovlar gʻoliblariga beriladigan imtiyozlarni qayta koʻrib chiqish (bekor qilish) boʻyicha takliflar tayyorlash.

2. Takliflar asosida Hukumat qarori loyihasini tayyorlash va belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil may







2020-yil iyun

Badiiy akademiya (A. Nuridinov),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Davlat test markazi (M. Karimov)

8.

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Badiiy akademiya tizimida maktab-internat tashkil etish.

1. Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatini tashkil etish uchun aholiga qulay boʻlgan hududni aniqlash.

2. Tanlangan hududda mavjud boʻsh turgan bino
yoki yer maydonini ajratish.

3. Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatini tashkil etish.

2021-yil
iyun


2021-yil
sentabr


2022-yil
avgust

Toshkent viloyati mahalliy budjeti

Toshkent viloyati hokimligi (R. Xolmatov), Badiiy akademiya (A.Nuridinov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura sanʼati muzeyi faoliyatini takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Muzeyni kompleks rivojlantirish boʻyicha ishchi guruh tarkibini shakllantirish.

2. Muzey faoliyatini yanada takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

3. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil iyul


2020-yil sentabr


2020-yil oktabr

Badiiy akademiya (A. Nuridinov),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), tegishli vazirlik
va idoralar

II. Tasviriy va amaliy sanʼat asarlarining badiiy va maʼnaviy saviyasini oshirish, koʻrgazmalar faoliyatini yanada rivojlantirish, Badiiy akademiyaning moddiy taʼminotini kuchaytirish

10.

Xorijiy davlatlar ijodkorlari ishtirokida Xalqaro plenerlar oʻtkazish.

1. Tashkiliy guruh shakllantirish, sarf-xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Xalqaro plener ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish.

Doimiy

“Ilhom” jamoat fondi

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, “Ilhom” jamoat fondi (J. Rizayev)

11.

Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi qoshida ishlab chiqarish ustaxonasini tashkil etish.

1. Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi qoshida ijodiy ishlarni qadoqlash, asarlar bagetini tayyorlash va boshqa xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha ishlab chiqarish ustaxonasini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan tashkil etish.

2. Ishlab chiqarish ustaxonasini zamonaviy uskunalar bilan jiho?lash.

2020-yil dekabr





2021-yil mart

Tashabbuskorlar mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Badiiy akademiya (A.Nuridinov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, uning hududiy boʻlimlari tomonidan respublika boʻylab, xususan chekka hududlarda muntazam ravishda koʻchma koʻrgaz?alar tashkil etish.

1. Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi,
uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlarining koʻchma koʻrgazmalar rejasini ishlab chiqish.

2. Grafik asosida hududiy boʻlimlarni ijara asosida mikroavtobus va zamonaviy koʻchma jihozlar bilan taʼminlash.

Doimiy

“Ilhom” jamoat fondi

Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, “Ilhom” jamoat fondi (J. Rizayev)

13.

Institut talabalarini umumbashariy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash.

1. “Kitobsevarlar oyligi”, “Nazm va navo oyligi”, “Mehr ulashaylik” kabi tematik tadbirlarni oʻtkazish.

2. “Yosh targʻibotchilar”, “Blogerlar”, “PR Markaz” kabi klublar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

3. Klublar moddiy-texnik bazasini shakllantirish va faoliyati natijadorligini taʼminlash.

4. Tematik tadbirlar va klublar faoliyatiga soha mutaxassislari, mashhur shoir va yozuvchilar, sanʼatkorlarni keng jalb etish.

Doimiy

Tashabbuskorlar mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (A. Jumaboyev), Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov)

14.

Badiiy akademiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Badiiy akademiyaning markaziy apparatiga qoʻshimcha 2 ta xizmat avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratish.

2021-yil oktabr

Respublika budjeti

Badiiy akademiya (A. Nuridinov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

15.

Badiiy akademiya raisiga Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining alohida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zalidan bepul foydalanish huquqini berish.

1. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil may


2020-yil iyun

Badiiy akademiya (A. Nuridinov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Badiiy akademiya raisining ayni paytda Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi hisoblanishi tartibini bekor qilish.

1. Badiiy akademiyasining ustaviga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil may


2020-yil iyun

Badiiy akademiya (A. Nuridinov),

“Ilhom” jamoat fondi (J. Rizayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

III. Tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn sohalarida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish

17.

Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini taʼsis etish.

1. Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini taʼsis etish toʻgʻrisida qaror loyihasini ishlab chiqish.

2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil iyul


2020-yil avgust

Badiiy akademiya (A. Nuridinov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

18.

Badiiy ijodkorlar uyushmasining hududiy galereyalarini tashkil etish.

1. Badiiy ijodkorlar uyushmasining galereyalari mavjud boʻlmagan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Fargʻona, Xorazm va Toshkent viloyatlari markazlarida galereyalarni tashkil etish boʻyicha tegishli qarorni qabul qilish.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar tomonidan galereyalarini tashkil etish uchun binolarni tekin foydalanish huquqi asosida ajratish va ularni jihozlash.

3. Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan barcha galereyalarda sanʼat asarlarini sotish punktlari tashkil etish.

2020-yil iyun





2021-yil mart




2021-yil aprel

Mahalliy budjet mablagʻlari, “Ilhom” jamoat fondi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Qashqadaryo, Fargʻona, Xorazm va Toshkent viloyatlari hokimliklari,
Badiiy akademiya (A. Nuridinov)

19.

Institutning taʼlim jarayoniga yuqori malakali xorijiy pedagog va sanʼatshunos mutaxassislarni keng jalb etish.

1. Oʻquv va ilmiy jarayonga xorijiy mamlakatlardan taklif etiladigan yuqori malakali pedagog va mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish.

2. Xorijiy pedagog va mutaxassislarni jalb etish hamda ular ishtirokida ochiq darslar, mahorat darslari, yakka tartibdagi, maʼruza, amaliyot mashgʻulotlari va boshqa turdagi mashgʻulotlarni keng joriy etish.

3. Institutning oʻquv, badiiy va ilmiy jarayoniga taklif etilgan xorijiy pedagog va mutaxassislar faoliyatini oʻrganib borish hamda natijalarini institutning tegishli kengashlarida muhokama qilish.

Doimiy

Institut mablagʻlari, respublika budjeti

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (N. Sayfullayev),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

20.

Asarlaridagi ilgʻor gʻoyalari va yuqori estetik didi bilan ajralib turadigan yosh ijodkorlar asarlari koʻrgazmasini tashkil etish hamda ularni keng ommaga tanitish.

1. Iqtidorli yosh ijodkorlarni saralab olish uchun Badiiy akademiyaning haqiqiy aʼzolaridan iborat tarkibda ishchi guruhni shakllantirish.

2. Iqtidorli yosh ijodkorlarni aniqlash
va ular roʻyxatini shakllantirish.

3. Ishchi guruhning yosh ijodkorlar bilan ishlash dasturini tasdiqlash.

4. “Ustoz-shogird” anʼanasi asosida yosh ijodkorlar mahoratini oshirib borish, ular asarlarining koʻrgazmasini tashkil etish.

Doimiy

Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari,
“Ilhom” jamoat fondi

Badiiy akademiya (A. Nuridinov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi,

“Ilhom” jamoat fondi (J. Rizayev), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar
va viloyatlar hokimliklari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3219-son qaroriga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZGARTIRISHLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “21” raqami “33” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda uning hududiy boʻlimlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Fondga ajratiladigan budjet mablagʻlari (subsidiya) hisobidan qoplanishi nazarda tutilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparatining
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) 33 kishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilikda belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlimlari” blokida “19,5” raqami “21,5” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) izoh qismida “24,5” raqami “26,5” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2020-y., 07/20/4688/0475-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)