05.05.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3297
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qarori, 05.05.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3297
Kuchga kirish sanasi
05.05.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 5-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3297]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 24-dekabrdagi 3, 01/27-26/27-son “Sud ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2744, 2015-yil 24-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 51-son, 642-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N. YOʻLDOSHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2021-yil 27-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-QQ-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A. ORTIKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 23-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2744-son

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 27-martdagi 24-QQ-son va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2021-yil 23-martdagi 2744-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 54-moddasiga muvofiq davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomga muvofiq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilish jarayonida realizatsiya qilinadigan, shu jumladan davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulk baholash obyekti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni baholashning xususiyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Mol-mulkni baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Roʻyxatga olingan mol-mulkni baholashni tashkil etish mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat ijrochisi alohida koʻchar mol-mulkning shartnomaviy narxini faqat alohida olingan mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, mol-mulkning jami qiymati esa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan oshmagan taqdirdagina, baholovchi tashkilotni jalb etmagan holda mustaqil belgilashi mumkin, avtomototransport vositalari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagi mol-mulkni baholash uchun baholovchi tashkilot jalb qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) avtomototransport vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) dastgoh va uskunalar hamda ishlab chiqarish liniyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) koʻchmas mulk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) fond birjasining rasmiy listingiga kiritilmagan va markazlashtirilgan tartibda kotirovka qilinmayotgan qimmatli qogʻozlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasining rasmiy listingiga kiritilgan qimmatli qogʻozlarning qiymati davlat ijrochisi tomonidan ushbu qimmatli qogʻozlar boʻyicha fond birjasiga yozma soʻrovnoma yuborish orqali belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Garovga qoʻyilgan mol-mulk bilan taʼminlangan majburiyatlarni ijro etishda undiruv ushbu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, garovga qoʻyilgan mol-mulkning kimoshdi savdosi boshlanadigan boshlangʻich realizatsiya qilish narxi sud qarori bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mol-mulk davlat ijrochisi tomonidan mustaqil baholanganda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq qaror chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mol-mulk baholovchi tashkilot tomonidan baholangan hollarda davlat ijrochisi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq baholash natijalarini qabul qilish va ijro ishi hujjatlariga biriktirish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mol-mulkni baholash uchun shartnoma tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ijro hujjatlari boʻyicha realizatsiya qilinadigan mol-mulkni baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi yoki uning hududiy boshqarmasi hamda tuman (shahar) boʻlimlari va eng maqbul va arzon narxlar taklif qilayotgan baholovchi tashkilot oʻrtasida shartnoma tuziladi. Shartnomada baholovchi tashkilotning xizmat haqini toʻlash boʻyicha shartlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma keyinchalik uzaytirish huquqi bilan bir yil muddatga tuziladi. Shartnomani uzaytirishda baholovchi tashkilot tomonidan mazkur shartnoma shartlariga toʻliq rioya etilganligi va baholash faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan talablar buzilmaganligiga eʼtibor qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilot shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida buyurtmachiga zarar yetkazilganligi uchun uning oldida javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar taraflardan birining uni bekor qilish toʻgʻrisidagi yozma arizasi kelib tushmagan taqdirda shartnomaning muddati bir yilga uzaytirilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Davlat ijrochisi tomonidan mol-mulkni baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mol-mulk mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq davlat ijrochisi tomonidan mustaqil baholanganda mol-mulkning alohida olingan shartnomaviy narxi uning ichki bozorda talab va taklif konyunkturasining mavjud maʼlumotlari asosida baholash kunida amal qilib turgan narxining 70 foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijrochisi mol-mulkning narxini aniqlashda bozordagi mavjud talab va takliflar toʻgʻrisidagi ochiq maʼlumotlar (bozor maʼmuriyatidan olingan maʼlumot, internetdan olingan axborot yoki mutaxassis xulosasi)ga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat ijrochisi tomonidan mustaqil baholanishi mumkin boʻlgan mol-mulkning shartnomaviy narxi mol-mulk xatlangandan keyin oʻn kundan kechiktirmasdan belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mol-mulkni baholash toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan eʼtiboran uning nusxasi uch ish kunidan kechiktirmasdan taraflarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Baholovchi tashkilot tomonidan mol-mulkni baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Baholashning umumiy shartlari baholash faoliyati toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi mol-mulkning farqlovchi belgilari (turi, navi, markasi, oʻlchami va h.k.) va haqiqiy holatini koʻrsatgan holda roʻyxatini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sotiladigan mol-mulkning boshlangʻich narxini belgilash uchun davlat ijrochisi baholash toʻgʻrisidagi qarori bilan baholovchi tashkilotni jalb qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

17. Baholash muddati va baholovchi tashkilotning xizmat haqi davlat ijrochisi va baholovchi tashkilot tomonidan belgilanib, bu haqda bayonnoma tuziladi. Bunda baholash muddati ijro harakatlarini amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat inobatga olingan holda belgilanadi, biroq ushbu muddat baholovchi tashkilotga shartnomaga muvofiq barcha hujjatlar taqdim qilingan kundan eʼtiboran 15 kundan oshib ketmasligi lozim.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilotga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi yoki uning hududiy boshqarmasi hamda tuman (shahar) boʻlimlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Baholovchi tashkilot tomonidan baholash obyektiga nisbatan belgilangan tugatilish qiymati davlat ijrochisi uchun mol-mulkning boshlangʻich savdo narxini belgilashga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Baholash obyektlarining tugatilish qiymati (Slik) ularning bozordagi qiymati asosida quyidagi formula boʻyicha belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Slik = Sbozor*(1/k)*(1 — eln(1-k) * (tlik/tnorm)), bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Slik — mumkin boʻlgan ekspozitsiya davridan (tnorm) qisqaroq, uni ekspozitsiya qilishning belgilangan davriga (tlik) mos boʻlgan baholash obyektining tugatilish qiymati, soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sbozor — baholanayotgan obyektning bozordagi qiymati (soʻm);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k — obyekt sotilishi mumkin boʻlgan eng oxirgi narxini nazarda tutuvchi koeffitsiyent;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tnorm — baholash obyekti ichki bozorda ekspozitsiya qilinadigan oʻrtacha muddat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tlik — obyektining realizatsiyasi uchun belgilangan muddat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ln — tabiiy logarifm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e — tabiiy logarifmga asos qilib olinadigan son (2,718).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash obyekti ichki bozorda ekspozitsiya qilinadigan oʻrtacha muddat (tnorm) (oy)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Obyekt nomi

Muddat

Avtotransport vositalari

Yengil avtomashinalar

2 oy

Yuk avtomobillari

3 oy

Maxsus transportlar

4 oy

Boshqa turdagi transport vositasi

6 oy

Uskunalar

Mashinalar, mexanizmlar, dastgohlar

4 oy

Texnologik liniyalar

6 oy

Koʻchmas mulklar

Turar joylar

3 oy

Savdoga moʻljallangan koʻchmas mulklar

4 oy

Ofisga moʻljallangan koʻchmas mulklar

6 oy

Omborlar

6 oy

Ishlab chiqarishga moʻljallangan koʻchmas mulklar

9 oy

Mulkiy kompleks

12 oy

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektining realizatsiyasi uchun belgilangan muddat (tlik) (oy)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektining realizatsiyasi uchun belgilanadigan muddat davlat ijrochisi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga asosan tayinlanadi.
(19-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash obyekti sotilishi mumkin boʻlgan eng oxirgi narxini nazarda tutuvchi koeffitsiyent (k)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

K

Koʻchar mol-mulk

Koʻchmas mol-mulk

0,95

0,9

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har qanday mol-mulkning mazkur formula yordamida hisoblangan likvid qiymati uning bozor qiymatining 70 foizidan past boʻlgan taqdirda ushbu mol-mulkning likvid qiymati uning bozor qiymatining 70 foizi miqdorida etib belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, davlat ijrochisi baholash natijalari boʻyicha baholovchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan hisobot asosida savdoga chiqarish uchun mol-mulkning boshlangʻich narxini belgilaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Mol-mulkni baholash toʻgʻrisida
‎QAROR

______ yil “___” ________ ___________________________

(qaror chiqarilgan joy)

Majburiy ijro byurosining ________________ tuman (shahar) boʻlimi davlat ijrochisi __________________

(boʻlim nomi)

____________________________________________________________________________________________

(davlat ijrochisi F.I.O.) (ijro hujjatini bergan organ nomi)

ning ____ yil ____ __________dagi ________-sonli, qarzdor ___________________________dan

‎‎(qarzdor nomi)

undiruvchi _______________________________ foydasiga___________________________________________

‎‎(undiruvchi nomi)

‎‎(ijro hujjatining mazmuni)

toʻgʻrisidagi ijro hujjati yuzasidan ______ yil “___” __________da qoʻzgʻatilgan _______-sonli ijro ishi bilan tanishib, quyidagilarni

A N I Q L A D I M :

Mazkur ijro hujjati boʻyicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida undiruvni qarzdorga tegishli boʻlgan mol-mulklarga qaratish maqsadida ___________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________

(roʻyxatga olingan mol-mulklar birma-bir nomi va soni koʻrsatilgan holda yoziladi)

____________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________ lar roʻyxatga olingan. Ushbu mol-mulklarning alohida olingan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, mol-mulkning jami qiymati esa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ortiq boʻlmaganligi sababli ushbu holatda ularning shartnomaviy narxi baholovchi tashkilotni jalb qilmagan holda mustaqil belgilanishi maqsadga muvofiq boʻladi.
‎Bayon etilganlarga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 54, 84, 86-moddalarini qoʻllab,

‎Q A R O R _Q I L D I M :

1. Ijro harakatlari davomida roʻyxatga olingan __________________________________________ ______________________________________________________________ larga boʻlgan talab va taklifning bozor konyunkturasi holati toʻgʻrisidagi ______________________________________
‎_________________________________________________________________________________
(bozordan olingan maʼlumot, internetdan olingan axborot va/yoki mutaxassis xulosasining sanasi va raqami)
‎‎inobatga olinsin.
2. Roʻyxatga olingan mol-mulklarning alohida olingan qiymati quyidagicha etib belgilansin:
________________________________ — ________ soʻm;

‎‎(mol-mulkning nomi)

‎‎________________________________ — ________ soʻm;
‎________________________________ — ________ soʻm;
‎________________________________ — ________ soʻm.

3. Ushbu qarorning nusxasi maʼlumot uchun ijro ishi yuritishdagi taraflarga yuborilsin.
‎4. Ijro ishi yuritishdagi taraflar oʻtkazilgan baholash natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda, qaror nusxasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kun kunlik muddatda davlat ijrochisi joylashgan yerdagi umumiy yurisdiksiya sudiga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat qilishi mumkin.

‎‎Majburiy ijro byurosining

‎‎_________________

(tuman (shahar) nomi)

‎‎tuman (shahar) boʻlimi davlat ijrochisi

________

___________________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshirilgan baholash natijalarini qabul qilish va ijro ishi hujjatlariga biriktirish toʻgʻrisida
‎QAROR

______ yil “___” ________ ___________________________

(qaror chiqarilgan joy)

Majburiy ijro byurosining ________________ tuman (shahar) boʻlimi davlat ijrochisi __________________

(boʻlim nomi)

____________________________________________________________________________________________

(davlat ijrochisi F.I.O.) (ijro hujjatini bergan organ nomi)

ning ____ yil ____ __________dagi ________-sonli, qarzdor ___________________________dan

‎‎(qarzdor nomi)

undiruvchi _______________________________ foydasiga___________________________________________

‎‎(undiruvchi nomi)

‎‎(ijro hujjatining mazmuni)

toʻgʻrisidagi ijro hujjati boʻyicha baholovchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan ______ yil “___” __________dagi baholash xulosasi bilan tanishib, quyidagilarni

‎A N I Q L A D I M :‎

Mazkur ijro hujjati boʻyicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida undiruvni qarzdorga tegishli boʻlgan mol-mulklarga qaratish maqsadida ___________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________

(roʻyxatga olingan mol-mulklar birma-bir nomi va soni koʻrsatilgan holda yoziladi)

‎__________________________________ lar baholovchi tashkilot tomonidan quyidagicha baholangan:
‎________________________________ — ________ soʻm;

(mol-mulkning nomi)

________________________________ — ________ soʻm;
‎________________________________ — ________ soʻm;
‎________________________________ — ________ soʻm;

Mazkur ijro hujjati boʻyicha baholovchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan xulosani qabul qilish va ijro ishi hujjatlariga biriktirish maqsadga muvofiq boʻladi.
‎Bayon etilganlarga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 20, 54, 75, 84, 86-moddalarini qoʻllab,

‎Q A R O R _Q I L D I M :

1. Qarzdor _____________________________ dan undiruvchi ________________________________

(qarzdor nomi)‎‎

‎‎(undiruvchi nomi)

foydasiga ______________________________________________________________ toʻgʻrisidagi

‎‎(ijro hujjatining mazmuni)

________-sonli ijro hujjati boʻyicha baholovchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan ______ yil “___” __________ dagi baholash xulosasi qabul qilinsin va ijro ishi hujjatlariga biriktirilsin.
‎2. Roʻyxatga olingan mol-mulklarning baholash xizmati uchun baholovchi tashkilotga belgilangan tarif asosida toʻlab berilishi lozim boʻlgan ____________ soʻm ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritilsin.
‎3. Ushbu qarorning nusxasi maʼlumot uchun ijro ishi yuritishdagi taraflarga yuborilsin.
‎4. Ijro ishi yuritishdagi taraflar baholash natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda, qaror nusxasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kun kunlik muddatda davlat ijrochisi joylashgan yerdagi umumiy yurisdiksiya sudiga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat qilishi mumkin.

‎‎Majburiy ijro byurosining

‎‎_________________

(tuman (shahar) nomi)

‎‎tuman (shahar) boʻlimi davlat ijrochisi

________

___________________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 10/21/3297/0421-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)