30.04.2021 yildagi PQ-5100-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqaro aviatsiyasi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, sohada transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, aviatsiya xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish, aholiga ularning narx va sifat jihatidan ommabopligini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2021-2022-yillarda “Uzbekistan Airways” AJ va “Uzbekistan Airports” AJda transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar xalqaro aeroportlarning ijro etuvchi organi vakolatlarini, istisno tariqasida, shartnoma asosida “Uzbekistan Airports” AJga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir oy muddatda “Uzbekistan Airports” AJ va xalqaro aeroportlarning ijro etuvchi organlari oʻrtasida xalqaro aeroportlarni haq evaziga boshqarish toʻgʻrisidagi shartnomalarning tuzilishini va ichki hujjatlarga zarur oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin. Bunda, boshqaruvchining quyidagi asosiy vazifalari nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aeroportlarni rivojlantirish yagona strategiyasi va korporativ siyosatni amalga oshirish, aeroportlar faoliyatiga metodologik rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy oqimlarni jamlash, pul mablagʻlaridan samarali foydalanish, tannarxni pasaytirish va sof foydani tasarruf etish hamda xaridlarni markazlashtirilgan holda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro aeroportlarning ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish tartibini (vakolatlar chegaralarini) “Uzbekistan Airports” AJ tomonidan belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, “Uzbekistan Airports” AJ va uning tarkibidagi xalqaro aeroportlar 2021-yil 1-maydan 3 yil muddatga yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va mol-mulk soligʻining belgilangan stavkasi 50 foizgacha kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov) uch oy muddatda “Uzbekistan Airports” AJ tarkibidagi xalqaro aeroportlar bilan davlat mulki hisoblangan aerodromlar infratuzilmasidan begʻaraz foydalanish toʻgʻrisida shartnomalar tuzsin. Bunda, shartnomalarda aerodrom infratuzilmasini saqlash, kapital va joriy taʼmirlash shartlari nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasarruf etish huquqisiz berilgan mol-mulk aeroport aktivlaridan ajratilgan holda, balansdan tashqari aks ettirilishi hamda mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha soliq bazasiga kiritilmasligi, shuningdek, amortizatsiya ajratmalari hisoblanmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aeroportlarning aerodrom komplekslarini qurish, kapital taʼmirlash va rekonstruksiya ishlari Davlat budjeti hisobidan amalga oshirilishi, shuningdek, Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, ushbu ishlarga sarflangan “Uzbekistan Airports” AJning mablagʻlari Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilinishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir oy muddatda “Uzbekistan Airways” AJga ajratilgan 40 mln AQSH dollari miqdoridagi foizsiz budjet ssudasi mablagʻlarining 2022-yil 10-maydan boshlab qaytarilishini koʻzda tutgan holda, uni qaytarish muddatini 2024-yil 10-fevralga qadar uzaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzmilliybank” AJ (A.K. Mirsoatov), Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Sh.A. Vafayev) bir oy muddatda “Uzbekistan airways” AJning mos ravishda 895 mlrd soʻm va 77,73 mln AQSH dollariga teng boʻlgan kreditlarni qoplash grafiklarini, 2021 — 2023-yil uchun qarzdorlik (asosiy qarz va foiz) toʻlovlarini toʻxtatgan holda, qayta koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) qarorning mazkur bandi talablaridan kelib chiqib, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan kredit majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi va “Oʻzmilliybank” AJga berilgan davlat kafolatlarini qayta rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Uzbekistan Airways” AJ (I.R. Maxkamov) 3-ilovaga muvofiq havo kemalarini oʻrnatilgan tartibda ochiq savdolar orqali sohada bevosita faoliyat yuritayotgan korxonalarga sotish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning aerovokzal, temir yoʻl va avtobus vokzallarida (keyingi oʻrinlarda — vokzallar) yoʻlovchi hamda tashrif buyuruvchilar uchun zamonaviy talablar asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash, kirib-chiqishni soddalashtirish, zarur sharoitlar yaratish hamda vokzallar va ularga tegishli hududda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida, quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vokzallar binolariga tashrif buyuruvchilarning xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda kirib-chiqishlariga ruxsat berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vokzallar va ularga tegishli hududlarda umumiy ovqatlanish joylarini tashkil etish, chakana savdo hamda xizmat koʻrsatish faoliyatini tashkil etishga ruxsat berish tartibini soddalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro aeroportlar hududida barcha turdagi yoʻlovchi avtotransport vositalariga aeroportlarning estakadasidan foydalanishga ruxsat berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vokzallarning asosiy tekshiruv punktlarini kirish joylaridagi birlamchi nazorat-tekshiruv postlari bilan birlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xavfsizlik xizmati (A.A. Azizov), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov), Milliy gvardiya (R.M. Djurayev), Transport vazirligi (I.R. Maxkamov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda mutasaddi idoralar vakillaridan iborat tarkibda Respublika komissiyasini tuzgan holda, vokzallar binolari va ularga tegishli hududlarda xavfsizlikni taʼminlash tartiblarini ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vokzallar binolari va ularga tegishli hududlarda xavfsizlikni taʼminlashning zamonaviy texnik nazorat vositalari (transport va shaxsni aniqlash vositalari) va usullari bilan toʻliq taʼminlab borish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xavfsizlik xizmati (A.A. Azizov), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov), Davlat bojxona qoʻmitasi (M.B. Azimov) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda xalqaro aeroportlarda rekonstruksiya qilish hisobiga aviatsiya xavfsizligi xizmati, chegara, bojxona va boshqa qoʻriqlanuvchi hududlardagi oʻzgarishlarni inobatga olib, talab etiladigan shtat birliklariga oʻrnatilgan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Uzbekistan Airways” AJ (I.R. Maxkamov) Davlat bojxona qoʻmitasi (M.B. Azimov) va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda uch oy muddatda Toshkent shahri, Sergeli tumani, Uchuvchilar shaharchasida joylashgan “Uzbekistan Airways Technics” MCHJ hududida (maydoni 39 ga) erkin bojxona zonasini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, erkin bojxona zonasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro huquqiy va texnik meʼyorlarga muvofiq barcha xorijiy havo kemalari va ularning alohida agregatlarini taʼmirlash uchun zarur boʻlgan aviatexnika ehtiyot qismlari erkin almashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy aviakompaniyalarning havo kemalarini hamda ularning qism va agregatlarini taʼmirlashga zarur boʻlgan aviatexnika ehtiyot qismlari erkin bojxona zonasi chegarasidan chiqmagan holda xarid qilinib, “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan holda foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu bojxona zonasiga chetdan keltiriladigan aviatexnika ehtiyot qismlari “erkin bojxona zonasi” bojxona rejimiga rasmiylashtirish orqali joylashtiriladi hamda istisno tariqasida, sertifikatlar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼmirlash maqsadida erkin bojxona zonasiga olib kiriladigan havo kemalarining (shu jumladan, ularning qism va agregatlari) kirib-chiqishida bojxona nazorati ularni tegishli bojxona rejimlariga rasmiylashtirmagan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vazirligi (I.R. Maxkamov), Davlat bojxona qoʻmitasi (M.B. Azimov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh.D. Kudbiyev), Markaziy bank (M.B. Nurmuratov) bilan birgalikda uch oy muddatda erkin bojxona zonasi hududiga tovarlarni olib kirish, olib chiqish, havo kemalarini taʼmirlashda foydalanish, ularni tegishli rejimlarga rasmiylashtirish, ushbu tovarlar va xizmatlar uchun valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Transport vazirligining Fransiya Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC) bilan birgalikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabini (keyingi oʻrinlarda — Maktab) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabda taʼlim faoliyati 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi hamda dastlab qoʻshma taʼlim dasturlari (double degree) asosida “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” bakalavr taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabda talabalar oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt miqdori Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan kelishilgan holda Toshkent davlat transport universiteti tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab bitiruvchilariga Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabining belgilangan namunadagi diplomi beriladi va u Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Uzbekistan Airports” AJ va uning tarkibiga kiruvchi aeroportlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ehtiyojlari uchun maxsus texnologik uskunalar, maxsus transport va axborot-kommunikatsiya mahsulotlarini yetkazib berish haqidagi import kontraktlarini “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertizadan oʻtkazgan hamda kontrakt tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborotni maxsus axborot portaliga joylashtirgan holda, ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi takliflarini tanlab olish yoʻli bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuzishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro aviatsiyasi obyektlarida ish tajribasiga ega boʻlgan mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Uzbekistan Airports” AJ tarkibidagi xalqaro aeroportlar va “Oʻzaeronavigatsiya markazi” DUK tomonidan chet el aviakompaniyalariga xizmat koʻrsatish (eksport) bilan bogʻliq operatsiyalarni, narxlarni xorijiy valyutada belgilagan holda, shuningdek, tashqi savdo shartnomalar tuzmasdan va ular boʻyicha maʼlumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan amalga oshirilishiga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat soliq qoʻmitasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-noyabrga qadar Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 79-uyda joylashgan Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining bino va inshootlari baholangan qiymatda “Uzbekistan Airports” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirish hisobiga jamiyatga berilishini taʼminlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-oktabrdagi PF-234-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2022-y., 06/22/234/0935-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Transport vazirligi (I.R. Maxkamov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan Airports” AJ (R.F. Djurayeva), Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S.M. Xolxoʻjayev) bilan birgalikda ikki oy muddatda 2030-yilgacha moʻljallangan aerodrom komplekslarini rivojlantirish dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, transport vaziri I.R. Maxkamov va moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini har oy muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 30-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5100-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PQ-5100-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan Airways” AJda transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻL XARITASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Aviakompaniya faoliyatini yanada takomillashtirish choralari

1.

Aviakompaniya faoliyatini takomillashtirish.

1. Aviakompaniyaning 2019-2020-yillardagi moliyaviy hisobotlarini xalqaro moliyaviy hisobot standartlari asosida tayyorlash;

2. Aviakompaniya moliyaviy auditini oʻtkazish uchun tender (yoki tanlov) asosida katta toʻrtlik (“big four”) tashkilotlaridan birini tanlash;

3. Aviakompaniyaning Kuzatuv kengashi va ijroiya organiga malakali chet el mutaxassislarini jalb qilish;

4. Jahon banki bilan birga aviakompaniyaning biznes rejasini ishlab chiqish ishlarini yakunlash;

5. Xalqaro kredit reytinglarini olish.

2021-yil may


2021-yil may


2021-yil avgust


2021-yil iyun


2022-yil noyabr

“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov),

Moliya vazirligi (Nasritdinxojayev),

Transport vazirligi (Maxkamov)

2.

Aviakompaniya yangi tarkibiy tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Jahon banki ekspertlari bilan birgalikda aviakompaniyaning xalqaro standartlarga toʻgʻri keladigan yangi ijroiya tuzilmasini ishlab chiqish;

2. Ishlab chiqilgan ijroiya tuzilmasiga muvofiq ish oʻrinlarini optimizatsiya qilish.

2021-yil iyun


2021-yil avgust

“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov)

3.

Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan aviatsiya sohasiga tegishli tovarlar, shuningdek, xorijiy kompaniyalar tomonidan bajariladigan xizmatlar importiga ruxsat berish masalasini koʻrib chiqish.

1. Import qilinayotgan aviatexnika tovarlarining nomlanishi va TIF TN kodlarini qayta koʻrib chiqish;

2. Oʻzbekiston Respublikasida aviatexnika tovarlari ishlab chiqarilmasligini inobatga olib, TIF TN kodi isteʼmol tovarlariga mos keladigan aviatexnika tovarlarini davlat xaridlari asosida import qilishga oʻrnatilgan taqiqlar roʻyxatidan chiqarish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

3. Oʻrganish natijasida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-yanvardagi 41-son qaroriga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

2021-yil may


2021-yil iyun




2021-yil iyul

“Uzbekistan Airways” AJ (Maxkamov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov),

Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov)

4.

Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlarida majburiy sertifikatlash va standartlashtirishga tegishli tovarlar roʻyxatidan “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan import qilinadigan xalqaro sertifikatlarga ega aviatexnika tovarlarini chiqarish.

1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-sonli qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida qaror loyihasini tayyorlash;

2. Qaror loyihasini mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish;

3. Qaror loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil may


2021-yil iyun

2021-yil iyul

“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov),

“Oʻzstandart” agentligi (Sattarov)

II. Aviakompaniyaning xarajatlarini qisqartirish va daromadlarini oshirish tadbirlari

5.

Aviakompaniya xarajatlarni qisqartirish.

1. Aviakompaniyaning xorijdagi samarasiz faoliyat yuritayotgan vakolatxonalarini yopish;

2. Norentabel yoʻnalishlardagi aviaqatnovlarni bekor qilish;

3. Aviachiptalarni sotish boʻyicha Bosh agentlar bilan shartnomalarni bekor qilish;

4. Aviachiptalarni xorijda sotish boʻyicha agentlar (IATA) komissiyasi
miqdorini tushirish;

5. Aviayoqilgʻi moylash materiallarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qisqartirish.

2021-yil iyun


2021-yil may

2021-yil iyun


2021-yil iyun


2021-yil davomida

“Uzbekistan Airways” AJ (Maxkamov)

6.

Aviakompaniya daromadlarni oshirish.

1. Rossiyaga amalga oshirilayotgan aviaqatnovlarda har ikki tomonga yoʻlovchi tashishni toʻla tiklash;

2. “Umra-2021” va “Haj-2021” mavsumida ziyorat aviaqatnovlarini tiklash boʻyicha muzokaralar olib borish va Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning buyurtmasiga asosan parvozlarni amalga oshirish;

3. Vaqtinchalik mehnat faoliyatni amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqarolar uchun iqtisodiy (ekonom) klass aviachipta narxlariga 20 % miqdoridagi chegirmani bekor qilish;

4. Ilgʻor xorijiy aviakompaniyalar bilan birga yoʻlovchilarni oʻzaro tashish shartnomalarini (Code Share, Interline) tuzish orqali yoʻlovchi tashish hajmini oshirish;

5. Yangi yoʻnalishlar boʻyicha muntazam parvozlarni tashkil qilish;

6. Charter aviaqatnovlar sonini oshirish.

2021-yil davomida


2021-yil davomida



2021-yil iyun



doimiy



2021-yil davomida

2021-yil davomida

“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov),

Transport vazirligi (Maxkamov),

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Din ishlari qoʻmitasi (Toshboyev)

7.

Import shartnomalarining hisob-kitobi roʻyxatini yuritish tizimini takomillashtirish.

1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qaroriga oʻzgartirish kiritish boʻyicha qaror loyihasini tayyorlash;

2. Qaror loyihasini mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish;

3. Qaror loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil iyun


2021-yil iyul

2021-yil avgust

“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov),

Davlat soliq qoʻmitasi (Kudbiyev),

Markaziy bank (Nurmuratov)

III. Aviakompaniya havo kemalari parkini optimizatsiya qilish

8.

“Uzbekistan Airways” AJning havo kemalari parkini unifikatsiya qilish.

1. Yangi oltinchi Boing-787 havo kemasini qabul qilish;

2. Boing-757-200 (3 ta) havo kemalarini lizing beruvchiga qaytarish;

3. Boing-767 (2 ta) va Boing-757 (2 ta) havo kemalarini sotish;

4. A-321neo LR (2 ta) havo kemalarini ijaraga olish;

5. A-321neo (3 ta) havo kemalarini ijaraga olish.

2021-yil may

2021-yil oktabr

2021-yil dekabr

2021-yil dekabr

2022-yil davomida

“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov)

9.

“Uzbekistan Nelicopters” MCHJ havo kemalari parkini modernizatsiya qilish.

1. Mi-8 vertolyotlarini oʻrnatilgan tartibda sotuvga qoʻyish;

2. Ikkita “N125” Airbus rusumli vertolyotlarini xarid qilish;

3. Ikkita “N130” Airbus rusumli vertolyotlarini xarid qilish.

2021-yil may

2021-yil iyun

2021-yil noyabr

“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov),

“Uzbekistan Nelicopters” MCHJ (Safiullin)

10.

Yuk tashuvchi havo kemalari sonini toʻrttaga yetkazish.

1. 2 ta Boing-767 yoʻlovchi havo kemasini yuk tashishga moslashtirish boʻyicha xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazish;

2. Eng yaxshi taklif bergan kompaniya bilan shartnoma tuzish;

3. Havo kemalarini yuk tashish turiga konvertatsiya qilish.

2021-yil may


2021-yil sentabr

2022-yil davomida

“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov)

IV. “Uzbekistan airways” AJ tarkibidagi korxonalar faoliyatini rivojlantirish

11.

“Uzbekistan airways technics” MCHJda xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalariga sifatli va tezkor texnik xizmat koʻrsatish hamda xizmatlar hajmini oshirish.

1. “Uzbekistan Airways Technics” MCHJ hududida erkin bojxona zonasini tashkil etish;

2. Xorijiy aviakompaniyalar havo kemalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun jalb qilish;

3. Bozor talablaridan kelib chiqqan holda yangi xizmat turlarini oʻzlashtirish.

2021-yil avgust


yil davomida


yil davomida

“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov),

Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov)

12.

“Ketring” MCHJ faoliyatini rivojlantirish.

1. Ilgʻor xorijiy ketring kompaniyalari (Do&Co, Dnata, Gate Gourmet va h.k.) bilan hamkorlik qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish;

2. Eng yaxshi taklif bergan kompaniya bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

3. Xorijiy kompaniya bilan hamkorlikda bort taomlari ishlab chiqarishni tashkil etish.

2021-yil avgust


2021-yil oktabr

2022-yil davomida

“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov)

V. Aviakompaniya faoliyatini raqamlashtirish

13.

Yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish, tijorat va ishlab chiqarish tizimini (PSS) joriy etish.

1. PSS tizimi boʻyicha eng yirik global provayderlardan biri boʻlgan “Amadeus” kompaniyasi bilan shartnoma tuzish;

2. Biznes jarayonlarni xatlovdan oʻtkazib, yangi tizimga moslashtirish;

3. Mavjud barcha interlayn va “Code share” almashinuvlar boʻyicha linklarga, parvozlar amalga oshiriladigan aeroportlarda roʻyxatdan oʻtishning yangi tizimiga ulanish;

4. Eski PSS-dan texnik migratsiya qilish;

5. Yangi tizimni ishga tushirish.

2021-yil aprel


2021-yil may

2021-yil oktabr



2021-yil noyabr

2021-yil dekabr

“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov)

14.

“Uzbekistan Airways” AJning asosiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat turlarini kamaytirish.

1. Aeroport hududida yoʻlovchilarga bojsiz tovarlar sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi (Duty Free) “Central Asia Megastar” MCHJdagi “Uzbekistan Airways” AJning 23,3 % ulushini “Uzbekistan Airports” AJga oʻtkazish boʻyicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga taklif kiritish;

2. “Central Asia Megastar” MCHJdagi “Uzbekistan Airways” AJning ulushini “Uzbekistan Airports” AJga oʻtkazishni oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirish.

2021-yil may




2021-yil iyun

“Uzbekistan Airways” AJ (Maxkamov),

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva),

Moliya vazirligi (Nasritdinxojayev)

15.

Mijozlar bilan ishlashni tizimli boshqarish dasturini joriy etish.

1. Ilgʻor xorijiy IT kompaniyalari bilan CRM (Customer Relationship Management) dasturiy taʼminot masalasida muzokaralar oʻtkazish;

2. Eng yaxshi taklif bergan kompaniya bilan shartnoma imzolash;

3. Yangi dasturni joriy etish.

2021-yil dekabr

“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov)

16.

Aviakompaniya daromadlarini hisobga olish va boshqarishning yangi tizimini joriy etish.

1. Revenue Accounting dasturini joriy etish boʻyicha “Amadeus” kompaniyasini jalb qilish;

2. Yangi dasturni joriy etish.

2021-yil iyun


2022-yil yanvar

“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov)

17.

Aviakompaniyaning barcha resurslarini hisobga olish, rejalashtirish va boshqarish boʻyicha yangi ERP (Enterprise Resource Planning) dasturiy tizimini joriy etish.

1. Ilgʻor xorijiy IT kompaniyalari bilan kerakli dasturiy taʼminot masalasida muzokaralar oʻtkazish;

2. Eng yaxshi taklif bergan kompaniya bilan shartnoma imzolash;

3. Yangi dasturni joriy etish.

2021-yil may


2021-yil avgust

2022-yil davomida

“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov)

VI. Aviakompaniya faoliyati samaradorligini oshirish va yoʻlovchilar uchun qulayliklar yaratish

18.

Aholi mobilligi va yoʻlovchi tashish hajmini oshirish.

1. “Uzbekistan Airways” AJ faoliyatini “gibrid” biznes modeli (full service carrier + LCC) asosida yoʻlga qoʻyish;

2. A-320 (4 ta) havo kemalarini toʻliq iqtisod klassga (full econom) oʻtkazish;

3. “Uzbekistan Airways” AJ tarkibida “Loukost” aviakompaniyasini tashkil etish;

4. Parvozlarni amalga oshirish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish.

2021-yil iyun


2021-yil noyabr

2022-yil yanvar


2022-yil yanvar

“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov),

“Oʻzaviatsiya” agentligi (Uljayev)

19.

Yoʻlovchilarning qoʻl yuki va bagajlarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibini soddalashtirish.

1. Amaldagi meʼyoriy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va qayta koʻrib chiqish;

2. Hujjatlarga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish yuzasidan tegishli hujjat loyihasini tayyorlash;

3. Hujjat loyihasini mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish va tasdiqlash uchun kiritish.

2021-yil iyun

2021-yil avgust


2021-yil sentabr

“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov),

Transport vazirligi (Maxkamov),

Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov),

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

VII. Kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish

20.

Parvozlarni amalga oshirish vazifasi bilan bogʻliq boʻlmagan xodimlarni tayyorlash.

1. Xalqaro fuqaro aviatsiya tashkiloti (IKAO) va Xalqaro aviatsiya transporti birlashmasi (IATA) oʻquv kurslariga xodimlarni joʻnatish;

2. Oʻquv-mashgʻulot markazi negizida parvozlar bilan bogʻliq boʻlmagan xodimlarni tayyorlash kurslarini bosqichma-bosqich tashkil etish.

2021-2022-yillarda


2021-yil davomida

“Uzbekistan Airways” AJ (Xusanov),

Transport vazirligi (Maxkamov)

21.

Fransiya Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan birga Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

1. Toshkent davlat transport universitetida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash boʻyicha “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” taʼlim yoʻnalishini ochish va Klassifikatorga kiritish.

2. Taʼlim yoʻnalishi meʼyoriy hujjatlarini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.

3. Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan talabalar oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt miqdorini kelishish.

4. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash qoʻshma taʼlim dasturlari (double degree) asosida oʻqitish.

2021-yil iyun



2021-yil iyul


2021-yil iyun


2021-yil sentabr

Transport universiteti (Abduraxmonov),

Transport vazirligi (Maxkamov)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PQ-5100-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan Airports” AJda transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻL XARITASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Oʻzbekiston aeroportlar tarmogʻi boshqaruvini yangi tizim asosida shakllantirish

1.

“Uzbekistan Airports” AJga Boshqaruv kompaniyasi funksiyasini berish

1. “Uzbekistan Airports” AJ va uning tarkibiga kiruvchi xalqaro aeroportlar ustavlariga oʻzgartirishlar kiritish;

2. “Uzbekistan Airports” AJ va uning har bir tarkibiy boʻlinmalarining tarkibiy tuzilmasiga va shtat birligiga oʻzgartirishlar kiritish hamda xodimlar sonini optimallashtirish;

3. Xodimlarga mehnat maoshini yangi ragʻbatlantirish tizim asosida toʻlash.

2021-yil iyul


2021-yil iyun



2021-yil iyun

Moliya vazirligi (Ishmetov),

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

2.

Xususiylashtirilmaydigan koʻchmas va koʻchar mulkni “Uzbekistan Airports” AJni tarkibidagi har bir masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning ustav kapitalidan chiqarish.

1. Har bir masʼuliyati cheklangan jamiyatni mol-mulkini xatlovdan oʻtkazish;

2. Har bir masʼuliyati cheklangan jamiyatdagi xususiylashtirilmaydigan mulkni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish va balansdan tashqari hisobga (001) chiqarish;

3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan aeroportlarning xususiylashtirilmaydigan mulkdan tasarruf etish huquqisiz 49 yilga begʻaraz foydalanish boʻyicha shartnoma imzolash;

4. 2030-yilgacha aerodrom komplekslarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;

5. Xususiylashtirilmaydigan mulkni ustav kapitaldan chiqarilgandan soʻng “Uzbekistan Airports” AJ va uning tarkibiy boʻlinmalarining aktivlarini xatlovdan oʻtkazish.

2021-yil iyul

2021-yil sentabr



2021-yil oktabr



2021-yil iyul


2021-yil sentabr

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov),

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

II. Operatsion xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar

3.

Yigʻim va tariflar stavkalari tannarxi tuzilishini optimallashtirish.

1. Har bir asosiy va qoʻshimcha aeroportdagi toʻlovlarni shakllantirish tizimini tahlil qilish va ulardagi oylik maoshi, ijtimoiy soliq, joriy va qoʻshimcha xarajatlarni hisoblash usulini qayta koʻrib chiqish;

2. Operatsion xarajatlarni yangi usulda shakllantirish va hisoblash maqsadida ichki meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish;

3. Amortizatsiya ajratmalarini, mulk va yer soligʻini shakllantirish tizimini tahlil qilish;

4. Soliq va amortizatsiya ajratmalarini hisoblash boʻyicha yangi ichki meʼyoriy hujjatlarni joriy etish;

5. Operatsion xarajatlarni yangi usulda shakllantirish, amortizatsiya va soliq ajratmalarini hisoblashni amalga oshirish maqsadida milliy qonunchilikka oʻzgartirish kiritish.

2021-yil iyul



2021-yil avgust


2021-yil iyul


2021-yil avgust


2021-yil sentabr

Moliya vazirligi (Ishmetov),

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

4.

Barcha xarajatli shartnomalar shartlarini qayta koʻrib chiqib, ularni maqbullashtirish va vositachilardan voz kechish.

1. Barcha shartnomalardagi joriy va boshqa xarajatlar auditini oʻtkazish;

2. Audit yakuni boʻyicha mavjud kontragentlar bilan muzokara olib borish yoki yangilarni qidirish;

3. “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJning aviayoqilgʻi tannarxini koʻrib chiqish va ichki bozorga sotiladigan aviayoqilgʻi narxidagi rentabellik darajasini 5 foizdan oshmasligini taʼminlash.

2021-yil iyun

2021-yil sentabr


2021-yil iyun

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva),

Energetika vazirligi (Sultanov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharaxmetov)

5.

Amaldagi turli ijtimoiy toʻlovlar tizimidan voz kechish hisobiga mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasini koʻpaytirish va mehnatga haq toʻlashning KPI tizimiga asoslangan yangi uslubiga oʻtish.

1. Xodimlar sonini qayta koʻrib chiqish;

2. “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruv kompaniya va aeroportlar funksiyalarini aniq ajratish. Bunda boshqaruv kompaniyaga — aeroportlarni rivojlantirish, aeroportlarga — operatsion faoliyatni amalga oshirish vazifasi belgilanadi.

2021-yil sentabr

2021-yil sentabr

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

6.

2021-yil yakuniga qadar 11 ta aeroportlar boʻyicha yagona budjetni va xaridlar rejasini ishlab chiqish.

1. Barcha aeroportlar boʻyicha xaridlar rejasini tuzish;

2. Barcha aeroportlar boʻyicha joriy va boshqa xarajatlardan iborat budjet rejasini tuzish.

2021-yil iyul

2021-yil iyul

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

III. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini operatsion faoliyatga va tarmoqni boshqaruviga joriy etish

7.

Barcha aeroportlarda ishlab chiqarishga oid birlamchi maʼlumotni onlayn rejimida olishga va resurslar boshqaruvini optimallashtirishga qaratilgan “Airport Operational Data Base” (AODB) 13 dasturlarni oʻz ichiga olgan tizimni joriy etish.

1. Mazkur tizimni xarid qilish va joriy etish maqsadida texnik shartlarni ishlab chiqish;

2. Tizimni yetkazib beruvchi xorijiy kompaniyalar shartlarini tahlil qilish;

3. Tizimni xarid qilish, oʻrnatish va ishga tushirish maqsadida eng maqbul takliflarni saralab olish va tegishli Anglashuv memorandumini imzolash.

2021-yil iyul


2021-yil iyul


2021-yil sentabr

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

8.

“1S: Xoldingni boshqarish” dasturini joriy etib, unga barcha 11 ta aeroportlarni ulagan holda yagona hisobot tizimini joriy etish.

1. Tizimni xarid qilish va joriy etish maqsadida texnik shartlarni ishlab chiqish;

2. Tizimni yetkazib beruvchi xorijiy kompaniyalar shartlarini tahlil qilish;

3. Tizimni xarid qilish, oʻrnatish va ishga tushirish maqsadida eng maqbul takliflarni saralab olish va tegishli Anglashuv memorandumini imzolash;

4. Buxgalteriya hisobini yuritish milliy tizim va xalqaro moliya hisobot tizimiga mos ravishda hisob yuritishni joriy etish;

5. Boshqaruv hisobotini yuritishni shakllantirish.

2021-yil iyul


2021-yil sentabr


2021-yil oktabr


2021-yil sentabr


2021-yil dekabr

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

9.

“Uzbekistan Airports” AJ va 11 aeroportlarda “Direktum” elektron hujjat almashinuv dasturini joriy etish va Oʻzbekiston davlat elektron tizimlariga integratsiya qilish.

1. Tizimni xarid qilish va joriy etish maqsadida texnik shartlarni ishlab chiqish;

2. Tizimni yetkazib beruvchi xorijiy kompaniyalar shartlarini tahlil qilish;

3. Tizimni xarid qilish, oʻrnatish va ishga tushirish maqsadida eng maqbul takliflarni saralab olish va tegishli Anglashuv memorandumini imzolash.

2021-yil iyun


2021-yil iyul


2021-yil avgust

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

V. Daromadlarni oshirishga qaratilgan choralar

10.

Xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilish maqsadida asosiy aeroport yigʻimlarini kamaytirish.

1. 50 foizgacha “ziyorat-turizm” dasturi doirasida oshirilayotgan reyslar boʻyicha;

2. Asosiy xizmat turlari boʻyicha yigʻim va toʻlovlarni 27 foizgacha kamaytirish;

3. Asosiy xizmat turlari boʻyicha yigʻim va toʻlovlarni 30 foizgacha qoʻshimcha ravishda kamaytirish;

4. Aeroportlarda xorijiy havo kemalariga yerda xizmat koʻrsatishga qaratilgan shartnomalarni Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) standartlariga mos ravishda qayta tuzish.

2021-yil iyun


2021-yil iyun


2021-yil dekabr


2021-yil dekabr

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

11.

Havo kemalariga xizmat koʻrsatish vaqtini 1,5 soatdan 40 daqiqagacha tushirish (Minimum Connecting Time).

1. “Uzbekistan Airports” AJ tarkibida shuʼba xendling kompaniyasini tashkil etish (“Uzbekistan Airports Nandling”)

2. Aeroportlar uchun yagona axborot markazini (call-center) yaratish;

3. “Uzbekistan Airports” AJ tarkibida “Uzbekistan Airports Cargo” shuʼba yuk tashuvlarini rivojlantirish kompaniyasini tashkil etish.

2021-yil oktabr


2021-yil oktabr

2021-yil oktabr

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

VI. Aeroportlar infratuzilmasini 2030-yilgacha rivojlantirish Strategiyasi

12.

“ARC” (Germaniya) kompaniyasi bilan aeroportlarni 2030-yilgacha rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqish.

1. Barcha 11 ta aeroportlar boʻyicha investitsiya hajmlarini va moliyaviy manbalarni asoslantirish;

2. “Milliy bank” AJ imtiyozli kredit mablagʻlarini jalb qilish;

3. “Air Marakanda” MCHJ bilan Samarqand aeroportining aerovokzal va vokzal oldi kompleksini davlat sheriklik asosida ishlatish maqsadida konsessiya shartnomasini imzolash.

2021-yil oktabr


2021-yil iyul

2021-yil avgust

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

VII. Infratuzilma loyihalarini amalga oshirish

13.

“Samarqand” aeroportida

“Samarqand” aeroporti yangi aerodrom kompleksini qurish va uni foydalanishga topshirish

2021-yil oktabr

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

14.

“Termiz” aeroportida

1. Uchish-qoʻnish yoʻlagini qurish ishlarini yakunlash;

2. Yoqilgʻi quyish kompleksining toʻkish stansiyasi quvurlarini almashtirish;

3. Yuk terminalini qurish.

2021-2022-yillar

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

15.

“Buxoro” aeroportida

1. Uchib kelish terminalini qayta taʼmirlash;

2. VIP turargoh perronini kengaytirish.

2021-2022-yillar

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

16.

“Navoiy” aeroportida

1. Yangi yoqilgʻi quyish kompleksini ishga tushirish;

2. Xorijiy yuk aviakompaniya (operator)ni jalb qilish.

2021-yil

2021-yil

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

17.

“Qarshi” aeroportida

1. Yoqilgʻi quyish kompleksining toʻkish stansiyasi quvurlarini almashtirish;

2. Aerovokzal kompleksini qayta taʼmirlash.

2021-yil

2021-yil

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

18.

“Andijon” aeroportida

1. Aerodrom kompleksini qayta taʼmirlash;

2. Yoritish-signal uskunasini yangilash.

2022-yil

2021-yil

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

19.

“Fargʻona” aeroportida

1. Uchish-qoʻnish yoʻlagini qayta taʼmirlash (Mudofaa vazirligi balansida);

2. Yoritish-signal uskunasini yangilash.

2021-2022-yillar

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

20.

“Urganch” aeroportida

1. Uchish-qoʻnish yoʻlagini va perron qismini qayta taʼmirlash;

2. Ketring xizmatini davlat-xususiy sheriklik asosida ishlatish.

2021-yil

2021-yil

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

21.

“Nukus” aeroportida

Beshta aerodrom xizmatlari uchun maʼmuriy binolar qoʻrish.

2021-yil

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

22.

Barcha aeroportlar boʻyicha avtomaxsustexnika va texnologik uskunalarni modernizatsiya qilish

1. Avtomaxsustexnikaning mavjud parki holatini inventarizatsiya qilish;

2. Xarid qilish va ekspluatatsiyani boshlash uchun texnik topshiriq ishlab chiqish;

3. Yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2021-2025-yillar

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

VII. “Toshkent” aeroporti boʻyicha ustuvor loyihalarni amalga oshirish

23.

Oʻtkazish qobiliyatini tigʻiz vaqtda 1200 nafar yoʻlovchigacha oshirishni hisobga olgan holda aeroport xalqaro terminali binosini va vokzaloldi hududini rekonstruksiya qilish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash;

2. Qurilish-pudrat tashkilotlarini aniqlash, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlar) bilan vakolatli organlarda ekspertiza oʻtkazgan holda shartnoma tuzish;

3. Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish;

4. Ekspluatatsiyaga topshirish.

I bosqich — 2021-yil avgust


II bosqich — 2022-yil may

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

24.

Aeroport hududida 7500 m2yuk terminalini qurish va sunʼiy uchish-qoʻnish yoʻlagi (SUQY-1), samolyotni yerda boshqarish yoʻlagi va perronini kapital taʼmirlash.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash;

2. Qurilish-pudrat tashkilotlarini aniqlash, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlar) bilan vakolatli organlarda ekspertiza oʻtkazgan holda shartnoma tuzish;

3. Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish;

4. Ekspluatatsiyaga topshirish.

2021-yil dekabr

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

25.

Harbiylashgan tuzilmalar uchun maʼmuriy bino va aeroport qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari uchun kazarma, shuningdek, aeroport situatsion markazini qurish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash;

2. Qurilish-pudrat tashkilotlarini aniqlash, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlar) bilan vakolatli organlarda ekspertiza oʻtkazgan holda shartnoma tuzish;

3. Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish;

4. Ekspluatatsiyaga topshirish.

2022-yil aprel

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva)

26.

Aeroport aerovokzal majmuasining oʻtkazish qobiliyati oshirilishini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi DXXning Aviatsiya xavfsizligi yuzasidan tekshirish xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi DXX DCHQQ Chegara nazorati divizioni va Oʻzbekiston Respublikasi DBQ “Toshkent-Aero” IBM shtat boʻyicha xodimlari sonini koʻpaytirish.

1. Taklif ishlab chiqish va Xavfsizlik kengashiga kiritish;

2. Xodimlar zarur miqdorini oʻzgartirishni aniqlash uchun joriy ishlar holatini oʻrganish;

3. Tasdiqlashga kiritish uchun soʻnggi taklifni tayyorlash.

2021-2022-yillar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi,

Davlat xavfsizlik xizmati (Azizov),

Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov)

27.

Aeroportning noaviatsiya xizmatlaridan tushadigan daromadlarini oshirish.

1. Xalqaro terminalning kutish zalida tijorat maydonini kengaytirish;

2. Tijorat maydoni ijarachilari bilan barcha shartnomalarni qayta koʻrib chiqish;

3. Jahon tarmoq kompaniyalarini taklif etish;

4. “Toshkent-2” xalqaro terminali va “Toshkent-3” mahalliy qatnovlar terminalining umumiy hisobda 7,13 gektarga teng boʻlgan vokzaloldi maydoni yer uchastkalarini Toshkent shahar hokimligi balansidan aeroport balansiga oʻtkazish.

I bosqich — 2021-yil avgust

II bosqich — 2022-yil may

2021-yil iyun

“Uzbekistan Airports” AJ (Djurayeva),

Toshkent shahar hokimligi (Ortiqxoʻjayev)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PQ-5100-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzbekistan Airways” AJning sotuvga taklif qilinayotgan havo kemalari va trenajyor majmuasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Havo kemasi turi

Bort raqami

Ishlab chiqarilgan yili

1.

Boing 757

UK75701

1999-y.

2.

Boing 757

UK75702

1999-y.

3.

Boing 767

UK67007

2003-y.

4.

Boing 767

UK67008

2004-y.

5.

Boing 767

UK67000

2008-y.

6.

Il-76 TD

UK-76821

1982-y.

7.

Il-76 TD

UK-76793

1989-y.

8.

Il-76 TD

UK-76794

1989-y.

9.

Il-76 TD

UK-76427

1991-y.

10.

Il-76 TD

UK-76831

1992-y.

11.

Il-114-100

UK-91102

1999-y.

12.

Il-114-100

UK-91105

2008-y.

13.

Il-114-100

UK-91104

2009-y.

14.

Il-114-100

UK-91106

2009-y.

15.

Il-114-100

UK-91107

2010-y.

16.

Il-114-100

UK-91108

2011-y.

17.

Il-114-100

UK-91109

2013-y.

18.

Il-114-100

Havo kemasining trenajeri

0001

2010-y.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Il-76 TD samolyotlari 2022-yil 1-iyulga qadar sotilmagan taqdirda, belgilangan tartibda roʻyxatdan chiqariladi va utilizatsiya qilinadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 07/21/5100/0397-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2022-y., 06/22/234/0935-son)