Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2021 06.06.2019 yildagi 464-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha to‘lov intizomini mustahkamlashga oid tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 216-sonli “Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq valyuta siyosatini liberallashtirish, yuridik va jismoniy shaxslarning valyuta mablag‘larini erkin tasarruf qilish huquqini ro‘yobga chiqarish hamda tadbirkorlarga valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarga qaramasdan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan to‘lov intizom qoidalariga rioya qilmaslik holatlari ortib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, eksport shartnomalari bo‘yicha xorijga jo‘natilgan mahsulotlar (xizmatlar) uchun valyuta tushumi yoki import shartnomalari yuzasidan amalga oshirilgan to‘lovlar hisobiga mahsulotlar (xizmatlar) respublikaga belgilangan muddatda kirib kelmaganligi tashqi haqdorlik miqdorining oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import qilingan mahsulotlar (xizmatlar) uchun xorijiy hamkorlarga to‘lovlar tegishli ravishda rasmiylashtirilmaganligi yoki valyuta mablag‘lari mahsulotlar (xizmatlar) eksporti uchun xorijdan kelgan bo‘nak sifatida rasmiylashtirilishi oqibatida eksport-import shartnomalari bo‘yicha “qarzdorliklar” yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha to‘lov intizomini mustahkamlash, muddati o‘tgan tashqi qarzdorlik holatlarini o‘rganib borish, ularni kamaytirish borasidagi ishlarning samaradorligini oshirish, asossiz saqlanib turgan qarzdorliklarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda TSOYEAT deb ataladi) hisobidan chiqarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tashqi savdo shartnomalari va invoyslar bo‘yicha ma’lumotlarni TSOYEATga kiritishni tubdan soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalariga biriktirilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo shartnomalari yuzasidan debitor va kreditor qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda Respublika ishchi guruhi deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy va xususiy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo shartnomalari yuzasidan debitor va kreditor qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda hududiy ishchi guruhlar deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha to‘lov intizomini mustahkamlash sxemasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika Ishchi guruhiga (E. G‘aniyev) Davlat soliq qo‘mitasining takliflari asosida qarzdorliklarni o‘rganib chiqqan holda, TSOYEATdan chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilish, Davlat soliq qo‘mitasiga uning ijrosini ta’minlash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika ishchi guruhi (E. G‘aniyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda joriy yilning 1-may holatiga ko‘ra, eksport shartnomalari bo‘yicha valyuta mablag‘larining qonunchilikda belgilangan muddatlarda respublikaga tushmaganligi hamda to‘lovlar amalga oshirilgan import shartnomalari bo‘yicha belgilangan muddatlarda tovarlar respublikaga olib kirilib, “erkin muomala uchun chiqarish” rejimiga rasmiylashtirilmaganligi, ishlar bajarilmaganligi va xizmatlar ko‘rsatilmaganligi sababli vujudga kelgan tashqi qarzdorlikni har bir subyekt bo‘yicha o‘rgangan holda kamaytirish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tarmoq tashkilotlari bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijdan bo‘nak to‘lovlari sifatida o‘tkazilgan valyuta mablag‘lari bo‘yicha mahsulotlar (xizmatlar) eksporti yoki import qilingan mahsulotlar (xizmatlar) uchun to‘lovlar amalga oshirilmaganligi sababli TSOYEATda joriy yilning 1-may holatiga ko‘ra, qarzdorlik bilan hisobda turgan shartnomalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazsin hamda asossiz saqlanib turgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish haqida qaror qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport shartnomalari bo‘yicha valyuta mablag‘larining respublikaga kelib tushishi hamda to‘lovlari amalga oshirilgan import shartnomalari bo‘yicha mahsulotlarning yetkazib berilishi (xizmatlar ko‘rsatilishi) ustidan doimiy monitoring olib borsin va ular yuzasidan qarzdorlikni so‘ndirish, shuningdek, TSOYEATda uzoq davr mobaynida hisobda turgan shartnomalar holatini doimiy tahlil qilib borish va zarur hollarda asossiz saqlanib turgan qarzdorliklarni TSOYEATdan chiqarishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalariga biriktirilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga hamda hududiy ishchi guruhlarga ijro uchun yuborsin va ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy ishchi guruhlarning faoliyatini tizimli nazorat qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda kamida bir marotaba zimmasiga yuklangan masalalarni muhokama qilib borsin va tegishli qarorlar qabul qilinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy banki va tijorat banklari Hisob palatasi bilan hamkorlikda TSOYEATda joriy yilning 1-may holatiga ko‘ra muddati o‘tgan debitor va bir yildan ortiq davrdan buyon mavjud bo‘lgan kreditor qarzdorlik bilan hisobda turgan shartnomalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazsin, asossiz saqlanib turgan qarzdorliklarni TSOYEATdan chiqarish haqida Respublika ishchi guruhiga takliflar kiritsin hamda kelgusida bu boradagi ishlarni doimiy ravishda amalga oshirib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hududiy ishchi guruhlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda joriy yilning 1-may holatiga ko‘ra, eksport shartnomalari bo‘yicha valyuta mablag‘larining qonunchilikda belgilangan muddatlarda respublikaga tushmaganligi hamda to‘lovlar amalga oshirilgan import shartnomalari bo‘yicha belgilangan muddatlarda tovarlar respublikaga olib kirilib, “erkin muomala uchun chiqarish” rejimiga rasmiylashtirilmaganligi, ishlar bajarilmaganligi va xizmatlar ko‘rsatilmaganligi sababli vujudga kelgan tashqi qarzdorlikni har bir subyekt bo‘yicha o‘rgangan holda kamaytirish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda xorijdan kelgan bo‘nak to‘lovlari uchun mahsulotlar (xizmatlar) eksporti amalga oshirilmaganligi yoki import qilingan mahsulotlar (xizmatlar) uchun to‘lovlar amalga oshirilmaganligi sababli TSOYEATda joriy yilning 1-may holatiga hisobda turgan shartnomalarni hududiy xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan alohida-alohida xatlovdan o‘tkazsin hamda asossiz saqlanib turgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish bo‘yicha takliflarni Respublika ishchi guruhiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport shartnomalariga ko‘ra, valyuta mablag‘larining respublikaga tushishi hamda to‘lovlar amalga oshirilgan import shartnomalari yuzasidan mahsulotlarning yetkazib berilmaganligi (xizmatlarning ko‘rsatilmaganligi) sababli vujudga kelgan qarzdorlikni so‘ndirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosini so‘zsiz ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijdan kelgan bo‘nak to‘lovlari uchun mahsulotlar (xizmatlar) eksporti yoki import qilingan mahsulotlar (xizmatlar) uchun to‘lovlar amalga oshirilmaganligi sababli TSOYEATda uzoq davr mobaynida saqlanib turgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosini so‘zsiz ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha vujudga kelgan tashqi qarzdorlikni so‘ndirish yuzasidan aniq takliflarni Respublika ishchi guruhiga muntazam ravishda kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni har oyda Respublika ishchi guruhiga kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi TSOYEAT faoliyatiga mas’ul davlat organi ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki har oy yakuni bilan Respublika va hududiy ishchi guruhlarga tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor va kreditor qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda valyuta nazorati idoralari bilan birgalikda muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘ygan xo‘jalik subyektlarining muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘maklashish hamda qarzdorlikni so‘ndirish intizomini mustahkamlash masalasini xorij tajribasidan kelib chiqqan holda takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda tashqi iqtisodiy faoliyatning nohalol ishtirokchilari ro‘yxatini yuritish va ularning oldiga eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda faqat kafolatlangan to‘lov turlaridan foydalanish talabini qo‘yish, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini vaqtincha cheklashgacha bo‘lgan choralarni ko‘rishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan muvofiqlashtirgan holda, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaziy bank, va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda TSOYEATga mazkur qarordan kelib chiqadigan tegishli dasturiy-texnik o‘zgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi Hisob palatasi bilan hamkorlikda mazkur qaror talablarini hisobga olgan holda, tashqi savdo kelishuvlariga identifikatsiya raqamlarini berish tartibini nazarda tutuvchi Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi nizom loyihasini bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 6-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
464-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 464-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalariga biriktirilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarining tashqi savdo shartnomalari yuzasidan debitor va kreditor qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

E. G‘aniyev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari

B. Musayev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi, ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari

B. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri

S. Umurzoqov

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

M. Azimov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

A. Ikramov

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

A. Samadov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi inspektori (kelishuvga ko‘ra)

T. Ishmetov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

M. Abdullayev

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari (kelishuvga ko‘ra)

B. Abubakirov

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank raisining o‘rinbosari (kelishuvga ko‘ra)

lavozimi bo‘yicha

tijorat banklari rahbarlari

N. Qo‘shnazarov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 464-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy va xususiy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo shartnomalari yuzasidan debitor va kreditor qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

lavozimi bo‘yicha

Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari

lavozimi bo‘yicha

hududiy davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari

lavozimi bo‘yicha

viloyat hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

hududiy iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

hududiy davlat bojxona boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

hududiy moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

hududiy tijorat banklari rahbarlari

lavozimi bo‘yicha

Viloyat hokimi birinchi o‘rinbosarining kotibiyati mudiri, ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 464-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha to‘lov intizomini mustahkamlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 09/19/464/3244)