Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2022 28.04.2021 yildagi 253-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi 23-sonli “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi (keyingi o‘rinlarda — platforma) yaratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
platformaning mobil ilovasi va veb-portalidan foydalanish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil ilova orqali fuqarolarning erishgan natijalariga ko‘ra rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil ilova orqali idoralararo baholash reytingini aniqlash hamda uning g‘oliblarini rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
platformada to‘lovlarni amalga oshirish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan platforma to‘liq ishga tushirilganidan so‘ng doimiy texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash sharti bilan Turizm va sport vazirligiga o‘tkazib beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aloqabank” aksiyadorlik-tijorat banki platforma faoliyatida texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda xizmat ko‘rsatuvchi bank hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
platforma faoliyati tegishliligiga ko‘ra Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazorat qilib boriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — platforma doimiy ravishda haqqoniy va faol ishlab turishi, shuningdek uning doimiy texnik qo‘llab-quvvatlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi — fuqarolarning platformadagi elektron hamyoniga o‘tkazilishi bilan bog‘liq to‘lovlarning moliyalashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm va sport vazirligi — platformadan foydalanish shartlarini buzgan fuqarolarning ishtirokiga cheklovlar o‘rnatish, shuningdek ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, tuzilgan reytinglar shaffofligi va oshkoraligi ta’minlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sog‘liqni saqlash vazirligi — platformada foydalanuvchilar uchun taqdim etilayotgan taomlar kilokalloriyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar platforma faoliyatini tashkil etish natijalari puxta tahlil qilingan holda, mazkur tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, platforma 2021-yil 10-maydan test rejimda ishlaydi hamda 2021-yil 1-iyundan boshlab platforma to‘liq ishga tushiriladi va to‘lovlar belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 28-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
253-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 253-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi (keyingi o‘rinlarda — platforma) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Platforma aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, u orqali:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so‘mdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 300 ming so‘mdan, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 1 mln so‘m qo‘shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkaunt — platforma foydalanuvchisining ro‘yxatdan o‘tgan qisqacha nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autentifikatsiya — foydalanuvchi identifikatorini tekshirish uchun foydalanuvchi nomi va paroli kabi ma’lumotlarini tekshirish bilan bog‘liq jarayon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veb-portal — aholiga sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish, targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkillashtirishda xizmat ko‘rsatuvchi hamda vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda platformada ro‘yxatdan o‘tgan xodimlarning yurish natijalariga ko‘ra, reytingini tuzuvchi dasturiy mahsulot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil ilova — platformada ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarga sog‘lom turmush tarzini tatbiq etuvchi, yurish natijasini ko‘rsatib boruvchi hamda fuqarolarga elektron hamyoniga kelib tushgan mablag‘larni ko‘rib borish va to‘lov tizimlari orqali sarf qilishda foydalanadigan dasturiy mahsulot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tish — platforma foydalanuvchisini identifikatsiyalash va u to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash uchun mo‘ljallangan Yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro — mobil ilovadan hamda veb-portaldan foydalanuvchi, 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hamyon — foydalanuvchilarning shaxsiy kabinetida elektron pul mablag‘lari saqlanadigan va ulardan foydalanish imkonini beradigan dasturiy ta’minot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Platforma mobil ilova va veb-portal dasturiy mahsulotlaridan iborat bo‘ladi. Bunda, mobil ilova orqali platformada ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning qadamlari to‘g‘risidagi ma’lumot veb-portalga integratsiya qilingan holda, Turizm va sport vazirligi tomonidan ko‘rib boriladi. Veb-portal orqali vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning platformada ro‘yxatdan o‘tgan xodimlarini yurish natijalari reytingi tuziladi hamda mazkur veb-portalda yoritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. To‘lovlarni to‘lab berish hamda reyting baholash oshkoralik, xolislik, adolatlilik, tenglik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Sog‘lom turmush tarzi” platformasidan foydalanish hamda pul o‘tkazmalarini fuqarolarning elektron hamyoniga qadar kelib tushishi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Mobil ilova va veb-portaldan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mobil ilovadan foydalanish uchun fuqarolar Google Play Market yoki AppStore internet do‘konlaridan mobil ilovani yuklab olishi hamda Android operatsion tizimida Google Fit, iOS operatsion tizimida NealthKit ilovalarini mobil qurilmasiga o‘rnatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mobil ilovadan foydalanish uchun foydalanuvchining telefon qurilmasi Android yoki iOS operatsion tizimlaridan birida ishlashi va akselerometr qurilmasiga ega bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Fuqaro mobil ilovadan foydalanishi uchun “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (id.egov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi hamda autentifikatsiya va identifikatsiyasini amalga oshirishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mobil ilovadan foydalanishi uchun fuqarolar faqat bitta qurilmadan ro‘yxatdan o‘tishi lozim va uning qadamlari faqat shu qurilma ma’lumotlari asosida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Fuqaro mobil ilovadan ro‘yxatdan o‘tgandan keyin unga elektron hamyon ochiladi va tegishli to‘lovlar mazkur hamyon orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Fuqaroning har kunlik yurgan qadamlari hisobi mobil qurilmadagi qadamlarni hisoblash moduli orqali yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Fuqaroning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurganligi, har oyda har bir tuman (shahar), har bir hudud, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurganligi platforma orqali avtomatik tarzda aniqlanadi hamda Turizm va sport vazirligining “Aloqabank” aksiyadorlik-tijorat bankida (keyingi o‘rinlarda — “Aloqabank” ATB) ochilgan tranzit hisobvarag‘i orqali to‘lovlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Turizm va sport vazirligi tomonidan buyurtma platforma ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi va Moliya vazirligining G‘aznachiligiga moliyalashtirish uchun yuboriladi. Buyurtmaga muvofiq Turizm va sport vazirligining Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan vazirlikning “Aloqabank” ATBda ochilgan tranzit hisobvarag‘i orqali fuqaroning elektron hamyoniga o‘tkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Fuqaroga mobil ilovadan foydalangan holda uning elektron hamyoniga kelib tushgan to‘lovlar bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘rib borish, shuningdek elektron hamyonidagi mablag‘larni bank kartalariga o‘tkazish yoki to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Fuqaro tomonidan uning elektron hamyonidan bank kartasiga mablag‘lar o‘tkazilganda yoki to‘lov amalga oshirilganda to‘lov summasi elektron hamyon tizimi orqali ushbu hamyonga biriktirilgan Yagona virtual karta hisobvarag‘idan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yagona virtual karta hisobvarag‘idan amalga oshirilgan tranzaksiyalar “Aloqabank” ATB tomonidan mustaqil ravishda Turizm va sport vazirligining ushbu bankdagi depozit hisobvarag‘i mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Veb-portal orqali aholiga sog‘lom turmush tarzini tatbiq etuvchi hamda vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda platformada ro‘yxatdan o‘tgan xodimlarning yurish natijalariga ko‘ra, reytingi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Veb-portaldagi vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning platformada ro‘yxatdan o‘tgan xodimlari va ularning yurish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mobil ilovadagi ma’lumotlardan avtomatik tarzda olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mobil ilova orqali fuqarolarning erishgan natijalariga ko‘ra rag‘batlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolar hamda bir oy davomida har bir tuman (shahar), hudud hamda respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxslar mobil ilova orqali avtomatlashgan tarzda Turizm va sport vazirligi tomonidan tahlil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahlil natijalariga ko‘ra, mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tgan fuqaro bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan taqdirda, uning elektron hamyoniga uch ming so‘m o‘tkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har oyda uzluksiz ravishda har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 300 ming so‘mdan, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p yurgan fuqaroga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan fuqaroga 1 mln so‘m qo‘shimcha ravishda elektron hamyoniga o‘tkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har oyda uzluksiz ravishda har bir tuman (shahar) bo‘yicha, har bir hudud bo‘yicha, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan fuqarolar ko‘rsatkichlari teng bo‘lib qolgan hollarda, yuqorida belgilangan miqdordagi mablag‘lar ularning har biriga to‘lab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Platformada fuqaroning yurgan qadamlari hisobi soat 00-00 dan 23-59 gacha yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mobil ilova ish faoliyati davomida texnik nosozliklar kelib chiqadigan taqdirda, tegishli pul mablag‘lari 24 soat davomida o‘tkazib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Turizm va sport vazirligining Moliya vazirligining G‘aznachiligida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushadigan tegishli daromadlar manbalarining bir me’yorda doimiy tushish imkoniyati cheklanganligini inobatga olib, mazkur shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida 500,0 mln so‘mdan kam mablag‘ qolsa, mobil ilova bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘lovlar, ushbu shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida 5,0 mlrd so‘mgacha mablag‘lar bo‘lgunga qadar, avtomatik tarzda to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida mablag‘lar 5,0 mlrd so‘mdan oshsa, shu kundan boshlab mobil ilovada o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga to‘lovlar avtomatik tarzda amalga oshirilishi boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘lar 500,0 mln so‘mdan 5,0 mlrd so‘mgacha bo‘lgungacha davrda mobil ilovada o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga to‘lanadigan to‘lovlar to‘lanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ushbu bandda nazarda tutilgan shartlar har oyda uzluksiz ravishda har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan fuqaroga 300 ming so‘mdan, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p yurgan fuqaroga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan fuqaroga 1 mln so‘mdan to‘lanadigan to‘lovlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Turizm va sport vazirligi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha hisobotlar, reyting natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek Moliya vazirligining G‘aznachiligida ochilgan Turizm va sport vazirligining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘lar 500,0 mln so‘mdan 5,0 mlrd so‘mgacha bo‘lgan davri haqidagi ma’lumotlar platforma veb-portalida e’lon qilinib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. To‘lovlarning haqqoniyligini nazorat qilish Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Mobil ilova orqali idoralararo baholash reytingini aniqlash hamda uning g‘oliblarini rag‘batlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Idoralararo baholash reytingi quyidagi mezonlar bo‘yicha 100 ballik tizimda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom turmush tarzi” mobil ilovasidan ro‘yxatdan o‘tgan tashkilot xodimlari soni (jami xodimlar soniga nisbatan foizda) — 30 ballgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan eng ko‘p tashkilot xodimlari soni (jami xodimlar soniga nisbatan foizda) — 50 ballgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan tashkilotning 50 yoshdan oshgan eng ko‘p xodimlari uchun qo‘shimcha ravishda — 20 ballgacha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda platformada ro‘yxatdan o‘tgan xodimlari hamda ularning yurish va natijalari 100 ballik reyting tizimi asosida quyidagicha baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85,0 — 100 ball to‘planganda — “namunali”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71,0 — 84,9 ball to‘plaganda — “yaxshi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50,0 — 70,9 ball to‘plaganda — “qoniqarli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49,9 ball va undan kam ball to‘plaganda — “qoniqarsiz”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. G‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning platformada ro‘yxatdan o‘tgan xodimlari hamda ularning yurish natijalari va yakuniy reyting baholari Turizm va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Yarim yillik yakunida reyting ballari natijalari bo‘yicha “namunali” deb topilgan davlat organlari (tashkilotlar) rahbarlarini rag‘batlantirish (esdalik sovg‘alari, diplom va boshqalar) Turizm va sport vazirligining hamda hududiy tashkilotlar rahbarlarini rag‘batlantirish (esdalik sovg‘alari, diplom va boshqalar) hududiy ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish uchun rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mobil ilova orqali fuqarolarning elektron hamyoniga o‘tkazmalar ularning geolokatsiyalari yordamida fuqarolar tomonidan haqiqatdan tegishli masofani bosib o‘tganligi tasdiqlangandan keyin o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda doimiy ravishda platformada belgilangan tartibni buzgan holda qadamlarni bajarish va elektron hamyoniga pul tushirayotgan shaxslarni aniqlashga qaratilgan monitoring tadbirlarini olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Belgilangan tartibni buzgan (buzishda gumon qilingan) fuqarolarning akkauntiga cheklovlar (vaqtincha cheklovlar) o‘rnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ushbu Nizomning talablariga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom turmush tarzi” platformasining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom turmush tarzi” platformasidan foydalanish hamda pul o‘tkazmalarini fuqarolarning elektron hamyoniga qadar kelib tushish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Bank, Platforma

1. Elektron hamyon kartalari uchun yagona virtual kartani tizimga biriktirish

2. Elektron hamyon kartalari uchun yagona virtual karta hamda tranzit hisobvarag‘ini ochish

Zaruratga qarab

2-bosqich

Foydalanuvchi

id.egov.uz orqali avtorizatsiyadan o‘tish

1 soat davomida

3-bosqich

Platforma

1. Elektron hamyon mavjudligini tekshirish (Elektron hamyon mavjud bo‘lsa)

2. Foydalanuvchiga Elektron hamyon kartasini yaratish, Elektron hamyon kartasini bankdagi yagona virtual kartaga biriktirish (Elektron hamyon mavjud bo‘lmasa)

Avtomatlashgan tarzda

4-bosqich

Foydalanuvchi

Elektron hamyon karta raqamini kiritish

Avtomatlashgan tarzda

 

5-bosqich

Platforma

1. Foydalanuvchi Elektron hamyon kartasini ro‘yxatdan o‘tkazish.

Avtomatlashgan tarzda

2. Har kungi bosib o‘tilgan qadamlar sonini hisoblash.

24 soat davomida

3. Bir kun oldingi yakunlangan kun bo‘yicha foydalanuvchilar uchun Rag‘batlantirish reyestrini shakllantirish.

Avtomatlashgan tarzda

6-bosqich

Turizm va sport vazirligi

1. To‘lovlar reyestrini tasdiqlash.

2. Mablag‘ ajratish bo‘yicha g‘aznachilikka so‘rovnoma yuborish.

So‘rovnoma kelib tushgandan keyin bir ish kuni davomida

7-bosqich

Moliya g‘aznachiligi

 

G‘aznachilik hisobvarag‘idan vazirlikning “Aloqabank” ATdagi hisobvarag‘iga to‘lovlarni amalga oshirish.

So‘rovnoma kelib tushgandan keyin bir ish kuni davomida

8-bosqich

Bank

1. Turizm va sport vazirligi hisobvarag‘iga mablag‘larni kirim qilish.

Avtomatlashgan tarzda

2. Yagona virtual karta hisobini to‘ldirish.

mablag‘ kirim qilingan vaqtdan boshlab uch soat davomida

9-bosqich

Platforma

1. Turizm va sport vazirligi hisobvarag‘iga mablag‘larni kirim qilish.

Avtomatlashgan tarzda

2. Yagona virtual karta hisobini to‘ldirish.

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/253/0390-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)