12.03.2021 yildagi SQ-262-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 12-moddasi hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat xizmatlari koʻrsatilishi holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi ilovaga muvofiq yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi parlament soʻrovini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha 2021-yilning 5-mayiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yozma javob taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Umarov) parlament soʻroviga kelib tushadigan javobni tahlil qilib, Oliy Majlis Senati Kengashiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 12-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-262-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 12-martdagi SQ-262-IV-sonli qaroriga
ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PARLAMENT SOʻROVI
(Davlat xizmatlari koʻrsatilishi holati yuzasidan parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisida)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi davlat xizmatlari koʻrsatilishida vazirliklar, davlat organlari va boshqa tashkilotlardagi muammolarni oʻrgandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahlillarga koʻra, bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2750-sonli qarori, 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5278-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi “2018-2020-yillar davrida faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan jadvallarga muvofiq bosqichma-bosqich joriy qilinib kelingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-sonli Farmonida vakolatli organlarga joriy etilishi rejalashtirilgan har bir xizmat boʻyicha Maʼmuriy reglamentlarni ishlab chiqish va Hukumatga tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritish vazifasi yuklangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, bugungi kunga qadar ayrim vazirlik va idoralar tomonidan mazkur vazifa ijrosining oʻz vaqtida taʼminlanmaganligi baʼzi turdagi xizmatlarning oʻz vaqtida joriy qilinmasligiga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Ichki ishlar vazirligi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali dori vositasi va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish hamda maxsus qoʻllaniladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, ozuqaviy qoʻshimchalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini chetdan keltirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma berish xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma olish, sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish, sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish, qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat bilan shugʻullanishga litsenziya olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan sanoat xavfsizligi boʻyicha ekspertiza xulosasi olish xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari bugungi kunga qadar joriy etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-sonli Farmoniga asosan sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish va manzil-maʼlumot axborot berish 2020-yil 1-sentabrdan, fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy borligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish va turar joyning maydoni toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish 2020-yil 1-iyuldan davlat organlari tomonidan talab qilish tartibi bekor qilinganligiga qaramay, mahalliy hokimliklar, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash, ichki ishlar va mudofaa organlari, Xalq taʼlimi vazirligiga qarashli muassasalar ushbu maʼlumotlarni hanuzgacha talab etib kelayotganligi aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini koʻrsatish agentligi tez va sifatli xizmat koʻrsatishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan davlat idoralariga tegishli javobgarlik choralarini qoʻllashiga qaramasdan, ular tomonidan idoralararo oʻzaro elektron hamkorlikni tashkil qilish, ularni “Elektron hukumat” tizimiga integratsiya qilish ishlari yetarlicha yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunga sabab sifatida davlat xizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etuvchi idoralarning axborot tizimi ishlab chiqilmaganligi, axborot tizimlarini ishga tushirish, arxiv maʼlumotlarini raqamlashtirish, axborot tizimiga doimiy texnik xizmat koʻrsatish uchun yetarli darajada mablagʻlar ajratilmayotganligi kabi holatlarni keltirish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Statistik maʼlumotlarga koʻra, 80 ta davlat idorasining faqat 35 tasigina elektron tarzda xizmat koʻrsatmoqda. Ulardan 13 ta davlat idorasining 87 ta davlat xizmati turlari uchun axborot tizimlari yaratilgan, 78 tasi integratsiya qilingan, 61 ta davlat xizmati uchun oʻzining axborot tizimi mavjud emasligi sababli DXA personal kabinetiga joylashtirilgan (Energetika vazirligi, Kapital bozorni rivojlantirish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzdavenergonazorat inspeksiyasi, Hududiy gaz taʼminoti korxonalari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, aksariyat davlat organlarining arxiv maʼlumotlari raqamlashtirilmaganligi sababli davlat xizmatlarini avtomatik tarzda (onlayn yoki masofadan) koʻrsatish imkoniyati cheklangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini koʻrsatishda qoʻllaniladigan elektron maʼlumotlar bazalarini shakllantirish uchun mashinada oʻqiladigan formatda raqamlashtirilishi boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar tomonidan axborot tizimlarini yaratish va ulardagi maʼlumotlar toʻplamlarini raqamlashtirish ishlari juda sust darajada olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu esa, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4193-sonli va 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-sonli Farmonlari ijrosi taʼminlanmay, fuqarolarning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, 2020-yil davomida kadastr idoralari 21 018 ta (2019-yilda 71 352 ta), gaz taʼminoti korxonalari 16 358 ta (2019-yil 7 488 ta), elektr taʼminoti korxonalari 12 632 ta (2019-yilda 13 766 ta), suv taʼminoti korxonalari 7 258 ta (2019-yilda 7 789 ta), Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimlari 7 638 ta (2019-yilda 12 696 ta), Qurilish vazirligi tizimida 5 877 ta (2019-yilda 17 723 ta), soliq idoralari 8 219 ta (2019-yilda 9 741 ta), maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida 882 ta (2019-yilda 4 655 ta) qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosaga koʻra, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat xizmatlarini koʻrsatishda foydalaniladigan axborot tizimining avtomatlashtirilmaganligi, inson omiliga tayanilganligi, davlat xizmatlari boʻyicha masʼul xodimlarning ish hajmi koʻpligi, ularga funksional vazifalaridan tashqari boshqa qoʻshimcha vazifalar yuklatilganligi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish jarayonida vertikal nazoratning yoʻlga qoʻyilmaganligi va joylardagi vakolatli xodimlar tomonidan murojaatlar ijrosini nazorat qilishning oʻz holiga tashlab qoʻyilganligi achinarli vaziyatni keltirib chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 12-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida”gi PQ-4193-sonli Qarori va 2020-yil 31-yanvardagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5930-sonli Farmoni ijrosiga doir chora-tadbirlar haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlarida belgilangan muddatda Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilishi taʼminlanmagan davlat xizmatlari yuzasidan asoslantirilgan batafsil maʼlumotni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) elektron axborot tizimlarini integratsiya qilishda yagona standartlarni joriy etish, bunda vazirlik va idoralar, shuningdek tijorat banklari tomonidan elektron maʼlumotlar bazalarini shakllantirishda hamda barcha davlat xizmatlaridan foydalanishda JSHSHIR, STIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami), bino va inshootlarning kadastr raqamlari va avtotransport vositasining identifikatsiya raqami (USH) majburiy tartibda foydalanish holati haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) “Elektron hukumat” doirasida axborot tizimlarini ishlab chiqishda texnik hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish jarayonini soddalashtirish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida tizimli ravishda yoʻl qoʻyilayotgan qonun buzilish holatlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlari haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) amaldagi qonunchilikda davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladigan tartib-taomillar belgilanganligini inobatga olib, masʼuliyatni yanada oshirish maqsadida vazirlik va davlat idoralari xodimlari tomonidan qonunbuzilganlik uchun tegishli javobgarlikni belgilash masalasi boʻyicha rejalar toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) yuqorida qayd etilgan salbiy holatlarga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlar, ularning oqibatlari boʻyicha tahliliy ishlar, ushbu holatlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan kompleks va tizimli chora-tadbirlar toʻgʻrisida yozma shaklda asoslantirilgan tushuntirish berish talabi qoʻyilgan parlament soʻrovi bilan murojaat etadi va javobingiz Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinib, uning yakunlari boʻyicha qaror qabul qilinishi maʼlum qilinadi.