12.01.2017 yildagi PF-4931-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligining, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklarining Samarqand viloyati Urgut tumanida — “Urgut”, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida — “G‘ijduvon”, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida — “Qo‘qon”, Xorazm viloyati Hazorasp tumanida — “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini (keyingi o‘rinlarda “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ tarkibiga kiritish uchun yer uchastkalari chegaralarini o‘rnatsinlar va ularning belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan va importning o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari o‘rtasida va umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va ularning qarorlari xalqaro darajada e’tirof etilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZning faoliyat ko‘rsatish muddati, keyinchalik uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat ko‘rsatish muddati mobaynida “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5305-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmonining 3-, 4- va 5-bandlari qoidalari tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmonining 3-, 4- va 5-bandlarida nazarda tutilgan bojxona to‘lovlari, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning soddalashtirilgan tartibini tasdiqlash uchun kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ direksiyalarini tashkil qilsin hamda “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ direksiyalarining ustavlarini va Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi yagona Nizomni tasdiqlagan holda, ular faoliyatini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari elektron onlayn-auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan investorlarning erkin iqtisodiy zonalarning tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiq ma’qullangan investitsiya loyihalarini joylashtiradilar va erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun barcha zarur ruxsatnomalar berilishini tashkil qiladilar.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ direksiyalari erkin iqtisodiy zonalarning butun faoliyat ko‘rsatish davrida soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AK, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi hamda respublika va hududiy darajadagi muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchilar erkin iqtisodiy zonalarning qatnashchilari — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kommunikatsiyalarga, ularni ishlab chiqarish maydonchalariga o‘z vaqtida tutashtirgan holda, kafolatli ulanishini ta’minlaydilar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 636-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AK, “O‘zavtoyo‘l” DAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ hududlarida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini tasdiqlash uchun uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlarini shakllantirishda ularning parametrlarida erkin iqtisodiy zonalarning transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun, ularning ishlab chiqilgan bosh rejalari asosida kapital qo‘yilmalar limitlarini hamda zarur markazlashtirilgan investitsiyalar ajratilishini nazarda tutsinlar.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining “O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasini “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZning bosh rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyihalash tashkiloti etib belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi uch oy muddatda “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZning bosh rejalarini ishlab chiqsin hamda erkin iqtisodiy zonalarning Ma’muriy kengashi bilan kelishgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ “Hazorasp” EIZ va “Jizzax” EIZ hududlarida logistika markazlari hamda bojxona postlari tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va boshqa tijorat banklariga tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy zonalar hududlarida amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun o‘z mablag‘lari hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati berilmagan holda jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari hisobiga kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmoni 6-bandining birinchi xatboshi va Farmon ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmoniga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiquvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 12-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-4931-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi PF-5032-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 331-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-sonli Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmoniga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi ikki xatboshi sifatida quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan keltiriladigan qurilish materiallarini bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarni bojxona to‘lovlaridan ozod etish (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno) to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “yo‘naltirilgan” so‘zi “yo‘naltiriladigan” so‘zi bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 3-son, 40-modda, 19-son, 331-modda, 28-son, 636-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)