31.03.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3292
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 31.03.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3292
Kuchga kirish sanasi
31.03.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash uslubiyoti hamda hisobot shakllarini tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 31-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3292]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son “Tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash uslubiyoti 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobot shakllari 2 — 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. DAVLETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 31-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari B. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 23-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir D. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 29-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 31-martdagi 7-mh-son buyrug‘iga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USLUBIYOTI

Mazkur Uslubiyot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son “Tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari (bundan buyon matnda loyiha deb yuritiladi) va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning (bundan buyon matnda normativ-huquqiy hujjat deb yuritiladi) tartibga solish ta’sirini baholash jarayonlarini uslubiy jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Uslubiyotda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiquvchi — loyihani ishlab chiquvchi yoki normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini baholashni o‘tkazuvchi davlat organi va tashkiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish vositasi — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi (rioya etilishi) majburiy bo‘lgan talablar yoki boshqa cheklovlar yoxud ularga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa choralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’sir — normativ-huquqiy hujjatlar loyihasida hamda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlar, talablar, taqiq va boshqa cheklovlarga rioya qilishda manfaatdor tomonlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bevosita yoki bilvosita foyda va xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor tomonlar — o‘rganilayotgan muammo yoki taklif etilayotgan tartibga solish doirasiga tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar, davlat organlari va tashkilotlari hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish ta’sirini baholash (bundan buyon matnda TSTB deb yuritiladi) — loyihaning qabul qilinishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy oqibatlarni aniqlash va baholash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish maqsadlariga erishilganligini, samaradorligini hamda tartibga solish usulini qo‘llashda yuzaga kelgan oqibatlarni aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TSTB hisoboti — normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat yuzasidan o‘tkazilgan TSTB yakunlari bo‘yicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soddalashtirilgan TSTB hisoboti — normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishidan oldin o‘tkazilgan TSTB yakunlari bo‘yicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kengaytirilgan TSTB hisoboti — normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda kengaytirilgan tartibda o‘tkazilgan TSTB yakunlari bo‘yicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
miqdoriy ko‘rsatkichlar — ma’lum iqtisodiy yoki jismoniy mohiyatga ega bo‘lgan, son sifatida ifodalanadigan ko‘rsatkichlar. Bunga barcha moliyaviy va bozor ko‘rsatkichlari (daromad, sof foyda, doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar, sotish hajmi, bozor ulushi va boshqalar), qiymat birligi, vazn va og‘irlik, uzunlik va boshqa vositalar bilan o‘lchanadigan ko‘rsatkichlar kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifat ko‘rsatkichlari — xarajat, miqdor, vazn va og‘irlik, uzunlik, samaradorlik va boshqa o‘lchovlarning aniq birliklari bilan o‘lchash qiyin bo‘lgan ko‘rsatkichlar. Ular, qoida tariqasida, odamlarning ma’lum faktlar, hodisalar, ularning afzalliklari va baholariga munosabatini aks ettiradi. Sifat ko‘rsatkichlari foizlar bilan ham o‘lchanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foyda — loyiha yoki normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan talablarning bajarilishi munosabati bilan manfaatdor tomonlarga kelishi mumkin bo‘lgan (kelgan) har qanday shakldagi foyda yoki daromad;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlar — loyiha yoki normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan talablarning bajarilishi munosabati bilan manfaatdor tomonlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (yuzaga kelgan) xarajatlar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Uslubiyotda qo‘llaniladigan foyda (shu jumladan, bevosita yoki bilvosita foyda) va xarajat (shu jumladan, bevosita, bilvosita hamda ma’muriy xarajat) atamalarining mazmuni buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan shunday atamalar mazmunidan farqlanadi va faqat tartibga solish ta’sirini baholash doirasida qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishlab chiquvchi tomonidan tartibga solish ta’sirini baholash, shuningdek tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobotni to‘ldirish ushbu Uslubiyot asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tartibga solish ta’sirini baholashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ex-ante” — loyihani tartibga solish ta’sirini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ex-post” — retrospektiv tahlil (real ma’lumotlar) asosida normativ-huquqiy hujjat bilan joriy etilgan tartibga solish vositasining ta’sirini o‘rganish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Ex-ante” usuli bo‘yicha loyiha ishlab chiqilishidan oldin soddalashtirilgan tartibda hamda loyihani ishlab chiqish bilan bir vaqtda kengaytirilgan tartibda TSTBdan o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) loyiha soddalashtirilgan tartibda TSTBdan o‘tkazilganda quyidagi masalalar tahlil qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammo tavsifi, shu jumladan, muammo ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar va subyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aralashuvining zarurati, maqsadi va muammoni hal qilish yoki uning salbiy ta’sirini kamaytirish bilan bog‘liq xatarlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammoni hal qilishning muqobil usullari;

muqobil usullarning ijobiy va salbiy ta’sirlari hamda muammoni hal etishdagi ehtimoliy ulushi;

maqbul usulning boshqa usullarga nisbatan afzalligi;

maqbul usul orqali joriy etilishi kutilayotgan tartibga solish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) loyiha kengaytirilgan tartibda TSTBdan o‘tkazilganda quyidagi masalalar tahlil qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solinishi kerak bo‘lgan muammo tahlili va davlat aralashuvining zarurati (sabablari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish orqali erishilishi lozim bo‘lgan maqsadlar;

muammoni hal qilishda muqobil usullar, ularning afzalliklari hamda kamchiliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish ta’sir ko‘rsatadigan subyektlar to‘g‘risida ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir muqobil usulning miqdoriy va sifat tahlili, shu jumladan, foyda va xarajatlar tahlili, tegishli sohalarga (iqtisodiy soha, ijtimoiy soha va atrof-muhitga) ta’sirlari va qo‘llashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari xavfi va qiyosiy tahlil yordamida tanlangan maqbul usulni joriy etishning maqsadga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish maqsadlariga erishish uchun zarur chora-tadbirlar va kutilayotgan natijalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning yoki unda belgilangan tartibga solish vositalarining amal qilishi taklif qilingan davrni asoslash (amal qilish muddati mavjud bo‘lganda).
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Ex-post” usulini qo‘llashda quyidagilar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjat ta’sir ko‘rsatgan manfaatdor tomonlarni tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjat bilan o‘rnatilgan tartibga solish vositasining natijadorligi, maqsadlariga erishilganligi hamda uning qo‘llanilishi natijasida vujudga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish vositasining samaradorligini o‘rganish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatning tegishli sohalarga (iqtisodiy soha, ijtimoiy soha va atrof-muhitga) ta’sirini tahlil qilish;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjat bilan o‘rnatilgan tartibga solish vositasining amal qilishi maqsadga muvofiqligi yoki uni bekor qilish zarurligini o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobotni jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida uni takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Ex-ante” usuli bo‘yicha tartibga solish ta’sirini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Muammoni tahlil qilish va davlat aralashuvi zaruratini (sabablarini) aniqlash
(1-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tegishli sohada yuzaga kelgan (yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan) muammoni aniqlash, uning sabablari va oqibatlarni o‘rganish orqali to‘g‘ri va samarali yechimlarni ishlab chiqish maqsadida muammolar tahlili o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muammo to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniq shakllantirilishi, tavsiflanishi, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutgan holda tahlil qilinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammo vujudga kelgan soha;

sohaning huquqiy tartibga solinganlik holati (normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati, shuningdek, tartibga solishdagi bo‘shliqlar) va huquqni qo‘llash amaliyoti (murojaatlar, shikoyatlar, sud tartibidagi ishlar soni va mazmuni);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammo ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar va/yoki subyektlar (subyektlar sonining yillar kesimidagi o‘zgarish ko‘rsatkichi);

muammoning mavjudligi sababli kelib chiqqan (chiqishi mumkin bo‘lgan) salbiy oqibatlar;

muammoga oid statistik ma’lumotlar hamda boshqa miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlar (misol uchun, ushbu sohada muammo mavjudligi sababli 1,5 mingta qonun buzilishlar sodir etilgan bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarga 500 mln so‘m miqdorda zarar yetkazilgan).
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Muammoni tavsiflash uchun foydalanilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshirish imkoni bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(2-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Muammo yuzaga kelgan (yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan) sohani tartibga solish maqsadlarini aniqlash uchun davlat aralashuvi zarurati tahlil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aralashuvi zarurati asosan quyidagi sabablarni o‘z ichiga olishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bozordagi muvaffaqiyatsizlik (masalan, bozor narxlari jamiyat uchun real xarajat va foydani aks ettirmasligi, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar bilan ta’minlanishning yetarli emasligi, raqobat muhiti yetarli emasligi, axborot yetishmovchiligi (jumladan, iste’molchilar uchun ma’lumot olish imkoniyati cheklanganligi yoki umuman yo‘qligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) iqtisodiyotni barqarorlashtirish va iqtisodiy tanglikning oldini olish yoki uning oqibatlarini bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tovar va xizmatlar bozorida monopollashuvning oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tartibga solishning samarasizligi (masalan, jamoat manfaatlariga mos kelmaydigan amaldagi tartibga solish vositasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ijtimoiy adolatni ta’minlash (masalan, sog‘liqni saqlash va ta’lim xizmatlaridan aholining barcha qatlami, ayniqsa, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari foydalana olish imkoniyati);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) aholining salomatligi va jamiyat xavfsizligi uchun xavf-xatar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo) atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga solinayotgan munosabatlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, davlat aralashuvi zarurati boshqa sabablarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aralashuvi bo‘yicha har bir sabab batafsil asoslantirilishi lozim.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Tartibga solish orqali erishilishi lozim bo‘lgan maqsadlarni belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Normativ-huquqiy hujjatning qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsad aniq va lo‘nda belgilab olinishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsadning to‘g‘ri belgilanishi mazkur hujjat normalarining muvaffaqiyatli tatbiq etilishini baholash va maqsadga erishish yo‘llarini aniq belgilab olishning muhim sharti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad quyidagi mezonlarga javob berishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniq bo‘lishi — aniq maqsad normativ-huquqiy hujjatni turli talqin etilishining oldini oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘lchovli bo‘lishi — maqsad o‘lchovli va tatbiq etilishi darajasini tasdiqlovchi holat sifatida tavsiflanishi zarur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqbul bo‘lishi — agar maqsad va unga erishish usuli jismoniy va yuridik shaxslarning xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatishni nazarda tutsa, bunday ta’sir maqsadga erishish jarayonida ishtirok etayotgan barcha uchun maqbul, tushunarli hamda aniq va lo‘nda ifodalangan bo‘lishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
cheklangan vaqt oralig‘ida bajariladigan bo‘lishi — asosiy va oraliq maqsadlarga erishiladigan vaqt aniq belgilab olingan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Loyihani qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad quyidagi guruhlarga bo‘lingan holda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) umumiy maqsad — normativ-huquqiy hujjat qabul qilishning yakuniy natijasini belgilab beradi (masalan, iqtisodiyotning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) maxsus maqsad — normativ-huquqiy hujjatning obyekti hisoblanib, umumiy maqsadga erishish uchun zarur shart-sharoit yaratadi (masalan, yuridik shaxslarning soliq majburiyatlarini qisqartirish orqali tadbirkorlik faoliyatining faollashuvi va aholining farovonlik darajasi o‘sishiga erishish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tezkor maqsad — joriy vazifalarni hal qilish va maxsus maqsadga erishishga xizmat qiladi (masalan, davlat organi darajasida tartib-taomillarni soddalashtirish orqali tadbirkorlik faoliyati subyektlari xarajatlarining qisqartirilishiga erishish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Muqobil usullarni aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tartibga solish maqsadiga erishishga xizmat qiladigan turli xil usullarni ko‘rib chiqish lozim. Ushbu usullarning salbiy jihatlari, muvofiqlik darajasi, amalga tatbiq qilishning osonligi, shuningdek nojo‘ya ta’sirlari inobatga olingan holda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Muqobil usullarni aniqlashda noaniq va amalga oshirishi mavhum bo‘lgan variantlar qo‘llanilmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tartibga solishning boshqa muqobil vositalari o‘rganilganida, qo‘shimcha ravishda quyidagi muqobil usullar majburiy tartibda ko‘rib chiqilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hech qanday chora qo‘llamaslik — taklif qilinayotgan muqobil usul bilan amaldagi vaziyatning saqlab qolinishi nazarda tutilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zini-o‘zi boshqarish — tartibga solinishi kutilayotgan sohani tadbirkorlik subyektlari va/yoki ularning birlashmalari, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari orqali boshqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Muammoning yechimi sifatida tanlangan, shuningdek boshqa muqobil usullarning afzalliklari va kamchiliklari aniq dalil va raqamlar bilan asoslantirilgan holda batafsil yoritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Muammoning yechimi sifatida tanlangan usulning muqobil usullardan samaradorligi, muammo yechimiga tez va sifatli erishilishi, tanlangan tartibga solish usulining muqobil usullarga nisbatan keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari xavfining kamligi va boshqa shu kabi dalil bilan asoslantirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-§. Muqobil usullarning ta’sir doirasini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171. Tartibga solinayotgan sohada vujudga kelishi mumkin bo‘lgan (yoki vujudga kelgan) o‘zgarishlarni, jumladan, ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlash, salbiy ta’sirlarni oldini olish yoki yumshatish maqsadida muqobil usullarning ta’sir doirasi aniqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tartibga solish usulining iqtisodiy soha, ijtimoiy soha va atrof-muhitga ta’siri o‘rganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172. Tartibga solish usuli iqtisodiy sohada quyidagi munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) iqtisodiy rivojlanish, jumladan, yashirin iqtisodiyot, investitsiya muhiti, ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish), import va eksport, tovar va xizmatlarning iste’mol darajasi, moliyaviy barqarorlik va moliyaviy bozorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tadbirkorlik, jumladan, tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish, litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi va talablarining o‘zgarishi, tovarlar (xizmat ko‘rsatish) bahosi hamda boshqa moliyaviy majburiyatlar qiymatining o‘zgarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kichik va o‘rta tadbirkorlik, jumladan, talab va majburiyatlarni bajarish yirik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun og‘irligi, ma’muriy to‘siqlar (masalan, ro‘yxatdan o‘tish, litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlarni olish), moliyaviy yuk darajasi, bozor shartlari va raqobat muhiti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga solish usulining kichik va o‘rta tadbirkorlikka ta’sirini baholashda quyidagi ma’lumotlar tahlil qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohada tartibga solish doirasiga tushadigan tadbirkorlik subyektlari soni (Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichidagi (IFUT) kichik klass raqamini ko‘rsatgan holda hamda kichik, o‘rta va yirik toifalar kesimida) va tartibga solish vositasining har bir toifa uchun ta’sir darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik va o‘rta tadbirkorlikning tartibga solinayotgan sohadagi ahamiyati (masalan, ishlab chiqarishdagi (xizmat ko‘rsatish) ulushi, bozordagi o‘rni);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish vositasining bilvosita subyektlari (masalan, yetkazib beruvchilar, iste’molchilar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) davlat budjeti va fiskal siyosat, jumladan, davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining o‘zgarishi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari (masalan, subsidiya, kompensatsiya, dotatsiya, davlat boji, soliq va bojxona imtiyozlari), tartibga solish va nazorat qilish xarajatlarining ortishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) raqobat muhiti, jumladan, tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (yetkazib beruvchilarning) doirasi va soni cheklanishi, yetkazib beruvchilarning o‘zaro raqobatlashish imkoniyati chegaralanishi, bozor munosabatlarida o‘zaro raqobatlashishga qiziqishining pasayishi, yangi texnologiyalar, mahsulotlar yoki biznes modellarini amaliyotga joriy etishning cheklanishi, iste’molchilar uchun kerakli axborotni tanlash imkoni chegaralanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) bandlik va mehnat bozori, jumladan, ishsizlik va bandlik darajasi, muayyan sohalarda ishchi kuchiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi, mehnat sharoitlari (shartlari) va ish haqi, xodimlarning malakasini oshirish va kasbga o‘qitish, xodimlarning ijtimoiy himoyasi, norasmiy bandlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga solinayotgan munosabatlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, boshqa ta’sirlar ham tahlil qilinadi.

173. Tartibga solish usuli ijtimoiy sohada (fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda) quyidagi munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ijtimoiy adolat va gender tenglik, jumladan, shaxslarni kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi, huquqlardan aholining barcha qatlami (ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, bolalar va aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalari) foydalana olish imkoniyati, ta’lim, axborot olish huquqi va so‘z erkinligining cheklanmasligi, mulk huquqining daxlsizligi, huquq va xizmatlardan to‘siqsiz foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kambag‘allik darajasi, jumladan, tartibga solish vositasining aholi (ayniqsa, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari) daromadlariga va ijtimoiy tengsizlikka ta’siri, ish o‘rinlari, ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan imkoniyatning cheklanmasligi, shaxslarning mehnatga bo‘lgan munosabatining o‘zgarishi, mehnat munosabatlarida ijtimoiy tenglik va inklyuzivlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat, jumladan, aholining barcha qatlami (ayniqsa, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari) malakali tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, tibbiy xizmatlar va dori vositalari hamda protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari narxining o‘zgarishi, sog‘lom turmush tarziga ta’sirlar, sog‘lom va yuqori ozuqaviy qiymatga ega oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga solinayotgan munosabatlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, boshqa ta’sirlar ham tahlil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174. Tartibga solish usuli atrof-muhit sohasida quyidagi munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tabiiy resurslar, jumladan, resurslardan foydalanish barqarorligi, ularni taqsimlash va ulardan foydalanish, suv va suv resurslari, yer maydonlarini boshqarish, foydali qazilmalarni qazib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) havo, suv va tuproq sifati, jumladan, havo, suv va tuproqning ifloslanish darajasiga ta’sir, ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi (emissiyasi) va oqava suvlarni chiqarish standartlari, shuningdek, atrof-muhit sifatini nazorat qilish tartiblarining o‘zgarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bioxilma-xillik va ekotizimlar, jumladan, bioxilma-xillikni muhofaza qilish va ekotizimlar (masalan, o‘rmonlar, suv havzalari) holati, noyob va yo‘qolib borayotgan o‘simliklar va hayvonlar turlariga ta’sir, ekotizimlarda ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasining kengayishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) iqlim o‘zgarishi va issiqxona gazlari chiqarilishi (emissiyasi), jumladan, energiya resurslaridan sanoat va maishiy iste’molda foydalanish natijasida ajralayotgan issiqxona gazlari, xavfli moddalar hajmining o‘zgarishi, energiya resurslari samaradorligi, iqlim o‘zgarishiga moslashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) chiqindilarni boshqarish, jumladan, chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish, chiqindilar hajmining o‘zgarishi, suv havzalariga va joy relyefiga zararli tashlamalarni tashlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) inson salomatligi va hayot sifati, jumladan, havo, suv, tuproq va shovqinli ifloslanish darajasining insonlarga ta’siri, yashash sharoiti va sifatining yomonlashuvi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga solinayotgan munosabatlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, boshqa ta’sirlar ham tahlil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175. Tartibga solish usuli tegishli munosabatlarda salbiy ta’sirga ega bo‘lgan va ushbu tartibga solish usulisiz muammoni hal qilish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda har bir salbiy ta’sirni kamaytirish, yumshatish choralari ishlab chiqilishi lozim (masalan, oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha aholining ehtiyojmand toifalari uchun chegirmalar yoki kompensatsiya to‘lovlari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talab va majburiyatlarni ta’minlash kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun yirik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan og‘irroq bo‘lgan taqdirda ular uchun ta’sir darajasini kamaytirish, yumshatish choralari va moslashuvchan yondashuvlar majburiy ravishda ko‘rib chiqiladi.
(41-paragraf O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Muqobil usullarni tahlil qilish metodlari
(5-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Muqobil usullarni tahlil qilish va o‘zaro taqqoslashda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) foyda va xarajatlar tahlili metodi, bunda tartibga solish usullari bo‘yicha umumiy foyda va xarajatlar o‘rganilib, ular o‘rtasidagi tafovut (sof joriy qiymat) aniqlanadi va xarajati eng kam va foydasi eng ko‘p usul tanlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xarajatlar samaradorligi tahlili metodi, bunda tartibga solish usullarining xarajatlari o‘zaro taqqoslanib, xarajati eng kam usul tanlanadi. Ushbu metod asosan foydani pul ko‘rinishida ifodalab bo‘lmaydigan sohalarni (masalan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, xavfsizlik) tahlil qilishda foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ko‘p mezonli tahlil metodi, bunda tartibga solish usullarining foyda va xarajatlarini miqdoriy ko‘rsatkichlarda hisoblash yoki o‘zaro solishtirish imkoniyati bo‘lmasa, ularning ta’siri maqsadlardan kelib chiqib, turli mezonlar orqali aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) boshqa iqtisodiy tahlil usullari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muqobil usullar bo‘yicha tahlil natijalari quyidagi mezonlar asosida o‘zaro taqqoslanadi va ulardan eng maqbul usul tanlab olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
natijadorligi va maqsadlarga mutanosibligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samaradorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat (sohani rivojlantirish) strategiyalariga (dasturlariga) muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foyda va xarajatlar tahlilini amalga oshirishda miqdoriy ko‘rinishda ifodalash murakkab yoki imkonsiz bo‘lgan foyda va xarajatlarning sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish amalga oshiriladi, bu haqda tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobotning tegishli maydonlarida miqdoriy baholashni amalga oshirishning imkoni yo‘qligi asoslari, shu jumladan, mavjud cheklovlar ko‘rsatiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bevosita xarajatlar — manfaatdor tomonlarga tartibga solish natijasida yuzaga kelgan (kelishi mumkin bo‘lgan) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi majburiyatlar. Bunday xarajatlarga litsenziya uchun davlat boji, ro‘yxatdan o‘tish, ariza berish uchun to‘lovlar, tartibga solish talabalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar va boshqalar kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bilvosita xarajatlar — tartibga solish talablariga rioya qilish uchun sarflanadigan bevosita xarajatlardan tashqari barcha xarajatlar (misol uchun: mehnat qilish uchun xavfsiz sharoitlar ta’minlanishi bilan bog‘liq xarajatlar; ekologik talablarga rioya etish uchun uskunalar sotib olish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ma’muriy sarf-xarajatlar — axborot majburiyatlarini bajarish uchun tadbirkorlar amalga oshirishi kerak bo‘lgan ma’muriy faoliyat xarajatlari (misol uchun: mehnat sharoitlari to‘g‘risida yillik hisobot; uskuna o‘rnatish bo‘yicha hujjatlar va h.k.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Bevosita xarajatlarni hisoblashda tartibga solish vositasining joriy etilishi natijasida to‘lov majburiyatlari yuzaga keladigan manfaatdor tomonlar soni, to‘lovning davriyligi (yilda bir marta = 1; yilda ikki marta = 2; ikki yilda bir marta = 0,5 va h.k.) hamda to‘lov birligi qiymati aniqlanadi va ushbu parametrlar ko‘paytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Bilvosita xarajatlarni hisoblashda tartibga solish majburiyatlariga amal qilishi kerak bo‘lgan manfaatdor tomonlar soni, xodimlarni o‘qitish, uskuna sotib olish yoki boshqa xarajatlarning birlik qiymati va soni ko‘paytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ma’muriy sarf-xarajatlarni hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’muriy harakat yuki = narx × miqdor, bunda narx va miqdor quyidagicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narx = tarif × sarflangan vaqt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
miqdor = talablar tegishli bo‘lgan korxonalar miqdori × amalga oshirilgan vaqt oralig‘i.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

tarif — amalga oshirilgan mehnat uchun, qoida tariqasida, soatbay mehnatga haq, shuningdek ish vaqtidan tashqari amalga oshirilgan qo‘shimcha ish, kasallik yoki mehnat ta’tillari uchun to‘lovlar, qo‘shimcha xarajatlar (materiallar, xizmat safarlari, aloqa vositalari va boshqalar) yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar (agar ma’muriy harakatlar uchun vositachi yollansa) yig‘indisidan iborat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sarflangan vaqt — ma’muriy harakatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vaqt hisoblanib, hujjatlarni tayyorlash, davlat idoralariga borish uchun sarflangan vaqt (zaruriyat tug‘ilganda), navbat kutish, qabul vaqti va haq to‘lanadigan dam olish vaqtini o‘z ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
miqdor — cheklovlar joriy etilgan korxonalarning umumiy soni va yil davomida amalga oshiriladigan jarayonlar sonining ko‘paytmasini ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Foyda quyidagilarga guruhlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bevosita foyda — tartibga solish vositalarini joriy etilishi (etilganligi) natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (kelgan) har qanday foyda va daromadlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bilvosita foyda — tartibga solish natijasida uchinchi shaxslarga kelishi mumkin bo‘lgan (fuqarolar sog‘lig‘i, xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq) ijobiy ta’sir hisoblanib, yalpi ichki mahsulotning o‘sishi, raqobatbardoshlilik va samaradorlik ko‘rsatkichlari kabi keng makroiqtisodiy manfaatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Har xil davrlar uchun foyda va xarajatlarni taqqoslash zarur bo‘lganda, standart xarajatlar modelidan foydalangan holda sof joriy qiymat (NPV) hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foyda va xarajatlar o‘rtasidagi tafovut sof foydaning mavjudligi yoki mavjud emasligini ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sof joriy qiymat (NPV) quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda:

Bt — t — davr oralig‘ida tartibga soluvchi normalarni joriy etishdan olinadigan ehtimoliy foyda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ct — t — davr oralig‘ida tartibga soluvchi normalarni joriy etish uchun qilinadigan ehtimoliy xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
r — diskontlash stavkasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n — hisob-kitob davri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diskontlash stavkasining maqbul miqdorini ko‘rib chiqilayotgan davrda tijorat banklarining tegishli soha bo‘yicha ajratilgan kreditlash stavkasidan yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilinadigan milliy valyutadagi uzoq muddatli bank kreditlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalaridan (bunda imtiyozli kreditlash stavkalari hisobga olinmaydi) foydalangan holda aniqlash mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-paragraf O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Loyihani qabul qilishdan kutilayotgan natijani aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Loyihani qabul qilishdan kutilayotgan natija batafsil yoritilishi lozim. Bunda ishlab chiquvchi tartibga solish maqsadlariga erishish darajasini tavsiflovchi sifat va miqdoriy o‘lchov indikatorlarini (ko‘rsatkichlarini) belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Indikatorlar har bir maqsad bo‘yicha aks ettiriladi. Bunda indikatorlarni hisoblash usuli va ma’lumot manbalari ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Tartibga solish maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Loyiha qabul qilinishi bilan unda belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy, texnik, uslubiy va boshqa chora-tadbirlar belgilanishi lozim. Bunda quyidagi masalalar aks ettirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi davlat organi va tashkiloti yoki uning tarkibiy bo‘linmasini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjat va boshqa zarur bo‘lgan hujjatlarni (yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar va h.k.) ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlarini, ma’lumotlar bazalarini va boshqa dasturiy ta’minotlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari xodimlarini yoki sohaning boshqa ishtirokchilarini o‘qitish hamda malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa chora-tadbirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Davlat organi yuklatilayotgan vazifalarini to‘laqonli bajara olishi uchun barcha zarur vakolatlar va resurslarga, shu jumladan ularni bajarish uchun yetarli muddatga ega bo‘lishi muhim hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilishi belgilangan har bir chora-tadbirlar bo‘yicha mas’ul ijrochilar, amalga oshirish muddatlari, ularni moliyalashtirish hajmi va manbalari, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija batafsil yoritilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Loyihani jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Loyiha va tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobot ishlab chiquvchi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz)ga joylashtirish orqali majburiy tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiquvchi loyiha va tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobotni jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazishda mazkur Uslubiyotning 1-ilovasida keltirilgan namunaviy savolnomadan foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi davomida muayyan sohada tartibga soluvchi vositalar joriy etilishi maqsadga muvofiqligi va zarurligini baholash maqsadida loyihani, tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobotni va boshqa zarur ma’lumotlarni manfaatdor shaxslar guruhlari, shu jumladan, ilmiy doiralar vakillari hamda xorijiy ekspertlar bilan muhokama qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari hamda manfaatdor tomonlar taqdim etgan takliflarni umumlashtiradi hamda ularni tahlil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. “Ex-post” usuli bo‘yicha tartibga solish ta’sirini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Normativ-huquqiy hujjatlarni “ex-post” usuli orqali baholash ushbu Uslubiyotning 6-bandida ko‘rsatilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Normativ-huquqiy hujjatlarni “ex-post” usuli orqali baholashda tartibga solishning natijadorligi, samaradorligi hamda dolzarbligi tahlil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tartibga solishning natijadorligi rejalashtirilgan tadbirlarning amalga oshirilganlik darajasi va rejalashtirilgan natijalarga erishilganligidan kelib chiqib aniqlanadi. Tartibga solishning natijadorlik tahlili, tartibga solish bilan ko‘zlangan (belgilangan) maqsadlarga erishish yoki ushbu maqsadga erishishda ijro mexanizmi qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lganligini ko‘rsatishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tartibga solishning natijadorlik tahlili o‘tkazilganida tartibga solish usulini qo‘llashda vujudga kelgan kutilmagan oqibatlar ham aniqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ko‘zlangan maqsadlarga erishilmagan yoki rejalashtirilgan chora-tadbirlar unga muvofiq amalga oshirilmagan bo‘lsa, natija ko‘zlangan maqsaddan qay darajada orqada qolayotgani aniqlanishi, shuningdek unga ta’sir ko‘rsatgan omillar baholanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tartibga solishning natijadorligini aniqlashda belgilangan maqsadlarga o‘z vaqtida erishish mumkinligi yoki qo‘shimcha muddatlar zarurligi hisobga olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tartibga solishning samaradorligi erishilgan natija va sarflangan resurslardan qanchalik samarali foydalanish o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tartibga solish yondashuvlaridagi farqlar natijaga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini inobatga olgan holda, tartibga solishning boshqa muqobil variantlari kamroq xarajat evaziga bir xil foyda keltirish (yoki bir xil sharoitda ko‘proq foyda keltirish) imkoniyatlari o‘rganilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tartibga solishning samaradorligini tahlil qilishda turli manfaatdor tomonlarga keladigan tartibga solish xarajatlari, shuningdek uning afzalliklari ham o‘rganilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Qoida tariqasida, tartibga solish vositasini joriy etishda foyda xarajatni qoplashi yoki undan yuqori bo‘lishi kutiladi. Biroq, har doim ham tartibga solish vositasining joriy etilishi barchaga birdek foyda keltirmasligi mumkin. Bu ko‘pincha fuqarolarning xavfsizligi va salomatligini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish yoki iste’molchilar huquqlarini himoya qilish siyosatiga tegishli bo‘ladi. Bunda foyda va xarajatlarga ta’sir ko‘rsatadigan omillar va ularning tartibga solish bilan bog‘liqligi aniqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tartibga solishning dolzarbligi orqali tartibga solish usullarining amal qilishi maqsadga muvofiqligi yoki ularni bekor qilish zarurligi o‘rganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga solishning dolzarbligini tahlil qilishda tartibga solish maqsadlari mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga va sohadagi ustuvorliklarga mos kelishi ko‘rib chiqilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Normativ-huquqiy hujjatlarning tegishli sohalarga ta’sirini baholash mazkur Uslubiyotning 171 — 175-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobotni jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida uni takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobotni jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazishda mazkur Uslubiyotning 2-ilovasida keltirilgan namunaviy savolnomadan foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tartibga solish ta’sirini baholashda axborotdan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Quyidagilar tartibga solish ta’sirini baholash uchun axborot manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rasmiy statistik ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tahliliy materiallar va nashrlar, ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar hamda yig‘ilishlar materiallari;
(45-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli tashkilotlar va ishlab chiquvchi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarning natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarda e’lon qilingan nashrlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish ta’sirini baholash doirasida davlat organi va tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar, shu jumladan bevosita joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida olingan (aniqlangan) ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(45-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Tartibga solish ta’sirini baholashda zarur bo‘lgan axborot va ma’lumotlarni to‘plash uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin (quyida keltirilgan usullar alohida yoki o‘zaro bir-birlarini to‘ldirgan holda birgalikda qo‘llanilishi mumkin):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik muhokamasi — loyihani tayyorlashda jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari hamda manfaatdor tomonlar bilan muhokamalar o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“namunaviy zavod uslubi” — loyihani ta’sir ko‘rsatishi kutilayotgan muayyan tarmoq doirasida korxonalarning texnik va iqtisodiy parametrlariga ko‘ra ajratib olib, bir yoki bir necha ana shunday korxonalarni hisob-kitob qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
so‘rovnomalar — asosan, pul shaklida ifoda etish murakkab bo‘lgan ta’sirlar qiymatini aniqlashda qo‘llaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekonometrik uslublar — ma’lum tartibga solish vositasini o‘rganilayotgan ko‘rsatkichga, boshqa omillar ta’siridan ajratgan holda, sof ta’sirini aniqlash taqozo etilganda qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Mazkur Uslubiyot O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash uslubiyotiga

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY SO‘ROVNOMA

1. Ushbu munosabat (soha) normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinishi kerakmi?
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tartibga solishdan ko‘zlangan maqsadga erishishning boshqacha varianti mavjudmi? Agar mavjud bo‘lsa, ulardan, yanada kam xarajatli va (yoki) samarali variantni ko‘rsating?
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Taklif etilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining (bundan buyon matnda loyiha deb yuritiladi) iqtisodiy soha, ijtimoiy soha va atrof-muhitga qanday salbiy yoki ijobiy ta’siri mavjud?
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Loyihada taklif qilinayotgan tartibga solish vositasi muammoni hal qilishning eng maqbul usuli hisoblanadimi?
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Loyiha qabul qilingan taqdirda, qanday xavflar va salbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin?
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyiha qabul qilingan taqdirda, qanday afzalliklar va ijobiy oqibatlar (foyda) yuzaga kelishi mumkin?
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Loyihada tadbirkorlarga ortiqcha byurokratik to‘siq va boshqa cheklovlar yoki asossiz xarajatlarga olib keluvchi qoidalar mavjudmi? Agar bo‘lsa ularni ko‘rsating?
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Loyihada ko‘rsatilayotgan muddatlar oqilona tanlanganmi, ortiqcha vaqt va (yoki) xarajatlarga olib kelmaydimi?
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Loyihada ko‘rsatilayotgan tartibga solishga oid qoidalar va vositalarni takomillashtirish yuzasidan qanday qo‘shimcha taklif va e’tirozlar mavjud?
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash uslubiyotiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY SO‘ROVNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu munosabat (soha) mazkur normativ-huquqiy hujjat (bundan buyon matnda Hujjat deb yuritiladi) bilan samarali va sifatli tartibga solingan, deb hisoblaysizmi?
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Hujjatni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsadlarga va ijobiy ko‘rsatkichlarga qay darajada erishildi?
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hujjatda ko‘rsatilgan tartibga solish vositasi va usulini qo‘llashda qanday kutilmagan salbiy va ijobiy oqibatlar vujudga keldi?
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hujjatda tadbirkorlarga ortiqcha byurokratik to‘siq va boshqa cheklovlar yoki asossiz xarajatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan qoidalar mavjudmi? Agar bo‘lsa ularni ko‘rsating?
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hujjatdagi tartibga solishga oid qoidalar va vositalar iqtisodiy soha, ijtimoiy soha va atrof-muhitga qanday salbiy yoki ijobiy ta’sir ko‘rsatdi?
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tartibga solishdan ko‘zlangan maqsadga erishishning boshqacha variantini qabul qilish kerakmi? Agar zarurat bo‘lsa, ulardan, yanada kam xarajatli va (yoki) samarali variantlarni ko‘rsating?
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Hujjatda ko‘rsatilgan tartibga solishga oid qoidalar va vositalarni takomillashtirish yuzasidan qanday qo‘shimcha taklif va e’tirozlar mavjud?
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-martdagi 7-mh-son buyrug‘iga

Normativ-huquqiy hujjat loyihasining tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha soddalashtirilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HISOBOT

1.

Loyiha turi va nomi

2.

Ishlab chiquvchi

3.

Sana

Tartibga solish ta’sirini baholash natijalari

4.

Muammo tahlili

muammo tavsifi;

muammo ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar va subyektlar (ularning soni);

bartaraf etish yoki oldini olish rejalashtirilayotgan zarar (maksimal 15 qator).

5.

Davlat aralashuvi zarurati

□ bozordagi muvaffaqiyatsizlik

□ iqtisodiyotni barqarorlashtirish

□ tartibga solishning samarasizligi

□ tovar va xizmatlar bozorida monopollashuvning oldini olish

□ ijtimoiy adolatni ta’minlash

□ aholining salomatligi va jamiyat xavfsizligi uchun xavf-xatar

□ atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish

_______________________

Izohlang (maksimal 10 qator).

6.

Maqsadlar

ko‘zlangan maqsadlar;

kutilayotgan natijalar (maksimal 10 qator).

7.

Yechim

muammoni hal qilishning muqobil usullari;

maqbul usul orqali joriy etilishi kutilayotgan tartibga solish vositalari (majburiyat, talab, taqiq, cheklov, javobgarlik yoki ularga rioya qilishni ta’minlash bo‘yicha ta’sir choralari, shuningdek, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari);

muqobil usullarning ijobiy va salbiy ta’sirlari hamda muammoni hal etishdagi ehtimoliy ulushi;

maqbul usulning boshqa usullarga nisbatan afzalligi;

muammoni hal qilish yoki uning salbiy ta’sirini kamaytirish bilan bog‘liq xatarlar (maksimal 15 qator).

Mazkur hisobotning to‘g‘riligi va ma’lumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman.

Davlat organi (tashkiloti) rahbari

________________
 
_____________________
 
(imzo)

(F.I.O.)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga solish usulining ta’sir doirasiga oid
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’LUMOTLAR

I. Iqtisodiy sohaga ta’sir

1. Iqtisodiy rivojlanish

Yashirin iqtisodiyot, investitsiya muhiti, ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish), import va eksport, tovar va xizmatlarning iste’mol darajasi, moliyaviy barqarorlik va moliyaviy bozorlar.

□ Ijobiy ta’sir

□ Salbiy ta’sir

Izohlang.

□ Ta’sir qilmaydi

2. Tadbirkorlik

Tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish, litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi va talablarining o‘zgarishi, tovarlar (xizmat ko‘rsatish) bahosi hamda boshqa moliyaviy majburiyatlar qiymatining o‘zgarishi.

□ Ijobiy ta’sir

□ Salbiy ta’sir

Izohlang.

□ Ta’sir qilmaydi

3. Kichik va o‘rta tadbirkorlik

Talab va majburiyatlarni bajarish yirik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun og‘irligi, ma’muriy to‘siqlar (masalan, ro‘yxatdan o‘tish, litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlarni olish), moliyaviy yuk darajasi, bozor shartlari va raqobat muhiti.

□ Ijobiy ta’sir

□ Salbiy ta’sir

Bunda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:

sohada tartibga solish doirasiga tushadigan tadbirkorlik subyektlari soni va tartibga solish vositasining har bir toifa uchun ta’sir darajasi;

kichik va o‘rta tadbirkorlikning tartibga solinayotgan sohadagi ahamiyati (masalan, ishlab chiqarishdagi (xizmat ko‘rsatishdagi) ulushi, bozordagi o‘rni);

tartibga solish vositasining bilvosita subyektlari (masalan, yetkazib beruvchilar, iste’molchilar).

□ Ta’sir qilmaydi

4. Davlat budjeti va fiskal siyosat

Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining o‘zgarishi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari (masalan, subsidiya, kompensatsiya, dotatsiya, davlat boji, soliq va bojxona imtiyozlari), tartibga solish va nazorat qilish xarajatlarining ortishi.

□ Ijobiy ta’sir

□ Salbiy ta’sir

Izohlang.

□ Ta’sir qilmaydi

5. Raqobat muhiti

Tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (yetkazib beruvchilar) doirasi va soni cheklanishi, yetkazib beruvchilarning o‘zaro raqobatlashish imkoniyati chegaralanishi, bozor munosabatlarida o‘zaro raqobatlashishga qiziqishining pasayishi, yangi texnologiyalar, mahsulotlar yoki biznes modellarini amaliyotga joriy etishning cheklanishi, iste’molchilar uchun kerakli axborotni tanlash imkoni chegaralanishi.

□ Ijobiy ta’sir

□ Salbiy ta’sir

Izohlang.

□ Ta’sir qilmaydi

6. Bandlik va mehnat bozori

Ishsizlik va bandlik darajasi, muayyan sohalarda ishchi kuchiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi, mehnat sharoitlari (shartlari) va ish haqi, xodimlarning malakasini oshirish va kasbga o‘qitish, xodimlarning ijtimoiy himoyasi, norasmiy bandlik.

□ Ijobiy ta’sir

□ Salbiy ta’sir

Izohlang.

□ Ta’sir qilmaydi

II. Ijtimoiy sohaga ta’sir

7. Ijtimoiy adolat va gender tenglik

Shaxslarni kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi, huquqlardan aholining barcha qatlami (nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, bolalar va aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalari) tomonidan foydalana olish imkoniyati, ta’lim, axborot olish huquqi va so‘z erkinligining cheklanmasligi, mulk huquqining daxlsizligi, huquq va xizmatlardan to‘siqsiz foydalanish.

□ Ijobiy ta’sir

□ Salbiy ta’sir

Izohlang.

□ Ta’sir qilmaydi

8. Kambag‘allik darajasi

Tartibga solish vositasining aholi (ayniqsa, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari) daromadlariga va ijtimoiy tengsizlikka ta’siri, ish o‘rinlari, ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan imkoniyatning cheklanmasligi, shaxslarning mehnatga bo‘lgan munosabatining o‘zgarishi, mehnat munosabatlarida ijtimoiy tenglik va inklyuzivlik.

□ Ijobiy ta’sir

□ Salbiy ta’sir

Izohlang.

□ Ta’sir qilmaydi

9. Sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat

Aholining barcha qatlami (ayniqsa, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari) malakali tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, tibbiy xizmatlar va dori vositalari hamda protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari narxining o‘zgarishi, sog‘lom turmush tarziga ta’sirlar, sog‘lom va yuqori ozuqaviy qiymatga ega oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi.

□ Ijobiy ta’sir

□ Salbiy ta’sir

Izohlang.

□ Ta’sir qilmaydi

III. Atrof-muhitga ta’sir

10. Tabiiy resurslar

Resurslardan foydalanish barqarorligi, ularni taqsimlash va ulardan foydalanish, suv va suv resurslari, yer maydonlarini boshqarish, foydali qazilmalarni qazib olish.

□ Ijobiy ta’sir

□ Salbiy ta’sir

Izohlang.

□ Ta’sir qilmaydi

11. Havo, suv va tuproq sifati

Havo, suv va tuproqning ifloslanish darajasiga ta’sir, ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi (emissiyasi) va oqava suvlarni chiqarish standartlari, shuningdek, atrof-muhit sifatini nazorat qilish tartiblarining o‘zgarishi.

□ Ijobiy ta’sir

□ Salbiy ta’sir

Izohlang.

□ Ta’sir qilmaydi

12. Bioxilma-xillik va ekotizimlar

Bioxilma-xillikni muhofaza qilish va ekotizimlar (masalan, o‘rmonlar, suv havzalari) holati, noyob va yo‘qolib borayotgan o‘simliklar va hayvonlar turlariga ta’sir, ekotizimlarda ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasining kengayishi.

□ Ijobiy ta’sir

□ Salbiy ta’sir

Izohlang.

□ Ta’sir qilmaydi

13. Iqlim o‘zgarishi va issiqxona gazlari chiqarilishi (emissiyasi)

Energiya resurslaridan sanoat va maishiy iste’molda foydalanish natijasida ajralayotgan issiqxona gazlari, xavfli moddalar hajmining o‘zgarishi, energiya resurslari samaradorligi, iqlim o‘zgarishiga moslashish.

□ Ijobiy ta’sir

□ Salbiy ta’sir

Izohlang.

□ Ta’sir qilmaydi

14. Chiqindilarni boshqarish

Chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish, chiqindilar hajmining o‘zgarishi, suv havzalariga va joy relyefiga zararli tashlamalarni tashlanishi.

□ Ijobiy ta’sir

□ Salbiy ta’sir

Izohlang.

□ Ta’sir qilmaydi

15. Inson salomatligi va hayot sifati

Havo, suv, tuproq va shovqinli ifloslanish darajasining insonlarga ta’siri, yashash sharoitlari va sifatining yomonlashuvi.

□ Ijobiy ta’sir

□ Salbiy ta’sir

Izohlang.

□ Ta’sir qilmaydi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi odatda bir nechta sohaga ta’sir qiladi. Har bir sohani tushunishni osonlashtirish uchun kalit so‘zlarning to‘liq bo‘lmagan ro‘yxati keltirilgan. Tartibga solinayotgan munosabatlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, boshqa ta’sirlar ham tahlil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tartibga solish usuli tegishli munosabatlarda salbiy ta’sirga ega bo‘lgan va ushbu tartibga usuli muammoni hal qilish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda har bir salbiy ta’sirni kamaytirish, yumshatish choralari ishlab chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tartibga solish usuli tegishli munosabatlarga ta’sir qilmagan taqdirda izohlash talab etilmaydi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-martdagi 7-mh-son buyrug‘iga
3-ILOVA

Normativ-huquqiy hujjat loyihasining tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha kengaytirilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HISOBOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Loyiha turi va nomi

2.

Ishlab chiquvchi

3.

Vakolatli organlarning xulosalari olinganligi

4.

Sana

Tartibga solish ta’sirini baholash natijalari

5.

Foyda va xarajat

Joriy xarajat:

qiymat

Joriy foyda:

qiymat

Kutilayotgan xarajat:

qiymat

Kutilayotgan foyda:

qiymat

6.

Muammo tahlili

muammo tavsifi;

muammo ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar va subyektlar (ularning soni);

bartaraf etish yoki oldini olish rejalashtirilayotgan zarar (maksimal 15 qator).

7.

Davlat aralashuvi zarurati

□ bozordagi muvaffaqiyatsizlik

□ iqtisodiyotni barqarorlashtirish

□ tartibga solishning samarasizligi

□ tovar va xizmatlar bozorida monopollashuvning oldini olish

□ ijtimoiy adolatni ta’minlash

□ aholining salomatligi va jamiyat xavfsizligi uchun xavf-xatar

□ atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish

_______________________

Izohlang (maksimal 10 qator).

8.

Ko‘zlangan maqsadlar va natija

ko‘zlangan maqsad va samaradorlikni aniqlash ko‘rsatkichlari (indikatorlari);

davlat aralashuvidan kutilayotgan natija va unga erishilishini aniqlash ko‘rsatkichlari (aniq, o‘lchovli, maqbul, muddatli va boshqa mezonlar asosida) (maksimal 10 qator).

9.

Yechim

muammoni hal qilishning muqobil usullari;

muqobil usullar orasidan tanlangan maqbul usul;

maqbul usulning boshqa usullarga nisbatan afzalligi (maksimal 15 qator).

Mazkur hisobotning to‘g‘riligi va ma’lumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman.

Davlat organi (tashkiloti) rahbari

____________________

__________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga solish ta’sirini baholash natijalariga oid

1. Muammo tahlili va davlat aralashuvi zarurati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammo vujudga kelgan soha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaning huquqiy tartibga solinganlik holati (normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati, shuningdek, tartibga solishdagi bo‘shliqlar) va huquqni qo‘llash amaliyoti (murojaatlar, shikoyatlar, sud tartibidagi ishlar soni, xarakteri va mazmuni);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammo ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar va/yoki subyektlar (subyektlar sonining yillar kesimidagi o‘zgarish ko‘rsatkichi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammoning mavjudligi sababli kelib chiqqan (chiqishi mumkin bo‘lgan) salbiy oqibatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammoga oid statistik ma’lumotlar hamda boshqa miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlar (misol uchun, ushbu sohada muammo mavjudligi sababli 1,5 mingta qonun buzilishlar sodir etilgan bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarga 500 mln so‘m miqdorda zarar yetkazilgan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solinishi kerak bo‘lgan sohada davlat aralashuvining zarurati (sabablari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish orqali erishilishi lozim bo‘lgan maqsadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani qabul qilishdan kutilayotgan natija;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir maqsad bo‘yicha tartibga solish maqsadlariga erishish darajasini tavsiflovchi sifat va miqdoriy o‘lchov indikatorlari (ko‘rsatkichlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
indikatorlarni hisoblash usuli va ma’lumot manbalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Muqobil usullar tavsifi va ta’sir doirasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish maqsadlariga erishishga xizmat qiladigan muqobil usullar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir usulning afzalliklari va kamchiliklari (aniq dalil va raqamlar bilan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqobil usullarning iqtisodiy sohaga (iqtisodiy rivojlanish, tadbirkorlik, kichik va o‘rta tadbirkorlik, davlat budjeti va fiskal siyosat, bandlik va mehnat bozori) ta’siri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqobil usullarning ijtimoiy sohaga (ijtimoiy adolat va gender tenglik, kambag‘allik darajasi, sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat) ta’siri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqobil usullarning atrof-muhitga (tabiiy resurslar, havo, suv va tuproq sifati, bioxilma-xillik va ekotizimlar, iqlim o‘zgarishi va issiqxona gazlari chiqarilishi (emissiyasi), chiqindilarni boshqarish, inson salomatligi va hayot sifati) ta’siri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqobil usullarning raqobat muhitiga (tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (yetkazib beruvchilar) doirasi va soni cheklanishi, yetkazib beruvchilarning o‘zaro raqobatlashish imkoniyati chegaralanishi, bozor munosabatlarida o‘zaro raqobatlashishga qiziqishining pasayishi, yangi texnologiyalar, mahsulotlar yoki biznes modellarini amaliyotga joriy etishning cheklanishi, iste’molchilar uchun kerakli axborotni tanlash imkoni chegaralanishi) ta’siri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Muqobil usullarning iqtisodiy tahlili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muqobil usullarni tahlil qilish va o‘zaro taqqoslashda hamda tanlangan usulning boshqa muqobil usullardan ustunligini asoslantirishda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foyda va xarajatlar tahlili metodi;

xarajatlar samaradorligi tahlili metodi;

ko‘p mezonli tahlil metodi;

boshqa iqtisodiy tahlil usullari.

Tahlil natijalari quyidagi jadvalda aks ettiriladi:

Manfaatdor tomonlar

Usullar

Foyda

Xarajat

Xulosa

1-manfaatdor tomon

1-usul

2-usul

3-usul

2-manfaatdor tomon

Izoh: tahlil qamroviga mos ravishda qo‘shimcha ustun va qatorlar kiritiladi.

5. Chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha qabul qilinishi bilan unda belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy, texnik, uslubiy va boshqa chora-tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilishi belgilangan har bir chora-tadbirlar bo‘yicha mas’ul ijrochilar, amalga oshirish muddatlari, ularni moliyalashtirish hajmi va manbalari, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Muhokama natijalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha va TSTB hisoboti yuzasidan bildirilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari, ekspertlar, ilmiy doira vakillarining taklif va mulohazalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif va mulohazalarni ko‘rib chiqish natijalari.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-martdagi 7-mh-son buyrug‘iga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HISOBOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Normativ-huquqiy hujjat turi, nomi va rekvizitlari

2.

TSTBni o‘tkazuvchi davlat organi yoki tashkiloti

3.

Vakolatli organlarning xulosalari olinganligi

4.

Sana

Tartibga solish ta’sirini baholash natijalari

5.

Xulosa

TSTBdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usullarining amal qilishi maqsadga muvofiqligi, ularga o‘zgartirish kiritish lozimligi yoki ularni bekor qilish zarurligi to‘g‘risida xulosa (maksimal 10 qator).

6.

Hujjatning ta’sir doirasi

tartibga solish usuli ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar va/yoki subyektlar (manfaatdor tomonlar) (maksimal 10 qator).

7.

Hujjatning natijadorligi va samaradorligi

normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi natijasida erishilgan maqsadlar, ularning natijadorligi va samaradorlik ko‘rsatkichlari (maksimal 10 qator).

8.

Hujjatning ijobiy va salbiy oqibatlari

normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qo‘llashda vujudga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlar (maksimal 10 qator).

Mazkur hisobotning to‘g‘riligi va ma’lumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman.

Davlat organi (tashkiloti) rahbari

____________

________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga solish ta’sirini baholash natijalariga oid
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’LUMOTLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tartibga solish usulining ta’sir doirasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish usuli ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar va/yoki subyektlar (manfaatdor tomonlar) (subyektlar sonining (ulushi) yillar kesimidagi o‘zgarish ko‘rsatkichi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tartibga solish usulining natijadorligi ko‘rsatkichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish usuli bilan o‘rnatilgan tartibga solish vositasining natijadorligi, maqsadlarga erishilganligi (jumladan, loyihasi ishlab chiqilgan davrda qo‘yilgan maqsadlar, har bir maqsad bo‘yicha prognoz qilingan indikativ ko‘rsatkichlar, qo‘yilgan maqsadlarga erishilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar, erishilgan indikativ ko‘rsatkichlar, ularning o‘lchov birligi va hisoblash usullari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tartibga solish usulining ijobiy va salbiy oqibatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish usulining iqtisodiy sohaga (iqtisodiy rivojlanish, tadbirkorlik, kichik va o‘rta tadbirkorlik, davlat budjeti va fiskal siyosat, bandlik va mehnat bozori) ta’siri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish usulining ijtimoiy sohaga (ijtimoiy adolat va gender tenglik, kambag‘allik darajasi, sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat) ta’siri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish usulining atrof-muhitga (tabiiy resurslar, havo, suv va tuproq sifati, bioxilma-xillik va ekotizimlar, iqlim o‘zgarishi va issiqxona gazlari chiqarilishi (emissiyasi), chiqindilarni boshqarish, inson salomatligi va hayot sifati) ta’siri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish usulining raqobat muhitiga (tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (yetkazib beruvchilar) doirasi va soni cheklanishi, yetkazib beruvchilarning o‘zaro raqobatlashish imkoniyati chegaralanishi, bozor munosabatlarida o‘zaro raqobatlashishga qiziqishining pasayishi, yangi texnologiyalar, mahsulotlar yoki biznes modellarini amaliyotga joriy etishning cheklanishi, iste’molchilar uchun kerakli axborotni tanlash imkoni chegaralanishi) ta’siri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tartibga solish usulining samaradorligi (iqtisodiy tahlili)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga solish usulining samaradorligi quyidagi ma’lumotlar asosida iqtisodiy tahlil usullarini qo‘llagan holda o‘rganiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erishilgan natija va sarflangan resurslardan foydalanish o‘rtasidagi bog‘liqlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor tomonlarga keladigan tartibga solish xarajatlari, shuningdek, uning afzalliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foyda va xarajatlarga ta’sir ko‘rsatadigan omillar va ularning tartibga solish bilan bog‘liqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solish usulining samaradorlik ko‘rsatkichlariga oid boshqa ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga solish usulining samaradorligini tahlil qilishda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foyda va xarajatlar tahlili metodi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlar samaradorligi tahlili metodi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p mezonli tahlil metodi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa iqtisodiy tahlil usullari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahlil natijalari quyidagi jadvalda aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Manfaatdor tomonlar

Tartibga solish usuli

Foyda

Xarajat

Xulosa

1-manfaatdor tomon

2-manfaatdor tomon

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: tahlil qamroviga mos ravishda qo‘shimcha ustun va qatorlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. TSTB hisoboti muhokamadan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TSTB hisobotini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish natijalari to‘g‘risida ma’lumot (jumladan, TSTB hisoboti muhokamaga qo‘yilgan davr, kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertlar, ilmiy doira vakillarining taklif va mulohazalari hamda ularni ko‘rib chiqish natijalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Normativ-huquqiy hujjatni baholashga imkon beradigan boshqa ma’lumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xulosa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TSTBdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usullarining amal qilishi maqsadga muvofiqligi, ularga o‘zgartirish kiritish lozimligi yoki ularni bekor qilish zarurligi to‘g‘risida xulosa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: normativ-huquqiy hujjatning loyihasi ishlab chiqilganda tayyorlangan TSTB hisoboti va u bo‘yicha vakolatli organlarning xulosalari (mavjud bo‘lsa) ushbu hisobotga ilova qilinadi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2021-y., 10/21/3292/0258-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)