Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Faoliyat koʻrsatmayotgan, foydalanilmasdan turgan noturar obyektlardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni tashkilotlarning xoʻjalik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonalari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarini (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini (keyingi oʻrinlarda — boʻsh turgan davlat mulki obyektlari) aniqlash va hisobini yuritish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini saqlash va ulardan samarali foydalanish, shu jumladan davlat mulki obyektlarini ijaraga berishni tashkil etish;
ijaraga berilgan davlat mulki obyektlarini va ularni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va ularning monitoringini olib borish;
ijaraga berilgan davlat mulki obyektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek, ijara toʻlovi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini nazorat qilish;
davlat muassasalari (korxonalari)ga biriktirilgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish;
davlat muassasalari (korxonalari)ga operativ boshqaruv huquqi bilan berilgan davlat mulki obyektlarining ortiqcha qismini, shuningdek, foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlarini olib qoʻyish;
Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xulosasiga asosan yaroqsiz deb topilgan davlat mulki obyektlarini buzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida barcha davlat organlaridan, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlardan va boshqa davlat tashkilotlaridan zarur boʻlgan axborot va materiallarni soʻrab olishga haqli.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Markaz va hududiy boshqarmalar xodimlariga, toʻlov manbalaridan qatʼi nazar Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari uchun qonunchilik hujjatlarida va boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
4. Quyidagilar Markaz va hududiy boshqarmalar faoliyatini (xodimlarning ish haqi, mukofotlar, ustamalar va boshqa toʻlovlar) moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
davlat mulki obyektlari ijarasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tushadigan mablagʻlar;
Agentlikning huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Belgilansinki:
Markaz Agentlikning tugatilayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonalarining barcha huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan shartnomaviy munosabatlar boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
boʻsh turgan obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Markaz tomonidan avtomatlashtirilgan tizim orqali tegishli davlat organlaridan olinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Markaz va hududiy boshqarmalarga tegishli davlat mulki obyektlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Markaz hisobidan, pul mablagʻlari mavjud boʻlmaganda Agentlik huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz va hududiy boshqarmalar oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, balansiga qabul qilingan davlat mulki obyektlarini but saqlash maqsadida fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida yuridik va jismoniy shaxslarni jalb qilishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz boʻsh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida har yili 1-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
boʻsh turgan davlat mulki obyektlari toʻgʻrisida maʼlumotlar (obyekt toʻgʻrisidagi qisqa maʼlumot, geolokatsiya joylashuvi va boshqalar) Markazning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va har oyda yangilab boriladi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda tuzilgan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini aniqlash va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini xoʻjalik faoliyatiga jalb etish boʻyicha ishchi guruhlar hududiy boshqarmalarga haftalik axborot kiritib boradi;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy boshqarmalar xodimlari tuman (shahar)larning har bir mahallasiga biriktiriladi hamda vakolati doirasida mahalla hududida joylashgan boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etadi;
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar bundan mustasno, saqlash va ulardan kelgusida samarali foydalanish (xususiylashtirish, ijaraga berish va boshqa) maqsadida Markaz va hududiy boshqarmalarga topshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz va uning hududiy boshqarmalari balansiga qabul qilingan obyektlardan samarali foydalanish, xususiylashtirish va ijaraga berishda ularning jozibadorligini oshirish maqsadida budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan taʼmirlash, jihozlash va kommunikatsiya tizimlariga ulash kabi ishlarni amalga oshirishi mumkin;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 07/22/168/0228-son)
Oldingi tahrirga qarang.
boʻsh turgan davlat mulki obyektlari roʻyxati Markaz tomonidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga kiritib boriladi;
(5-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Markazning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Amal qilish muddati tugagan elektron savdolar orqali rasmiylashtirilmagan ijara shartnomalarining muddati (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatning tegishli qarorlari asosida va kichik sanoat zonalari hududidagi davlat mulki boʻyicha tuzilgan ijara shartnomalari bundan mustasno) kelgusi davr uchun uzaytirilmaydi va ushbu shartnomalar boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berilgan davlat mulklari, balansda saqlovchilarning roziligi talab qilinmasdan 2022-yil 1-iyuldan boshlab elektron savdolarga chiqariladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 07/22/168/0228-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har yili davlat mulkini ijaraga berishda Radio, uyali aloqa va peydjer aloqasi (inshootlarni hisobga olgan holda hudud doirasida) faoliyati boʻyicha stavkalar hamda qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori tasdiqlanishida bir yilga 1 kv.m. uchun ijara toʻlovi tayanch stavkasining oʻtgan yilga nisbatan oʻsish surʼati boshqa faoliyat turlari boʻyicha oʻrtacha oʻsish surʼatlari darajasida belgilanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
6. 2020-yil 1-sentabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) barcha auksion savdolari natijalari QR-kod (matrik shtrixli kod)ni qoʻllash orqali rasmiylashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) “E-AUKSION” tizimida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy qilinadi:
(6-band “b” kichik bandininng birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
“mobil identifikatsiya qilish” bilan shaxsni identifikatsiyalash imkonini beruvchi mobil ilovalar orqali auksionda ishtirok etish;
davlat mulki obyektlarini ijaraga berish shartnomasini ijaraga beruvchi va ijarachi oʻrtasida elektron shaklda (shu jumladan elektron raqamli imzo orqali) ikki tomonlama tuzish orqali rasmiylashtirish;
savdolarda mavjud boʻlgan lotlar haqida batafsil maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi doimiy yangilanib turadigan va Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan elektron katalogni yaratish.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Agentlik, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi doimiy ravishda boʻsh turgan obyektlarni aniqlab, ularni Markaz va hududiy boshqarmalarga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazib borish choralarini koʻrsin.
8. Agentlik bir oy muddatda:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda:
Markaz va hududiy boshqarmalarni zamonaviy texnika bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Markaz va hududiy boshqarmalar zimmasiga yuklatilgan vazifalar yuzasidan sudlarga kiritiladigan daʼvolar va arizalar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
v) “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Binolardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasi negizida davlat muassasasi shaklidagi budjet tashkilotiga tenglashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Binolardan foydalanish direksiyasini tashkil etsin.
(8-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6167-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6167/0103-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
ushbu qaror ijrosini taʼminlash doirasida Markazning xarajatlari uchun 2020-yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻ ajratsin va 2021-yildan boshlab zarur budjet mablagʻlarini koʻzda tutsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2020-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar parametrlariga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Markazga xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur mablagʻlarning ajratilishini taʼminlasin va 3 ta, shu jumladan 2 ta shaxsiy biriktirilgan, xizmat avtotransport vositalarini saqlashga limit ajratsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markaz murojaatiga asosan uni oʻrnatilgan tartibda hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
12. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 1-iyul,
PQ-4771-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-iyuldagi PQ-4771-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4112-son qarorida:
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
TASHKILIY TUZILMASI
”;
2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlari umumiy soni — 126 nafar, shundan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 104 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni tasdiqlangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
* Agentlik markaziy apparatining umumiy shtat birligiga kirmaydi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4329-son qarori 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilansinki, Wi-Fi texnologiyasi boʻyicha simsiz maʼlumotlar uzatish uchun signal quvvatidan qatʼi nazar 2400 — 2483,5 MGs va 5000 — 5999 MGs radiochastota polosalarida ekspluatatsion yigʻim va radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlov undirilmaydi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2020-y., 07/20/4771/1013-son; 12.02.2021-y., 06/21/6167/0103-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 18.03.2022-y., 07/22/168/0228-son; 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son; 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)