25.02.2021 yildagi 102-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish tartib-taomillarini takomillashtirish, bojxona jarayonlarini soddalashtirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, bojxona chegarasidan o‘tayotgan jismoniy shaxslar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish borasida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mazkur sohada samarali huquqiy tartibga solishni talab qiladigan bir qator masalalar saqlanib qolmoqda. Xususan, jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda tovarlar olib kirishda ularning belgilangan me’yorlardan ortiqcha qismiga bojxona to‘lovlarini to‘lash imkoniyati bo‘lmagan holatlarda amalga oshiriladigan bojxona tartibotlari belgilab berilmaganligi fuqarolar uchun noqulayliklarga sabab bo‘lmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘lovchilar va sayyohlarga yanada qulayliklar yaratish, chegara o‘tkazish punktlarida tirbandlikning oldini olish, jismoniy shaxslar tomonidan chegara bojxona postlari orqali olib o‘tilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiqcha yoki tegishli ruxsatnomalar talab etiladigan tovarlarni vaqtincha saqlash va qaytarib yuborishning huquqiy mexanizmlarini belgilash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2020-yil 31-yanvardagi farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2020-yilga mo‘ljallangan faoliyat dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qarori bilan bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlarni ayrim turlari normalari tasdiqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib o‘tish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4508-son qaroriga asosan jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlar toifasiga kirmaydigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib o‘tish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 22-iyundagi 463-son qaroriga asosan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasining avtoyo‘l (yo‘lovchi), temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdor me’yorlari tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan tovarlari (keyingi o‘rinlarda — tovarlar) hisobini elektron yuritishga mo‘ljallangan axborot tizimi faoliyat yuritishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni va ularga tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish va qaytarish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha saqlash va qaytarish uchun qabul qilingan tovarlar hamda ularga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun bojxona yig‘imini undirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni vaqtincha saqlash joyiga qo‘yiladigan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan hamda belgilangan muddatlarda va tartibda talab qilib olinmagan tovarlar bilan ish yuritish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tovarlar hisobini mavjud avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida elektron yuritishni joriy etish va ishga tushirish bo‘yicha buyurtmachi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish Davlat bojxona qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar hisobini elektron yuritishni joriy etish axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) bo‘yicha texnik hujjatni ishlab chiqsin, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazsin hamda axborot tizimini ishga tushirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘mitaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan jihozlanadigan jismoniy shaxslarning vaqtincha saqlashga qabul qilingan tovarlarini saqlashga mo‘ljallangan joylar tashkil etiladigan chegara bojxona postlari ro‘yxatini tasdiqlasin va belgilangan tartibda tashkil etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xalqaro temir yo‘l o‘tkazish punktlari va aeroportlarda tovarlarni vaqtincha saqlash joylarini tashkil etishda Davlat bojxona qo‘mitasiga yaqindan ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 25-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-fevraldagi 102-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom jismoniy shaxslar tomonidan chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan tovarlarga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirilgan axborot tizimi — jismoniy shaxslar tomonidan chegara bojxona postlari orqali olib kirilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiqcha bo‘lgan vaqtincha saqlanadigan tovarlar hisobini yuritishga mo‘ljallangan davlat bojxona xizmati organlarining axborot tizimi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan me’yor — jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda qiymati va (yoki) miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojxona to‘lovlarisiz olib kirish normasi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli shaxs — tovarlarning egasi yoki tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib kirayotgan yoxud shunday shaxslar tomonidan tovarlarni olib ketish uchun davlat bojxona xizmati organlariga ma’lum qilingan, shuningdek, tovarning egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish ko‘ruvchi shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha saqlash joyi — jismoniy shaxslar tomonidan chegara bojxona postlari orqali olib kirilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiqcha bo‘lgan vaqtincha saqlanadigan tovarlarni saqlashga mo‘ljallangan, maxsus ajratilgan hamda jihozlangan, himoya va videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan alohida talablarga ega xona(lar);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar — jismoniy shaxslarda qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlardan ortiqcha bo‘lgan qismi uchun bojxona to‘lovlarini to‘lash uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmagan, ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan muddatlarda o‘z xohishi bilan qaytarib olib chiqib ketish yoki bojxona to‘lovlarini to‘lab rasmiylashtiruvni amalga oshirgan holda olib ketish istagi bildirilgan tovarlar;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar hujjatlari — vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar nomi, qiymati, miqdori, vazni, hajmi va boshqa xususiyatlarini tavsiflovchi (chek, yuk xati, tovarning tafsilotli ro‘yxati (spetsifikatsiya), hisob-faktura, invoys, tovar ishlab chiqaruvchi yorliqlari va boshqalar) qog‘ozda yoki elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun bojxona yig‘imi — jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan va belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan tovarlarini vaqtincha saqlash joyida saqlaganlik uchun davlat bojxona xizmati organlari tomonidan undiriladigan yig‘im;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara bojxona postlarida tovarlarni hamda ularga tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish va topshirish dalolatnomasi — davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tovarlarni qabul qilib olish va chegara bojxona postlarida mavjud vaqtincha saqlash joyiga joylashtirish jarayonida tuziladigan, ushbu Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan elektron shakldagi dalolatnoma (keyingi o‘rinlarda — dalolatnoma).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizom qoidalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik ashyolariga, jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni tekshirish hamda ma’muriy ishlarni yuritish jarayonida vakolatli organlarning tegishli qarorlariga asosan olib qo‘yilgan yoki xatlangan tovarlar va ularga tegishli hujjatlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan tovar hujjatlarida va (yoki) tovar yorliqlarida yaroqlilik, saqlash, ishlatish va (yoki) realizatsiya qilish muddati tegishliligiga ko‘ra ushbu Nizomda belgilangan vaqtincha saqlash muddatlarini inobatga olganda o‘n kalendar kunidan kam muddat qolgan tovarlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tirik hayvonlar, biologik chiqindilar, karantin ostida deb e’tirof etilgan mahsulotlarga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlarga, uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari bundan mustasno;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi orqali tranzit tarzda harakatlanayotgan shaxslarning tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jismoniy shaxslarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlardan ortiqcha bo‘lgan qismi uchun bojxona to‘lovlarini to‘lash uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmagan, mazkur Nizomning 19-bandida belgilangan muddatlar ichida qaytarib olib chiqib ketish yoki bojxona to‘lovlarini to‘lab bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan holda olib ketish istagi bildirilgan notijorat maqsadlardagi tovarlari ularning tanloviga ko‘ra davlat bojxona xizmati organlari tomonidan vaqtincha saqlashga qo‘yilishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jismoniy shaxslar tomonidan bayon qilingan (deklaratsiyalangan) O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tartib-taomillar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona deklaratsiyasida bayon etilgan tovarlarning miqdori yoki qiymati bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib kirish me’yorlaridan ortadigan hollarda bayon qilingan tovarlarning belgilangan me’yor doirasida qaysi qismini o‘zi bilan olib ketish va belgilangan me’yordan ortiq qaysi qismini mazkur Nizom talablari asosida vaqtincha saqlash uchun qoldirish vakolatli shaxs tomonidan hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan barcha tovarlarning vazni va miqdori o‘lchovdan o‘tkazilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jismoniy shaxs tomonidan ma’lum qilingan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi tovar hujjatlari taqdim etilmagan taqdirda, davlat bojxona xizmati organi tovarlarning bojxona qiymatini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan tovarlarning shaxsiy ehtiyojlar uchun mo‘ljallanganligi ularga nisbatan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan sertifikat va (yoki) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olinishini istisno etmaydi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikat va (yoki) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olinishi lozim bo‘lganda, bojxona to‘lovlarini to‘lab bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan holda olib ketiladigan tovarning vaqtincha saqlash muddati ularni vaqtincha saqlashga olingan kunning ertasidan boshlab bunday hujjatlarning qonun hujjatlarida belgilangan rasmiylashtirish muddatigacha to‘xtatib turiladi va ushbu muddat tugagan kunning ertasidan uch ish kuni o‘tgandan keyin qayta tiklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni saqlash, hisobini yuritish, berish, belgilangan muddatlarda talab qilib olinmagan tovarlar bilan amalga oshiriladigan tartib-taomillar chegara bojxona posti boshlig‘i yoki uning vazifasini bajaruvchi tomonidan tayinlanadigan xodimlar tomonidan ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Chegara bojxona postlarida tovarlarni hamda ularga tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish va topshirish ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tovarlarni va ularga tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tovarlar jismoniy shaxsning manziliga olib kelinayotganda mazkur Nizom qoidalari tovarlarni olib kelgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tovarlarni va ularga tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish avtomatlashtirilgan axborot tizimida elektron shakllantirilgan dalolatnomani rasmiylashtirish, shuningdek, mazkur dalolatnoma va tovarlarni bunday tovarlarning hisobini yuritish to‘g‘risidagi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha elektron kitobga dalolatnoma ma’lumotlari asosida avtomatik qayd etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Dalolatnoma qog‘oz shaklida ikki nusxada chop etiladi hamda birinchi nusxasiga qonunchilik hujjatlari talablari tushuntirilganligi va dalolatnoma nusxasini olganligi to‘g‘risida yozuv yozilib imzo qo‘yilgandan so‘ng uning ikkinchi nusxasi davlat bojxona xizmati organlari mansabdor shaxsining shaxsiy muhri va imzosi bilan tasdiqlangan holda vakolatli shaxsga taqdim etiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomaga vakolatli shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi nusxalari, mavjud bo‘lgan hollarda tovar hujjatlari, shuningdek, tovarlarni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi turli ko‘rinishdagi sifatli fotosuratlar (kamida ikkita) ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomada tovarlarni vaqtincha saqlashning yakuniy muddati ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vakolatli shaxs vaqtincha saqlash uchun topshirilgan tovarlarni ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan muddatlarda va tartibda talab qilib olmagan taqdirda, tovarlar mulk huquqini saqlab qolish niyatisiz qoldirilgan deb hisoblanadi. Bunda vakolatli shaxs davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tovarlarni (mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga alohida tartibda ish yuritish bo‘yicha da’vo arizasi kiritilishi haqida dalolatnoma orqali ogohlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Vaqtincha saqlash joyiga qo‘yiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar chegara bojxona postlarida hamda xalqaro temir yo‘l o‘tkazish punktlarida va aeroportda mavjud bo‘lgan obyekt(lar)dan ajratilgan, ushbu Nizomda ko‘rsatilgan shunday tovarlarni saqlash uchun jihozlangan vaqtincha saqlash joyiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vaqtincha saqlash joyi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
videokuzatuv tizimiga ega bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qulflash tizimiga ega bo‘lishi, temir eshikli, derazalari (mavjud bo‘lsa) temir panjarali bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yong‘inga qarshi foydalaniladigan maxsus jihozlarga ega bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unda maxsus javonlar (tokcha) o‘rnatilgan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sovitish-isitish tizimi va muzlatkichli shkaf bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar hamda ularga tegishli hujjatlarni saqlash va qaytarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar va ularga tegishli hujjatlar vaqtincha saqlash joylarida ushbu Nizomda belgilangan muddat davomida davlat bojxona xizmati organlari tomonidan vaqtincha saqlab turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar va ularning hujjatlari davlat bojxona xizmati organlari tomonidan ko‘pi bilan o‘ttiz kalendar kun mobaynida, tez buziladigan tovarlar esa ko‘pi bilan ikki kalendar kun mobaynida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar va ular bo‘yicha hujjatlarni saqlash muddati ular vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan kunning keyingi kunidan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarning to‘liq saqlanishi va ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga amal qilgan holda vakolatli shaxsga topshirilishiga tovarlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilgan davlat bojxona xizmati organi javobgar hisoblanadi. Bundan jismoniy shaxslarning vaqtincha saqlashga qabul qilingan tovarlarining tabiiy eskirishi yoki ularni tashish va (yoki) saqlashning normal sharoitlarida kamayishi oqibatida ro‘y bergan o‘zgarishlar (shuningdek, yaroqlilik muddati jihatidan) hamda yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida saqlash majburiyatlarini bajara olmaslik holatlari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni qaytarish, vakolatli shaxs tomonidan dalolatnomaning bojxona organi tomonidan tasdiqlangan nusxasi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etilishi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar hisoblangan bojxona to‘lovlari va (yoki) tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun bojxona yig‘imi to‘langandan hamda hujjatlar rasmiylashtiruvi tugagandan keyin darhol qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilgan chegara bojxona posti boshlig‘i yoki uning vazifasini bajaruvchi nomiga tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tgan shaxsning yozgan arizasiga asosan tovarlar va ular bo‘yicha hujjatlar boshqa jismoniy shaxs tomonidan qaytarib olib chiqib ketilishi yoki bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan holda olib ketilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizada tovarlarni olib ketishi ma’lum qilingan jismoniy shaxs to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan kun, oy, yili, aniq yashash manzili (viloyat, shahar, tuman, qishloq, mahalla, ko‘cha va boshqalar), telefon raqami, mavjud bo‘lganda shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi) ko‘rsatilishi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tovarlarni vaqtincha saqlagan davlat bojxona xizmati organlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari (keyingi o‘rinlarda — Chegara qo‘shinlari) bilan hamkorlikda belgilangan tartibda tovarlarni qaytarib olib chiqib ketish bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish bo‘yicha murojaat asosida tovarlar vakolatli shaxs bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi hududidan qaytarib chiqarib yuborilishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni tashish, yuklash (qayta yuklash), tushirish va boshqa shu kabi yuk operatsiyalari bilan bog‘liq barcha xarajatlar vakolatli shaxs hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Jismoniy shaxslar tomonidan avtomobil yo‘llarida joylashgan chegara bojxona postlari orqali olib kelingan, mazkur Nizom ta’siri doirasiga tushadigan tovarlar shu vaqtning o‘zida vakolatli shaxs tomonidan qaytarib olib chiqib ketilishi bayon qilingan taqdirda, bunday tovarlar ularni olib kelgan shaxslar yoki ularning o‘z xohishiga ko‘ra boshqa shaxs bilan birgalikda Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududidan qaytarib chiqarib yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlar boshqa shaxs tomonidan olib chiqiladigan hollarda tovarlarni topshiruvchi va qabul qiluvchi shaxslar o‘z roziliklarini shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini ilova qilgan holda yozma bayon qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Nizomda belgilangan muddat va tartibda tegishli tartib-taomillarni amalga oshirmagan holda tovarlarni olib ketish uchun vakolatli shaxsning hozir bo‘lishi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli shaxs hozir bo‘lgan kun dalolatnomaning birinchi nusxasida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan saqlash muddatlari o‘tganidan keyin tovarlarni olib ketish bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi va rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Davlat bojxona xizmati organlari vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar mazkur Nizomda belgilanmagan boshqa asoslar bilan qaytarilishini rad etish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni saqlaganlik uchun bojxona yig‘imi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Chegara bojxona postlari tomonidan vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni saqlaganlik uchun tovarlar vaqtincha saqlovga olingan kundan e’tiboran har 100 kg.gacha og‘irlikka (brutto) to‘liq va to‘liq bo‘lmagan har bir kalendar kun uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki besh kunda bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida, keyingi o‘n kunda bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi miqdorida, qolgan kunlarda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez buziladigan tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida milliy valyuta — so‘mda bojxona yig‘imi undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan va belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan shaxsiy ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan tovarlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan sertifikat va (yoki) ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar olinishi bunday hujjatlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan rasmiylashtirish muddati davomida tovarlarni saqlaganlik uchun bojxona yig‘imi undirilishi istisno etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun bojxona yig‘imi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarga bojxona to‘lovlarini to‘lash bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish bo‘yicha murojaat bo‘lganda — ushbu tovarlarga nisbatan rasmiylashtiriladigan bojxona kirim orderi asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni qaytarib olib chiqib ketish bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish bo‘yicha murojaat bo‘lganda — alohida bojxona kirim orderi rasmiylashtirilgan holda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Vakolatli shaxsning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Vakolatli shaxs:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni bojxona postida vaqtincha saqlovga topshirish, bunda tovarlarning belgilangan me’yor doirasida qaysi qismini olib ketish va belgilangan me’yordan ortiq qaysi qismini vaqtincha saqlash uchun qoldirishni hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan muddat ichida o‘z xohishlari bilan tovarlarni qaytarib olib chiqib ketish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan holda tovarlarni olib ketish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning vazni va miqdorini o‘lchovdan o‘tkazishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomda belgilangan tartibda tovarlar boshqa jismoniy shaxs tomonidan olib ketilishi yoki qaytarib olib chiqib ketilishini ma’lum qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Vakolatli shaxs:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi tovar hujjatlarini taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni tashish, yuklash (qayta yuklash), tushirish va boshqa shu kabi yuk operatsiyalarini amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni qaytarib olish uchun dalolatnomaning davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan nusxasini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan muddat va tartibda tegishli amallarni bajargan holda tovarlarni olib ketish uchun hozir bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha saqlanadigan, olib ketish istagi bildirilgan tovarlarga hisoblangan bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar asosida bergan ko‘rsatmalarini bajarishi;
(33-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona va chegara nazorati zonasi rejimi qoidalariga amal qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Davlat bojxona xizmati organlarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Davlat bojxona xizmati organlari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha saqlash uchun topshirgan tovarlarni ushlab turish, qaytarib yuborish hamda vaqtincha saqlash davrida talab qilib olinmagan tovarlar taqdirini hal etish uchun tegishli tartibda sudga ariza bilan murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli shaxsdan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ularning hujjatlarini so‘rab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa jismoniy shaxs tomonidan olib ketilishi yoki qaytarib chiqarib yuborilishi bo‘yicha arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘liqligini talab qilib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona qiymatini tasdiqlovchi tovar hujjatlari taqdim etilmaganda tovarlarning bojxona qiymatini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq mustaqil ravishda belgilash.
(34-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Davlat bojxona xizmati organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning maqsadini aniqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar bo‘yicha elektron dalolatnomani rasmiylashtirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning vazni va miqdorini o‘lchovdan o‘tkazishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar va ularning hujjatlari belgilangan talablar asosida saqlanishini ta’minlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan amallar bajarilgandan so‘ng tovarlarni vakolatli shaxsga topshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Vakolatli shaxs tomonidan ushbu Nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda talab qilib olinmagan, mulk huquqini saqlab qolish niyatisiz qoldirilgan tovarlar yuzasidan davlat bojxona xizmati organlari tomonidan mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb e’tirof etish to‘g‘risida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga alohida tartibda ish yuritish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb e’tirof etish to‘g‘risida sudga ariza bilan murojaat qilingan va vaqtincha saqlovga olingan tovarlarga nisbatan bojxona yig‘imini undirish yoki undirmaslik masalasi sud qarori asosida hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Mazkur Nizomni qo‘llash natijasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar va ularga rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni ro‘yxatga olish bo‘yicha elektron kitob shakli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Dalolatnoma raqami

Sana

Tovar to‘g‘risida ma’lumot

(tovar nomi, markasi, modeli, turi, o‘lchamlari, o‘ramlar soni, shikastlarning bor/yo‘qligi, shikastlarning ta’rifi va h.k.)

Tovarning qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori

Tovar brutto vazni
(kg)

Tovarni saqlash uchun qabul
qilgan bojxona xodimi

Vakolatli shaxs tomonidan tovar qaytarib olinganligi to‘g‘risida belgi

F.I.O

sana

F.I.O

sana

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

1.

2.

3.

.

.

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy shaxs — davlat bojxona xizmati organlari

Belgilangan me’yorlardan ortiqcha bo‘lgan tovarlar quyidagi holatlarda vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadi:

bojxona to‘lovlarini to‘lash uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmagan;

ko‘rsatilgan muddat ichida qaytarib olib chiqib ketish istagi bildirilgan;

ko‘rsatilgan muddat ichida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan holda olib ketiladigan tovarlar.

Chegara bojxona postidan o‘tish vaqtida

2-bosqich

Davlat bojxona xizmati organlari

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan barcha tovarlarning vazni va miqdori o‘lchovdan o‘tkaziladi.

Tovarlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish vaqtida

3-bosqich

Davlat bojxona xizmati organlari — jismoniy shaxs

Tovarlarni qabul qilish vaqtida QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi dalolatnoma tuziladi.

Tovarlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish vaqtida

4-bosqich

Davlat bojxona xizmati organlari

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar shunday tovarlarni saqlash uchun jihozlangan vaqtincha saqlash joylarida saqlanadi.

1. 30 kalendar kun;

2. Tez buziladigan tovarlar 2 kalendar kun

5-bosqich

Jismoniy shaxs — davlat bojxona xizmati organlari

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni qaytarish vakolatli shaxs tomonidan dalolatnomaning tasdiqlangan nusxasi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etilishi bilan amalga oshiriladi.

Bojxona to‘lovlari
va tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun bojxona yig‘imi to‘langandan hamda hujjatlar rasmiylashtiruvi tugagandan keyin darhol

6-bosqich

Davlat bojxona xizmati organlari,
DXX Chegara qo‘shinlari

Tovarlarni vaqtincha saqlagan davlat bojxona xizmati organlari DXX Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda tovarlarni qaytarib olib chiqib ketish bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish bo‘yicha murojaat asosida tovarlar vakolatli shaxs bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasidan qaytarib chiqarib yuborilishini nazorat qiladi.

Hujjatlar rasmiylashtiruvi tugagandan keyin darhol

7-bosqich

Davlat bojxona xizmati organlari

Vakolatli shaxs tomonidan belgilangan muddatlarda va tartibda talab qilib olinmagan tovarlar mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb e’tirof etish to‘g‘risida sudga alohida tartibda ish yuritish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilinadi.

Tovarlarni vaqtincha saqlash muddati

(30 kalendar kun, tez buziladigan tovarlar 2 kalendar kun) o‘tgandan so‘ng

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 09/21/102/0158-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)