14.04.2021 yildagi 213-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, pedagogik taʼlim sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, taʼlim sifatini oshirish, sohaga ilgʻor taʼlim texnologiyalarini joriy qilish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut) ushbu Institut faoliyatini yanada takomillashtirish, shu jumladan, Institutni 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari)ni belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim mazmuni va sifatini oshirish, raqobatbardosh, yuqori bilim va koʻnikmalarga ega oliy maʼlumotli pedagoglar tayyorlashda samarador boʻlgan pedagogik taʼlim innovatsion klastyerlarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiya va oʻqitish metodikalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillarni puxta oʻzlashtirgan, taʼlim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlgan, oʻz kasbiga sadoqatli yuqori malakali professional pedagog kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tajriba asosida pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv reja va fan dasturlarini boʻlajak pedagoglarda faollik va iroda, yetakchilik, ong va oʻzini anglash, mustaqil fikrlash, qaror qabul qilish kabi koʻnikmalarni shakllantirishni nazarda tutgan holda takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, axborot-kommunikatsiya va taʼlim texnologiyalarining integratsiyasini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv va ilmiy laboratoriyalarni xalqaro standartlarga mos keladigan zamonaviy qurilmalar hamda asbob-uskunalar bilan jihozlash orqali samaradorligi yuqori boʻlgan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlarning ilmiy salohiyati, kasbiy va malakaviy bilim darajasini uzluksiz rivojlantirib borish mexanizmlarini joriy etish, pedagogik mahoratni rivojlantirishda xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasidan keng foydalanish hamda ularda zamonaviy axborot-kommunikatsiya va taʼlim texnologiyalarini qoʻllash borasidagi malaka va koʻnikmalarni doimiy rivojlantirib borishning tizimli choralarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan pedagoglarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar amaliyotini maqsadli tashkil etish va ishga joylashishiga har tomonlama koʻmaklashish mexanizmlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika sohasidagi oʻquv adabiyotlari mazmuni va sifatini monitoring qilish, xorijiy adabiyotlardan qoʻshimcha yoki muqobil oʻquv adabiyotlari sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxona fondlarini muntazam ravishda yangilab borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut pedagog kadrlarining bilim va malaka, kasbiy tayyorgarlik darajasini hozirgi kun talablari asosida oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Institutning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut moddiy-texnika bazasini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarni pedagogik kasbiga yoʻnaltirish maqsadida Toshkent viloyatidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirilgan tayanch umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan 10 tasida 3-4-sinf oʻquvchilari uchun “Oʻqish va matematik savodxonlik boʻyicha sinflar”, 8-9-sinf oʻquvchilari uchun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi boʻyicha sinflar”, 10-11-sinf oʻquvchilari uchun “Pedagogik sinflar” tashkil etsin va Institut taklifi asosida dars jarayoniga taʼsir etmagan holda tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining oʻquv rejalariga zarur oʻzgartirishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Institut talabalari amaliyotini samarali tashkil etish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Institut bitiruvchilari Toshkent viloyatidagi maktabgacha hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyatini olib borishi uchun tegishli sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sh. Rashidov koʻchasi 53-uy manzilida joylashgan 8-son umumiy oʻrta taʼlim hamda Chirchiq shahri, Istiqbol koʻchasi, 22a-uy manzilida joylashgan 30-son koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalari ishtirokida Institutning pedagogik taʼlim innovatsion klasteri (keyingi oʻrinlarda — Klaster) faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut Klasterdagi taʼlim muassasalari taʼlim jarayonining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash boʻyicha hamkorlikni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut Klasterdagi taʼlim muassasalari taʼlim jarayoni uzluksizligini taʼminlash imkoniyatini beradigan oʻzaro muhokama maydonini yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut har yili Klasterda ishtirok etayotgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida kimyo, biologiya, fizika, matematika va boshqa fanlardan olimpiadalar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Klasterda ishtirok etayotgan taʼlim muassasalarining amaldagi moliyalashtirish tartibi saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Institutga Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida Klaster doirasida malaka talablari, oʻquv reja, fan dasturlarini mustaqil ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Institutda oʻquv dasturlari oʻzaro yaqin boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha asosiy va qoʻshimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tizimi yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan “Texnologik taʼlim” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi uchun zamonaviy uskunalar, jihozlar, shuningdek, yetarli xomashyo bilan taʼminlangan oʻquv ustaxonasi hamda oʻquv laboratoriyasini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga pedagog kadrlar tayyorlovchi respublikaning boshqa oliy taʼlim muassasalari talabalarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradigan yosh pedagoglar jamoat birlashmasini tashkil etishga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari turkumini amalga oshirilayotgan taʼlim sohasidagi islohotlarni inobatga olib, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlashni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Institut bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut huzurida tashkil etilgan Toshkent va Chinoz tumanidagi texnikumlarda (keyingi oʻrinlarda — Texnikumlar) raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni taʼminlash maqsadida ikki oy muddatda taʼlim jarayoni uchun zarur moddiy-texnika, oʻquv-metodik bazani yaratish va oʻquv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlangan mutaxassislik boʻyicha zamonaviy talablarga javob beruvchi, puxta bilim, amaliy koʻnikma va malakaga, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, intellektual yetuk kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikumlarning tegishli taʼlim dasturlarini oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va amaliyotchilarni jalb etgan holda xorijiy davlatlar tajribalaridan kelib chiqqan holda takomillashtirib borishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan birgalikda Institut professor-oʻqituvchilari va talabalaridan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiya tanlovlarida ishtirok etib gʻolib boʻlgan nomzodlarni xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlariga doktorantura va magistraturaga oʻqishga yuborish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilarni Institut tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirish huquqi berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning uzluksizligi va izchilligini taʼminlashni hisobga olgan holda, Institut huzuridagi texnikumning oʻquv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, uning tuzilmasini, oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchilar talablarini inobatga olgan holda oʻquv rejalaridagi nazariy taʼlim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashgʻulotlar hajmini oshirish, haftada bir kunlik amaliyot tajribasini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislarni konsultant, maslahatchi va oʻqituvchilar sifatida jalb qilish va ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oylik maosh hamda boshqa toʻlovlarni belgilash va toʻlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Institutda kunduzgi va sirtqi taʼlim shaklida “Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)”, “Turizm sohasida xizmatlar texnologiyasi va ularni tashkil etish”, “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha)”, “Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash maqsadida takliflarni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlari loyihasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2021-yil 1-sentabrga qadar mazkur qarorning 9-bandida qayd etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim jarayonini samarali tashkil etish uchun Institutda turizm fakulteti faoliyatini yoʻlga qoʻysin va uni malakali professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Institutning asosiy hududida 400 oʻrinli talabalar turar joyi binosini qurish hamda Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Lomonosov koʻchasi, 1-uy hamda Bobur koʻchasi, 22-uy manzillarida joylashgan oʻquv binolarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash loyihalari Oʻzbekiston Respublikasining 2022 — 2024-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Institutni zamonaviy oʻquv hamda ilmiy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash ishlari xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Institutga professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalar kontingentining oshishi munosabati bilan qoʻshimcha ravishda 2 ta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlashga limit ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda Toshkent viloyati hokimi D.A. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 14-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
213-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 213-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkich (indikator) nomi

Oʻlchov birligi

Amaldagi koʻrsatkich

2021-y.

2022-y.

2023-y.

2024-y.

2025-y.

I. Taʼlim sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish

1.

Xorijiy mutaxassislar, olimlar hamda professor-oʻqituvchilar ishtirokida onlayn maʼruzalar tashkil qilish.

onlayn maʼruzalar soni

5

15

20

25

35

50

2.

Jahonning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan q�shma taʼlim dasturlari (double degree, joint degree) asosida kadrlar tayyorlash.

qoʻshma taʼlim dasturlari soni

-

2

3

4

4

5

3.

Xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan mutaxassislik fanlari boʻyicha vebinarlar tashkil qilish.

vebinarlar soni

5

6

8

10

12

15

4.

Xorijiy tillar boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa sertifikatlarga ega boʻlgan talabalar sonini oshirish.

foiz

25

30

45

50

65

75

5.

Mutaxassislik fanlari boʻyicha xorijiy tillarda oʻqitiladigan fanlar sonini oshirish.

fanlar soni

21

25

35

40

50

70

6.

Hamkor taʼlim muassasalari va tashkilotlarda kafedra filiallarini tashkil etish.

kafedralar filiallari soni

8

15

18

23

25

30

7.

Institut huzuridagi akademik litsey bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi salmogʻini oshirish.

foiz (bitiruvchi talabalar soniga nisbatan)

46

60

75

85

90

100

II. Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish

8.

Institut ilmiy salohiyatini oshirish (ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi).

foiz (professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)

35

38

41

45

48

50

9.

Institutda tayyorlanayotgan dissertatsiyalar himoyasi salmogʻini oshirish (PhD, DSc).

ilmiy-pedagogik kadrlar soni

2

9

15

20

30

40

10.

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida eʼlon qilingan amaliy, innovatsion, fundamentlar loyihalar tanlovlarida professor-oʻqituvchilarning faol ishtirokini taʼminlash.

ilmiy dasturlar doirasida jalb qilingan mablagʻlar (mln soʻmda)

420

470

500

550

600

750

11.

Institut kafedralariga ilmiy loyihalar va xorijiy grantlarni jalb etish.

tadqiqotlar soni

1

2

4

5

6

8

12.

Institut professor-oʻqituvchilarining Scopus, Web of Science kabi xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasi va yuqori impakt-faktorli ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalarni nashr etish.

indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar soni

45

50

75

100

120

150

13.

Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy jurnallarida maqolalar chop etish.

maqolalar soni

100

150

230

280

350

420

14.

Respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy konferensiyalarni oʻtkazish.

konferensiyalar soni

1

3

4

6

6

7

III. Institut pedagog kadrlarining bilim va malaka, kasbiy tayyorgarlik darajasini hozirgi kun talablari asosida oshirish

15.

Professor-oʻqituvchilarning belgilangan muddatlarda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtishlarini tashkil etish.

professor-oʻqituvchilar soni

128

143

172

175

185

210

16.

Professor-oʻqituvchilar hamda kafedra mudirlarini hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalariga tuzilgan shartnomalar asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

professor-oʻqituvchilar soni

8

12

25

28

32

38

17.

IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa sertifikatlarga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar sonini oshirish.

professor-oʻqituvchilar soni

5

15

25

40

75

90

IV. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Institutning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini taʼminlash

18.

Jahonning TOP-1000 taligiga kirgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida PhD ilmiy darajasiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarni jalb qilish.

xorijiy professor-oʻqituvchilar soni

1

5

12

15

25

40

19.

Yosh olim va pedagoglarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida turli xil xalqaro jamgʻarmalar va grantlar orqali malakasini oshirish hamda stajirovkaga yuborish.

Stajirovka va malaka oshirishga yuboriladigan yosh olim va pedagoglar soni

5

10

12

15

18

20

20.

Xalqaro simpozium va konferensiyalarda professor-oʻqituvchilarning ishtirokini taʼminlash.

jalb etiladigan professor-oʻqituvchilar soni

6

10

15

18

25

30

V. Institut moddiy-texnika bazasini rivojlantirish

21.

Auditoriyalarni videokuzatuv kameralari bilan jihozlash.

foiz (umumiy auditoriya fondiga nisbatan)

-

80

100

100

100

100

22.

Auditoriyalarni zamonaviy multimedia vositalari bilan jihozlash.

foiz (umumiy auditoriya fondiga nisbatan)

50

65

75

100

100

100

23.

Oʻquv va boshqaruv binolarini yuqori tezlikdagi simsiz Internet jahon axborot (Wi-Fi) tarmogʻi bilan taʼminlash.

foiz (oʻquv va boshqaruv binolari umumiy maydoniga nisbatan)

17

50

85

100

100

100

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 09/21/213/0330-son)