06.04.2021 yildagi 188-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, pedagogik taʼlim sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, taʼlim sifatini oshirish, sohaga ilgʻor taʼlim texnologiyalarini joriy qilish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qaroriga muvofiq Buxoro davlat universitetining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) pedagogika taʼlim sohasi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda pedagogika soha va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalari, shuningdek, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda pedagogika sohasi boʻyicha tarbiya va oʻqitish usullari, taʼlim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega professional oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida xorijiy fuqarolar uchun taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish va ilgʻor xalqaro tajribani tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv va ilmiy laboratoriya xonalarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash hamda oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy yetakchi va nufuzli oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, oʻquv va ilmiy-uslubiy taʼminotni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va taʼlim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika taʼlim sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilgʻor xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishga keng jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy muassasalariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan pedagoglarini tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Universitetda pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qabul toʻxtatiladi hamda ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va uning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari boʻyicha tahsil olayotgan talabalar oʻqishni bitirgunlariga qadar Universitetda taʼlim jarayonini davom ettiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga talabalarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qabul qilish soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv dasturlari oʻzaro yaqin boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini birlashtirgan holda bitiruvchilarga ikkita kvalifikatsiya berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut Universitetning oʻquv va ilmiy laboratoriyalaridan, sport inshootlaridan hamda axborot-resurs markazidan rejalashtirilgan dars jarayonlariga taʼsir etmagan holda tekin foydalanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga kafedra mudiri va professor-oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish Universitet kengashi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Piridastgir koʻchasi, 2-uy manzilidagi va Buxoro viloyati, Buxoro shahri, K. Murtazoyev koʻchasi, 16-uy manzilidagi Universitetning bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Universitet bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Institut:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustavi belgilangan tartibda tasdiqlanishi va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurs markazini qoʻshimcha oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Institutni tanlov asosida amaliy tajribaga ega boʻlgan mutaxassislardan iborat yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, talabalarning toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olishidan, shartnomalar asosida xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, 2022-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda, Universitet kengashining qaroriga asosan Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Institut moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga va Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Universitet moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Institut talabalari amaliyotini samarali tashkil etish uchun tegishli sharoitlar yaratilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarni pedagog kasbiga yoʻnaltirish maqsadida Buxoro viloyatidagi yetakchi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10 tasida 3-4-sinf oʻquvchilari uchun “Oʻqish va matematik savodxonlik boʻyicha sinflar”, 8-9-sinf oʻquvchilari uchun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi boʻyicha sinflar”, 10-11-sinf oʻquvchilari uchun “Pedagogik sinflar”ni tashkil etsin va Institut taklifi asosida dars jarayoniga taʼsir etmagan holda oʻquv jarayoniga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Universitet:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salohiyatli kadrlarni jalb etgan holda taʼlim va ilmiy faoliyatni sifatli tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim, tarbiya, ilmiy va uslubiy jarayonlarni samarali boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
darslik, oʻquv qoʻllanmalar, oʻquv-uslubiy material va axborot resurslari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish va iqtidorli yoshlar seleksiyasini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlari uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish va ilmiy maktablarni rivojlantirish yoʻnalishlarida Institutga koʻmak berib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Doʻstlik MFY, Ibn Sino koʻchasi, 1-A uy manzilida joylashgan Galaosiyo pedagogika kollejining bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Universitetga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Galaosiyo pedagogika kollejining oʻquvchilari 2020/2021 oʻquv yili yakunlanguniga qadar Universitetga berilgan binolarda va 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Buxoro pedagogika kollejida oʻquv jarayonini davom ettiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Maktabgacha taʼlim” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalarining oʻquv jarayoni va amaliyotini, Buxoro viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining malakasini oshirish kurslari hamda Innovatsion maktabgacha taʼlim tashkilotini oʻz ichiga qamrab oluvchi Maktabgacha taʼlim innovatsion klasteri (keyingi oʻrinlarda — Klaster) tashkil etilsin hamda mazkur qarorning 10-bandida qayd etilgan bino va inshootlarda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Universitet Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Klasterdagi taʼlim va amaliyot jarayonining oʻzaro muvofiqligini taʼminlaydi, innovatsion metodlarni ommalashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) maktabgacha taʼlim sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor pedagogik texnologiyalar ishlab chiqiladi, amaliyotda tajriba-sinovdan oʻtkaziladi, oʻquv jarayoni va malaka oshirish kurslari mazmuniga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etiladi, maktabgacha taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion yechimlar, metodik tavsiyanomalar va ishlanmalar tayyorlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Klaster tarkibidagi Innovatsion maktabgacha taʼlim tashkiloti Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan tashkil etiladi va moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar Klaster faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish boʻyicha barcha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim uchun kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-maydagi 418-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining pedagogika kollejlari etib qayta tashkil etilayotgan kasb-hunar kollejlari roʻyxatidan 21-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Institutning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash loyihalari Oʻzbekiston Respublikasining 2022 — 2024-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-avgustga qadar Institutni onlayn maʼruza hamda masofaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilma bilan taʼminlash, shuningdek, yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻi hamda “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga belgilangan tartibda ulash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Institutga 2 ta, shu jumladan, 1 ta yengil va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 6-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
188-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/188/0291-son)