27.02.2020 yildagi PQ-4623-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilg‘or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, maktabgacha ta’lim qamrovining oshishi, 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim tizimining joriy qilinishi hamda oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ko‘lamining kengayishi munosabati bilan yuqori malakali mutaxassislarga nisbatan yuzaga kelayotgan ehtiyojni o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida so‘nggi yillarda pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan 1 ta xorijiy va 4 ta mahalliy oliy ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi, mazkur ta’lim sohasi bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar yetkazib berish borasida o‘tkazilgan tahlil natijalari avvalo ta’lim sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatiga e’tiborni kuchaytirish, sohada ilg‘or xorijiy tajribani keng joriy etish, pedagogik ta’lim infratuzilmasini yaxshilash zarurligini ko‘rsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogik ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qo‘shuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun professional pedagog kadrlar yetkazib berish, sohaga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar pedagogika ta’lim sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiya va o‘qitish usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional pedagog kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik kasbga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarni aniqlash hamda ularni maqsadli tayyorlab va tarbiyalab borishning uzluksiz tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik ta’lim sohasining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, innovatsion o‘quv-me’yoriy va ta’lim resurslarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohada ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish uyg‘unligini ta’minlash orqali ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlar buyurtmachilari ehtiyoj va talablarini muntazam o‘rganib borish, ular bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda pedagog kadrlar tayyorlashning ilmiy asoslangan istiqbolli rejalarini belgilash va ularni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy pedagogik ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash pirovardida pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, sohadagi xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuksak madaniyatli, amaliy kasbiy ko‘nikmaga ega, tarbiya, o‘qitish metodlari va baholash mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagog kadrlarni shakllantirish jarayonlari samaradorligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining o‘quv dasturlari hajmini inobatga olgan holda oliy ma’lumotli pedagog mutaxassislar tayyorlash jarayonini optimallashtirish maqsadida pedagogik ta’lim sohasining ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim dasturlari doirasida amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab kadrlar tayyorlash o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim dasturlari asosida amalga oshiriladigan pedagogik ta’lim sohasining ayrim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Barcha ta’lim muassasalariga zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga qodir bo‘lgan professional pedagog kadrlarni yetkazib berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-aprelga qadar pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish jarayonida abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqati darajasini aniqlash mexanizmlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmog‘i orqali keng jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 20-aprelga qadar ishlab chiqilgan abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqati darajasini aniqlash mexanizmlari bo‘yicha muhokama natijalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hududlarda pedagogik ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim sohasi uchun mutaxassis tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali hamda Termiz davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali hamda Qarshi davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorning 5-bandida tashkil etilishi nazarda tutilgan pedagogika institutlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatini moliyalashtirish 2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, yetmagan qismi oliy ta’lim muassasalarining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqomi bo‘yicha mahalliy oliy ta’lim muassasasi filialiga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda mazkur qarorning 5-bandida nazarda tutilgan pedagogika institutlari faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi Hukumat qarorlarini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toshkent davlat pedagogika universitetiga muntazam ilmiy-pedagogik faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan, yuqori malakali, tegishli sohada chuqur kasbiy bilim va yutuqlarga erishgan xodimlarga pedagogika va o‘qitish metodikasi ixtisosliklari bo‘yicha dotsent va professor ilmiy unvonlari berish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi mexanizmlar joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati bilan xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim sohalarida oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosida o‘qishga qabul ko‘rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududdagi oliy ta’lim muassasasida 5 yil ishlab berish majburiyati bilan oliy ta’lim sohasida professional pedagog kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar bo‘yicha salohiyatli oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosida o‘qishga qabul ko‘rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi o‘qishga maqsadli qabul qilingan talabalar bilan tegishli qabul yilining 1-dekabr kuniga qadar mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni aks ettirgan shartnomalar rasmiylashtirilishini ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) dastlabki bosqichda Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘quv jarayoni o‘quv reja va dasturlar takomillashtirilgan holda ta’limning kredit-modul tizimi asosida tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab pedagogik faoliyatda umumta’lim fanlari muhim o‘rin tutishini inobatga olgan holda alohida iqtidor talab etiladigan pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uchta — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha test sinovlari topshirish tartibi joriy qilinsin. Bunda, qoida tariqasida, majburiy uchta fan bo‘yicha test sinovlari kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari e’lon qilinganidan so‘ng o‘tkazilishi belgilab qo‘yilsin.
(9-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-iyundagi PQ-4749-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2020-y., 07/20/4749/0758-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-iyundagi PQ-4749-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2020-y., 07/20/4749/0758-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida uning negizida Respublika pedagogik ta’lim resurs markazini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalarining takliflari asosida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan to‘liq ta’minlash maqsadida mazmun jihatidan o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tizimini yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda pedagogik amaliyot davrida talabalarga dars berishlari uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov — tashkil etilayotgan pedagogika institutlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rsin, barcha oliy ta’lim muassasalaridagi pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida o‘quv jarayonini ta’limning kredit-modul tizimi asosida yo‘lga qo‘yilishi hamda o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tizimi joriy etilishini ta’minlasin, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mas’ul vazirlik va idoralarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmonov, Buxoro viloyati hokimi O‘.I. Barnoyev, Qashqadaryo viloyati hokimi Z.T. Mirzayev, Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov, Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov — hududlarda tashkil etilayotgan pedagogika institutlari faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yishda har tomonlama ko‘maklashsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari — mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarish yuzasidan zarur choralar ko‘rsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.D. Xadjayev — ushbu qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, press-konferensiyalar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 27-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4623-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qaroriga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab kadrlar tayyorlash o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim dasturlari asosida amalga oshiriladigan pedagogik ta’lim sohasining ayrim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ta’lim yo‘nalishi nomi

1.

Musiqa ta’limi

2.

Jismoniy madaniyat

3.

Texnologik ta’lim

4.

Chaqiriqqacha harbiy ta’lim

5.

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

6.

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2020-y., 07/20/4623/0220-son, 13.06.2020-y., 07/20/4749/0758-son)