11.02.2021 yildagi PF-6167-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6096-son Farmoniga muvofiq hamda iqtisodiyotga xususiy investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro konsalting, auditorlik va investitsiya maslahatchilari, investitsiya banklari va boshqa ixtisoslashgan kompaniyalarni (keyingi o‘rinlarda — professional tashkilotlar) jalb etgan holda davlat aktivlarini xususiylashtirishning zamonaviy usullarini joriy etish amaliyoti boshlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq mazkur Farmonning 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan davlat aktivlarini ommaviy savdolarga qo‘yishda va ularni sotish jarayonlarini tashkil etishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professional tashkilotlarni jalb etish Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki “UzAssets” investitsiya kompaniyasi tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida amalga oshiriladi. Bunda, ular bilan tuziladigan shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish talab etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professional tashkilotlar tomonidan davlat aktivlarini sotish maqsadida aniqlangan qiymat yoki qiymatlar oralig‘i (baholash faoliyatining milliy standarti talablaridan qat’i nazar) savdo jarayonida mo‘ljal sifatida hisobga olinishiga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash tashkilotining baholash to‘g‘risidagi hisobotida tavsiya etilgan va uning ekspertiza xulosasida aniqlangan narxni davlat aktivining boshlang‘ich narxi sifatida majburiy belgilash to‘g‘risidagi talab amal qilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasiga davlat aktivlarining boshlang‘ich narxini e’lon qilmagan holda sotish to‘g‘risida e’lonlar berish hamda 2 tadan kam bo‘lmagan takliflar orasida eng yaxshisi asosida sotish bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolati beriladi (baholash to‘g‘risidagi hisobotda tavsiya etilgan va ekspertiza xulosasida aniqlangan narxdan qat’i nazar).
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, 2022-yil 1-fevraldan boshlab davlat aktivini samarali boshqarishni tashkil etishda (xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga berish, xo‘jalik jamiyatlari ustav fondiga kiritish, davlat aktivini tasarruf etish va butligini saqlash bilan bog‘liq boshqa holatlarda) baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlang‘ich qiymatini aniqlash, ularning takliflarini baholash va tanlash tartibi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 15-yanvarga qadar davlat aktivini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlang‘ich qiymatini aniqlash, ularning takliflarini baholash va tanlash tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. “UzAssets” AJ investitsiya kompaniyasi ustav kapitaliga berish orqali sotilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni sotishdan tushgan mablag‘lar (“UzAssets” AJ Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan saqlash xarajatlari, jumladan, korxonalarni sotishdan oldingi tayyorlash va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni chegirgan holda) har chorakda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu aktivlarni sotishdan tushgan mablag‘lar bo‘yicha “UzAssets” AJ foyda solig‘i hamda to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan dividendlardan olinadigan soliq summasini to‘lashdan ozod etiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va javobgar etib Bosh vazirning o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 11-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6167-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6167-son Farmoniga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda savdoga chiqariladigan davlat aktivlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nomi

Joylashgan hudud

Balansda saqlovchi

Umumiy yer maydoni (ga)

Bino-inshootlar maydoni (kv.m)

I. 2021-yil martdan savdoga chiqariladigan davlat aktivlari

1.

“Poytaxt biznes majmuasi” MChJ*

Toshkent shahri, Yunusobod tumani

Toshkent shahar hokimligi

0,4

34 592

2.

“Shahar mehmonxonasi” DUK

Toshkent shahri, M. Ulug‘bek tumani

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

2,2

12 256

3.

Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi

Toshkent shahri, Mirobod tumani

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

1,9

17 863

4.

“Malika” savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani

Toshkent shahar hokimligi

4,1

13 833

5.

“Byeldirsoy oromgohi” dam olish maskani**

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani

Toshkent shahar hokimligi “Byeldirsoy oromgohi” shu’ba korxonasi sog‘lomlashtirish markazi

46,1

9 628

6.

“Chorvoq oromgohi” dam olish maskani**

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani

Toshkent shahar hokimligi “Chorvoq oromgohi” shu’ba korxonasi sog‘lomlashtirish markazi

76,1

31 211

7.

“Ichan qal’a” mehmonxona majmuasi***

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

0,6

10 100

9.

“Avtogazta’minot” MChJ

Toshkent shahri, Yashnobod tumani

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

18,4

19 316

10.

“Qizil suv sport sog‘lomlashtirish” MChJ**

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

5,9

2 746

II. 2021-yil sentyabrdan savdoga chiqariladigan davlat aktivlari

11.

“Toshkent” mehmonxonasi

Toshkent shahar,

Yunusobod tumani

“O‘zmilliybank” AJ

1,1

24 206

12.

“Nyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi

Toshkent shahar,

Yunusobod tumani

Toshkent shahar hokimligi “Poytaxt qurilish va xizmat” DUK

3,1

60 113

13.

Kinozal (Premier hall)

Toshkent shahar,

Mirobod tumani

“O'ZBEKKINO” DUK

0,1

2 873

14.

Ma’muriy bino (matbuot uyi)

Toshkent shahar,

Mirobod tumani

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

0,82

18 142

16.

Ishlab chiqarish binosi (sobiq “Algoritm” zavodi bino-inshootlari)

Toshkent shahar,

Chilonzor tumani

Toshkent shahar hokimligi

16,13

86 004

17.

“Sergeli” kichik sanoat zonasi bino va inshootlari

Toshkent shahar,

Sirg‘ali tumani

Toshkent shahar hokimligi

11,83

89 192

18.

“Bektemir” kichik sanoat zonasi bino va inshootlari

Toshkent shahar,

Bektemir tumani

Toshkent shahar hokimligi

5

33 733

19.

“O‘zmetkombinat” AJning temir saqlash va yuklash ombori

Toshkent shahar,

Mirzo Ulug‘bek tumani

“O‘zmetkombinat” AJ

5,8

4 351

20.

Noturar bino-inshoot kompleksi (Parranda fabrikasi)

Toshkent viloyati,

Zangiota tumani

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

20,7

31 105

21.

Bo‘sh turgan bino va inshootlar (sobiq Kinologiya markazi)

Toshkent shahar,

Yashnobod tumani

Toshkent shahar hokimligi

8,6

16 531

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu ilovada ko‘rsatilgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘larning (aktivlarni savdolarga chiqarish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni chegirgan holda) 95 foizi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga yo‘naltiriladi, 5 foizi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi tasarrufida qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Obyektlar ulush yoki mulkiy majmua sifatida savdolarga chiqariladi. Ulush sifatida chiqarilganda ushbu ilovada ko‘rsatilgan obyektlar jamiyat ustav fondiga balans qiymatida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sotish shartlari va usullari (jumladan professional tashkilotlarni jalb etish zarurati) Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Obyektlarning maydoniga kadastr hujjatlari asosida aniqlik kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar boshqaruv organlari qarorlari asosida ushbu ilovada ko‘rsatilgan obyektlar yuridik shaxslarning davlat va xo‘jalik jamiyati ulushini obyektning balans qiymatiga kamaytirish hisobiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish orqali savdoga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “Poytaxt biznes majmuasi” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushi va unga operativ boshqaruvga berilgan davlat ko‘chmas mulk obyekti jamiyat ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirish uchun balans qiymatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** “Byeldirsoy oromgohi” dam olish maskani, “Chorvoq oromgohi” dam olish maskani va “Qizil suv sport sog‘lomlashtirish” MChJ davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘larning (aktivlarni savdolarga chiqarish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni chegirgan holda) 90 foizi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga va 5 foizi Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi, 5 foizi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi tasarrufida qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** “Ichan qal’a” mehmonxona majmuasi davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘larning (aktivlarni savdolarga chiqarish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni chegirgan holda) 90 foizi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga va 5 foizi Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladi, 5 foizi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi tasarrufida qoldiriladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2023-y., 06/23/95/0372-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6167-son Farmoniga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda savdoga chiqariladigan davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tashkilot nomi

Joylashgan joyi

Sotiladigan ulush miqdori

(foizda)

I. 2021-yil apreldan savdoga chiqariladigan davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalari

1.

“Kvars” AJ

Farg‘ona viloyati

89,5

2.

“Trest-12” AJ

Toshkent shahri

51

3.

“O‘zbekkimyomash zavodi” AJ

Toshkent viloyati

44,7

4.

“Jizzax plastmassa” AJ

Jizzax viloyati

85,8*

5.

“Qo‘qon mexanika zavodi” AJ

Farg‘ona viloyati

64,1

6.

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ

Farg‘ona viloyati

100

7.

“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ

Toshkent shahri

49,3

8.

“Toshkentvino kombinati” AJ

Toshkent shahri

51,8

9.

“O‘zbekiston shampani” AJ

Toshkent shahri

51,0

10.

“Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” AJ

Samarqand viloyati

71,2

11.

“Qibray sharob ilmiy-eksperimental korxonasi” DUK

Toshkent viloyati

100

12.

“Urganch sharob” AJ

Xorazm viloyati

60,3

13.

“Nukus vino zavodi” AJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

51

14.

“Shahrisabz vino-aroq” AJ

Qashqadaryo viloyati

51

15.

“Sirdaryo vino” AJ

Sirdaryo viloyati

51

16.

“Konvin” AJ

Toshkent viloyati

51

17.

“Mastona” AJ

Farg‘ona viloyati

51

18.

“Elektr qishloq qurilish” AJ

Toshkent shahri

53,4

II. 2021-yil oktyabrdan savdoga chiqariladigan davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalari**

19.

“Qo‘qon biokimyo” AJ

Farg‘ona viloyati

97,0***

20.

“Andijon biokimyo zavodi” AJ****

Andijon viloyati

70,0

21.

“Bektemir-spirt eksperimental zavodi” AJ****

Toshkent shahri

25,0

22.

“Biokimyo” AJ****

Toshkent viloyati

25,0

23.

“Suvmash” AJ

Toshkent shahri

47,0

24.

“Sharq NMAK” AJ

Toshkent shahri

94,5

25.

“O‘rta osiyo trans” AJ

Toshkent shahri

51,0

26.

“93-maxsus trest” AJ

Toshkent shahri

83,31***

27.

“O‘zgazloyiha” MChJ

Toshkent shahri

63,4

28.

“O‘zGAShKLITI” DUK

Toshkent shahri

100,0

29.

Issiqlik elektr stansiyalari****

Respublika bo‘yicha

***

30.

Don korxonalari****

Respublika bo‘yicha

***

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur ro‘yxatning birinchi bo‘limidagi davlat aksiya paketlari (ulushlar) “UzAssets” AJ investitsiya kompaniyasi ustav kapitaliga nominal qiymatda berish orqali sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu ilovada ko‘rsatilgan aktivlarni sotishdan tushgan mablag‘lar (“UzAssets” AJ Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan saqlash xarajatlari, jumladan, korxonalarni sotishdan oldingi tayyorlash va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni chegirgan holda) har chorakda Agentlik huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi va 95 foizi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga yo‘naltiriladi, 5 foizi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi tasarrufida qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat ulushi miqdori va korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgargan taqdirda, aktivlarning sotilishi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “O‘zkimyosanoat” AJga tegishli ulush belgilangan tartibda boshqaruv organi qarori asosida balans qiymatida ustav fondidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga “UzAssets” investitsiya kompaniyasi ustav fondiga nominal qiymatda o‘tkazilib, yaxlit paketda savdoga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Ushbu korxonalardagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets” investitsiya kompaniyasi jalb etadigan professional tashkilotlar orqali sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Ushbu ilovada ko‘rsatilgan korxonalarning ustav kapitalida davlat ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarning ulushi mavjud bo‘lganda, ularning ulushlari belgilangan tartibda boshqaruv organlari qarorlari asosida balans qiymatida ustav fondidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilib, yaxlit paketda savdoga chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**** Mazkur korxonalardagi sotuvga chiqariladigan davlat ulushi miqdori va sotiladigan korxonalarning nomma-nom ro‘yxati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi taklifiga asosan Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi.
(izohning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6167-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5666-son Farmoni 4-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari yoki Davlat tender komissiyasining qarori bilan boshqacha tartib o‘rnatilmagan bo‘lsa, davlat mulki obyektlarini (aksiyalardan tashqari) sotish bo‘yicha savdolar “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladi;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887-son Farmonining 9-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi takliflari asosida professional futbol klublari ustav fondidagi davlat ulushini ishonchli boshqaruvga berish yoki boshqa tashkilot va idoralarga o‘tkazish huquqi berilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-iyuldagi “Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4771-son qarorining 8-bandi “v” kichik bandi “davlat muassasasi shaklidagi” so‘zlaridan keyin “budjet tashkilotiga tenglashtirilgan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6044-son Farmoniga 5-ilovaning 43-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2020-yil 1-dekabr” so‘zlari “2021-yil 1-avgust” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6096-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 10-bandning “g” kichik bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 12-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “mazkur Farmonning 4-ilovasidagi” so‘zlari “xususiylashtirilishi belgilangan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 13-bandning birinchi xatboshisidagi “uch oy muddatda” so‘zlari “2021-yil 1-iyulga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 15-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2020-yil 1-dekabrga qadar” so‘zlari “2021-yil 1-iyunga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “2020” raqami “2021” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshisidagi “uch oy muddatda” so‘zlari “2021-yil 1-iyunga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 5-ilovadan “** Obyektlar mulkiy majmua sifatida barcha mavjud mol-mulki baholangan holda savdoga chiqariladi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi PQ-423-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-banddagi “Vazirlar Mahkamasi qarorlari” so‘zi “Hukumati hujjatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi — o‘n yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“korxonalar sof aktivlarining davlat aksiya paketlari (ulushlari)ga nisbatan proporsional qiymati 100 mln so‘mdan oshmasa, sof aktivlarining proporsional ulushiga teng (sof aktivlari ustav kapitalidan kam bo‘lganda nominal) qiymatda jamiyat qatnashchilarining sotib olishdagi ustunlik huquqini qo‘llamagan holda ommaviy savdolarga qo‘yish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aktivlarini ommaviy savdolarga chiqarishda ularning boshlang‘ich narxini (balans, nominal qiymatlarida, fond birjasi kotirovkasi bo‘yicha, sof aktivlari qiymatida yoki davlat aktivlari baholangan narxining 70 foizgacha pasaytirilgan miqdorida) belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat unitar korxonalarini xususiylashtirish maqsadida xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirishda korxonaning mol-mulklari va majburiyatlarini xatlov hamda baholashni o‘tkazmasdan, ularning ustav kapitali miqdorini soliq organlariga topshirilgan oxirgi buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida sof aktivlari qiymatida, sof aktivlari manfiy bo‘lgan taqdirda, korxona ustav kapitali miqdorida belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aktivlarini ustav kapitaliga berish orqali xususiylashtirish yoki davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlari qarorlari asosida ularning nosohaviy aktivlarini davlatga berish orqali ulardagi davlat ulushlarini kamaytirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n to‘rtinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha o‘n sakkizinchi — yigirma uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6167/0103-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 06/21/6273/0733-son, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son, 15.06.2023-y., 06/23/95/0372-son)