Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.04.2022 17.02.2021 yildagi 77-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.04.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-martdagi PF-5975-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son, “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yangilangan tashkiliy tuzilmasi hamda uning markaziy apparati tuzilmasi tasdiqlanganligi, Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha vakolatli ofislari ochilganligi, shuningdek, ularning namunaviy tuzilmasi tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha vakolatli ofislarining barcha zarur qulayliklarga ega boʻlgan binolarda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlikka jami 18 ta, shu jumladan markaziy apparatiga 3 ta xizmat va 1 ta navbatchi hamda Agentlikning vakolatli ofislariga 14 ta yengil avtotransport vositasini saqlashga tegishligiga koʻra respublika va mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan limit ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 16-yanvardagi 28-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining tuzilmasini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Agentlik xodimlari shtat jadvalining tasdiqlanishini, uning moddiy-texnik bazasi yaratilishini hamda boshqa tashkiliy-texnik masalalarning hal etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Agentlik huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin hamda zamonaviy bilim, koʻnikma va ish tajribasiga ega boʻlgan rahbar va mutaxassislar bilan toʻldirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 17-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-fevraldagi 77-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari hamda javobgarligini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agentlik tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, aholining keng tabaqalarini tadbirkorlik bilan shugʻullanishga jalb etish, boshlangʻich kapital manbalaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash tizimini kengaytirish va uning samaradorligini oshirish sohasida hamda aholining tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasida keltirilgan mexanizmlar, xususan, ularni oʻqitish, mikrokredit ajratish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish borasida vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tashkiliy tuzilmasiga kiradi va oʻz faoliyati toʻgʻrisida Vazirlikka hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlik Agentlik faoliyatini muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi va unga umumiy rahbarlik qiladi, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Vazirlikning qaror va buyruqlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlik oʻz faoliyatini vakolatlari doirasiga kiritilgan masalalar boʻyicha Vazirlik, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat organlari, tijorat banklari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr, blankalar, mustaqil balans, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari, bank hisobvaraqlari, shu jumladan xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agentlikning rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Agency for the development of entrepreneurship under the Ministry of economic development and poverty reduction of the Republic of Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Agency for the development of entrepreneurship;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Agentstvo po razvitiyu predprinimatelstva pri Ministerstve ekonomicheskogo razvitiya i sokraщeniya bednosti Respubliki Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Agentstvo po razvitiyu predprinimatelstva.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Qoratosh koʻchasi, 1-uy (7, 10, 11, 12-qavatlar), pochta indeksi 100027.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, mikromoliyalash tizimini takomillashtirish hamda tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning konseptual va strategik yondashuvlarini hamda sohani rivojlantirish borasida byurokratik toʻsiqlar, gʻovlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarini nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish, ularga texnik va maslahat koʻmagini tashkil etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlarni tayyorlash, ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatiga rahbarlik qilish va Jamgʻarma tomonidan berilayotgan moliyaviy yordamlar koʻlamini kengaytirish, yangi moliyaviy yordam turlarini joriy qilish hamda samarali boshqarish tizimini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni kengaytirishni ragʻbatlantirish, qoʻshimcha qiymat yaratishning yaxlit zanjirlarini shakllantirish, zamonaviy texnologiyalarni oʻzlashtirish, eksportni koʻpaytirish, doimiy ish oʻrinlari yaratish borasida natijaga qaratilgan vositalarni joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mamlakatda tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada tadbirkorlikning rivojlanishini baholash uchun milliy indikatorlar tizimini ishlab chiqadi va takomillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni istiqbolli rivojlantirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlar yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi, shuningdek, tegishli dasturlarni tayyorlash va amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va xususiy sektor, xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar va boshqa manfaatdor tomonlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarning hukumat va nohukumat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari bilan texnologiyalar transferiga va ularning Oʻzbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro aloqasini taʼminlashga doir muzokaralarni belgilangan tartibda olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik subyektlari bilan ish olib borish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash boʻyicha tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida Agentlik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar va takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha monitoring olib boradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni rivojlantirishni tubdan yaxshilash, xususiy mulkchilik darajasi va ahamiyatini oshirish, davlatning iqtisodiyotda, shu jumladan davlat va xususiy sektor oʻrtasida hamkorlik qilish uchun shart-sharoitlarni yaratish, xususiy sektorga davlat funksiyalarini topshirish yoʻli bilan davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish, tadbirkorlikka ishonchli himoyani taʼminlash va erkinlik berish, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, mikromoliyalash tizimini takomillashtirish hamda tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining tadbirkorlik bilan shugʻullanishga qiziqishi hamda manfaatdorligini oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholida tadbirkorlik sohasida zarur koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻqitish tizimini joriy etadi, mazkur jarayonga xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va nodavlat taʼlim tashkilotlarini keng jalb qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan mikrokreditlash tizimini institutsional jihatdan takomillashtiradi va rivojlantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga oid ijtimoiy dasturlarni iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uygʻun hamda muvofiqlashtirilgan holda ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik koʻnikmasi va tajribasiga ega boʻlgan aholi va boshqa kichik biznes vakillari salohiyatini roʻyobga chiqarish orqali ularning faoliyatini kengaytiradi va rivojlantirishga qaratilgan toʻlaqonli tizimni yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yaxlit tizimni tashkil etadi va yagona davlat tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi, muvofiqlashtirib borilishini yoʻlga qoʻyadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlarga kiritish yuzasidan takliflarni yigʻish, sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqish va umumlashtirish tizimini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlarni amalga oshirish jarayoni monitoringini olib borish tizimini joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlangan dasturlarni Vazirlikka koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirishni tashkil etadi va monitoring olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va manfaatdor tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda loyihalari tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlarga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish jarayoni toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzadi va eʼlon qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlarni oʻz vaqtida amalga oshirmagan hamda sansalorlikka yoʻl qoʻygan vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllash yuzasidan tegishli organlarga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etish sohasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning konseptual va strategik yondashuvlarini hamda sohani rivojlantirish borasida byurokratik toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida boshqarish boʻyicha institutsional islohotlarni amalga oshirish orqali normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining ishbilarmonlik muhitiga taʼsirini baholaydi hamda takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat iqtisodiyotida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar boʻyicha vakolatli organlar bilan birgalikda oʻzaro muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda ishbilarmonlik muhitini kengaytirish hamda xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilashga qaratilgan “yoʻl xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarning mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha monitoring olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning amaldagi ehtiyojlaridan va mavjud mehnat, tabiiy, mineral xomashyo resurslaridan kelib chiqib, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda mavjud moliyaviy resurslar doirasida iqtisodiy oʻsishni taʼminlash uchun hudud drayverlarini aniqlaydi va shu asosda hududiy dasturlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish boʻyicha muntazam ravishda soʻrovnomalar oʻtkazadi, muammolarni chuqur oʻrganish va aniqlangan byurokratik toʻsiqlar, gʻovlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammolarni hamda islohotlarni roʻyobga chiqarish yakunlarini tizimli oʻrganish asosida ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha tegishli hujjatlar va dasturlarni bajaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni kengaytirishni ragʻbatlantirishga qaratilgan vositalarni joriy etishga doir ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni oʻrganadi, milliy qonunchilikka joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro reytinglarda, xususan, “Doing Business” reytingidagi “Biznes yuritish” indeksida Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlarini yaxshilashda ishtirok etadi hamda alohida indikatorlari boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar ishlarini muvofiqlashtiradi, salbiy koʻrsatkichlar sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tadbirkorlik subyektlarini nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini shakllantirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan aholining imkoniyatlari cheklangan himoyaga muhtoj qatlamlarini kasblar va mutaxassisliklarga, tadbirkorlik faoliyati sohasi boʻyicha qonun hujjatlari, yangi texnologiyalar va mahsulotlar, bozorlar va boshqa dolzarb masalalar boʻyicha oʻqitishni (bepul telefon va onlayn-maslahat xizmatlari, oʻquv markazlari, biznes-inkubatorlar, axborot xizmatlari va boshqalar) tashkil etadi, zarur tarzda faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarini nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun metodik va oʻquv materiallari, boshqa axborot-maslahat berish resurslarining doimiy maʼlumotlar bazasini yaratadi va yuritadi, bunda ulardan bepul va toʻliq foydalanish imkonini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilish uchun oʻquv kurslari, seminarlar, munozaralar va boshqa tadbirlarni oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish, ularga texnik va maslahat koʻmagini tashkil etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish, ularga texnik va maslahat koʻmagini tashkil etish, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari, kreditlari va texnik koʻmagini jalb etish masalalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari, imtiyozli kreditlari, maqsadli portfel investitsiyalari va boshqa mablagʻlari hisobiga Jamgʻarmaning resurs bazasini kengaytirish boʻyicha choralar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlarni tayyorlash, ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda aholi va tadbirkorlarni tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha ishlarni tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va bu borada yagona tizimni shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini oʻqituvchi va murabbiylar sifatida jalb qilgan holda, tadbirkorlarning moliyaviy, huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha qisqa va oʻrta muddatli oʻquv kurslari, seminarlar va treninglarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq muammoli masalalarni joyiga chiqib oʻrganadi va ularni hal etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik uchun (moliyaviy, tovar-xomashyo resurslari, muhandislik, kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishi, investitsiyaviy va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, mulkiy va nomulkiy javobgarlikni sugʻurta qilish uchun imkoniyatlar, imtiyozlar va boshqa masalalari boʻyicha) amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishga yoʻnaltirilgan maʼlumot beruvchi materiallarni va boshqa moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) Agentlik huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatiga rahbarlik qilish va Jamgʻarma tomonidan berilayotgan moliyaviy yordamlar koʻlamini kengaytirish, yangi moliyaviy yordam turlarini joriy qilish hamda samarali boshqarish tizimini yoʻlga qoʻyish sohasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan aholining himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslariga kafilliklar va kafolatlar, shuningdek, tijorat banklari kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordam koʻrsatilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har bir loyihani amalga oshirish boʻyicha muayyan maqsadlarni belgilab, hududlarda tadbirkorlik klasterlari majmuasini (tadbirkorlik dahalarini) tashkil qilish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot konferensiyalari va brifinglarni tashkil etish yoʻli bilan Agentlik va Jamgʻarmaning imkoniyatlari, ishlash mexanizmi boʻyicha jamoatchilik orasida keng tushuntirish ishlarini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun ishsiz, kam taʼminlangan va kambagʻal oilalarga belgilangan tartibda subsidiyalar ajratilishini tashkil etish masalalari boʻyicha oʻzaro aloqalarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning resurs portfelini kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari va chet el banklari orqali kredit liniyalarini jalb etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) tadbirkorlikni kengaytirishni ragʻbatlantirishga, qoʻshimcha qiymat yaratishning yaxlit zanjirlarini shakllantirishga, zamonaviy texnologiyalarni oʻzlashtirishga, eksportni koʻpaytirishga, doimiy ish oʻrinlarini yaratish borasida natijaga qaratilgan vositalarni joriy etish sohasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda yangi biznes loyihalarini aniqlaydi, ularni amalga oshirishga har tomonlama yordam beradi hamda yangi loyihalarni joylashtirish, shuningdek, ularni moliyalashtirishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish, iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda kichik biznesni muhim drayverga aylantirishning konseptual va strategik yondashuvlarini hamda sohani rivojlantirish borasida fundamental toʻsiq va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek, ular boʻyicha oʻz xulosalarini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan oʻz vakolatlari jumlasiga kirgan masalalar boʻyicha maʼlumotlar va materiallarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka yuklangan vazifalardan kelib chiqib, tadbirkorlik sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik bilan kelishgan holda, kontrakt asosida malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni Vazirlikka kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, Agentlikning vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni Vazirlik bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik bilan kelishgan holda, Agentlikning vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda ifoda etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik bilan kelishgan holda, oʻz vakolatlari doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning faoliyatini keng yoritish maqsadida oʻz rasmiy saytlari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunga oʻxshash xorijiy tadbirlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik sohasining dolzarb va istiqbolli rivojlantirish muammolarini ishlab chiqish maqsadida ishchi guruhlarni, shu jumladan xorijiy ekspertlar ishtirokida tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlariga xorijiy va xalqaro tashkilotlarning moliyaviy va texnik yordamini jalb qilishda koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agentlik quyidagilar uchun javobgar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga yuklangan vazifalar zarur tarzda va samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohadagi davlat siyosatining amalda yuritilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritasi” va boshqa hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini va himoya qilinishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlik vakolatli davlat organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Vazirlikka boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agentlik direktori oʻrinbosarlari, shu jumladan direktorning birinchi oʻrinbosari Agentlik direktori tavsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktorining oʻrinbosarlaridan biri bir vaqtning oʻzida Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha vakolatli ofislari oʻz faoliyatini Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan Nizom orqali amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha vakolatli ofislari boshliqlari — Agentlik direktori tomonidan tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari taqdimnomasi asosida lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha vakolatli ofislari boshliq oʻrinbosarlari — vakolatli ofis boshliqlarining taqdimnomasiga binoan Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Agentlik rahbarlarining funksional majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Agentlikka yuklangan vazifalarga muvofiq Agentlikning rahbarlari quyidagi funksional majburiyatlarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Agentlik direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakkaboshchilik asosida Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tizimi xodimlarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari va shaxsiy javobgarlik darajasini belgilaydi, oʻz vakolatlari doirasida xodimlar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Agentlikning ish yuritish sohasiga daxldor takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida tadbirkorlikni rivojlantirish sohasiga oid davlat siyosatiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilinganidan keyin ularning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda ishga qabul qilish va Agentlik xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish ishlarini amalga oshiradi, shuningdek, ularning samarali mehnat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tarkibiy tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni va uning xodimlari lavozim yoʻriqnomalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ijro etish muddatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik faoliyatining rejalashtirilishini tashkil etadi, Agentlikning choraklik ish rejalarini tasdiqlaydi, ularning bajarilishining nazoratini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarishda Agentlikning tegishli boʻlinmalari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarning hukumat va nohukumat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari bilan texnologiyalar transferiga, ularning Oʻzbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro aloqasini taʼminlashga doir muzokaralarni belgilangan tartibda olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning oʻziga topshirilgan va mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalariga bevosita rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tarkibiy tuzilmalari boshliqlari va mutaxassislari lavozimlariga nomzodlarni direktor tomonidan tasdiqlanishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tarkibiy tuzilmalari boshliqlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi takliflarni kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Agentlik direktorining oʻrinbosari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarishda Agentlikning tegishli boʻlinmalari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbariyatning topshirigʻiga binoan tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar, dasturlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning oʻziga topshirilgan va mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalariga bevosita rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning oʻzi mutasaddilik qilayotgan boʻlinmalari boshliqlari va mutaxassislari lavozimlariga nomzodlarni direktor tomonidan tasdiqlanishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning oʻzi mutasaddilik qilayotgan boʻlinmalari boshliqlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi takliflarni kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Agentlik direktorining oʻrinbosari — Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining ijrochi direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining faoliyatini oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq tashkil etadi, uning faoliyati uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining Ijroiya direksiyasi aktivlarni boshqarish, tahlil va ekspertiza qilish, tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sohasidagi malakali mutaxassislar bilan belgilangan xodimlar soni doirasida toʻldirilishini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Agentlik direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizom hamda boshqa qonun hujjatlari bilan oʻziga yuklangan vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek, Agentlik ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiyalar va konsepsiyalar boʻyicha kutilgan natijalarga erishilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikda ijro intizomiga ogʻishmay rioya etilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agentlik direktorining oʻrinbosarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli yoʻnalishlar boʻyicha topshiriqlar oʻz vaqtida va samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan yoʻnalishlar boʻyicha tadbirkorlikni rivojlantirish vazifalarini hamda dasturlarini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi uchun javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Agentlikning davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, tijorat banklari bilan oʻzaro munosabatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Agentlik davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, tijorat banklari bilan oʻzaro hamkorlik qilishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, tijorat banklarining faoliyatini Agentlik vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha qabulxonalari hamda tijorat banklari bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini va tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishda mavjud muammolarning tizimli tahlil qilinishini tashkil etadi, shu asosda keyinchalik tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash sohasiga oid qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, tijorat banklari rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida majlislar chaqiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, bank siri hamda tijorat siriga qatʼiy rioya qilgan holda, tijorat banklaridan oʻz vakolatiga tegishli maʼlumotlar bazasi va axborot resurslarini yaratish uchun zarur axborotni soʻrab oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlariga doir masalalar boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq muammolarni hal qilish yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda takliflarni tayyorlash va kiritishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va Agentlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, xodimlar mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Agentlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining qoʻshimcha daromadlarining bir qismi, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Agentlik boshqaruv xodimlariga nisbatan Vazirlikning markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, tibbiy va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshidan, mukofotlardan, qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalardan, ragʻbatlantiruvchi toʻlovlardan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirishlardan tashkil topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Agentlik xodimlariga transport va ovqatlanish xarajatlari uchun har oylik toʻlovlar hamda bayram munosabati bilan toʻlanadigan mukofot pullari, shuningdek, yuqori malakali xodimlar uchun ustamalar belgilash Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, Jamgʻarmaning qoʻshimcha daromadlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlariga transport va ovqatlanish xarajatlari, bayram munosabati bilan toʻlanadigan mukofot pullari hamda yuqori malakali xodimlar uchun ustamalar berish tartibi Agentlik buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha vakolatli ofislarining joriy taʼminoti va faoliyati, shuningdek, xodimlariga koʻp yillik xizmatlari uchun toʻlovlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha vakolatli ofislarining xodimlariga nisbatan Vazirlikning hududiy boshqarmalari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha vakolatli ofislarining yuqori malakali xodimlariga Jamgʻarmaning qoʻshimcha daromadlari hisobidan ustamalar ajratish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Agentlikka jami 18 ta, shu jumladan markaziy apparatiga 3 ta xizmat va 1 ta navbatchi hamda Agentlikning vakolatli ofislariga 14 ta yengil avtotransport vositasini xarid qilish va saqlashga respublika va mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan limit ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda, Agentlikning qoʻshimcha yengil avtotransport vositalarini xarid qilish va saqlash xarajatlari oʻrnatilgan tartibda Jamgʻarmaning qoʻshimcha daromadlari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Agentlik faoliyati samaradorligini baholash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Faoliyat samaradorligini baholash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori va oʻrinbosarlarining faoliyati Vazirlik tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalar boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari, shuningdek, Agentlik xodimlarining faoliyati Agentlik direktori tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Faoliyatning samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari asosida Agentlik rahbarlari va xodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazo choralari qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Agentlik muntazam ravishda Vazirlikka oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-fevraldagi 77-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) vazifalari, faoliyat yoʻnalishlarini, shuningdek, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarma oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Jamgʻarmaning Boshqaruv kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Kengash) hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, ushbu Nizom, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) hamda Agentlikning buyruqlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamgʻarma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansi, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarmaning rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — State fund for support of entrepreneurship activities under the Agency for the development of entrepreneurship;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — State fund for support of entrepreneurship activities;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Gosudarstvenniy fond podderjki predprinimatelskoy deyatelnosti pri Agentstve po razvitiyu predprinimatelstva;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Gosudarstvenniy fond podderjki predprinimatelskoy deyatelnosti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamgʻarma barcha huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamgʻarma joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Qoratosh koʻchasi, 1-uy (7-qavat), pochta indeksi 100027.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Nizomga ilovada nazarda tutilgan talablar oldin qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan kafillik va kompensatsiyalarning Jamgʻarma tomonidan taqdim etilishi shartlariga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamgʻarma ushbu Nizom va Nizomga ilovada koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib, tijorat banklari yoki lizing tashkilotlari tomonidan yuborilgan elektron buyurtmalar (kafillik, kompensatsiya va boshqa xizmat koʻrsatish turlari boʻyicha) bilan Nizom hamda Nizomga ilovadagi shartlarga mos kelmagan holatlarda, tijorat banklariga yoki lizing tashkilotlariga buyurtmanomani rad etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banki — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli litsenziyasiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan tijorat banki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan va tadbirkorlik tashabbusini amalga oshiruvchi kichik biznes subyekti, klaster, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari, “Tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari yoki aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga taalluqli yuridik shaxs;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 798-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 09/21/798/1226-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit — qarz oluvchining loyihalarini moliyalashtirish uchun foydalaniladigan tijorat banki krediti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing (moliyaviy ijara) — bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (qarz oluvchining) topshirigʻiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib olishni va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga oʻn ikki oydan ortiq muddatga berishni nazarda tutadigan ijara munosabatlarining alohida turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
resurs — nodavlat notijorat tashkilotlariga qarz mablagʻlarini ajratish (keyingi oʻrinlarda — qarz mablagʻlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiya — tijorat banklari kreditlari va lizing tashkilotlarining lizingi boʻyicha foizli xarajatlarning bir qismini qoplash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-sonli qaroriga asosan nodavlat taʼlim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1,0 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorini kompensatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafillik — qarz oluvchi tijorat banki oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun javob berish masʼuliyatini Jamgʻarmaga yuklaydigan kafillik shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar — oldindan belgilangan vaqt mobaynida tadbirkorlik faoliyatidan iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat koʻrish maqsadida amalga oshiriladigan oʻzaro bogʻliq tadbirlar va ishlar majmui, quyidagilarni nazarda tutuvchi maqsadlar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari olingan kreditlarni yoki istalgan boshqa qarzdorlikni qaytarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankdan tashqari kredit tashkilotlari resurs bazasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavakkalchilikka asoslangan qimor va boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda shu maqsadlar uchun uskunalarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalash — kredit garovi va qaytarilmasligini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta kompaniyalarining majburiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari — aholining kam taʼminlangan qatlamlaridan boʻlgan va ushbu Nizomning 30-bandida belgilangan tartibda aniqlanadigan shaxslar toifasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar Jamgʻarma faoliyati asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni rivojlantirishni, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish oʻrinlari yaratish imkonini beradigan davlat, tarmoq va hududiy dasturlar, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarining innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, yangi turdagi mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyatiga samarali yangi texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda respublikada tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashni takomillashtirish muammolarini oʻrganishga qaratilgan kompleks ilmiy va amaliy tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamgʻarmadan moliyaviy yordam olish uchun berilgan arizalarni koʻrib chiqish boʻyicha elektron hujjatlar aylanishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qarorida maʼqullangan elektron hujjatlar aylanishi sxemalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamgʻarmadan moliyaviy yordam olgan shaxs Jamgʻarmaning buyurtmasida qarz oluvchi sifatida koʻrsatilgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oldin Jamgʻarmaning moliyaviy yordamini olgan shaxs quyidagi holatlarda Jamgʻarmaga kafillik va/yoki kompensatsiya olish uchun takroran murojaat qilishga haqli boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi kafillik shartnomasi boʻyicha shartnoma amal qilgan kredit boʻyicha qarzdorlik toʻliq qaytarilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi kompensatsiya shartnomasi boʻyicha shartnoma amal qilgan kredit boʻyicha qarzdorlik toʻliq qaytarilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafillik va kompensatsiya taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnoma tomonlarning roziligi bilan bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamgʻarmani boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan Kengash Jamgʻarmani boshqaruvining oliy organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga va boshqa moliyaviy aktivlariga joylashtirish boʻyicha cheklangan parametrlarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning faoliyati, shu jumladan mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishi, tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy yordam koʻrsatishga doir qarorlarning oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma tomonidan ushbu Nizomda koʻrsatilmagan moliyaviy yordamning boshqa turlarini koʻrsatish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari boʻyicha har yilgi prognozlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma moliyaviy yordam koʻrsatishi uchun ishlab chiqarishning ustuvor sohalari va kichik tadbirkorlik yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma ijro etuvchi organining Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi, shuningdek, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar vakillarining amalga oshirilayotgan operatsiyalar samaradorligi, taqdim etilgan resurslar, Jamgʻarma kafilligi hamda kompensatsiyalari natijalari haqidagi hisobotlarini muntazam eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamgʻarmaning ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tuzilmasi oʻrnatilgan tartibda Vazirlik buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Ijro etuvchi direksiya) uning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ijro etuvchi direksiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma joriy faoliyatini operativ boshqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklaridan tushgan buyurtmalarni koʻrib chiqadi, oʻz vakolatlari doirasida Jamgʻarmaning kafilligi va kompensatsiyalarini taqdim etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga resurslar ajratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi yil uchun Davlat budjeti asosiy parametrlari bilan bogʻliq holda, Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining har yilgi prognozlarini shakllantiradi hamda Agentlik bilan kelishilgan holda Kengashga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalarini kengaytirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun Agentlik bilan kelishilgan holda Kengashga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi uchun zarur qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etish boʻyicha amaliy choralar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarini hisobga olish hamda ularning ijrosi toʻgʻrisida hisob yuritilishini, hisobot berilishini taʼminlaydi hamda tasdiqlash uchun Agentlik bilan kelishilgan holda Kengashga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning yillik auditdan oʻtkazish uchun, shu jumladan uning mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha Agentlik bilan kelishilgan holda auditorlik tashkilotini belgilangan tartibda jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishning tizimli monitoringini olib boradi hamda bu toʻgʻrisida Agentlikka har oyda hisobot berib turadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning vaqtinchalik boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga va boshqa moliyaviy aktivlarga joylashtirish yuzasidan Agentlik bilan kelishilgan holda Kengashga takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vazirlik buyrugʻi bilan belgilangan tartibda lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Ijrochi direktor Ijro etuvchi direksiyaning rahbari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktorining oʻrinbosarlaridan biri bir vaqtning oʻzida Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijrochi direktor Agentlik direktori bilan kelishgan holda malakali, shu jumladan xorijlik mutaxassislarni ularning xizmat haqini Jamgʻarmaning oʻz mablagʻlari hisobiga toʻlagan holda jalb qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijrochi direktor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq Ijro etuvchi direksiya faoliyatini tashkil etadi va uning uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik bilan kelishilgan holda, Ijro etuvchi direksiyani xodimlarning belgilangan soni doirasida aktivlarni boshqarish, biznesni, shu jumladan tadbirkorlikning turli yoʻnalishlariga oid investitsiya loyihalarini tahlil qilish, ekspertizadan oʻtkazish va moliyalashtirish sohasida yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Jamgʻarma manfaatlarini ifoda etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma nomidan mehnat, xoʻjalik, kredit shartnomalari va boshqa shartnomalarni, shu jumladan kafillik, kompensatsiyalar va resurslar taqdim etish hamda vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarida depozitga joylashtirish toʻgʻrisidagi shartnomalarni imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilgan ishlar hamda kelgusi chorak uchun ish rejalari toʻgʻrisida har chorakda Agentlik va Kengash oldida hisob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma Ijrochi direktorining oʻrinbosari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi direksiyaning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari Agentlik direktori bilan kelishilgan holda, Ijrochi direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ijro etuvchi direksiyaning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan toʻgʻri va samarali foydalanish yuzasidan javobgarlik jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma oʻzining buxgalteriya hisobini Buxgalteriya hisobining milliy standartlari boʻyicha yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Agentlik, uning hududiy vakolatli ofislari va jamgʻarma xodimlarini ragʻbatlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Jamgʻarma budjetdan tashqari mablagʻlarining sarflanishi boʻyicha nizom ishlab chiqadi hamda Agentlik bilan kelishadi, ushbu nizom Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ijro etuvchi direksiyaning xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun Vazirlikning markaziy apparati xodimlariga belgilangan mehnatga haq toʻlash va ragʻbatlantirish shartlari joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamgʻarma xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq va ustamalar, ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish mablagʻlaridan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Xizmat vazifalarini bajarishda foydalanish uchun Jamgʻarmaga 1 dona shaxsan biriktirilgan hamda 1 dona navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradi va uning hisobi belgilangan tartibda Davlat budjetining gʻazna ijrosi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-son qaroriga 1-ilovada koʻrsatilgan tashkilotlarning badallari hisobiga shakllantiriladigan boshlangʻich badal;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ushbu maqsadlar uchun har yilgi tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining har yilgi sof foydasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladigan bir qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi yuqoridagi qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun begʻaraz asosida ajratgan 9,0 mln AQSh dollari ekvivalentidagi Jamgʻarmaga yoʻnaltiradigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba tariqasida keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka oʻqitish va unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida yoʻnaltirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 2,0 mln AQSh dollari ekvivalentidagi Jamgʻarmaga ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Jamgʻarmaning, shu jumladan vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklariga depozitlarga joylashtirish, kafilliklar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarma faoliyati boʻyicha yoʻnalishlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida belgilangan tartibda ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Jamgʻarma mablagʻlaridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchilarning kreditlari boʻyicha taqdim etilgan kafilliklar bilan bogʻliq toʻlovlarni tijorat banklariga toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foizli xarajatlarning bir qismini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlov gʻoliblariga resurs ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit qaytarilmasligini sugʻurtalashning barcha shartnomalari, jumladan, moliyaviy yil davomida “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” AJni oʻz kapitalining 10 foizi miqdorida garov taʼminoti, kafillik va kafolat bilan (kreditlar va lizing operatsiyalari boʻyicha tadbirkorlik tavakkalchiligini sugʻurtalash) qoplanmagan sugʻurta qoplamasi umumiy hajmi oshib ketganda, “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” AJning yoʻqotishlarini qoplab berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektrotexnika va elektr maishiy mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun elektrotexnika tarmogʻi tashkilotlariga Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan foiz stavkasi bilan milliy valyutada beriladigan kreditlarning 20 milliard soʻmgacha boʻlgan qismi boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismini, biroq 5 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda uch yil muddatgacha kompensatsiya qilish;
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 631-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 09/21/631/0950-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratilgan resurslarni tajriba tariqasida mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlar va xotin-qizlarni kichik tadbirkorlikka jalb qilish loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma faoliyatini moddiy-texnik taʼminlash, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni xarid qilish, ushbu nizomning 21-bandida koʻrsatilgan xarajatlarni, shu jumladan mehnatga haq toʻlash va mehnatga haq toʻlashga tenglashtirilgan toʻlovlarni hamda ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarni toʻlash xarajatlarini amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda qayd etilgan maqsadlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan qatʼiy belgilangan yoʻnalishlarda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Jamgʻarma kafilligi va kompensatsiyalari faqat yangi ajratiladigan kreditlar va lizinglar uchun beriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avval ajratilgan kreditlar boʻyicha kompensatsiyalar berish toʻgʻrisida qarz oluvchilarning murojaatlari tijorat banklari tomonidan keyinchalik Jamgʻarmaga yuborish uchun qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun tijorat banklari kreditlarini ajratishda Jamgʻarma kafilligi berilishini koʻrib chiqishning shartlari va tartiboti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Qarz oluvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Agentlik va Jamgʻarma tomonidan belgilangan mezonlarga mosligi, shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtganligi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun tijorat banklari ajratadigan kreditlar boʻyicha Jamgʻarma kafilligini berish sharti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tijorat banklari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kreditlar ajratishda Jamgʻarma kafilligini kredit summasining 50 foizigacha (shu jumladan 50 foizi), biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Qarz oluvchi kreditni qaytarganda va kredit boʻyicha oʻz majburiyatlarini imkon qadar kamaytirganda, birinchi navbatda, kredit boʻyicha qaytarilgan summaga mutanosib ravishda Jamgʻarma kafilligi taʼminlanishidan ozod etiladi. Bunda qarz oluvchi tomonidan ajratilgan kredit boʻyicha taʼminlash sifatida taqdim etilgan mulk faqat Jamgʻarma kafilligi toʻliq qoplanganidan soʻng garovdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun tijorat banklari ajratadigan kreditlar boʻyicha Jamgʻarma kafilligini berish xizmatlari bepul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Qarz oluvchi loyihani moliyalashtirishga kredit olish uchun tijorat bankining filialiga ariza bilan murojaat qiladi, unda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Jamgʻarma kafilligini olish istagini bildiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchining bank hisobvaragʻiga pul mablagʻlari tushish prognozi (amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha pul oqimi) koʻrsatilgan biznes-reja;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit boʻyicha taʼminlash sifatida taqdim etiladigan garov toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tijorat bankining filiali ariza va hujjatlarning toʻliq turkumini olgandan soʻng ikki kun ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchining belgilangan mezonlarga muvofiqligini, shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtganligini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini tekshiradi. Hujjatlarning toʻliq boʻlmagan turkumi taqdim etilganda, bank filiali bir kun muddatda tegishli axborot (hujjat)ni soʻrab oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, qonunchilik va ichki kredit siyosatida belgilangan tartibotga muvofiq loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Quyidagi hollarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda — bank filiali Jamgʻarma kafilligini olish uchun buyurtmani ilova qilgan holda oʻz xulosasini tijorat bankiga yuboradi va bu haqda qarz oluvchini xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit ajratish rad etilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda — bank filiali rad etishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda qarz oluvchiga yozma javob yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tijorat banki filialdan hujjatlarni olgandan soʻng bir kun mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olingan hujjatlarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma tomonidan belgilangan tartibda buyurtmani tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratiladigan kreditlar boʻyicha qarz oluvchiga kafillik berish toʻgʻrisida Jamgʻarmaga buyurtmani yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi uchun tijorat bankining imzo qoʻygan mansabdor shaxsi javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Buyurtma qabul qilingandan soʻng Jamgʻarma ikki kun mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmani koʻrib chiqadi va uni ushbu Nizom talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tijorat bankini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Kafillik olish uchun talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, Jamgʻarma xabarnomada rad etishning asosli sabablarini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Buyurtma maʼqullanganligi toʻgʻrisida xabarnoma olingandan soʻng tijorat banki bir kun mobaynida bank filiali tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma va qarz oluvchi bilan kafillik shartnomasi tuzilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafillik shartnomasi elektron raqamli imzo bilan imzolangan boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Jamgʻarmaning berilgan kafillik boʻyicha tijorat banki oldidagi majburiyatlari kafillik shartnomasi barcha tomonlari tomonidan imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Jamgʻarmaning berilgan kafilliklar boʻyicha tijorat banki oldidagi majburiyatlari quyidagi holatlarda toʻxtatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit boʻyicha asosiy qarz kafillik summasi miqdorida toʻliq qaytarilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma tomonidan kafillik boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning yozma ravishdagi ruxsatisiz kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlardagi shaxslar oʻzgarganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning kafilliklar boʻyicha majburiyatlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda ham toʻxtatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Kompensatsiyani berish, toʻxtatib turish, toʻxtatish va qayta tiklash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Jamgʻarma ushbu Nizomga ilovada nazarda tutilgan tartibda kompensatsiyalar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tijorat banklari va lizing tashkilotlari kompensatsiyalarni oluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Kredit va lizing stavkalari, muddatlari va boshqa parametrlari oʻzgargan taqdirda, kompensatsiyalarning stavkasi va summasi oʻzgarmasdan, kompensatsiya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanada qayd etilgan darajada qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Jamgʻarma joriy kreditlar, lizinglar yoki budjetga toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlgan qarz oluvchilarning loyihalari boʻyicha kompensatsiya bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Kredit yoki lizing berilishi uchun zarur boʻlgan qonun hujjatlari va tijorat bankining yoki lizing tashkilotining kredit siyosatida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda, qarz oluvchining tijorat banki filiali yoki lizing tashkilotiga murojaat qilishi kompensatsiya tashabbusiga asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Kredit yoki lizing berishning imkoniyati toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqqandan soʻng tijorat bankining filiali qaror qabul qilingan sanadan boshlab ikki kun mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit yoki lizing ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilsa — kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi buyurtmani tijorat bankiga taqdim etadi va bu haqda qarz oluvchini xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit yoki lizing ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsa — rad etishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda qarz oluvchiga yozma javob yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari yoki lizing tashkilotlari kredit yoxud lizing ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilsa — kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi buyurtmani Jamgʻarmaning “Tadbirkor” axborot tizimiga kiritadi va buyurtmani elektron raqamli imzo (ERI) bilan imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit yoki lizing ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsa — rad etishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda qarz oluvchiga yozma javob yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi uchun lizing tashkilotining uni imzolagan mansabdor shaxsi javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Tijorat banki oʻz filialidan hujjatlar olingandan soʻng bir kun mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olingan hujjatlarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma tomonidan belgilangan shaklga koʻra buyurtmani tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchiga kompensatsiya berilishi uchun Jamgʻarmaning “Tadbirkor” axborot tizimiga kiritadi va buyurtmani ERI bilan imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtma elektron raqamli imzo bilan imzolanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi uchun tijorat bankining uni imzolagan mansabdor shaxsi javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Ijro etuvchi direksiya buyurtma Jamgʻarmaga tushgan sanadan boshlab uch kun mobaynida uni koʻrib chiqadi va kompensatsiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Jamgʻarma bir kun mobaynida tijorat bankini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida (rad etilgan taqdirda — asosli sabablar koʻrsatilgan holda) keyinchalik bank filiali va qarz oluvchiga maʼlumot berish uchun xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Kompensatsiya berilgani toʻgʻrisida bildirishnomani olgandan soʻng ikki kun mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banki filiali yoki lizing tashkiloti kompensatsiya berilgani toʻgʻrisida qarz oluvchini xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banki filiali yoki lizing tashkiloti, qarz oluvchi va Jamgʻarma kompensatsiya berilishi toʻgʻrisida shartnomani ERI bilan imzolaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Tijorat bankining filiali kompensatsiya berilishi toʻgʻrisidagi bildirishnomani olgandan soʻng uch kun mobaynida qarz oluvchi bilan kredit shartnomasini imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Lizing tashkiloti kompensatsiya berilishi toʻgʻrisidagi bildirishnomani olgandan soʻng uch kun mobaynida qarz oluvchi bilan lizing shartnomasini imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Kompensatsiya berilishi rad etilgani toʻgʻrisidagi bildirishnomani olgan tijorat banki bir kun mobaynida bu haqda bank filiali va qarz oluvchini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiya berilishi rad etilgani toʻgʻrisidagi bildirishnomani olgan lizing tashkiloti bir kun mobaynida bu haqda qarz oluvchini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Har bir oy uchun kompensatsiya Jamgʻarma tomonidan oy yakunlangandan soʻng 20 kun mobaynida, tijorat banki tomonidan Jamgʻarmaga oy yakunlangandan soʻng 15 kun mobaynida taqdim etiladigan kompensatsiya reyestri asosida toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir oy uchun kompensatsiya Jamgʻarma tomonidan oy yakunlangandan soʻng 20 kun mobaynida, lizing tashkiloti tomonidan Jamgʻarmaga oy yakunlangandan soʻng 15 kun mobaynida taqdim etiladigan kompensatsiya reyestri asosida toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Tijorat banki va lizing tashkiloti kompensatsiya berilishi toʻgʻrisidagi shartnoma amal qiladigan har bir kreditning qoldiqlari boʻyicha hisoblangan foizlardan kelib chiqqan holda kompensatsiya reyestrini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestrni Jamgʻarma talablari doirasida elektron tarzda shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskorlarining kredit va lizing maʼlumotlarining Jamgʻarmaning “Tadbirkor” axborot tizimiga integratsiyasini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ERI bilan imzolangan reyestrni “Tadbirkor” axborot tizimi orqali yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banki va lizing tashkiloti shakllantiriladigan reyestrning barcha hisob-kitoblarini istalgan muddatga onlayn rejimda Jamgʻarmaga taqdim etish imkoniyatini yaratishni nazarda tutuvchi dasturiy taʼminotga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Tijorat banklari va lizing tashkilotlari kompensatsiya reyestrining haqqoniyligi va toʻliqligi, shuningdek, Jamgʻarmaga oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Tijorat banklari va lizing tashkilotlari belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizom doirasida ajratilgan kreditlar va lizinglarning hisobini muddati va qarz oluvchining turi boʻyicha alohida balans hisobvaraqlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiya shartnomalariga asosan hisoblangan va Jamgʻarma tomonidan kompensatsiya qilinadigan foizlarning hisobini alohida balans hisobvaraqlarda yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha kompensatsiyalar milliy valyutada, kompensatsiya toʻlovi amalga oshiriladigan oydan keyingi oyning birinchi kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Jamgʻarma kompensatsiyasi tijorat banki yoki lizing tashkilotining taqdim etgan reyestri asosida bir paytning oʻzida bir qancha kredit yoki lizing shartnomalari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy bankning 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” tranzit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing tashkilotining talab qilib olguncha hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” tranzit hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlar bankning 16325 — “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kompensatsiyasi” hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Lizing tashkilotining talab qilib olguncha hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlar qarz oluvchilarning hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Qarz oluvchilar kreditni muddati oʻtganidan soʻng qaytargan holatlarda, ajratiladigan kompensatsiya summasi tasdiqlangan qaytarish jadvalida qayd etilgan summadan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Jamgʻarma kompensatsiya berishni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi shartnoma amal qiladigan kreditdan yoki lizingdan boshqa maqsadda foydalanilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi tomonidan kredit yoki lizing boʻyicha asosiy qarzning tegishli qismi kredit yoki lizing shartnomasi boʻyicha toʻlovlar jadvaliga muvofiq majburiyatlar yuzaga keladigan sanadan boshlab 90 kun mobaynida qaytarilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi, lizing tashkiloti va/yoki tijorat bankining buyurtmasida ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlanganda toʻxtatib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banki va lizing tashkiloti ushbu bandda nazarda tutilgan holatlarni aniqlash maqsadida qarz oluvchining faoliyati yuzasidan, shu jumladan joyiga chiqib monitoring olib boradi va ular aniqlanganda, bu toʻgʻrida Jamgʻarmani uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Jamgʻarma kompensatsiya berishni toʻxtatib turish uchun asos boʻladigan holat aniqlangani toʻgʻrisida tijorat bankining yoki lizing tashkilotining xabarini olgandan soʻng uch kun mobaynida kompensatsiya berishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu toʻgʻrisida tijorat bankini yoki lizing tashkilotini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Kompensatsiya berishni toʻxtatib turish uchun asos boʻladigan sabablar bartaraf etilgach, kompensatsiya berish qayta tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Jamgʻarma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi kredit yoki lizing shartnomasi boʻyicha kreditni yoki lizingni toʻliq qaytarsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit yoki lizing shartnomasining amal qilishi toʻxtatilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilishi toʻxtatilsa, kompensatsiya berishni toʻxtatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda ham kompensatsiya berishni toʻxtatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Kompensatsiya berish toʻxtatilgan yoki kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan holatlarda, qarz oluvchi kredit yoki lizing boʻyicha foizlarni toʻliq toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Tijorat banklarining kreditlari boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga Jamgʻarmaning kafilligi berilishini koʻrib chiqish shartlari va tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Jamgʻarma ushbu Nizomga ilovada nazarda tutilgan kafilliklarni beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Jamgʻarma faqat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatilish bosqichida boʻlmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy kredit va budjetga toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorligi boʻlmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularga nisbatan bankrotlik tartibi qoʻzgʻatilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomda belgilangan boshqa talablarga rioya qiladigan qarz oluvchiga kafillik beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Qarz oluvchining qonun hujjatlarida va tijorat bankining kredit siyosatida nazarda tutilgan kredit berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ilova qilgan holda tijorat banki filialiga murojaat qilishi kafillik tashabbusi bilan chiqish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Kredit berish imkoniyati toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilgandan keyin tijorat bankining filiali qaror qabul qilingan sanadan boshlab ikki kun mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa — kafillik olish uchun buyurtmani “Tadbirkor” axborot tizimiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit ajratish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa — rad etishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda qarz oluvchiga yozma javob yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Tijorat banki filialdan hujjatlar olinganidan keyin bir kun mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olingan hujjatlarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkor” axborot tizimidagi buyurtmani toʻgʻri toʻldirilganini tekshiradi va uni ERI bilan tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmada xatoliklar aniqlansa, tijorat banki filialiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi uchun tijorat bankining uni imzolagan mansabdor shaxsi javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi buyurtma Jamgʻarmaga tushgan sanadan boshlab uch kun mobaynida uni koʻrib chiqadi va kafillik berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Jamgʻarma bir ish kuni mobaynida tijorat bankini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida (rad etilganda taqdirda — asosli sabablar koʻrsatilgan holda) keyinchalik bank filiali va qarz oluvchini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Kafillik berish toʻgʻrisida Jamgʻarmaning ijobiy qarori olinganda, tijorat banki filiali ikki kun mobaynida qarz oluvchi bilan birgalikda kafillik berilishi toʻgʻrisida shartnomani ERI bilan imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Kafillik berilganligi uchun milliy valyutada kafillik summasining bir foizi miqdorida bir martalik vositachilik haqi belgilanadi. Vositachilik haqi qarz oluvchining istalgan hisobraqami, jumladan, tranzit hisobraqamlar orqali ham toʻlab berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning kafillik boʻyicha majburiyatlari vositachilik haqi toʻliq toʻlangan sanadan boshlab kuchga kiradi. Uch tomonlama imzolangan kafillik shartnomasi tomonlarning roziligi bilan bekor qilingan taqdirda, shartnoma boʻyicha tushgan vositachilik haqi qarz oluvchiga qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Kafillik boʻyicha majburiyatlar quyidagi holatlarda toʻxtatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi tomonidan kafillik boʻyicha toʻlovning kredit ajratilgunga qadar amalga oshirilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit boʻyicha asosiy qarzning kafillik bilan taʼminlangan qismining toʻlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma tomonidan kafillik boʻyicha toʻlovning amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning yozma ruxsatisiz kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlarda shaxslarning almashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Jamgʻarma kafillik portfelining qisman yoki toʻliq hajmi uchun sugʻurta qoplamasini jalb etish huquqiga ega. Bunda sugʻurta qoplamasi boʻyicha sarf-xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Kredit qaytarilmasligini sugʻurta qilishning barcha shartnomalari boʻyicha sugʻurta qoplamasining umumiy hajmi (kreditlar va lizing operatsiyalari boʻyicha tadbirkorlik tavakkalchiligini sugʻurta qilish) moliyaviy yilda “Kafolat” sugʻurta kompaniyasi AJ kapitalining 10 foizidan ortiq boʻlgan taqdirda, kompaniyaning oʻz kapitali 10 foizidan ortiq summadagi yoʻqotishlari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Berilgan kafillik boʻyicha majburiyatlarning Jamgʻarma tomonidan bajarilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Qarz oluvchi kreditni qaytarganda va kredit boʻyicha oʻz majburiyatlarini kamaytirganda, birinchi navbatda, kredit boʻyicha qaytarilgan summaga mutanosib ravishda Jamgʻarma kafilligi taʼminlanishidan ozod etiladi. Bunda qarz oluvchi tomonidan ajratilgan kredit boʻyicha taʼminlash sifatida taqdim etilgan mol-mulk faqat Jamgʻarma kafilligi toʻliq qoplangandan soʻng garovdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Tijorat banki berilgan kredit boʻyicha toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilishi boʻyicha majburiyatlar bajarilishi yuzasidan qarz oluvchi faoliyatining monitoringini, shu jumladan joyiga chiqib olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Qarz oluvchi berilgan kredit boʻyicha majburiyatlarni bajarmasa yoki tegishli ravishda bajarmasa, bank qonun hujjatlarida belgilangan tartibda unga yozma talablar qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Qarz oluvchi kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan sanadan (tegishli ravishda bajarmaganda) boshlab bank 90 kalendar kuni mobaynida qarz oluvchidan kredit boʻyicha asosiy qarzning qaytarilmagan summasini olish, undan foizlarni undirish va kredit shartnomasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi uchun, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchining hisobraqamidagi mablagʻlarni uning ruxsatisiz olib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
undiruvni garov predmetiga qaratish va taʼminlashga talablar qoʻyish (Jamgʻarma kafilligi bundan mustasno) yoʻli bilan barcha oqilona va yuzaga kelgan vaziyatda mumkin boʻlgan choralarni koʻrishga majbur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit taʼminoti sifatida sugʻurta polisi olingan hollarda ham undiruv avval sugʻurta polisiga qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma kafilligi boʻyicha javobgarlik subsidiar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda nazarda tutilgan barcha zarur tartibotlar bajarilgandan soʻng, agar kredit shartnomasida belgilangan tartibda bank oldidagi qarz summasi qaytarilmasa, bank Jamgʻarmaga quyidagilar qayd etilgan talablarni qoʻyadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafillik shartnomasi rekvizitlari (shartnoma tuzilgan sana, raqami, bank va Jamgʻarma kafil boʻlgan qarz oluvchining nomi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafillik shartnomasi bilan taʼminlanadigan kredit shartnomasi rekvizitlari (shartnoma tuzilgan sana, raqami va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit boʻyicha asosiy qarz va asosiy qarzga hisoblangan foizlar summasiga boʻlingan talablar hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchining shartnoma boʻyicha bajarilmagan majburiyatlari hajmi boʻyicha javobgarlikning haqiqiy hajmidan kelib chiqqan holda, Jamgʻarmaning kafillik shartnomasi boʻyicha moliyaviy javobgarlik hajmining hisob-kitobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma tomonidan toʻlanadigan mablagʻlar oʻtkazilishi kerak boʻlgan va toʻlov rekvizitlari koʻrsatilgan bank hisobvaragʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank talablarini qanoatlantirish muddatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Talab (eʼtiroz) tijorat bankining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanishi va bank muhrining bosma izi bilan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Ushbu talabga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabni (eʼtirozni) imzolaydigan shaxsning vakolatini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchining qarzdorligi hisob-kitobi va Jamgʻarma javobgarligining hisob-kitobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchining bank oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning qarz oluvchiga yoʻllagan talabining (eʼtirozining) nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banki ushbu Nizomda qayd etilgan qarz oluvchiga nisbatan choralar koʻrgani va tegishli ishlarni amalga oshirganligini tasdiqlaydigan hujjatlar nusxalari bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankning Jamgʻarmaga nisbatan talabi (eʼtirozi) qayd etilgan barcha hujjatlar tijorat bankining vakolatli vakili tomonidan tasdiqlanib, bank muhrining bosma izi bilan mustahkamlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Taqdim etilgan talab Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan berilgan kafillikka va ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi boʻyicha koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish kafillik shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Jamgʻarma tijorat bankiga kafillik summasini toʻlash haqidagi talabni bajarishni taqdim etilgan hujjatlar kafillik shartnomasi shartlariga muvofiq boʻlmaganda rad etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eʼtirozlar bildirilgan taqdirda, Jamgʻarma bankdan talab tushgan sanadan boshlab uch kun mobaynida tijorat bankiga mavjud barcha eʼtirozlar koʻrsatilgan xatni yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Jamgʻarma eʼtirozlar bildirilmaganda, tijorat banki tomonidan koʻrsatilgan hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini oʻtkazishi shart. Jamgʻarma tijorat bankining talablari asosida va kafillik shartnomasiga muvofiq tijorat bankiga kreditning toʻlanmagan qismi boʻyicha kafillik shartnomasida koʻrsatilgan majburiyatlar summasidan oshmaydigan miqdorda kreditning asosiy qarzi va asosiy qarziga hisoblangan foizlar toʻlovini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Jamgʻarma majburiyatlari Jamgʻarma tomonidan tijorat bankiga pul mablagʻlari oʻtkazilgan paytdan bajarilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Kafillik boʻyicha toʻlovlar toʻlagandan soʻng tijorat banki qarz oluvchining boshqa likvid mulki hisobidan, shu jumladan sudga murojaat qilish orqali qoplanishini regress tartibida talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratilgan resurslarni taqdim etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratilgan resurslar tajriba tariqasida yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish va unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini Jamgʻarma tomonidan qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Nodavlat notijorat tashkilotlarining yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish va ularga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishdan iborat kompleks dasturlarini amalga oshirish uchun Jamgʻarma hisobidan tanlov asosida 5 yil muddatga, jumladan, bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada qarz mablagʻlari ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Agentlik nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida mazkur mablagʻlar hisobidan qarz ajratish boʻyicha tanlovlarni eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Tanlov gʻoliblari va Jamgʻarma oʻrtasida qarz mablagʻlarini ajratish boʻyicha ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida shartnomalar (keyinchalik — sheriklik shartnomasi) imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Nodavlat notijorat tashkilotlari oʻzlariga ajratilgan qarzning bir qismini mikrokredit tashkilotlariga shartnoma asosida resurs sifatida joylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Sheriklik shartnomasiga asosan Jamgʻarma mablagʻlarni nodavlat notijorat tashkilotlarining hisobraqamiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Sheriklik shartnomasida nodavlat notijorat tashkilotlarining majburiyatlari belgilab beriladi. Jumladan, resurslarning samarali va maqsadli ishlatilishi, har oyning 5-sanasiga qadar hisoblangan foizlarni Jamgʻarma hisobraqamiga oʻtkazib berilishi va ular bilan bogʻliq tegishli soliqlar oʻz vaqtida toʻlanishi va qonunchilikda belgilangan boshqa shartlar kelishuvda koʻrsatib oʻtiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan olingan qarz mablagʻlari va ularga hisoblangan foizlar Jamgʻarmaga sheriklik shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Agentlik ajratiladigan mablagʻlarning samarali va maqsadli foydalanilishi boʻyicha monitoring oʻrnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan ajratilgan resurs mablagʻlaridan samarasiz va maqsadsiz foydalanilgan holatlari aniqlaganda, Jamgʻarma nodavlat notijorat tashkilotidan resurslarning tegishli qismini va unga hisoblangan foizlarni muddatidan avval qaytarishni talab qilishga haqli. Bunda Jamgʻarma nodavlat notijorat tashkilotiga akseptsiz talabnoma qoʻyadi. Ushbu talablar sheriklik shartnomasida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Jamgʻarma tomonidan sheriklik shartnomasiga asosan resurslar ushbu maqsadga ajratilgan mablagʻlar qoldigʻi doirasida ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Jamgʻarma har chorak yakunidan keyingi oyning 5-sanasidan kechikmasdan, ajratilgan resurslar toʻgʻrisida Agentlikka hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish va unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan NNTni qoʻllab-quvvatlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Maxsus oʻquv kurslarida oʻqigan tinglovchilarning oʻqish xarajatlarini qoplab berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Nodavlat taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — NTT) tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchi (yoshlar, xotin-qizlar) uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1,0 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdori kompensatsiya qilib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga maxsus sertifikat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv kurslarini tamomlagan va maxsus sertifikatga ega boʻlgan bitiruvchilarga kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha sarflagan xarajatlarini qoplab berish uchun NTTlar tomonidan Jamgʻarmaga murojaat kiritiladi (tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda) hamda ular oʻrtasida oʻzaro shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Shartnoma tuzilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida Jamgʻarma tomonidan NTTga belgilangan kompensatsiya mablagʻlari oʻtkazib beriladi hamda mazkur mablagʻlar NTT tomonidan sertifikat olgan bitiruvchilarga qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Jamgʻarma tomonidan NTTga kompensatsiya qilingan mablagʻlar oʻquv kurslari bitiruvchilariga ikki ish kuni muddatida qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. NTT tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchi (yoshlar, xotin-qizlar) uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha sarflangan xarajatlarni kompensatsiya qilib berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Jamgʻarma tomonidan moliyaviy koʻmak berilishida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Jamgʻarma zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Tadbirkor” axborot tizimidan foydalanish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron raqamli imzodan foydalangan holda, kafillik va kompensatsiyalar berish toʻgʻrisida buyurtmalarni qabul qilish va ular boʻyicha qabul qilingan Jamgʻarma qarorlarini elektron tarzda yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron raqamli imzodan foydalangan holda, kafillik va kompensatsiyalar berish toʻgʻrisida elektron shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron raqamli imzodan foydalangan holda, kafillik va kompensatsiyalar boʻyicha hisobotlar tuzish va oʻzaro maʼlumotlar almashish maqsadida Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, tijorat banklari va boshqa davlat tashkilotlari bilan “Tadbirkor” axborot tizimining integratsiyasini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari va ularning mijozlariga Jamgʻarmaning rasmiy veb-sayti orqali real vaqt rejimida buyurtmalarning koʻrib chiqilishi hamda bajarilishi holatini kuzatib borish imkonini berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishini hisobga olish, hisobot berish va nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ularning sarflanishini hisobga oladi hamda ular boʻyicha hisobot tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Tijorat banklari har oy yakuni bilan hisobot oyining keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay, Jamgʻarmaga uning mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Ijro etuvchi direksiya Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilgani toʻgʻrisida yilida bir marotaba tasdiqlash uchun Kengashga hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Ijro etuvchi direksiya 1-fevralgacha boʻlgan muddatda Vazirlik va Agentlikka moliyaviy hisobot yili uchun qarz oluvchilar boʻyicha kafilliklar yuzasidan amalda toʻlangan kompensatsiyalar va toʻlovlar toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Ijro etuvchi direksiya, tijorat banklari va davlat moliyaviy nazorati organlari qarz oluvchilar tomonidan kafilliklar boʻyicha kompensatsiyalar berilishi va toʻlovlar toʻlanishining ushbu Nizomda belgilangan shartlari, maqsadlari hamda tartibiga rioya etilishini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Qarz oluvchi toʻgʻrisidagi axborotni olish va tekshirish uchun Jamgʻarma qarz oluvchining kredit tarixi haqidagi axborotni soʻrab olishga yoki kredit byurosi, tijorat banklari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining axborot tizimlariga ulanish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasidan budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik haqida axborot soʻrash huquqiga ega. Ushbu axborotlar Jamgʻarmaga bepul taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti yilda kamida bir marta Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini belgilangan tartibda tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki har chorakda kamida bir marta berilgan kafilliklar yuzasidan amalga oshirilgan toʻlovlar va kompensatsiyalar boʻyicha toʻlovlar miqdorini aniqlashda amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligini joyida oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan sud tartibida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Jamgʻarma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy yordam shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 50 foizigacha (50 foizi ham shu jumlaga kiradi), biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq boʻlmagan tijorat banklari kreditlari boʻyicha kafillik berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham shu jumlaga kiradi) miqdorda kafillik berish, biroq 8,0 mlrd soʻmdan ortiq emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun beriladigan kreditlar boʻyicha loyihalar sonidan qatʼiy nazar, ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga beriladigan kredit summasining 75 foizidan oshmagan, biroq 10,0 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan hajmdagi kafillik berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yildan boshlab Xorazm viloyati hududida tashkil etilgan sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalarga istisno tariqasida 25,0 mlrd soʻmgacha boʻlgan kreditlarga kafillik va kompensatsiya ajratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foizli xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya berish, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) summasi 10,0 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foizli stavka bilan qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq boʻlgan, biroq 5 foizli punktdan ortiq boʻlmagan qismi boʻyicha milliy valyutada;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) savdo faoliyati uchun summasi 200,0 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 10 foiz punktgacha oshgan qismi boʻyicha milliy valyutada;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) summasi 10,0 mlrd soʻmga teng miqdordan oshmaydigan xorijiy valyutada — tijorat banklari tomonidan belgilangan foizli stavkaning 30 foizgacha miqdorda, biroq 3 foizli punktdan ortiq emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xorijiy valyutada — issiqxonalar qurish, intensiv bogʻlar yaratish, sovutgichlar qurish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash loyihalari uchun 2017-yil 5-sentabrgacha xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari hisobidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ajratilgan valyuta kreditlari boʻyicha — belgilangan foizli stavkaning 50 foizi miqdorida. Bunda, kompensatsiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektining kredit yoki budjetga toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlishidan va kredit summasidan qatʼi nazar taqdim qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddati oʻtgan qarzdorlik yuzaga kelganligi sababli kompensatsiya toʻlovlari toʻxtatilgan davr uchun ham toʻlab beriladi. Bunda, kompensatsiya Jamgʻarma tomonidan tadbirkorlik subyekti foiz xarajatlari boʻyicha qarzdorligini soʻndirishiga mos ravishda toʻlab boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit shartnomalari muddatlari uzaytirilganda, kredit muddatiga mos ravishda toʻlab boriladi;
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-oktabrdagi PQ-5268-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2021-y., 07/21/5268/0997-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tavsiyasiga asosan yaratilgan ish oʻrnining kamida 50 foizi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini ishga olgan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan qiymati 10,0 mlrd soʻmdan, biroq, asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foizli va asosiy stavka bilan ortiq boʻlgan qismi boʻyicha milliy valyutada.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) sertifikatlangan sabzavot, poliz, dukkakli va moyli ekinlar urugʻlarini hamda mevali daraxt va tok koʻchatlarini yetishtiruvchi fermer xoʻjaligi va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari, shuningdek, klasterlar va kooperatsiyalarning urugʻlik va koʻchat xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun milliy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismi, shuningdek, xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismi;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 276-sonli qaroriga asosan “e” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/276/0416-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari va qishloq xoʻjaligi kooperativlariga Fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom talablarini hisobga olgan holda ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining 7,5 foizli punktigacha boʻlgan qismi;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 798-sonli qaroriga asosan “yo” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 09/21/798/1226-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 2021-yil 1-martdan boshlab elektrotexnika va elektr maishiy mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun elektrotexnika tarmogʻi tashkilotlariga Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan foiz stavkasi bilan milliy valyutada beriladigan kreditlarning 20 milliard soʻmgacha boʻlgan qismi boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismini, biroq 5 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan uch yil muddatgacha kompensatsiya qilish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 631-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 09/21/631/0950-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4005-son qarori 5-bandida belgilangan kompensatsiya berish tartibini lizing tashkilotlariga nisbatan ham tatbiq etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qarorida qayd etilgan maqsadlar uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga 2,0 mln AQSh dollari ekvivalentidagi mablagʻlar hisobidan resurslar ajratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, ushbu qarorga asosan Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan maʼqullangan dasturlar va belgilangan talablar asosida nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarini tamomlagan hamda maxsus sertifikatga ega boʻlgan bitiruvchi (yoshlar, xotin-qizlar) uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1,0 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorida kompensatsiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlarining keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka oʻqitish va ularga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishdan iborat kompleks dasturlarini amalga oshirish uchun tanlov asosida 5 yil muddatga, jumladan, bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada qarz mablagʻlari ajratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan bosh bitimlar asosida vakolatli tijorat banklari va lizing tashkilotlari orqali milliy valyutada amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2021-y., 09/21/77/0122-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/276/0416-son, 09.10.2021-y., 09/21/631/0950-son, 27.10.2021-y., 07/21/5268/0997-son, 30.12.2021-y., 09/21/798/1226-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)