1-ILOVA
|
Davlat mulki obyektining imtiyoz qoʻllaniladigan eng koʻp maydoni | ||||
|
Toshkent shahar (kv. m) |
Nukus shahar va viloyat markazlari (kv. m) |
Tuman markazlari (kv. m) |
Boshqa hududlar (kv. m) | |
|
I. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilganda umumiy ijara maydoniga nisbatan ijara toʻlovlarini 50 foiz miqdorida toʻlaydigan tadbirkorlik subyektlari boʻyicha | ||||
|
5 ta |
60 |
80 |
100 |
120 |
|
6 dan — 9 gacha |
100 |
120 |
140 |
160 |
|
10 dan — 19 gacha |
200 |
240 |
280 |
300 |
|
20 va undan ortiq |
250 |
280 |
300 |
320 |
|
II. Ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlar umumiy sonining kamida 70 foizi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar boʻlgan, davlat mulki obyektlari uchun ijara haqi toʻlovidan 5 yilga ozod etiladigan tadbirkorlik subyektlari boʻyicha** | ||||
|
10 gacha |
100 |
120 |
140 |
160 |
|
10 dan — 19 gacha |
140 |
160 |
180 |
200 |
|
20 dan — 29 gacha |
180 |
200 |
220 |
240 |
|
30 va undan ortiq |
220 |
240 |
260 |
280 |
2-ILOVA
|
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul vazirlik va idoralar | |
|
1. |
2023-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan toʻliq qaytarib berilishini joriy etish. Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytarishini nazarda tutish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-may |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norkulov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov) |
|
2. |
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilishga zarur boʻlgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan subsidiya ajratilishini joriy etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-may |
“Yoshlar daftari” jamgʻarmalari |
Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
3. |
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha boʻlgan miqdorini “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan kompensatsiya qilish tizimini joriy etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-may |
“Yoshlar daftari” jamgʻarmalari |
Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
4. |
Professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki xizmat koʻrsatish korxonalarida amaliyot oʻtgan vaqtida, biroq olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda professional taʼlim tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratish tizimini joriy etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-iyun |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov) |
|
5. |
“Bir million dasturchi” lo�ihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda isteʼmol kreditlari ajratish (foiz toʻlovlarini Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan kompensatsiya qilish) tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-iyun |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Moliya vazirligi (Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), AT “Xalq banki” (Salamov), AT “Aloqa bank” (Irisbekova), “Mikrokreditbank” ATB (Boʻtayev) |
|
6. |
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining 50 foizi, biroq umumiy hisobda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha boʻlgan miqdori hamda ular boʻyicha milliy s�rtifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan kompensatsiya qilish tizimini joriy etish |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-iyun |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), Davlat test markazi (Karimov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev) |
|
7. |
“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida oʻqish xarajatlarini bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorigacha va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplash tizimini joriy qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-iyun |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Mudofaa vazirligi (Kurbonov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
8. |
Xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida oʻqitish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha boʻlgan qismini mazkur xususiy korxona va tashkilotlarga Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan kompensatsiya qilish tizimini joriy qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-iyun |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
9. |
Oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan har bir talabasi tomonidan toʻlanadigan turar joyning oylik ijara toʻlovlarini tegishli qismini qoplab berish tizimini tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar, zarur boʻlsa, normativ-huquqiy hujjat |
2021-yil 1-may |
Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev) |
|
10. |
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan dehqon xoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoshlarga “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” hamda “Ayollar daftari” jamgʻarmalari hisobidan urugʻliklar va koʻchatlarni xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorigacha subsidiya ajratish tizimini joriy etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-may |
“Yoshlar daftari”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” jamgʻarmalari |
Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
11. |
Yoshlarning muammolarini “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tartibni belgilash. Bunda: “Yoshlar daftari”ni shakllantirish; “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash; “Yoshlar daftari”dan yoshlarni chiqarish tartibi kabi masalalarni nazarda tutish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-may |
- |
Vazirlar Mahkamasi, Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
12. |
“Yoshlar daftari” elektron platformasini yaratish va uni amaliyotga toʻliq joriy etish. Ushbu platforma orqali “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga oid zarur maʼlumotlarni belgilangan tartibda yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, uni tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. Elektron platformadan foydalanish joriy qilingunga qadar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qaroriga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar haqida maʼlumotni Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) boʻlimi tomonidan berish amaliyotini vaqtincha joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-iyun |
Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan budjet mablagʻlari |
Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar |
|
13. |
Yoshlar ishlari agentligida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. Ushbu Jamgʻarma daromadlarini shakllantirishning qoʻshimcha manbalarini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-may |
- |
Vazirlar Mahkamasi, Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
14. |
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida repetitorlik faoliyatini olib boradigan fuqarolarga, ushbu faoliyatni sinf xonalarida (uydan tashqarida) koʻrsatish huquqini berish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2021-yil 1-avgust |
- |
Davlat test markazi (Karimov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Davlat soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov) |
|
15. |
Maʼmurjon Uzoqov nomidagi yosh ijrochilar respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil oktyabr-noyabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
16. |
Yosh tadbirkorlar oʻrtasida tajriba almashish, hamkorlik oʻrnatish va kooperatsiya jarayonlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida: Namangan viloyatida “Toʻqimachilik sohasi ilgʻor yosh tadbirkorlari forumi”; Buxoro viloyatida “Turizm sohasi yosh tadbirkorlari forumi”; Fargʻona viloyatida “Qishloq xoʻjaligi sohasi yosh tadbirkorlari forumi”; Qashqadaryo viloyatida “Chorvachilik sohasi yosh tadbirkorlari forumi”; Toshkent viloyatida “Asalarichilik sohasi yosh tadbirkorlari forumi”; Toshkent shahrida “Sanoat ishlab chiqarish sohasi yosh tadbirkorlari forumi”ni tashkil etish va oʻtkazish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-2022-yillar |
Ijrochilar mablagʻlari va mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi (Abduxakimov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), tegishli vazirlik va idoralar |