02.04.2021 yildagi 826-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 02.04.2021 yildagi 826-IV-son
Kuchga kirish sanasi
02.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining 2020-yildagi faoliyati va 2021-yildagi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi taʼkidlaydiki, Parlament komissiyasi tomonidan 2020-yilda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining institutlari faoliyatini tashkiliy-huquqiy, moliyaviy-iqtisodiy va institutsional jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalarining faoliyatini yanada takomillashtirishga alohida ahamiyat qaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan (bundan buyon matnda Jamoat fondi deb yuritiladi) 2020-yilda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun 38 mlrd. 33,9 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan davlat subsidiyalarining ajratilishi va ularni oʻzlashtirish doirasida 2020-yilda jami 11 ta tashkilot, yaʼni “Yuksalish” umummilliy harakati, Xalqaro press-klub, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi, “Maʼrifat targʻibotchilari” jamiyati, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati hamda Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarni amalga oshirish uchun 23 mlrd. 389,7 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek davlat ijtimoiy buyurtmalari doirasida 13 ta vazirlik va idora, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 5 mlrd. 200 mln. soʻmlik 15 ta buyurtmasi tanlovga qoʻyilgan hamda Parlament komissiyasining qaroriga muvofiq 15 ta tashkilotning davlat ijtimoiy buyurtmasiga 5,2 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, yosh avlodni maʼnan yetuk, jismonan sogʻlom etib tarbiyalash, xotin-qizlar hamda keksalarni qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashish maqsadida 4 ta ijtimoiy buyurtma loyihasi uchun 900 mln. soʻm, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash orqali jamiyatda kambagʻallikni qisqartirish maqsadida 6 ta ijtimoiy buyurtma loyihasiga 2 mlrd. 250 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari davlat granti loyihalarini amalga oshirish doirasida 70 ta ustuvor yoʻnalishni qamrab olgan davlat grantining 5 ta tanlovi oʻtkazilgan hamda ularda jami 882 ta nodavlat notijorat tashkilotining, ommaviy axborot vositalarining va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining 237 ta loyihasiga 9,2 mlrd. soʻm ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, “Jamiyat va oilada sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy va tibbiy muhitni taʼminlashda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish” yoʻnalishidagi birinchi tanlovda nodavlat notijorat tashkilotlarining pandemiyaga qarshi kurashishda Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi bilan hamkorlik qilishga qaratilgan tashabbus asosida kiritgan 32 ta grant loyihasi 1,3 mlrd. soʻmga moliyalashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Parlament komissiyasi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining moliyaviy erkinligini taʼminlash, mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan samarali nazorat olib borish, loyiha va dasturlarning ijtimoiy samaradorligini oshirish maqsadida monitoring oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maqsadsiz va notoʻgʻri sarflangan 1 mlrd. 118,5 mln. soʻmlik davlat subsidiyasi, 172,9 mln. soʻmlik ijtimoiy buyurtma, 238,9 mln. soʻmlik davlat granti mablagʻlari monitoring natijalaridan kelib chiqib qaytarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil davomida Parlament komissiyasining 8 ta yigʻilishi oʻtkazilib, ularda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatiga doir hamda jamiyatda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish bilan bogʻliq 50 ga yaqin dolzarb masala koʻrib chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda Parlament komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ajratilgan davlat subsidiyalari va grantlari hamda moliyalashtirilgan ijtimoiy buyurtmalar doirasidagi dastur va loyihalar amalga oshirilishi natijasida 1 771 nafar fuqaroning bandligi taʼminlangan. Ushbu loyihalarda koʻzda tutilgan maqsadlar aks ettirilgan qariyb 500 xil material 161 mingdan ziyod nusxada tarqatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umuman, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faol qoʻllab-quvvatlanishi natijasida koʻplab ijtimoiy, umum ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalar roʻyobga chiqarildi. Aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish imkoni yaratildi. Bu esa oʻz navbatida, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolligini yanada oshirishga ham xizmat qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga Parlament komissiyasining nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada rivojlantirish, ularning mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini taraqqiy ettirish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirishga koʻmaklashish borasidagi faoliyatida ayrim kamchiliklarga ham yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish va ularga zarur uslubiy koʻmak berish borasidagi ishlar lozim darajada olib borilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat fondi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan loyihalarni hamda hisobotlarni elektron raqamli imzolardan foydalangan holda elektron shaklda qabul qilish, hujjatlar aylanmasini elektron tarzda yuritish boʻyicha maxsus dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish masalalariga yetarli darajada eʼtibor qaratilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek Jamoat fondi faoliyatiga oid amaldagi bir qator nizomlarni nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning talabi, koʻlami, mazmun-mohiyati va asosiy shakllaridan kelib chiqib, yanada takomillashtirish taqozo etilmoqda. Xususan, Parlament komissiyasining davlat subsidiyalari va davlat grantlarini ajratish, davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish, Jamoat fondi mablagʻlarini taqsimlashga doir bir qator amaldagi nizomlarni maqbullashtirgan holda qayta koʻrib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining hamkorligini yanada mustahkamlash hamda ularning salohiyatidan keng foydalangan holda, faol jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga eʼtibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari joriy yilda Parlament komissiyasining oldida izchillik bilan amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qator yangi, ustuvor vazifalar turibdi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi “2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6181-sonli Farmonida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yagona vertikal tizimini joriy etish belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Jamoat fondining tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish, davlat subsidiyalari, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar berish tartibini soddalashtirish, ajratilayotgan mablagʻlarni ustuvor ravishda taʼlim, sogʻliqni saqlash, qurilish, kommunal xoʻjaligi kabi sohalardagi muammolarni hal etishga qaratilgan ijtimoiy buyurtmalarga yoʻnaltirish, mavjud muammolarni aniqlab, ularning yechimi boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda ijrosi ustidan taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda Parlament komissiyasi va Jamoat fondi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining 2020-yilda amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Parlament komissiyasi raisi A. Shadmanov va Jamoat fondi direktori O. Xusanov zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat subsidiyasi, davlat ijtimoiy buyurtmasi va davlat granti shaklida budjetdan yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshirilgan dastur va loyihalarning natijadorligini tizimli ravishda monitoring qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayrami munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy hamda targʻibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etishga qaratilgan alohida grant tanlovini eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish, jumladan matbuot anjumanlarini muntazam ravishda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalari faoliyatini uslubiy jihatdan yanada samarali tashkil etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasining 2016-yil 20-iyundagi 28-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat subsidiyalari ajratishning tartibi va shartlari toʻgʻrisida nizom”ni, “Davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi va shartlari toʻgʻrisida nizom”ni, “Davlat grantlari ajratishning tartibi va shartlari toʻgʻrisida nizom”ni, shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini taqsimlash tartibi”ni hamda Parlament komissiyasi ishchi guruhlarining nizomlarini bugungi kun talablari asosida qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan loyihalarni hamda hisobotlarni elektron raqamli imzolardan foydalangan holda elektron shaklda qabul qilish, hujjatlarning elektron aylanmasini yuritish boʻyicha maxsus dasturiy mahsulotlarni joriy etish ishlarini jadallashtirish vazifalari yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Parlament komissiyasi quyidagilar yuzasidan asoslantirilgan takliflar tayyorlash choralarini koʻrsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yagona vertikal tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat fondining tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat subsidiyalari, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar berish tartibini soddalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalarni tashkil etishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlariga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilayotgan mablagʻlarni ustuvor ravishda taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport, bandlik, ijtimoiy xizmatlar, ekologiya, qurilish, kadastr, transport, kommunal xoʻjaligi kabi sohalarda muammolarni hal etishga qaratilgan ijtimoiy buyurtmalarga yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmalarini joylashtirish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish orqali ijtimoiy buyurtmalarni joylashtirish koʻlamini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillarining huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy bilimini oshirishga yoʻnaltirilgan ishlarni tizimli ravishda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyati institutlarining mintaqalarning aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan dasturlari hamda loyihalarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion gʻoyalar va ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, tegishliligi boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari” uchun bino ajratish hamda ularni zarur ofis anjomlari, mebel, buyumlar, texnika va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur binolarga yangi tashkil etilgan, shuningdek ijtimoiy ahamiyatga ega sohalarda oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan va samarali foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari negizida nodavlat notijorat tashkilotlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari”ni tashkil etish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 2-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
826-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA

KQ-207-son