1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.01.00 Umumiy masalalar. Tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlari]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 14-yanvardagi PQ-4949-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 14-yanvardagi PQ-4949-son qaroriga muvofiq Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha to‘lov intizomini mustahkamlashga oid tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-iyundagi 464-son qarori bilan tashkil etilgan Tashqi savdo shartnomalari yuzasidan debitor va kreditor qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika ishchi guruhining vazifa va vakolatlari yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorliklarni aniqlash va ularni asoslantiruvchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorliklarni hisobdan chiqarishda eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi hamda hududiy komissiyalarning o‘rni va vakolatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport va import shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan umidsiz debitor va kreditor qarzdorliklarni hisobdan chiqarishni tashkil etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish bo‘yicha hisobdorlik mexanizmi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha to‘lov intizomini mustahkamlashga oid tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-iyundagi 464-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda mazkur qarordan kelib chiqadigan tegishli dasturiy-texnik o‘zgartirishlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 14-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
216-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 216-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan umidsiz debitor hamda kreditor qarzdorliklarini (keyingi o‘rinlarda — qarzdorliklar) Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan (keyingi o‘rinlarda — TSOYAEAT) hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umidsiz qarzdorlik — TSOYAEATda shakllangan, biroq tashqi savdo shartnomalari tomonlarining majburiyatlari sud qaroriga asosan bekor qilinishi tufayli yoki bankrotlik, tugatish, qarzdorning vafoti yoki da’vo muddati tugashi sababli to‘lanishi mumkin bo‘lmagan qarzdorlik, shuningdek, TSOYAEATda shakllangan, biroq tashqi savdo shartnomalari tomonlari o‘rtasida haqiqatda mavjud bo‘lmagan, tomonlarga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra tovarlarni transportda tashish va saqlash jarayonida yaroqsiz bo‘lib qolgan, “yo‘q qilish” va “davlat foydasiga voz kechish” bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan yoxud davlat organi tomonidan musodara yoki yo‘q qilingan, shu jumladan, kredit-nota asosida taqdim etilgan chegirma natijasida yuzaga kelgan qarzdorlik;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi 513-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 09/25/513/0731-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asoslangan debitor qarzdorlik — chet el korxonasidan undirilishi muammo bo‘layotganligi tegishli hujjatlar bilan huquqiy jihatdan asoslangan eksport shartnomalari doirasidagi qarzdorlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit-nota — tashqi savdo shartnomalarida ko‘rsatilgan tomonlardan birining ikkinchi tomonga shartnoma summasining ma’lum bir miqdori bo‘yicha chegirma berish to‘g‘risidagi hisob hujjati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qarzdorliklarni aniqlash va ularni asoslantiruvchi hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha qarzdorliklar TSOYAEATda shakllantiriladi va hisobdan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qarzdorliklar TSOYAEATda xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat bojxona xizmati organlari, tovar-xom ashyo birjasi va ko‘rgazma-yarmarkalar hamda tijorat banklarining ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. TSOYAEATda umidsiz qarzdorliklar sifatida quyidagilar e’tirof etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning sud qaroriga muvofiq majburiyatlarining tugatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorning vafot etishi, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqib, boshqa davlatga doimiy yashash uchun chiqib ketganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy da’vo qilish muddatining o‘tganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat qarori asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qarzdorliklari hisobdan chiqarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorlik haqiqatda to‘liq hisob-kitob qilinganligi, shuningdek, muddati o‘tgan debitor qarzdorliklar uchun qo‘llanilgan barcha jarimalar to‘liq undirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorlik texnik sabablarga ko‘ra noto‘g‘ri shakllanganligi;
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi 513-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 09/25/513/0731-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorlik kredit-nota asosida chegirma taqdim etilishi hisobiga yuzaga kelganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezidentning majburiyati bir turdagi qarshi talablarni hisobga olish yo‘li bilan tugatilganligi yoki norezidentning tomonlar o‘rtasidagi mavjud dastlabki majburiyati xuddi o‘sha shaxslar o‘rtasidagi boshqa predmetni yoki bajarish usulini nazarda tutuvchi o‘zga majburiyat bilan almashtirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni transportda tashish va saqlash jarayonida shartnoma tomonlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yaroqsiz bo‘lib qolgan hamda “yo‘q qilish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilishi, davlat organlari tomonidan yo‘q qilinishi yoki musodara qilinishi natijasida yuzaga kelganligi;
(5-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi 513-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 09/25/513/0731-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiyatlar bajarilmaganligi sababli sug‘urta qoplamasi kelib tushganda, sug‘urta kompaniyasining komissiyasi evaziga qarzdorlikning qoplangan qismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar “davlat foydasiga voz kechish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilishi natijasida yuzaga kelganligi.
(5-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi 513-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 09/25/513/0731-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Umidsiz qarzdorlik quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyekt majburiyatlarining tugatilganligi, bankrotlik ishlarining yakunlanganligi va majburiyatlarni qanoatlantirish imkoniyati yo‘qligi haqidagi sud qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorning vafot etganligi haqidagi o‘lim guvohnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqib, boshqa davlatga doimiy yashash uchun chiqib ketganligi haqidagi ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limining ma’lumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorlikning umumiy da’vo muddati o‘tganligi natijasida daromad (xarajat)ga olinganligi haqida xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qarzdorliklarini hisobdan chiqarish yuzasidan Hukumat qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorlik haqiqatda to‘liq hisob-kitob qilinganligi yoki texnik sabablarga ko‘ra noto‘g‘ri shakllanganligi yuzasidan taqdim etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektning rasmiy xati va ma’lumotnomasi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi 513-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 09/25/513/0731-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan shartnoma bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorliklar uchun qo‘llanilgan barcha jarimalar to‘liq undirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomada ko‘rsatilgan tomonlardan birining ikkinchi tomonga yetkazib berilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) summasini 5 foizgacha kamaytirish bo‘yicha chegirma berish to‘g‘risidagi kredit-notasi;
(6-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi 513-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 09/25/513/0731-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezidentning majburiyati bir turdagi qarshi talablarni hisobga olish yo‘li bilan tugatilganligi yoki boshqa predmetni yoki bajarish usulini nazarda tutuvchi o‘zga majburiyat bilan almashtirilganligini tasdiqlovchi xo‘jalik yurituvchi subyektning rasmiy xati va ma’lumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni transportda tashish va saqlash jarayonida shartnoma tomonlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yaroqsiz bo‘lib qolganligini, “yo‘q qilish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilganligini yoxud tegishli davlat organi tomonidan yo‘q qilinganligini yoki musodara qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;
(6-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi 513-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 09/25/513/0731-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiyatlar bajarilmaganligi sababli sug‘urta kompaniyasidan sug‘urta qoplamasi kelib tushganligini asoslovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning davlat foydasiga voz kechilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Adliya vazirligi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bankrotligi yoki tugatilishi natijasida reyestrdan chiqarilganligi haqidagi ma’lumotlar onlayn rejimda TSOYAEATga taqdim etib boriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 09/25/513/0731-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qarzdorliklarni TSOYAEATdan hisobdan chiqarish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki har oyning 10-sanasiga qadar Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) va Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalarga (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiyalar) tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha qarzdorliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hududiy komissiyalar har oyning 20-sanasiga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qarzdorliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik yurituvchi subyektlar kesimida puxta va manzilli o‘rganib chiqadi, jumladan, ularning asosliligini tekshiradi, qarzdorlik yuzaga kelishining huquqiy asoslarini tahlil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda asoslangan debitor qarzdorliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq holda tegishli hujjatlar bilan birga Tashqi ishlar vazirligiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan qarzdorliklarini (Tashqi ishlar vazirligi tomonidan o‘rganilayotgan ma’lumotlardan tashqari) TSOYAEATdan hisobdan chiqarish yuzasidan qabul qilingan xulosalarni Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashqi ishlar vazirligi har oyning 1-sanasiga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) asoslangan debitor qarzdorliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekistonning xorijdagi tegishli diplomatik vakolatxonalari (elchixonalar va konsullik muassasalari) orqali xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlariga yetkazadi va amaliy yordam berish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) chet eldagi korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yaroqsiz bo‘lib qolgan yoki import qiluvchi davlat organi tomonidan musodara qilingan yoxud bojxona nazorati ostida yo‘q qilingan tovarlarga xorijdagi tegishli vakolatli organlar tomonidan zarur hujjatlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarga taqdim etilishida ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) amalga oshirilgan ishlar haqida tegishli hududiy komissiyaga ma’lumotlarni taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hududiy komissiyalar har oyning 5-sanasiga qadar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar yuzasidan qabul qilingan xulosalarni Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat soliq qo‘mitasi har oyning 10-sanasiga qadar TSOYAEATdan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va Hukumat komissiyasiga tegishli qaror qabul qilish uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hukumat komissiyasi har oyda bir marta:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Davlat soliq qo‘mitasi takliflari asosida qarzdorliklarni TSOYAEATdan hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash uchun Davlat soliq qo‘mitasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qaror qabul qilingandan keyin 5 kalendar kun davomida Davlat soliq qo‘mitasi Hukumat komissiyasining qarorini tegishli tijorat banklariga yetkazadi. Tijorat banklari Hukumat komissiyasining qarori kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni davomida qarzdorliklarni TSOYAEATdan hisobdan chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport va import shartnomalari bo‘yicha umidsiz muddati o‘tgan debitor va kreditor qarzdorliklarni hisobdan chiqarishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalarga eksport va import shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor va kreditor qarzdorliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish.
Har oyning 10-sanasiga qadar
2-bosqich
Hududiy komissiyalar
1. Qarzdorliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik yurituvchi subyektlar kesimida puxta va manzilli o‘rganib chiqish, jumladan, ularning asosliligini tekshirish, qarzdorlik yuzaga kelishining huquqiy asoslarini tahlil qilish.
Bunda asoslangan debitor qarzdorlik haqidagi ma’lumotlarni to‘liq holda tegishli hujjatlar* bilan birgalikda Tashqi ishlar vazirligiga kiritiladi.
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan qarzdorliklarini (Tashqi ishlar vazirligi tomonidan o‘rganilayotgan ma’lumotlardan tashqari) TSOYAEATdan chiqarish yuzasidan qabul qilingan xulosalarni Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etish.
Har oyning
20-sanasiga qadar
Tashqi ishlar vazirligi
1. Asoslangan debitor qarzdorliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekistonning xorijdagi tegishli diplomatik vakolatxonalari (elchixonalar va konsullik muassasalari) orqali xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlariga yetkazish va amaliy yordam berish choralarini ko‘rish.
2. Chet eldagi korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yaroqsiz bo‘lib qolgan yoki import qiluvchi davlat organi tomonidan musodara qilingan yoxud bojxona nazorati ostida yo‘q qilingan tovarlarga xorijdagi tegishli vakolatli organlar tomonidan zarur hujjatlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarga taqdim etilishida ko‘maklashish.
3. Amalga oshirilgan ishlar haqida tegishli hududiy komissiyaga ma’lumotlarni taqdim etib borish.
Har oyning
1-sanasiga qadar
Hududiy komissiyalar
Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar yuzasidan qabul qilingan xulosalarni Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etish.
Har oyning
5-sanasiga qadar
3-bosqich
Davlat soliq qo‘mitasi
TSOYAEATdan qarzdorliklarni chiqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Hukumat komissiyasiga tegishli qaror qabl qilish uchun kiritish.
Har oyning
10-sanasiga qadar
4-bosqich
Hukumat komissiyasi
1. Davlat soliq qo‘mitasi takliflari asosida qarzdorliklarni TSOYAEATdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
2. Qabul qilingan qaror ijrosini ta’minlash uchun Davlat soliq qo‘mitasiga yuborish.
Har oyda
bir marta
5-bosqich
Davlat soliq qo‘mitasi
Hukumat komissiyasi qarorini tegishli tijorat banklariga yetkazish.
Qaror qabul qilinganidan keyin
5 kalendar kun davomida
6-bosqich
Tijorat banklari
Hukumat komissiyasining qarorlari asosida qarzdorliklarni TSOYAEATdan hisobdan chiqarish.
Hukumat komissiyasining qarori kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni davomida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* — tasdiqlangan solishtirma dalolatnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qarzdorlik mavjudligi yuzasidan imzolangan tasdiqnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy hamkorga shartnoma shartlari bajarilmaganligi yuzasidan e’tiroznoma va da’vo arizasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy hamkorning aloqa manzillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi savdo shartnomasining identifikatsiya raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuzaga kelgan muddati o‘tgan debitor qarzdorliklar sanasi va miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
debitor qarzdorliklar bilan ishlash bo‘yicha kompaniyada qabul qilingan qoidalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
debitor qarzdorliklar bilan ishlash uchun mas’ul shaxsni tayinlash to‘g‘risida eksport qiluvchining buyrug‘i;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport shartnomasi va xalqaro shartnomalarga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ko‘riladigan choralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
debitor qarzdorliklarni undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar (sudgacha va sud ishlarini bajarish tartibi ijro ishlari, bankrotlik);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport shartnomasi taraflari tomonidan imzolangan yarashtirish dalolatnomasi (akti).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 216-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Toshkent shahar, viloyat hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i, Hududiy komissiya raisi
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat prokurorining o‘rinbosari, Hududiy komissiya raisining o‘rinbosari
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, Hududiy komissiya raisining o‘rinbosari
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining, Toshkent shahar, viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Hududiy komissiya raisining o‘rinbosari
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining, Toshkent shahar, viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri, Toshkent shahar, viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vaziri, Toshkent shahar, viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i
Lavozimi bo‘yicha
—
Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
Lavozimi bo‘yicha
—
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i
Lavozimi bo‘yicha
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat boshqarmasi boshlig‘i
Lavozimi bo‘yicha
—
Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahar, viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i
Lavozimi bo‘yicha
—
“O‘zmilliybank” AJning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat filiali boshqaruvchisi
Lavozimi bo‘yicha
—
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat filiali boshqaruvchisi
Lavozimi bo‘yicha
—
“Asakabank” AJning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat filiali boshqaruvchisi
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining kotibiyati mudiri, Hududiy komissiya kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 216-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 11-oktabrdagi 814-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Belgilansinki, ikki yo‘lakli tizim quyidagilarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro temir yo‘l qatnovlari boshlanish yoki so‘nggi nuqtasida bojxona nazorati amalga oshiriladigan temir yo‘l vokzallarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakatining intensivligi yuqori bo‘lgan (bir yil davomida o‘rtacha bir sutkada ikki ming nafar yoki undan ortiq fuqarolar harakatlanganda) va infratuzilmasi ikki yo‘lakli tizim joriy etish talablariga javob beradigan avtomobil o‘tkazish punktlarida joriy etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi 379-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining ma’lumotlar bazasi orqali faqat qarzdorlik tekshirilgandan keyin sodir etiladigan yirik bitimlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatining 21-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandida “2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risida nizom” so‘zlari “2020-yil 14-maydagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 14-maydagi 283-son qaroriga 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“23. Tovarlarni respublikaga olib kirish va “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish, shuningdek, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish yoxud ular uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarish muddati import kontraktlari bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kalendar kundan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha yoki kontraktlar Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida Boshqaruvchi qo‘mita tomonidan tasdiqlangan taqdirda, shuningdek, asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlar yetkazib berish bo‘yicha import kontraktlari shartlarida asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlarni yetkazib berish muddati ularning texnik xususiyatlari va o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda 180 kalendar kundan ortiq belgilanganda — import kontraktlarida belgilangan muddatlardan oshmasligi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari oqibatida tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish imkoniyati bo‘lmaganda, fors-major holatlari yuz bergan davlatning vakolatli organi tasdig‘iga muvofiq, ushbu holatlarning amal qilish muddati mobaynida majburiyatlarning qisman yoki to‘liq bajarilmaganlik uchun javobgarlik belgilanmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi tahrirdagi o‘ninchi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“eksport operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlikning umumiy summasi muddati o‘tgan debitor qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan oldingi 36 oy davomida ta’minlangan valyuta tushumining 10 foizidan ortiq bo‘lmagan holatlarda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi tahrirdagi o‘n to‘qqizinchi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan talabnomaga asosan jarima summasi ixtiyoriy ravishda to‘langan kundan 90 kun ichida tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha valyuta mablag‘larining tushishi yoki tovarlarning respublikaga olib kirilishi hamda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida rasmiylashtirilishi, ishlar bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatilishi ta’minlangan taqdirda, to‘langan jarima summasi qisqartirilishi ta’minlangan qarzdorlik miqdoriga mutanosib ravishda qaytarib beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Arizada ko‘rsatilgan tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha valyuta mablag‘larining tushishi yoki tovarlarning respublikaga olib kirilishi hamda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida rasmiylashtirilishi, ishlar bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatilishi ta’minlangan taqdirda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarima qo‘llash masalasi sudda ko‘rib chiqilayotgan paytda — arizani qanoatlantirish qisqartirilishi ta’minlangan qarzdorlik miqdoriga mutanosib ravishda rad etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjati qonuniy kuchga kirmagan vaqtda — ijroga qaratilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan so‘ng 90 kalendar kun ichida va uni shu muddat ichida ijro etish paytida arizada ko‘rsatilgan tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha to‘liq miqdorda valyuta mablag‘larining tushishi yoki tovarlarning respublikaga olib kirilishi hamda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida rasmiylashtirilishi, ishlar bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatilishi ta’minlangan taqdirda — ish yuritish tugatiladi va majburiy undirish bo‘yicha ko‘rilgan barcha choralar bekor qilinadi (davlat soliq xizmati organlari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan), shuningdek, undirilgan jarimalar xo‘jalik yurituvchi subyektning arizasi asosida bank hisobvarag‘iga qaytarib beriladi. Bunda undirilgan mablag‘lar:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Talabnomaga asosan jarima ixtiyoriy ravishda to‘langan yoki moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan so‘ng 90 kalendar kun ichida tushgan valyuta mablag‘lari yoki respublikaga olib kirilgan hamda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida rasmiylashtirilgan tovar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar summasi talabnomada ko‘rsatilgan valyuta kursi bo‘yicha so‘mda hisob-kitob qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/216/0337-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 09/25/513/0731-son)