Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2026 14.04.2021 yildagi 212-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻqon davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, pedagogik taʼlim sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, taʼlim sifatini oshirish, sohaga ilgʻor taʼlim texnologiyalarini joriy qilish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Qoʻqon davlat pedagogika institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut) ushbu Institut faoliyatini yanada takomillashtirish, shu jumladan, Institutni 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari)ni belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika sohasining rivojlanish istiqbollari hamda ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda, pedagogika sohasi boʻyicha tarbiya va oʻqitish metodlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillarni puxta oʻzlashtirgan, taʼlim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega professional oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumotli mutaxassislar, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash borasidagi xorijiy tajribani amaliyotda qoʻllash, bitiruvchilarning kasbiy malaka darajasi xalqaro mehnat bozorida tan olinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, axborot-kommunikatsiya va taʼlim texnologiyalarining integratsiyasini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika taʼlim sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilgʻor xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishga keng jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlarning ilmiy salohiyati, kasbiy va malakaviy bilim darajasini uzluksiz rivojlantirib borish mexanizmlarini joriy etish, ularning pedagogik mahoratini rivojlantirishda xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribalaridan keng foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan pedagoglarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi pedagogika sohasiga qiziqishi yuqori boʻlgan yoshlarni aniqlash va ularni maqsadli tayyorlashning uzluksiz tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar amaliyotini maqsadli tashkil etish va ishga joylashishiga har tomonlama koʻmaklashish mexanizmlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika sohasidagi oʻquv adabiyotlari mazmuni va sifatini monitoring qilish, xorijiy adabiyotlardan qoʻshimcha yoki muqobil oʻquv adabiyotlari sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxona fondlarini muntazam ravishda yangilab borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qoʻqon davlat pedagogika institutini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut pedagog kadrlarining bilim va malaka, kasbiy tayyorgarlik darajasini hozirgi kun talablari asosida oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Institutning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut moddiy-texnika bazasini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarni pedagog kasbiga yoʻnaltirish maqsadida Fargʻona viloyatidagi yetakchi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 5 tasida 10-11-sinf oʻquvchilari uchun “Pedagogik sinflar”ni tashkil etsin va Institut taklifi asosida dars jarayoniga taʼsir etmagan holda tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining oʻquv rejalariga zarur oʻzgartirishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Institut talabalari amaliyotini samarali tashkil etish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Institut bitiruvchilari Fargʻona viloyatidagi maktabgacha hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyatini olib borishi uchun tegishli sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan “Texnologik taʼlim” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi uchun zamonaviy uskunalar, jihozlar, shuningdek, yetarli xom ashyo bilan taʼminlangan oʻquv ustaxonasi hamda oʻquv laboratoriyasini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga pedagog kadrlar tayyorlovchi respublikaning boshqa oliy taʼlim muassasalari talabalarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradigan yosh pedagoglar jamoat birlashmasini tashkil etishga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari turkumini amalga oshirilayotgan taʼlim sohasidagi islohotlarni inobatga olib, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlashni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan birgalikda Institut professor-oʻqituvchilari va talabalaridan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiya tanlovlarida ishtirok etib gʻolib boʻlgan nomzodlarni xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlariga doktorantura va magistraturaga oʻqishga yuborish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona bilan hamkorlikda 2021-yil 1-avgustga qadar Institut axborot-resurs markazining zamonaviy infratuzilmasini yaratish, yetakchi ilmiy axborot-resurs markazlari elektron bazasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan elektron adabiyotlar almashish hamda oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun chop etilgan darslik va oʻquv qoʻllanmalar bilan muntazam taʼminlashga amaliy yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Institutning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Institut huzurida tashkil etilgan Dangʻara va Oʻzbekiston tumanidagi texnikumlarda (keyingi oʻrinlarda — Texnikumlar) raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni taʼminlash maqsadida ikki oy muddatda taʼlim jarayoni uchun zarur moddiy-texnika, oʻquv-metodik bazani yaratish va oʻquv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Texnikumlarning tegishli taʼlim dasturlarini oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini va amaliyotchilarni jalb etgan holda xorijiy davlatlar tajribalaridan kelib chiqib takomillashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Institutda oʻquv dasturlari oʻzaro yaqin boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha asosiy va qoʻshimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) quyidagilarni Institut tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning uzluksizligi va izchilligini taʼminlashni hisobga olgan holda, Institut huzuridagi texnikumning oʻquv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, uning tuzilmasini, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchilar talablarini inobatga olgan holda, oʻquv rejalaridagi nazariy taʼlim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashgʻulotlar hajmini oshirish, haftada bir kunlik amaliyot tajribasini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislarni konsultant, maslahatchi va oʻqituvchilar sifatida jalb qilish va ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oylik maosh hamda boshqa toʻlovlarni belgilash va toʻlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani, Koʻl Elash qishlogʻi, 1-uy manzilida joylashgan texnikum (sobiq Oʻzbekiston sanoat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji) binosida Institutning milliy hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼat fakulteti faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikum dars jarayoniga Institutning milliy hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼat fakulteti professor-oʻqituvchilari jalb etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda Fargʻona viloyati hokimi X.H. Bozarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 14-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
212-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 212-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻqon davlat pedagogika institutini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkich (indikator) nomi

Oʻlchov birligi

Amaldagi koʻrsatkich

2021-y.

2022-y.

2023-y.

2024-y.

2025-y.

I. Taʼlim sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish

1.

Xorijiy mutaxassislar, olimlar hamda professor-oʻqituvchilar ishtirokida onlayn maʼruzalar tashkil qilish.

onlayn maʼruzalar soni

5

10

15

20

25

30

2.

Jahonning TOP-500 taligiga kirgan oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari (double degree, joint degree) asosida kadrlar tayyorlash.

qoʻshma taʼlim dasturlari soni

3

4

5

6

7

8

3.

Xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan mutaxassislik fanlari boʻyicha vebinarlar tashkil qilish.

vebinarlar soni

3

5

7

10

12

15

4.

Xorijiy tillar boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa sertifikatlarga ega boʻlgan talabalar sonini oshirish.

foiz

20

30

40

50

60

70

5.

Mutaxassislik fanlari boʻyicha xorijiy tillarda oʻqitiladigan fanlar sonini oshirish.

fanlar soni

15

20

25

30

35

40

6.

Hamkor taʼlim muassasalari va tashkilotlarda kafedra filiallarini tashkil etish.

kafedralar filiallari soni

20

22

24

26

28

30

7.

Institut huzuridagi akademik litsey bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi salmogʻini oshirish.

foiz (bitiruvchi talabalar soniga nisbatan)

70

80

85

90

95

100

II. Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish

8.

Institut ilmiy salohiyatini oshirish (ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi).

foiz (professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)

26

27

28

29

30

31

9.

Institutda tayyorlanayotgan dissertatsiyalar himoyasi salmogʻini oshirish (PhD, DSc).

ilmiy-pedagogik kadrlar soni

16

19

22

25

27

30

10.

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida eʼlon qilingan amaliy, innovatsion, fundamentlar loyihalar tanlovlarida professor-oʻqituvchilarning faol ishtirokini taʼminlash.

ilmiy dasturlar doirasida jalb qilingan mablagʻlar (mln soʻmda)

260

260

310

360

410

460

11.

Institut kafedralariga ilmiy loyihalar va xorijiy grantlarni jalb etish.

tadqiqotlar soni

2

3

4

5

6

7

12.

Institut professor-oʻqituvchilarining Scopus, Web of Science kabi xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasi va yuqori impakt-faktorli ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalarni nashr etish.

indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar soni

288

298

308

318

328

338

13.

Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy jurnallarida maqolalar chop etish.

maqolalar soni

236

256

276

296

316

336

14.

Respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy konferensiyalarni oʻtkazish.

konferensiyalar soni

6

7

8

9

10

11

III. Institut pedagog kadrlarining bilim va malaka, kasbiy tayyorgarlik darajasini hozirgi kun talablari asosida oshirish

15.

Professor-oʻqituvchilarning belgilangan muddatlarda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtishlarini tashkil etish.

professor-oʻqituvchilar soni

175

185

195

205

210

215

16.

Professor-oʻqituvchilar hamda kafedra mudirlarini hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalariga tuzilgan shartnomalar asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

professor-oʻqituvchilar soni

10

15

20

25

30

35

17.

IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa sertifikatlarga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar sonini oshirish.

professor-oʻqituvchilar soni

25

35

45

55

65

75

IV. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Institutning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini taʼminlash

18.

Jahonning TOP-1000 taligiga kirgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida PhD ilmiy darajasiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarni jalb qilish.

xorijiy professor-oʻqituvchilar soni

10

13

16

19

22

25

19.

Yosh olim va pedagoglarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida turli xil xalqaro jamgʻarmalar va grantlar orqali malakasini oshirish hamda stajirovkaga yuborish.

stajirovka va malaka oshirishga yuboriladigan yosh olim va pedagoglar soni

5

8

10

12

15

20

20.

Xalqaro simpozium va konferensiyalarda professor-oʻqituvchilar va talabalarning ishtirokini taʼminlash.

jalb etiladigan professor-oʻqituvchilar soni

7

9

11

13

15

17

V. Institut moddiy-texnika bazasini rivojlantirish

21.

Auditoriyalarni videokuzatuv kameralari bilan jihozlash.

foiz (umumiy auditoriya fondiga nisbatan)

50

65

75

85

100

100

22.

Auditoriyalarni zamonaviy multimedia vositalari bilan jihozlash.

foiz (umumiy auditoriya fondiga nisbatan)

50

65

75

85

100

100

23.

Oʻquv va boshqaruv binolarini yuqori tezlikdagi simsiz Internet jahon axborot (Wi-Fi) tarmogʻi bilan taʼminlash.

foiz (oʻquv va boshqaruv binolari umumiy maydoniga nisbatan)

70

80

85

90

100

100

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 09/21/212/0328-son)