23.02.2021 yildagi 98-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoniga muvofiq ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejalari asosida oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini (keyingi oʻrinlarda — tadbirlar) tashkil etish va oʻtkazish hamda ularda qatnashishning yaxlit tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini (keyingi oʻrinlarda — kalendar rejalar) shakllantirish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kalendar rejalarda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kalendar reja tegishlicha Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining qarorlari bilan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining buyurtmalariga asosan barcha xizmatlar yozma shaklda tuziladigan shartnoma asosida haq toʻlash evaziga koʻrsatiladi, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi davlat muassasalari xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kalendar rejalarda nazarda tutilgan tadbirlar ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan, buyurtmachi mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yildan boshlab kalendar rejalarda nazarda tutiladigan tadbirlarining roʻyxati hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq yillik xarajatlar smetasini, asoslangan hisob-kitoblarni va boshqa moliyaviy materiallarni Moliya vazirligiga taqdim etib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 23-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 98-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro va respublika miqyosidagi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xorijiy davlatlarda ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini (keyingi oʻrinlarda — tadbirlar) tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha yillik kalendar rejalarni (keyingi oʻrinlarda — kalendar rejalar) shakllantirish hamda tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar kalendar rejalarni shakllantirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish hamda ularda qatnashishning yaxlit tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli hamda samarali foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha aniq maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik tomonidan barvaqt olish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlarga jalb etiladigan ijrochilar tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining buyurtmalariga asosan barcha xizmatlar yozma shaklda tuziladigan shartnoma asosida haq toʻlash evaziga koʻrsatilishini joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — tadbirni oʻtkazish istagini bildirgan manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijrochi — tadbirning tashkiliy, badiiy, rasmiy qismlarini shartnoma asosida amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlari (tadbirlar) — anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan umumxalq bayramlari, davlat tadbirlarining badiiy qismlari, kasb bayramlari, atoqli namoyondalarning yubiley sanalari, ommaviy sport va boshqa xalqaro tadbirlarning tantanali ochilish va yopilish marosimlari, festivallar, koʻrik-tanlovlar, konsertlar, xalq sayillari va boshqa tadbirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kalendar rejalar ushbu Nizomga 1-ilovadagi namunaviy jadvalga muvofiq shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — Madaniyat vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari) bilan kelishilgan holda, mazkur Nizom talablari asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Kalendar rejalarni shakllantirish va tasdiqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kalendar rejalar Madaniyat vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan buyurtmachi takliflari asosida respublika, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman va shaharlar miqyosida ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tadbirlar yuzasidan takliflar tegishliligi boʻyicha respublika miqyosidagi davlat organlari va tashkilotlari (buyurtmachi) tomonidan Madaniyat vazirligiga, hududiy davlat organlari va tashkilotlari (buyurtmachi) tomonidan Madaniyat vazirligining hududiy boʻlinmalariga quyidagi hujjatlar bilan birgalikda taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha asoslovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbir konsepsiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirning buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan moliyalashtirish manbalari va xarajatlar smetasi loyihalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takliflar Madaniyat vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan mazkur Nizom talablariga toʻliq rioya qilgan holda taqdim etilgan taqdirda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kalendar rejalar quyidagilarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika kalendar rejasi — respublika miqyosidagi davlat organlari va boshqa tashkilotlar (buyurtmachilar)ning taklifi boʻyicha Madaniyat vazirligi tomonidan shakllantiriladi va Vazirlar Mahkamasi farmoyishi bilan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy kalendar reja — hududiy davlat organlari va tashkilotlari (buyurtmachilar)ning taklifi boʻyicha Madaniyat vazirligining hududiy boʻlinmalari tomonidan shakllantiriladi hamda tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kalendar rejalarga umumxalq bayramlari, davlat tadbirlarining badiiy qismlari, kasb bayramlari, atoqli namoyondalarning yubiley sanalari, ommaviy sport va boshqa xalqaro tadbirlarning tantanali ochilish va yopilish marosimlari, festivallar, koʻrik-tanlovlar, konsertlar, xalq sayillari va boshqa tadbirlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kalendar rejalar ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq har yili quyidagi tartibda va muddatlarda shakllantiriladi va tasdiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi tomonidan kalendar rejalarga kiritiladigan tadbirlar roʻyxatini shakllantirish — mart oyi davomida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi tomonidan kalendar rejalarga kiritiladigan tadbirlar roʻyxatini tegishliligi boʻyicha Madaniyat vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalariga taqdim etish — aprel oyi davomida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan kalendar rejalarga kiritiladigan tadbirlar roʻyxatini umumlashtirish — aprel oyi davomida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan kalendar rejalarga kiritiladigan tadbirlar roʻyxatini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tasdiqlash uchun kiritish — har yili iyun oyiga qadar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan belgilangan tartibda kalendar rejalarni koʻrib chiqish va tasdiqlash — oktyabr oyi davomida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tasdiqlangan kalendar rejalar Madaniyat vazirligi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlari va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kalendar rejalarga kiritilmagan tadbirlarni oʻtkazishni nazarda tutuvchi qarorlarida ushbu tadbirlarni tashkil etish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha buyurtmachilar hamda ularni moliyalashtirish manbalari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tadbirlarni moliyalashtirish va kalendar rejalarga oʻzgartirish kiritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Respublika kalendar rejasi hamda hududiy kalendar rejalarda nazarda tutilgan tadbirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi respublika va mahalliy budjet mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kalendar rejalarning yillik smetalariga tadbirlar oʻtkaziladigan vaqtdagi xizmatlar qiymatining oʻzgarishi inobatga olingan holda, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ijrochilar tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining buyurtmalariga asosan barcha xizmatlar yozma shaklda tuziladigan shartnoma asosida haq toʻlash evaziga koʻrsatiladi, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi davlat muassasalari xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kalendar rejalarga quyidagi hollarda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlarni oʻtkazish muddatlari va (yoki) joylari oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kalendar rejalarga qoʻshimcha tadbir kiritish zarurati yuzaga kelganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlarning badiiy qismiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbir qatnashchilarining tarkibi yoki soni oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachining moliyaviy imkoniyati va shartlari oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar yetishmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tegishlicha Vazirlar Mahkamasi yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda, kalendar rejalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tadbir uchun zarur boʻladigan qoʻshimcha xarajatlar buyurtmachi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur Nizom talablariga rioya etish Madaniyat vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Namuna

20___ yilda _________________________da oʻtkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining

(hudud nomi)

YILLIK KALENDAR REJASI*

T/r

Tadbir nomi

Tadbir oʻtkazish uchun asos (hujjat raqami va sanasi)

Tadbir oʻtkaziladigan joy, sana va vaqti

Tadbir buyurtmachisi

Tadbir ijrochisi

Tadbirni moliyalashtirish manbasi

Talab etiladigan mablagʻ miqdori (soʻm)

Tadbir ijrochisining tadbirdagi vazifalari

1.

Kasb bayrami

Bosh boshqarmaning faollar zali 202__ yil

21-mart

soat: 10.00

Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi

Davlat budjeti, buyurtmachining budjetdan tashqari mablagʻlari

200 mln

Tashkiliy qism,
Badiiy qism,
Rasmiy qism

...

...

...

...

...

...

...

...

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Respublika miqyosidagi yillik kalendar reja Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan ishlar

Muddatlar

I bosqich

Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirini oʻtkazish istagini bildirgan yuridik shaxs (buyurtmachi)

Kalendar rejaga kiritiladigan tadbirlar roʻyxatini shakllantirish

har yili mart oyida

II bosqich

Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirini oʻtkazish istagini bildirgan yuridik shaxs (buyurtmachi)

Kalendar rejaga kiritiladigan tadbirlar roʻyxatini tegishliligi boʻyicha Madaniyat vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalariga taqdim etish

har yili aprel oyida

III bosqich

Madaniyat vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari

Kalendar rejaga kiritiladigan tadbirlar roʻyxatini umumlashtirish

har yili may oyida

IV bosqich

Madaniyat vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari

Kalendar rejaga kiritiladigan tadbirlar roʻyxatini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tasdiqlash uchun kiritish

har yili iyun oyida

V bosqich

Vazirlar Mahkamasi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

Belgilangan tartibda kalendar rejalarni koʻrib chiqish va tasdiqlash

har yili oktyabr oyida

VI bosqich

Madaniyat vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari

Tegishliligi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda kalendar rejaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

zaruratga koʻra

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 09/21/98/0150-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)