1-ILOVA
|
T/r |
Hudud nomi |
Tuman va shahar nomi |
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Beruniy tumani va Nukus shahri |
|
2. |
Andijon viloyati |
Qoʻrgʻontepa tumani va Andijon shahri |
|
3. |
Buxoro viloyati |
Vobkent tumani va Kogon shahri |
|
4. |
Jizzax viloyati |
Mirzachoʻl tumani va Jizzax shahri |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
Gʻuzor tumani va Qarshi shahri |
|
6. |
Navoiy viloyati |
Xatirchi tumani va Navoiy shahri |
|
7. |
Namangan viloyati |
Toʻraqoʻrgʻon tumani va Namangan shahri |
|
8. |
Samarqand viloyati |
Bulungʻur tumani va Kattaqoʻrgʻon shahri |
|
9. |
Sirdaryo viloyati |
Xovos tumani va Yangiyer shahri |
|
10. |
Surxondaryo viloyati |
Oltinsoy tumani va Termiz shahri |
|
11. |
Toshkent viloyati |
Oqqoʻrgʻon tumani va Chirchiq shahri |
|
12. |
Fargʻona viloyati |
Beshariq tumani va Margʻilon shahri |
|
13. |
Xorazm viloyati |
Urganch tumani va Urganch shahri |
|
14. |
Toshkent shahri |
Bektemir va Olmazor tumanlari |
2-ILOVA
|
T/r |
Subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar turi |
|
1. |
Ishsizlik nafaqasi |
|
2. |
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun subsidiya |
|
3. |
Tadbirkorlik qilishni xohlovchilarga kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovi uchun subsidiya |
|
4. |
Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovi uchun subsidiya |
|
5. |
Tadbirkorlikka oʻqish uchun subsidiya |
|
6. |
Hunarmand sifatida “Hunarmandchilik” uyushmasida roʻyxatdan oʻtish uchun subsidiya |
|
7. |
Yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun subsidiya |
|
8. |
Sugʻorish vositalari xarid qilish uchun subsidiya |
|
9. |
Urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiya |
|
10. |
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik) yetishtirish, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun tashkil etilgan kooperativlar ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya |
|
11. |
Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini amalga oshirmoqchi boʻlgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna va boshqa mehnat vositalarini xarid qilish uchun subsidiya |
|
12. |
Kasb-hunarga oʻqitish uchun subsidiya, grant, oʻqish xarajatlarini qoplash uchun toʻlovlar va stipendiyalar |
3-ILOVA
ILOVA
| | | | | |
NAMUNA |
|
_____-son Ijtimoiy kontrakt | |||||
| | | | |
20 __y. “_____”____________. | |
| Ushbu ijtimoiy kontraktni (keyingi oʻrinlarda — kontrakt) ____________________ tumani (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi nomidan ___________________________ asosida faoliyat yurituvchi ____________________ (keyingi oʻrinlarda — mahalliy mehnat organi) va _____________________________ manzilida yashovchi fuqaro_________________________________(keyingi oʻrinlarda — band boʻlmagan aholi) | |||||
|
(pasport seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi koʻrsatiladi) | |||||
| quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar: | | | | | |
|
I. Kontraktning mazmuni | |||||
|
1. Ushbu kontrakt mahalliy mehnat organi bilan band boʻlmagan aholi oʻrtasida unga davlat tomonidan bandligini taʼminlash maqsadida davlat mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarni kontrakt boʻyicha olish uchun tuzildi. | |||||
|
II. Taraflarning huquq va majburiyatlari | |||||
| 2. Kontrakt boʻyicha tomonlar quyidagi huquqlarga ega: mahalliy mehnat organi quyidagi huquqlarga ega: taraf (band boʻlmagan aholi) kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda, kontraktni bir tomonlama bekor qilish; taraf (band boʻlmagan aholi) kontraktdagi majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, ajratilgan subsidiyalar va boshqa toʻlovlar qaytarib berilishini talab qilish; taraf (band boʻlmagan aholi)ning ish faoliyati va kontraktda belgilangan majburiyatlarini nazorat qilish; band boʻlmagan aholi quyidagi huquqlarga ega: taraf mahalliy mehnat organi tomonidan taqdim etilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar turlarini mustaqil ravishda tanlash; mahalliy mehnat organi tomonidan kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda, kontraktni bir tomonlama bekor qilish; taraf mahalliy mehnat organi tomonidan huquqiy maslahatlar olish, shartnoma shartlari toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini talab qilish. 3. Kontrakt boʻyicha tomonlar quyidagi majburiyatlarga ega: mahalliy mehnat organi quyidagi majburiyatlarni oladi: kontrakt shartlarini toʻliq va oʻz vaqtida bajarish; kontrakt imzolangandan soʻng unda belgilangan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlab berish; subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar ajratilishi hisobiga band boʻlmagan aholiga tegishli xizmatlar oʻz vaqtida va toʻliq koʻrsatilishi ustidan nazorat oʻrnatish; band boʻlmagan aholi subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarning turiga qarab quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi: ishsizlik nafaqasi tayinlangandan soʻng faol ish qidirish va mehnat organlari tomonidan taklif qilingan maqbul ish joylariga ishga joylashish; yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovini, davlat roʻyxatidan oʻtgandan keyin uch oy davomida ijara toʻlovini qoplash uchun subsidiya ajratilgandan soʻng tadbirkorlik faoliyati bilan faol shugʻullanish; hunarmand sifatida “Hunarmandchilik” uyushmasida roʻyxatdan oʻtish uchun subsidiya ajratilgandan soʻng hunarmandchilik faoliyati bilan faol shugʻullanish; subsidiya hisobiga yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatilgandan hamda sugʻorish vositalari, urugʻliklar va koʻchatlar sotib olingandan soʻng shaxsiy tomorqasidan samarali foydalanish; qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik) yetishtirish, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun tashkil etilgan kooperativlar ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun ajratilgan subsidiya hisobiga ishlab chiqarish jarayonlarida kooperativ aʼzosi sifatida faol ishtirok etish; subsidiya hisobiga tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, boshqa mehnat vositalarini sotib olgandan soʻng tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish va faoliyatini yuritish; kasb-hunarga oʻqitish uchun subsidiya, grant, oʻqish xarajatlarini qoplash toʻlovlari, stipendiyalar hisobidan kasb-hunar egallash, kasb-hunarga qayta oʻqish va malakasini oshirish uchun jalb etilganda oʻqish jarayonlarida muntazam ishtirok etish, egallagan kasbi boʻyicha ishga joylashish, oʻzini oʻzi band qilish yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish; kontrakt shartlari bajarilishi toʻgʻrisida mahalliy mehnat organiga muntazam axborot berib borish; uzrsiz sabablarga koʻra kontrakt shartlari bajarilmagan taqdirda, ajratilgan s�bsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlarning miqdorini toʻliq qaytarish. Kontrakt imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va tomonlar oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarmaguniga qadar amal qiladi. | |||||
|
III. Tomonlarning javobgarligi | |||||
| 4. Band boʻlmagan aholi davlat mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar kontrakt boʻyicha berilishi uchun yolgʻon, notoʻgʻri yoki notoʻliq maʼlumotlarni taqdim etganligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi va kontrakt bekor qilinadi. 5. Kontrakt bajarilishi monitoringini olib borish band boʻlmagan aholining doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyidagi mahalliy mehnat organlari inspektori tomonidan amalga oshiriladi. Kontrakt shartlari bajarilishi monitoringini olib borish har oyda band boʻlmagan aholi bilan bevosita uchrashish orqali amalga oshiriladi. Kontrakt shartlarini bajarish (bajarmaslik) holatlari har oyda fuqaroning shaxsiy profiliga kiritiladi. Kontrakt shartlari bajarilmagan hollarda mahalliy mehnat organi tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Ishsiz tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra kontrakt shartlari bajarilmagan taqdirda, kontrakt bekor qilingan kundan eʼtiboran oʻn ikki oygacha ushbu shaxs bilan kontrakt tuzilmaydi. | |||||
|
IV. Fors-major holatlari | |||||
|
6. Taraflardan hech biri ularning irodasi va xohishiga bogʻliq boʻlmagan holda kelib chiqadigan, yaʼni ishtirokchilarga bogʻliq boʻlmagan sabablar, jumladan, kasallik, kontrakt bajarilmasligiga olib keladigan xolisona sabablar tufayli bajarilmagan hollarda kontraktning amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin xamda majburiyatlarni bajarmaganlik uchun boshqa taraf oldida javobgar boʻlmaydilar. | |||||
|
V. Kontraktning amal qilish muddati | |||||
| 7. Kontrakt imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va ______________ gacha amal qiladi. Kontrakt bir shaxs bilan bir yilda bir martadan ortiq tuzilmaydi. 8. Ushbu Kontrakt ikki nusxada tuzilgan boʻlib, bir xil yuridik kuchga ega. | |||||
| | | | | | |
|
Aholi bandligiga |
Band boʻlmagan aholi | ||||