1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakli]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 679-sonli “Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda ilgʻor xorijiy tajriba asosida ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan jamiyatlarni transformatsiya qilish, sohaga bozor munosabatlari tamoyillarini joriy etish, raqobat muhitini shakllantirish hamda xususiy sektorni keng jalb qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan jamiyatlarga kuzatuv kengashiga aʼzolar korporativ boshqaruv boʻyicha yetarli darajada bilim va koʻnikmalar ega boʻlmagan shaxslar orasidan saylanayotganligi zamonaviy korporativ boshqaruv sohasini isloh qilishga toʻsqinlik qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son qaroriga muvofiq 2019-yil 1-iyulidan boshlab davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar oʻrinbosarlari, ularda korporativ boshqaruv malaka attestati mavjud boʻlganda davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi aʼzoligiga davlat ulushi boʻyicha saylanishlari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olish talab etiladigan shaxslar doirasi hamda korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olish uchun qoʻyiladigan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olish uchun maxsus oʻquv kurslarida oʻqish, malaka attestatini olishga daʼvogarlik qilayotgan shaxslar bilan suhbat oʻtkazish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish, uni qayta rasmiylashtirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga ega shaxslar reyestrini yuritish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruvchi malaka attestati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab) tomonidan korporativ boshqaruv sohasida malaka mavjudligini tasdiqlash uchun beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olishga zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda qisqa muddatli, shu jumladan, onlayn, maxsus oʻquv kursini tugatib, kurs yakuni boʻyicha sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilar hamda Oliy maktabning “Biznesni boshqarish” magistratura mutaxassisligi boʻyicha korporativ boshqaruv fanini 86 ball va undan yuqori darajalarda oʻzlashtirgan tinglovchilari talabgor boʻla oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus oʻquv dasturi Oliy maktabning korporativ boshqaruv sohasidagi malakali mutaxassislarni, katta tajribaga ega boʻlgan boshqaruvchilarni hamda xalqaro hamkorlarni jalb qilgan holda doimiy ravishda takomillashtirilib boriladi va yakuniy dastur kurslar boshlanishidan oldin Oliy maktab Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus oʻquv dasturi ilgʻor xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga kuzatuv kengashlari va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirishni, korporativ boshqaruvning xalqaro tamoyillarini nazarda tutuvchi korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni qamrab oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish maxsus dastur asosida tashkil etiladigan suhbat natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda korporativ boshqaruvchi malaka attestati olish uchun suhbat komissiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralarning ushbu sohadagi yetuk va malakali mutaxassislari hamda Oliy maktabning professor-oʻqituvchilaridan iborat tarkibda shakllantirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suhbat komissiyasi majlisining oʻtkazilishi sanasi va joyi haqidagi maʼlumotlar doimiy ravishda Oliy maktabning veb-saytida belgilangan muddatlarda eʼlon qilib borilishini hamda korporativ boshqaruvchi malaka attestati olish uchun suhbat yuqori saviyada oʻtkazilishini tashkillashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 26-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
236-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-apreldagi 236-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korporativ boshqaruvchi malaka attestati (keyingi oʻrinlarda — malaka attestati) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi) huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab) tomonidan korporativ boshqaruv sohasida malaka mavjudligini tasdiqlash uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan jamiyatlarning kuzatuv kengashi aʼzolari korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga ega boʻlgan shaxslar orasidan saylanishi (tayinlanishi) shart, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlari, kuzatuv kengashiga mustaqil aʼzo sifatida ilgari surilgan, tegishli tarmoqda ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar, shu jumladan, xorijiy shaxslar malaka attestatiga ega boʻlmagan holda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi aʼzolari sifatida saylanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Malaka attestatini olish istagida boʻlgan nomzodlarni oʻqitish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Nomzodlarning korporativ boshqaruv sohasidagi bilimlarini oshirish maqsadida Oliy maktab tomonidan mazkur sohadagi soʻnggi zamonaviy bilimlar mujassamlashtirilgan qisqa muddatli (bir haftadan kam boʻlmagan muddatda), shu jumladan, onlayn, maxsus oʻquv dasturi shakllantirilib, doimiy ravishda takomillashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur dastur “Biznesni boshqarish” magistratura mutaxassisiligi boʻyicha korporativ boshqaruv fanida ham oʻqitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Nomzodlar malaka attestatini olish uchun Oliy maktab tomonidan tashkil qilinadigan maxsus oʻquv kurslarida belgilangan muddatlarda oʻqiydi va dastur soʻnggida sinovdan oʻtkaziladi. Oliy maktabning “Biznesni boshqarish” magistratura mutaxassisiligi boʻyicha korporativ boshqaruv fanini 86 ball va undan yuqori darajalarda oʻzlashtirgan tinglovchilari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Malaka attestatini olish uchun Oliy maktabning korporativ boshqaruvchi maxsus dasturi boʻyicha oʻquv kurslarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi davlat sertifikatiga ega boʻlgan shaxslar va Oliy maktabning “Biznesni boshqarish” magistratura mutaxassisiligi boʻyicha korporativ boshqaruv fanini 86 ball va undan yuqori darajalarda oʻzlashtirgan tinglovchilari daʼvogarlik qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalar ushbu oʻquv kurslari va magistratura tinglovchilari tomonidan mazkur fan oʻqitilgandan keyin bir yil mobaynida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlar oʻquv kursining yakuni boʻyicha test topshirib, umumiy savollarning 55 foiziga javob berganda, tegishli tartibda davlat sertifikatiga ega boʻladi. Mazkur davlat sertifikati malaka attestati olishga daʼvogarlik qilish huquqini beradi. Nomzod testdan oʻta olmagan taqdirda, yakuniy testni yana ikki marta takroran topshirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Malaka attestatini olishga nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Malaka attestatini berish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha qonuniylik, oshkoralik, xolislik, adolatlilik, tenglik va shaffoflik prinsiplariga asoslangan suhbat natijalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ushbu sohadagi yetuk mutaxassislari va Oliy maktabning shu yoʻnalishdagi professor-oʻqituvchilaridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya kamida 9 nafar aʼzodan iborat boʻladi. Komissiyaga Oliy maktab direktori yoki shu sohadagi professor-oʻqituvchilardan biri raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning tarkibi yilda bir marta Oliy maktab direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya korporativ boshqaruv kodeksini muntazam ravishda takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh vazifasini ham bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Komissiya ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini baholash boʻyicha maxsus savolnoma tarkibini yangilab boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Suhbat savollari roʻyxati maxsus dastur asosida Oliy maktab tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oliy maktab veb-saytiga joylashtiriladi. Suhbat savollari roʻyxati sohaga oid qonunchilik hujjatlaridagi oʻzgarishlardan kelib chiqib muntazam takomillashtirilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Malaka attestatini olishga daʼvogarlik qilayotgan shaxs (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) Oliy maktabga pasport yoki identifikatsiya ID-karta nusxasi, oʻquv kurslarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi davlat sertifikati, korporativ boshqaruv fani boʻyicha reyting baholaridan koʻchirma, aloqa qilish maʼlumotlari va mehnat faoliyatini yuritiyotgan shaxslar qoʻshimcha ravishda ish joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan arizani taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan hujjatlar toʻliq taqdim etilmasligi yoki notoʻgʻri hujjatlar taqdim etilishi malaka attestatini berish suhbatiga kiritmaslik uchun asos hisoblanadi. Bunda qayd qilingan hujjatlardan tashqari qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilish taqiqlanadi. Malaka attestatini olish uchun ariza topshirishga toʻlov talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza beruvchi bevosita oʻzi kelib, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron tarzda mazkur Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan shaklda ariza berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oliy maktab ariza olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ariza beruvchini suhbatga kiritish haqida qaror qabul qiladi yoki mazkur Nizomning 6-bandi talablariga rioya etilmagan taqdirda, asoslangan rad javobini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Komissiya majlislari arizalar soni 15 va undan ortiq boʻlgan hollarda har juma kuni oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oliy maktab komissiya majlisi oʻtkazilishidan kamida 2 kun oldin majlis oʻtkaziladigan sana va joy haqidagi maʼlumotni oʻz veb-saytida eʼlon qiladi va komissiya aʼzolarini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya yigʻilishi aʼzolarning kamida 75 foizi ishtirok etganida vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Suhbat har bir nomzod bilan 20 daqiqa davomida yakka tartibda nomzodning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruv mazmun-mohiyati, uning tamoyillari, korporativ boshqaruvni baholash va diagnostika qilish qobiliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv kengashining vakolatlari, vazifalari, majburiyatlari, qarorlar qabul qilishdagi tashabbuskorligi va bu boradagi jahon tajribasi, qonunchilik normalarining talablarini bilishligi darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiya aʼzolari yakka tartibdagi suhbatga kirgan har bir nomzodga 4 ta savol beradi. Bunda savollar Oliy maktabda oʻtkazilgan oʻquv kursi dasturi yoʻnalishlaridan kelib chiqib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Suhbat natijalari boʻyicha komissiyaning har bir aʼzosi 0 balldan 100 ballgacha baho qoʻyadi. Qoʻyilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning oʻrtacha arifmetik balli aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Suhbat natijalari quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savolning mazmun-mohiyatini toʻliq ochib beruvchi dalillarga asoslangan javob berilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollar yuzasidan chuqur va tizimli bilim borligi namoyon etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruv tushunchasi va atamalaridan erkin foydalana olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzod qoʻyilgan savollarga asosli va toʻgʻri javob beradigan boʻlsa, har bir toʻgʻri javobga 25 ball qoʻyiladi. Suhbat natijasi boʻyicha eng yuqori ballning kamida 55 foizini toʻplagan nomzodlar suhbatdan oʻtgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Suhbat davlat tilida oʻtkaziladi. Suhbat ariza beruvchining soʻroviga asosan Oliy maktabning imkoniyatlaridan kelib chiqib boshqa tillarda ham oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Komissiya qarorlari yigʻilishda ishtirok etayotgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻtkazilgan suhbat natijalari boʻyicha komissiya tomonidan malaka attestatini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va rais tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Nomzod suhbatga kelmaganda yoki undan oʻtmaganda komissiya keyinchalik ariza beruvchini xabardor qilgan holda malaka attestatini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Suhbatdan oʻtmagan yoki suhbatga kelmagan shaxs korporativ boshqaruvchi maxsus dasturi boʻyicha oʻquv kurslarini tamomlagan kundan boshlab bir yil mobaynida, shuningdek “Biznesni boshqarish” magistratura mutaxassisligi boʻyicha ikki yil (kunduzgi va sirtqi) oʻqishni tamomlab magistr diplomini olgan kundan boshlab bir yil mobaynida umumiy tartibda komissiyaga uch martadan koʻp boʻlmagan takroriy arizalar berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Suhbat natijalari boʻyicha nomzodlarning shikoyatlari ular natijasi eʼlon qilingan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida komissiya raisiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatni koʻrib chiqadigan apellatsiya komissiyasi Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Oliy biznes maktabi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakillaridan (malaka attestatini beruvchi maxsus komissiyada qatnashmagan ushbu sohadagi oʻqituvchi va mutaxassislar) iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Shikoyatni koʻrib chiqish muddati nomzod tomonidan shikoyat berilgan sanadan boshlab uch ish kunidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Suhbatdan oʻtgan shaxs komissiyaning malaka attestatini berish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan soʻng uch oy muddatda Oliy maktabga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatining nusxasini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov hujjatining nusxasi taqdim etilgandan soʻng Oliy maktab uch kun muddatda malaka attestatini rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ariza beruvchi tomonidan uch oy muddatda Oliy maktabga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatining nusxasi taqdim etilmaganda, komissiya qarorining ushbu ariza beruvchiga malaka attestatini berish boʻyicha qismi haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Malaka attestatining amal qilish muddati 5 yilni tashkil etadi hamda uzaytirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Sertifikat va malaka attestati hisobga olish seriyasi, tartib raqami hamda QR kodga ega boʻladi. Malaka attestati Oliy maktabda ushbu Nizomga 3-ilovada koʻrsatilgan shaklda tayyorlanadi hamda QR kod bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Malaka attestatini qayta rasmiylashtirish unda koʻrsatilgan pasport yoki identifikatsiya ID-karta maʼlumotlarining oʻzgarishi munosabati bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buning uchun malaka attestatining egasi Oliy maktabga quyidagilarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka attestatini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan malaka attestatining asl nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport yoki identifikatsiya ID-karta maʼlumotlariga kiritilgan oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka attestatini olishda toʻlanadigan toʻlovning yarmi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatining nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Malaka attestatini qayta rasmiylashtirish mazkur Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 5 kun mobaynida oldin berilgan malaka attestatining qolgan amal qilish muddatiga yangi malaka attestatini berish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Oliy maktab malaka attestatiga ega boʻlgan shaxslar reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka attestatiga ega boʻlgan shaxslar reyestrida quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka attestati berilgan sana va uning raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka attestatiga ega boʻlgan shaxslarning pasporti yoki identifikatsiya ID-karta, aloqa qilish maʼlumotlari va ish joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta rasmiylashtirilgan malaka attestatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Malaka attestatini olishga nomzodlar
1. Oliy maktabning korporativ boshqaruvchi maxsus dasturi boʻyicha oʻquv kurslarida ishtirok etadi yoki Oliy maktabning “Biznesni boshqarish” magistratura mutaxassisligi boʻyicha korporativ boshqaruv fanini 86 ball va undan yuqori darajalarda oʻzlashtirishi talab etiladi.
1. Maxsus oʻquv kursi boʻyicha 72 soat yoki magistratura yoʻnalishida 2 yil oʻquv dasturlari mobaynida
2. Komissiyaga suhbatga kirish uchun Oliy maktabga tegishli maʼlumotlar koʻrsatilgan arizani taqdim etadi.
2. Zaruratga koʻra
2-bosqich
Oliy maktab
Oliy maktab korporativ boshqaruvchi maxsus dasturi boʻyicha oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoki “Biznesni boshqarish” magistratura mutaxassisligi boʻyicha korporativ boshqaruv fanini 86 ball va undan yuqori darajalarda oʻzlashtirgan ariza beruvchini suhbatga kiritish haqida qaror qabul qiladi yoki mazkur talablar bajarilmagan taqdirda, asoslangan rad javobini beradi.
1. Ariza beruvchilar soni oʻn besh nafardan ortiq boʻlganda ularni malaka attestatini olishga suhbatdan oʻtkazadi hamda suhbat natijalari boʻyicha talabgorni baholaydi.
1. Har hafta juma kuni
2. Suhbat natijalari boʻyicha malaka attestatini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror eʼlon qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
2. Suhbat oʻtkazilgan kunda
4-bosqich
Malaka attestatini olishga talabgorlar
Komissiyaning suhbat natijalari boʻyicha malaka attestatini berish toʻgʻrisida ijobiy qarori eʼlon qilingandan soʻng Oliy maktab hisobvaragʻiga toʻlov (bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida) oʻtkazadi.
Suhbat oʻtkazilgan kunda
5-bosqich
Oliy maktab
Malaka attestatini rasmiylashtirib beradi.
3 ish kuni mobaynida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya tarkibi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ushbu sohadagi yetuk mutaxassislari hamda Oliy maktabning mazkur yoʻnalishdagi professor-oʻqituvchilaridan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktoriga
___________________________
________________________dan
ARIZA
Menga Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olish uchun tashkil etiladigan suhbatga kirishimga ruxsat berishingizni soʻrayman.
20___ yil “_____” ____________dan 20___ yil “_____” ____________gacha amal qiladi.
______________________________
QR-kod (F.I.O.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-apreldagi 236-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-iyuldagi 499-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 146-modda) ilovaning 42-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 8-noyabrdagi 898-son qaroriga ilovaning 15-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2018-yil 14-fevraldagi 109-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 09/21/236/0376-son)