29.03.2021 yildagi 161-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.12.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankini xalqaro moliya institutlari ishtirokida xususiylashtirish va transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 778-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/778/1207-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoni ijrosini taʼminlash, “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining raqobatbardoshligi va investitsion jozibardorligini yuqori darajaga koʻtarish hamda kelgusida xususiylashtirish uchun “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini jahon tajribasi asosida transformatsiya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 5-iyulda “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining (keyingi oʻrinlarda — Bank) faoliyatini institutsional oʻzgartirish va zamonaviy biznes modelini joriy etish boʻyicha Bank va Xalqaro moliya korporatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — XMK) oʻrtasida loyihaga xizmat koʻrsatish kelishuvi, 2021-yil 17-fevralda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — YETTB) bilan aktivlar va passivlarni boshqarishni takomillashtirish va xalqaro tajribani joriy qilish yuzasidan texnik yordam koʻrsatish kelishuvi imzolanganligi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 778-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/778/1207-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XMK, YETTB va Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) tomonidan mos ravishda 75 million, 50 million va 50 million AQSh dollari ekvivalentigacha miqdorda har bir kreditorning xohishiga koʻra toʻliq yoki uning bir qismini Bankning qoʻshimcha chiqariladigan oddiy aksiyalariga konvertatsiya qilish imkoniyati bilan kredit liniyalari ochilishi toʻgʻrisida bitimlar imzolanishi rejalashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 778-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/778/1207-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Bank faoliyatining mustaqilligini taʼminlash maqsadida xususiylashtirishga tayyorgarlik koʻrish jarayonida 2021-yilning dekabr oyi oxirigacha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar (kelgusi davrlarda ularga toʻliq rioya etilishi taʼminlanadi) amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-apreldagi 356-son qarorining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan tartibni Bank kuzatuv kengashi aʼzoligiga va boshqaruviga nomzodlarni koʻrsatish va tayinlashga nisbatan tatbiq etmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank kuzatuv kengashining yangi tarkibini bank strategiyasi yoʻnalishidan kelib chiqqan holda xalqaro bank tajribasiga ega mustaqil aʼzolarni jalb qilish va ularning sonini besh nafarga yetkazish (Bank kuzatuv kengashi aʼzolari soni toʻqqiz nafar ekanligi inobatga olinib) orqali shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank kuzatuv kengashi huzuridagi qoʻmitalarni shakllantirishda xalqaro amaliyot talablarini inobatga olgan holda qoʻmitalar tarkibi asosan mustaqil aʼzolardan iborat boʻlishini va/yoki ularning qoʻmitalar raisligiga tayinlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank kuzatuv kengashi aʼzolarini ragʻbatlantirish va mukofotlash tizimida xalqaro tajriba standartlarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank kuzatuv kengashi tomonidan Bank ijro etuvchi organini, shuningdek ijro etuvchi organ aʼzolarining (boshqaruv raisi va aʼzolari) mehnatiga haq toʻlash miqdorini bozor amaliyoti standartlari va Bankdagi mehnat samaradorligini baholash tizimidan (KPI) kelib chiqqan holda shakllantirish va belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankka aloqador shaxslar, shu jumladan davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlari bilan xar qanday operatsiyalarni tartibga soluvchi siyosatni joriy qilish va unga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishda operatsion mustaqillik, bozor tamoyillari va xatarlarni boshqarish tizimidan kelib chiqqan holda Bankning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan mustaqil ravishda, Bank siyosati asosida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank faoliyatiga xos boʻlmagan yoʻnalishda tijorat tashkilotlarining ustav fondi (kapitali)ga Bank mablagʻlarini investitsiya tariqasida jalb qilishni man etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. XMKning Bank aksiyadorlari tarkibiga kirish toʻgʻrisidagi tegishli xabarnomasi olingandan soʻng (bunday xabarnoma olingandan keyin 90 kundan kechiktirilmagan muddatda) quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankni Vazirlar Mahkamasining kotibiyatlariga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek,mahalliy ijroiya hokimiyati organlari roʻyxatidan chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil direktorlar orasidan Bank kuzatuv kengashi raisini saylash.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moliya vazirligi Bank bilan birgalikda XMK hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Bankni xususiylashtirish jarayonining asosiy bosqichlarini hamda korporativ boshqaruv tuzilmasiga oʻzgarishlar kiritishga va axborotni oshkor qilish amaliyotini joriy qilishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni, shuningdek, tomonlarning Bankni xususiylashtirish jarayonini amalga oshirishga doir majburiyatlari 2023-yil yakuniga qadar bajarilishini nazarda tutadigan “yoʻl xaritasi”ni (keyingi oʻrinlarda — “yoʻl xaritasi”) ikki oy muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bank kuzatuv kengashi va boshqaruviga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh ofis va filiallar tarmogʻi xodimlarini ragʻbatlantirish mexanizmiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shu jumladan mijozlarning sadoqati va qoniqish darajasidan kelib chiqqan holda mehnat samaradorligini baholash tizimini (KPI) joriy etish jarayonini jadallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankning investitsiya faoliyati natijasida xarid qilingan va bank faoliyatiga xos boʻlmagan aktivlarni sotish. Aktivlarni ular savdoga qoʻyilgan muddatdan boshlab 3 oy davomida baholash (bozor) qiymatida sotish (ulushni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sotish) imkoni boʻlmaganda, ularning bozor narxini nominal qiymatgacha kamaytirish va ushbu masalani Bank kuzatuv kengashi yigʻilishida koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank aksiyadorlarining manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan, bank aktivlari va kredit portfeli tuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, xorijiy valyutadagi kreditlar ulushini kamaytirish boʻyicha samarali choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank xizmatlarining jozibadorligini oshirish, zamonaviy va masofaviy moliyaviy xizmat turlarini, IT-texnologiyalarni qoʻllashni kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini (ayniqsa, tavakkalchiliklarni boshqarish, IT sohasida) muntazam ravishda takomillashtirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritasi”ga muvofiq 2023-yil oxiriga qadar Bankni xususiylashtirish va bank ustav fondi (kapitali)dagi davlat ulushini 50 foizdan kamaytirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankning XMK, YETTB va OTB bilan imzolangan (imzolanadigan) tegishli kredit bitimlarida nazarda tutilgan shartlar asosida Bankning kredit boʻyicha XMK, YETTB va OTB oldidagi qarzdorligining jami summasi yoki bir qismini bank tomonidan qoʻshimcha chiqariladigan oddiy aksiyalarga konvertatsiya qilish imkoniyatini berish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 778-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/778/1207-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank “yoʻl xaritasi”da koʻrsatilgan muddatgacha xususiylashtirilmagan yoki ushbu qarorning 7-bandida qayd etilgan bitimlar shartlari bajarilmagan taqdirda, Bankning XMK, YETTB va OTBga tegishli oddiy aksiyalarini qayta sotib olish boʻyicha davlat majburiyatini qabul qilish.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 778-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/778/1207-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan muzokaralar olib borish vakolati berilsin va Oʻzbekiston Respublikasi nomidan harakat qiladigan Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — TTJ) hamda XMK, YETTB, OTB oʻrtasida belgilangan tartibda quyidagi bitimlar tuzilishi maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu loyihani amalga oshirish uchun tomonlar majburiyatlari, shu jumladan, Bankdagi davlat nazorat paketini kamaytirish tartibi, muddati va usullari, shuningdek, Bank faoliyatini tijoratlashtirishga erishish va uning operatsion mustaqilligini oshirishga doir chora-tadbirlar koʻrsatilgan implementatsiya toʻgʻrisidagi bitimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XMK, YETTB, OTB bilan kredit bitimlarining amal qilish muddati mobaynida Bank ustav fondi (kapitali)dagi davlat ulushini kamida 50 foiz va bir dona aksiya miqdorida saqlashni nazarda tutadigan (davlat tomonidan “yoʻl xaritasi”ga muvofiq oʻz majburiyatlarini bajarish hollari bundan mustasno) ustav fondi (kapitali)dagi miqdorni saqlash toʻgʻrisidagi bitim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankning taqdim etilgan kreditlar boʻyicha XMK, YETTB va OTB oldidagi qarzdorligining jami summasi yoki bir qismini Bankning qoʻshimcha chiqarilgan oddiy aksiyalariga konvertatsiya qilish boʻyicha tegishli opsionini XMK, YETTB va OTB tomonidan amalga oshirishda tuziladigan va Moliya vazirligi, TTJ, XMK, YETTB hamda OTBning Bankni boshqarish boʻyicha vakolatlari aniq koʻrsatilgan aksiyadorlik bitimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va/yoki Bank tomonidan “yoʻl xaritasi” va bitimlar shartlari bajarilmagan taqdirda, Bankning XMK, YETTB va OTBga tegishli boʻlgan aksiyalarini Bankning taqdim etilgan kredit boʻyicha XMK, YETTB va OTB oldidagi qarzdorligining jami summasi yoki bir qismini Bankning qoʻshimcha chiqarilgan oddiy aksiyalariga konvertatsiya qilish boʻyicha tegishli opsionini XMK, YETTB va OTB tomonidan amalga oshirishda tuziladigan shartnomada belgilangan tartibda TTJ tomonidan qayta sotib olish boʻyicha davlat majburiyatlarini oʻz ichiga oladigan aksiyalarni qayta sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu loyiha va “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa bitimlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 778-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/778/1207-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “yoʻl xaritasi” va bitimlar shartlari davlat tomonidan bajarilmagan taqdirda, TTJ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalarni qayta sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq aksiyalar qiymati toʻlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankning XMKga tegishli boʻlgan aksiyalarini birja yoki birjadan tashqari savdolarga qoʻymasdan, toʻgʻridan toʻgʻri bitimlar tuzish orqali sotib olish huquqidan foydalanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) TTJning Bank ustav fondi (kapitali)dagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-noyabrdagi PQ-4015-son qaroriga muvofiq kiritilgan 50 mln AQSh dollar ekvivalentidagi ulushi Bankni xususiylashtirish jarayonida investorlarga sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 29-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2021-y., 09/21/161/0248-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/778/1207-son; 01.08.2023-y., 07/23/253/0548-son)