1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatini kompleks rivojlantirish, mineral xomashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash orqali innovatsion tadbirkorlik va yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu asosda respublikaning eksport hajmlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-son Farmoniga muvofiq “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi o‘rinlarda — “Urgut” EIZ) uchun Samarqand viloyatining Urgut, Pastdarg‘om, Nurobod tumanlari hamda Samarqand shahridan jami 918,0 gektar yer maydoni ajratilganligi, shundan 278,7 gektar yer maydonida “Urgut” EIZ ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan investitsiya loyihalari amalga oshirilayotganligi, 207,2 gektar yer maydonida muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasi obyektlari joylashtirilganligi, 173,1 gektar yer maydoni muhofaza zonalaridan iborat ekanligi hamda 259,0 gektar yer maydonida istiqbolli investitsiya loyihalarini joylashtirish rejalashtirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Urgut” EIZ hududida qiymati 313,0 mln dollarlik, shundan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 56,8 mln dollar bo‘lgan 55 ta investitsiya loyihasi ishga tushirilganligi, shuningdek, 4 328 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilganligi hamda umumiy qiymati 90,0 mln dollarlik, shundan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 23,2 mln dollar bo‘lgan 29 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga muvofiq “Urgut” EIZ tarkibiga kiritilgan Samarqand viloyati Urgut tumani “Mergancha” mavzesidagi 21,09 ga yer maydoni 2015-2016-yillarda Urgut tumani hokimining qaroriga asosan 52 ta tadbirkorlik subyektiga ajratib berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Samarqand viloyati hokimligining Samarqand viloyatining Urgut tumani “O‘ramas” mavzesi hududidan 50 gektar (shundan 27,7 gektari noqulay relyefda joylashgan, tuproq unumdorligi jihatidan 56,3 ball bonitet bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari) hamda Samarqand shahar hokimligi zaxirasidagi Samarqand shahri “Xishrav” mavzesida joylashgan 294 gektar (shundan 33,6 gektari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari) yer uchastkalarini ajratish hisobiga “Urgut” EIZ hududini kengaytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki, “Urgut” EIZ hududini ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan yer maydonlari hisobiga kengaytirish Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda yer maydonlari ajratilishi bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Energetika vazirligi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar “Urgut” EIZning “Mergancha” hamda “Sariqtepa” mavzelarida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Urgut tumanidan o‘tuvchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘idan alohida tarmoq chiqargan holda podstansiya qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qurilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, “Urgut” EIZ ishtirokchilari uchun barpo qilingan muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga “Urgut” EIZ hududidan tashqarida bo‘lgan iste’molchilarning ulanishi qat’iyan man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Samarqand viloyati hokimligi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda loyiha-smeta hujjatlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti va Samarqand viloyatining mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtirish hisobiga “Urgut” EIZ direksiyasining ma’muriy binosi qurilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Urgut” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish hamda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi DUK — buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatining mahalliy budjeti mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar “Urgut” EIZning bosh rejasini ishlab chiqishni moliyalashtirish manbalari etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Urgut” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha bosh pudratchi tashkilot tanlov asosida aniqlanishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Samarqand viloyati hokimligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga asosan “Urgut” EIZ hududi tarkibiga kiritilgan Urgut tumani “Mergancha” mavzesida loyihalar joylashtirilmagan 37,0 gektar yer maydonida ichki avtomobil yo‘llarini qurish va yangi investitsiya loyihalarini joylashtirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Samarqand viloyati hokimligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda uch yil muddatda sug‘oriladigan yer maydonlari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida “Urgut” EIZ loyihalarini joylashtirish uchun ajratilayotgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlariga teng miqdorda yangi yerlar o‘zlashtirilishi choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Samarqand viloyati hokimligi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Urgut” EIZ tarkibiga kiritilgan Samarqand viloyati Urgut tumani “Mergancha” mavzesidagi Urgut tumani hokimining qarorlariga asosan 2015-2016-yillarda ajratib berilgan 21,09 ga yer maydonida 52 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan qurilgan bino va inshootlarga kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Samarqand viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Urgut” EIZ direksiyasi va tijorat banklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Samarqand viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlarini, shuningdek, mavjud mineral-xomashyo, qishloq xo‘jaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan holda “Urgut” EIZ hududida import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish bo‘yicha manzilli dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Urgut” EIZ hududida o‘zlashtirish uchun taklif qilinayotgan import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning muntazam ravishda tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Urgut” EIZ hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlarni olib borish, shuningdek, “Urgut” EIZ hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish bo‘yicha investitsiya buyurtmanomalarini sifatli tarzda va o‘z vaqtida ko‘rib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Urgut” EIZ hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda “Urgut” EIZ hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining 1 mlrd dollardan kam bo‘lmagan hajmdagi imtiyozli kredit liniyalarini bosqichma-bosqich jalb qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun “Urgut” EIZ hududida yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar, hududning va mavjud mineral-xomashyo resurslari salohiyati xalqaro ishbilarmon doiralarda doimiy ravishda keng yoritilishini (taqdimotini) ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 43-modda) 2-ilovaga muvofiq qo‘shimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 13-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-martdagi 133-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida
Ichimlik suv tarmog‘ini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash
3.
“O‘ramas” mavzesida suv inshootini qurish.
1 ta 500 m3
2022-yil III-chorak
8 000,0
2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,
Samarqand viloyati hokimligi,
“Urgut” EIZ direksiyasi” DUK
4.
“O‘ramas” mavzesida suv tarmog‘i va 1 ta 1000 m3, 1 ta 500 m3 suv inshootini qurish.
15,0 km, 1 ta 1000 m3,
1 ta 500 m3
2023-yil III-chorak
28 500,0
2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida
Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash
5.
“Hishrav-2” mavzesida ichki yo‘llarni qurish.
20,0 km
2023-yil IV-chorak
22 980,0
2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi,
Samarqand viloyati hokimligi,
“Urgut” EIZ direksiyasi” DUK
Elektr energiyasi tarmog‘ini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash
6.
“Xishrav-2” mavzesida 5,0 km uzunlikdagi ikki zanjirli 110 kV bo‘lgan elektr tarmog‘ini tortish va quvvati 35 MVA bo‘lgan ikki transformatorli 110/10 kVA podstansiya qurish.
5,0 km, 1 dona, 25 000 kVA
2023-yil II -chorak
20 000,0
2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,
Samarqand viloyati hokimligi,
“Urgut” EIZ direksiyasi” DUK
7.
“O‘ramas” mavzesiga 8,0 km uzunlikdagi ikki zanjirli 110 kV bo‘lgan elektr tarmog‘ini tortish va 4 ta TP o‘rnatish.
8,0 km, 4 dona TP
2022-yil IV-chorak
1 212,0
Tabiiy gaz tarmog‘ini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash
8.
“O‘ramas” mavzesiga 1 ta sanoat tugunini o‘rnatish.
1 ta sanoat tuguni
2021-yil III-chorak
400,0
2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida
“Hududgazta’minot” AJ,
Samarqand viloyati hokimligi,
“Urgut” EIZ direksiyasi” DUK
9.
“Hishrav-2” massivlariga 3,0 km uzunlikdagi tabiiy gaz tarmog‘ini tortish va 3 ta sanoat tugunini o‘rnatish.
3,0 km, 3 ta sanoat tuguni
2022-yil IV-chorak
4 200,0
Aloqa tarmog‘ini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash
10.
“Hishrav-2” massivlariga 3,0 km optik tolali aloqa tarmog‘ini tortish
3,0 km
2022-yil III-chorak
11,0
“O‘zbektelekom” AK mablag‘lari
“O‘zbektelekom” AK,
Samarqand viloyati hokimligi,
“Urgut” EIZ direksiyasi” DUK
JAMI:
95 443,0
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Infratuzilma obyektlarining quvvati va xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-martdagi 133-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QO‘ShIMChA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 1-ilovaning I bo‘limi quyidagi mazmundagi 6-7-bandlar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. “Urgut” EIZning Samarqand shahar “Xishrav-2” massivi yer maydonlariga Samarqand shahar hokimligi zaxira yer maydonlari hisobidagi 294 gektar yer maydonlari, quyidagi chegaralar bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shimoliy tomondan — “Eski anxor” kanali hududi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sharqiy tomondan — Samarqand viloyati “Maroqand Obod” DUKning chiqindilarni qayta ishlash hududi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
janubiy tomondan — Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va Pastdarg‘om tumani hududi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g‘arbiy tomondan — Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism hududi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Urgut tumanidagi “O‘ramas” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan 50,0 gektar yer maydoni, quyidagi chegaralar bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shimoliy tomondan — “Samad oqil”, “Mamadaminov Fazli” fermer xo‘jaliklari hududi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sharqiy tomondan — “Agro pilla” MChJ va Aholi punkti hududi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
janubiy tomondan — “G‘ozi bobo” fermer xo‘jaligi hududi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g‘arbiy tomondan — “Izma ziyo izza” fermer xo‘jaligi hududi.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2021-y., 09/21/133/0204-son)