17.06.2021 yildagi 377-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut va soliq texnikumlari faoliyatini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish hamda davlat soliq xizmati organlari tizimi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4879-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi) huzuridagi Malaka oshirish markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farg‘ona, Toshkent va Buxoro soliq kollejlari 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Institut huzuridagi Farg‘ona, Toshkent va Buxoro soliq texnikumlari (keyingi o‘rinlarda — soliq texnikumlari) etib qayta tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab quyidagi tartib joriy etilishi inobatga olinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish davomiyligi to‘rt yil, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha besh yil etib belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning magistratura mutaxassisliklari kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish davomiyligi bir yil hamda masofaviy, sirtqi va kechki ta’lim shakli o‘qish davomiyligi ikki yil etib belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning bakalavriat va magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilishda test sinovlarini ochiq va oshkora o‘tkazish, o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyuldagi 393-son va “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarorlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarining markaziy apparatida soliqlar va soliqqa tortish, moliyaviy nazorat va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, shuningdek iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbar xodimlarni Institut magistraturasiga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki ta’lim o‘qitish dasturlari bo‘yicha o‘qishi uchun qabul qilish tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga ko‘ra kirish test sinovlarisiz, to‘lov-shartnoma asosida qabul parametrlaridan tashqari amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilar, istisno tariqasida, Institut magistraturasiga test sinovlarisiz, to‘lov-shartnoma asosida, o‘qish qiymatining 50 foizini to‘lab, qabul parametrlaridan tashqari, o‘qishni tugatgandan so‘ng davlat soliq xizmati organlarida kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini yuklagan holda qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qo‘mitasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tavsiyasiga muvofiq “temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari bo‘lgan hamda Institutga talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to‘lov-shartnomasi yoki subsidiya ajratish orqali moliyalashtiriladigan alohida qabul parametrlarini belgilashga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat soliq qo‘mitasining Institut faoliyati va ilmiy o‘quv jarayonini tashkil etish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim dasturlariga, xalqaro professional assotsiatsiyalar va birlashmalarning malaka sertifikatlari bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalar va maxsus bilimlarni o‘zlashtirishga doir fanlarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qo‘mitasi buyurtmasi asosida davlat soliq xizmati organlari xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buyurtmalari bo‘yicha shartnoma asosida rahbar va xodimlarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qo‘mitasining buyurtmasiga asosan soliqqa tortish hamda moliyaviy nazorat sohalarida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqotlar olib borishni joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Institut rektoriga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan quyidagi tadbirlarni amalga oshirish huquqi berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut istiqbolli kunduzgi ta’lim bitiruvchilari va xodimlarining xorijiy ta’lim va ilmiy tashkilotlari magistratura va doktoranturasida o‘qish qiymati va u bilan bog‘liq xarajatlar uchun to‘lovlarni ular o‘qish tugatgandan so‘ng Institutda kamida besh yil uzluksiz ishlash sharti bilan amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut va soliq texnikumlarining iqtidorli talaba hamda o‘quvchilariga stipendiya ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni Institutda ta’lim jarayonlariga konsultant, ma’ruzachi va o‘qituvchi sifatida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut xodimlarini yetakchi xorijiy ta’lim muassasalariga va boshqa tashkilotlarga stajirovka o‘tash uchun yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soliq texnikumlari bitiruvchilari, shuningdek Davlat soliq qo‘mitasi tizimidagi Farg‘ona, Toshkent va Buxoro soliq kollejlarining davlat soliq xizmati organlarida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan bitiruvchilari Institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishning ikkinchi yilidan boshlab o‘qishga qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilar soliq texnikumlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lov-shartnoma asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Bunda Institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishning ikkinchi yilidan boshlab o‘qishga qabul qilish Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qaroriga asosan “v” kichik bandi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son — 2021-yil 23-dekabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi Institut va soliq texnikumlariga o‘z idoralaridagi statistik, arxiv va boshqa ma’lumotlardan (axborotdan foydalanish qonun bilan cheklangan holatlar bundan mustasno) foydalanish imkoniyatini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutning Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashining vazifalari va vakolatlarini belgilash, faoliyatini tashkil etish va tugatish hamda qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutning Vasiylik kengashi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 17-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
377-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-iyundagi 377-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutning Vasiylik kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

1.

Sh.D. Kudbiyev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliqqo‘mitasi raisi, Vasiylik kengashi raisi

2.

M.M. Maxkamov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari

3.

I.I. Norqulov

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

4.

D.Sh. Sultanov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari

5.

O.A. Pekos

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi

6.

Lavozimiga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari

7.

I.M. Muxtorov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

8.

N.F. Karimov

O‘zbekiston auditorlar palatasi kengashi raisi

9.

M.M. Tulaxodjayeva

O‘zbekiston buxgaltyerlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi

10.

B.S. Nabijonov

O‘zbekiston soliq maslahatchilari palatasi boshqaruvi raisi

11.

Sh.S. Qayumov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” DUK direktori

12.

A.S. Linnikov

Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti xalqaro masalalar bo‘yicha prorektori (kelishuv asosida)

13.

M. Kaselyauskas

Xalqaro valyuta jamg‘armasi eksperti (kelishuv asosida)

14.

Lavozimiga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut rektori, Vasiylik kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tganda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-iyundagi 377-son qaroriga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutning Vasiylik kengashi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutning (keyingi o‘rinlarda — Institut) Vasiylik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) faoliyatini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kengash Institutning jamoatchilik organi bo‘lib, yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kengash o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ta’lim jarayonida ijtimoiy sheriklik tamoyillarini samarali amalga oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash, Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ta’lim jarayonini takomillashtirish Kengashning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kengash tarkibiga davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, homiylar, shuningdek, Institut faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan boshqa shaxslar kirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Kengash vazifalari va vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim jarayonini hamda talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish va takomillashtirish, shuningdek, Institut bitiruvchilarini kelgusida ishlab chiqarish, fan va ta’limni integratsiyalashni rivojlantirish orqali ishga joylashtirishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bakalavrlar va magistrlar tayyorlash sifatini hamda ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini oshirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusida mehnat bozori rivojlanishini hisobga olgan holda mutaxassislar va ilmiy-texnik kadrlarni tayyorlashning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlashda Institutga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislar tayyorlash sifatiga ko‘maklashadigan istiqbolli dasturlarni moliyalashtirish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish, fundamental (amaliy) ilmiy-texnik ishlanmalarni amalga oshirish, o‘quv va ilmiy jarayonlarni oqilona integratsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarning bevosita ishlab chiqarishdagi amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi malakali va tajribali mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut pedagog kadrlarining mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ularning malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut faoliyatining izchil rivojlantirilishini ta’minlash uchun homiylik xayriyalarini, grantlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘larni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ehtiyojmand talabalarni ijtimoiy himoyalashni ta’minlash, iqtidorli talabalarga stipendiyalar ajratish, ijarada turuvchi talabalar uchun yashash va hordiq chiqarish sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, ta’tillar davrida talabalarning dam olishini tashkil etishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutni zamonaviy o‘quv-laboratoriya anjomlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, Institutning zamonaviy ilmiy laboratoriyalarini shakllantirish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda sog‘lom intellektual va ma’naviy-psixologik, pedagoglar va talabalar o‘rtasida o‘zaro hamfikrlik muhitini shakllantirishga, ularda kasbiy, ma’naviy, intellektual va jismoniy takomillashuvga doimiy intilishni tarbiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mualliflik o‘quv dasturlari, metodik qo‘llanmalar, tavsiyanomalar, didaktik materiallar hamda boshqa o‘quv-metodik hujjatlarni ishlab chiqish va nashr etishga homiylik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli talabalarni yetakchi xorijiy ta’lim muassasalariga tajriba orttirishga yuborish bo‘yicha takliflarni shakllantirish, ular uchun maxsus stipendiyalar ta’sis etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning professor-o‘qituvchilar tarkibi, katta ilmiy xodimlari — izlanuvchilari va talabalari uchun xalqaro tajriba almashishni tashkil etishga ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutdan zarur ma’lumotlar va axborotlarni belgilangan tartibda oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning ish rejalarini, tadbirlar rejalarini, dasturlarini va boshqa hujjatlarini muhokama etishda qatnashadi, ularni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritadi, shuningdek, Institut rektoriga Institut xodimlari va talabalarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish to‘g‘risida tavsiyanomalar taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning mablag‘ tushumlari va mablag‘larining sarflanishi bo‘yicha moliyaviy rejani tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash mablag‘lari bo‘yicha moliyaviy rejaning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini tekshirish uchun nazorat-taftish komissiyasini tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash qonunchilik hujjatlariga va Institut ustaviga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kengash ishtirok etishning ixtiyoriyligi va Kengash vakolatiga tegishli masalalarni hal etishda uning barcha a’zolarining teng huquqliligi tamoyillari asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash, qoidaga ko‘ra, Kengash raisi, raisning o‘rinbosari, kotib va a’zolardan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut rektori lavozimiga ko‘ra Kengash kotibi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Kengashga raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash o‘z vakolatlarini Institut rektoriga berish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kengash raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlisi kun tartibini belgilaydi va uni chaqiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash qarorlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi nazorat qilinishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning yillik ish rejasi bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni Kengashga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash a’zolariga yuklangan vazifalar bajarilishi yuzasidan ularning ishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda Kengash nomidan vakillik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning samarali ishlashini ta’minlash uchun boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kengash raisi o‘rinbosarining vakolatlari Kengashning qarori bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kengash a’zolari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda ta’lim jarayonini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha Kengashga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash tomonidan ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha xulosa taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash a’zolari Kengash tarkibida o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash a’zolari majlisda shaxsan qatnashishi kerak. Bunday qatnashishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, Kengash a’zosi majlisning kun tartibi bo‘yicha o‘z fikrini Kengashga yozma ravishda taqdim etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kengash o‘z majlislarini zaruriyatga ko‘ra, biroq yil choragida kamida bir marta o‘tkazadi. Kengash raisi tomonidan uning a’zolarining yozma iltimosnomalari asosida navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin. Iltimosnomalarda navbatdan tashqari majlisni chaqirishning sabablari va asoslari bayon qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kengash majlisini Kengash raisi, u bo‘lmagan taqdirda esa — Kengash raisining o‘rinbosari boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlisi unda Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlisni o‘tkazish uchun kvorum yoki rais va uning o‘rinbosari bo‘lmaganda, Kengash majlisini o‘tkazishning yangi sanasi e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kengash majlisiga ko‘rib chiqiladigan masalalarning xususiyatiga ko‘ra davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari, oliy ta’lim muassasasining xodimlari, ayrim jismoniy shaxslar taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kengash kotibi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlislarga barcha zarur hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majlislarni o‘tkazish muddatlari va joyini Kengash raisi bilan kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibi masalalari bo‘yicha Kengash majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash a’zolari va taklif etilgan shaxslarni majlisning sanasi, kun tartibi loyihasi, majlisni o‘tkazish vaqti va joyidan xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash qarorlari bajarilishi monitoringini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Kengash a’zolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash kotibi Kengash a’zosi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kengash o‘z faoliyatini Institut rektori bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Kengash tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kengash qarori Kengashning majlisda qatnashgan a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashi a’zolari tomonidan Institutga taqdim etilgan mablag‘lar bo‘yicha tushumlar va sarflarning yillik moliyaviy rejasini, shuningdek, vasiylik mablag‘laridan foydalanilishini tasdiqlash masalalari bo‘yicha qaror Kengashning majlisda qatnashgan a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kengash qarorlari Kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Kengash a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kengash bayonnomasining asl nusxasi va uning materiallari Institutda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut rektori Kengash hujjatlarining saqlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kengash kotibi Kengash a’zolarining yordamida Kengash qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda o‘rganadi va ko‘rib chiqadi, zaruriyat bo‘lganda, Kengash raisiga tegishli takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash qabul qilingan qarorlarning ijro etilishi holatini o‘z majlislarida muntazam ravishda ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Kengashning ish tartibi Kengash tasdiqlaydigan reglamentda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Vasiylik mablag‘lari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vasiylik mablag‘lari vakillari Kengash a’zolari hisoblanadigan tashkilotlarning, shuningdek, Kengash a’zolarining xayriyalari, ixtiyoriy badallari shaklida Kengash tomonidan Institutga jalb etiladigan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan mablag‘lar hisobiga shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik mablag‘lari mol-mulk, pul mablag‘lari, boshqa moddiy va nomoddiy aktivlar shaklida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vasiylik mablag‘laridan Kengashning maqsadlari, vazifalari va vakolatlarini amalga oshirish va ularga erishish uchun foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vasiylik mablag‘lari Institutning alohida hisobvarag‘ida jamlanadi va ulardan belgilangan tartibda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Vasiylik mablag‘lari sarflanishining yo‘nalishi, maqsadi va hajmi Kengash majlisida tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik mablag‘lari sarfining moliyaviy rejasiga Institutdagi Kengash faoliyati bilan bog‘liq joriy xarajatlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Vasiylik mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi Kengashning qarori asosida Institut rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaruratga ko‘ra vasiylik mablag‘lari xarajatlar smetasiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Vasiylik mablag‘larining buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishi, mablag‘lar zarur tarzda rasmiylashtirilishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish uchun Institutning rektori va bosh buxgalteri javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik mablag‘larining joriy yilda foydalanilmagan qoldig‘i olib qo‘yilmaydi va keyingi yilga o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Kengash vasiylik mablag‘laridan to‘g‘ri, maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazoratni amalga oshirish uchun Kengashning nazorat-taftish komissiyasi tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash nazorat-taftish komissiyasining raisi va a’zolarini tayinlash tartibi, ularning vakolatlari muddatlari va taftishlarni o‘tkazish davriyligi Kengash qarori bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Kengashning nazorat-taftish komissiyasi bir yilda bir marta vasiylik mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan sarf-xarajatlarni taftish qiladi hamda vasiylik mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilganligi yuzasidan Kengash oldida hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Kengash faoliyatini tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Kengash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tarqatib yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Kengash tarqatib yuborilgan taqdirda, uning vasiylik mablag‘larini boshqarish bo‘yicha vakolati vaqtincha Institutning Kengashiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-iyundagi 377-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq kollejini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 14-iyuldagi 298-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 20-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 09/21/377/0565-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son)