1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj to‘lovlarining umumiy qoidalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli “Bozor islohotlari va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligiga erishish yanada jadallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3512-son qarorining 1 va 2-ilovalari 2025-yil 19-iyulgacha amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni tartibga solish, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi shartlarini umum qabul qilingan jahon standartlariga muvofiqligini ta’minlash, bojxona jarayonlari va rasmiyatchiligini soddalashtirish, shuningdek, bojxona chegarasini bosib o‘tayotgan jismoniy shaxslar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) jismoniy shaxs tomonidan respublikaga olib kiriladigan, bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan tovarlarning chegaralangan normalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari bojxona chegaralari orkali olib o‘tishda — 2 000 (ikki ming) AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining temir yo‘l va daryo bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali olib o‘tishda — 1 000 (bir ming) AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining avtoyo‘l (piyoda) bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali olib o‘tishda — 300 (uch yuz) AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — bir kalendar chorak mobaynida 1 000 (bir ming) AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — 100 (yuz) AQSH dollari;
(1-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 07/18/3873/1578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlarni ayrim turlari normalari 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bojxona deklaratsiyasini taqdim etmagan holda respublikadan jismoniy shaxslar tomonidan olib ketiladigan tovarlarning cheklangan normalari 5 000 (besh ming) AQSH dollari;
(1-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) jismoniy shaxslar tomonidan ayrim turdagi tovarlarni respublikadan olib chiqish normalari 2-ilovaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlari orqali bojxona chegarasidan kesib o‘tish holatlari bundan mustasno;
(1-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 07/18/3873/1578-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) mazkur bandning “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan me’yorlar doirasida tovarlarni jismoniy shaxs tomonidan bojxona chegarasidan olib kirilishi va olib chiqilishi majburiy yozma deklaratsiyasiz amalga oshiriladi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari hamda tadbirkorlik faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarning qanday maqsadga mo‘ljallanganligini aniqlashda tovarlarning miqdori hisobga olinadi va bunda tovarlarni olib o‘tayotgan jismoniy shaxs va uning oila a’zolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bandning “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan me’yorlardan oshganda hamda jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun tovarlar olib o‘tilganda, qonun hujjatlariga binoan olib kirilayotgan tovarlarning barcha summasiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qo‘llaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan tovarlar me’yorlarini va olib o‘tish shartlarini belgilashi mumkin;
(1-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 07/18/3873/1578-son)
LexUZ sharhi
1-bandning “d” kichik bandiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
LexUZ sharhi
1-band “d” kichik bandining oltinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilar va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini ularning sertifikatlari mavjud bo‘lgan holatlarda respublika hududidan tashqariga cheklovlarsiz olib chiqish va tovarlarni qonunchilikda belgilangan normalarining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirib olib chiqish huquqiga ega.
(1-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-son Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (M.V. Toxiriy) Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Komilov) bilan birgalikda ushbu qarorning tartib-qoidalarini respublika aholisi va xorijiy davlatlar fuqarolariga o‘z vaqtida yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning tartib-qoidalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan iste’mol tovarlarini olib kirishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 1-iyuldagi PQ-1118-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiq holga keltirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 6-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3512-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlarni ayrim turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Tovarning nomi
Har bir jismoniy shaxs tomonidan olib kiriladigan tovarlar normalari
1.
Alkogol mahsuloti, shu jumladan pivo
umumiy miqdori 2 litrdan ko‘p bo‘lmagan
2.
Tamaki mahsulotlarining barcha turlari
umumiy miqdori 10 qutidan ko‘p bo‘lmagan
3.
Atir va ifor taratuvchi suvlar
umumiy miqdori 3 tadan ko‘p bo‘lmagan
4.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari
umumiy og‘irligi 65 grammdan ko‘p bo‘lmagan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ushbu tovarlar qiymati jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlari undirilmaydigan tovarlarni olib o‘tishda mazkur qarorning 1-bandi “a” kichik bandida belgilangan cheklangan normalarga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar tomonidan olib ketiladigan ayrim tovarlarning turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Qisqacha nomi
Har bir jismoniy shaxs tomonidan olib chiqib ketiladigan tovarlar normalari
1.
Guruch
umumiy og‘irligi 3 kg.dan ko‘p bo‘lmagan
2.
Non-bulka mahsulotlari
umumiy og‘irligi 5 kg.dan ko‘p bo‘lmagan
3.
Go‘sht va go‘sht oziq-ovqat mahsulotlari
umumiy og‘irligi 2 kg.dan ko‘p bo‘lmagan
4.
Shakar
umumiy og‘irligi 2 kg.dan ko‘p bo‘lmagan
5.
O‘simlik moylari
umumiy og‘irligi 2 kg.dan ko‘p bo‘lmagan
6.
Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz ekinlari, dukkakli o‘simliklari hamda quritilgan sabzavot va mevalar
umumiy og‘irligi 40 kg.dan ko‘p bo‘lmagan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ushbu tovarlar qiymati jismoniy shaxs tomonidan olib kelishda mazkur qarorning 1-bandi “v” kichik bandida belgilangan cheklangan normaga kiritiladi.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 07/18/3873/1578-son, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)